1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq nima? Ijara shartnomasi


-modda. Pudratchining ushlab qolish huquqi



Yüklə 168,3 Kb.
səhifə27/51
tarix08.05.2023
ölçüsü168,3 Kb.
#109392
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51
1. Ijara shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi o’rtasidagi farq

.639-modda. Pudratchining ushlab qolish huquqiShartnomaning bajarilishi munosabati bilan buyurtmachi pudratchiga belgilangan tegishli haqni yoki boshqa summani to`lash majburiyatini bajarmagan taqdirda, buyurtmachi tomonidan tegishli summa to`langunga qadar pudratchi ishning natijalarini, shuningdek buyurtmachiga tegishli uskunalarni, qayta ishlash (ishlov berish) uchun berilgan ashyolarni, foydalanilmay qolgan material qoldig`i va pudratchining ixtiyoridagi boshqa mol-mulkni ushbu Kodeksning 290 va 291-moddalariga muvofiq ushlab qolish huquqiga еga. 290-modda. Ushlab qolish asoslariQarzdorga yoki qarzdor ko‘rsatgan shaxsga topshirilishi lozim bo‘lgan ashyoni saqlayotgan kreditor ushbu ashyo haqini yoki u bilan bog‘liq chiqimlar va boshqa zararni kreditorga to‘lash majburiyatlari qarzdor tomonidan muddatida bajarilmagan taqdirda uni tegishli majburiyat bajarilgunga qadar ushlab qolishga haqli.Garchi ashyoning haqini to‘lash yoki uning chiqimlarini va boshqa zararni to‘lash bilan bog‘liq bo‘lmasa-da, biroq taraflari tadbirkorlar sifatida ish ko‘rayotgan majburiyatdan kelib chiqqan talablar ham ashyoni ushlab qolish bilan ta’minlanishi mumkin.Ashyo kreditor egaligiga o‘tganidan keyin unga bo‘lgan huquqlar uchinchi shaxs tomonidan olinganligiga qaramasdan, kpeditor o‘z qo‘lidagi bu ashyoni ushlab qolishi mumkin.291-modda.Ashyoni ushlab qolgan kreditorning talablari uning qiymatidan garov bilan ta’minlangan talablarni qondirish uchun nazarda tutilgan hajmda va tartibda qondiriladi.

53.Pudratchi ishni bajarayotgan vaqtda buyurtmachining huquqlariga baho bering?
53.Buyurtmachi pudratchining faoliyatiga aralashmagan holda istalgan vaqtda ishning borishini va sifatini tekshirishga haqli.Agar pudratchi pudrat shartnomasini bajarishga o`z vaqtida kirishmasa yoki ishni sust bajarishi natijasida uni belgilangan muddatda tugatish mumkin еmasligi aniq bo`lib qolsa, buyurtmachi shartnomadan voz kechib, yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli. Shu bilan birga agar ish kechiktirib bajariladigan bo`lsa, buyurtmachi shartnomaga nisbatan o`z qiziqishini yo`qotganligini isbot qilishi lozim.
Agar ishni bajarish vaqtida uning tegishli darajada bajarilmasligi aniq bo`lib qolsa, buyurtmachi pudratchiga kamchiliklarni yo`qotish uchun oqilona muddat belgilashga va bu talabni pudratchi belgilangan muddatda bajarmagan taqdirda pudrat shartnomasidan voz kechishga yoxud bu kamchiliklarni pudratchi hisobidan tuzatishni boshqa shaxsga topshirishga, shuningdek yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, buyurtmachi ish natijasi o`ziga topshirilgunga qadar istagan vaqtda shartnomadan voz kechib, belgilangan bahoning buyurtmachi shartnomadan voz kechganligi to`g`risidagi ogohlantirish olingunga qadar bajarilgan ishga mutanosib qismini to`lashi mumkin. Buyurtmachi pudratchiga shartnomaning bekor qilinishi tufayli yetkazilgan zararni ham bajarilgan ishning bahosi bilan hamma ish uchun belgilangan baho o`rtasidagi farq doirasida to`lashi shart.



54.Pudrat shartnomasi bo’yicha buyurtmachining bajarilgan ishlarni qabul qilishi tartibini tushuntiring?
Buyurtmachi pudrat shartnomasi bo`yicha o`zining muqobil majburiyatlarini bajarmaganligi, xususan material, uskunalar, texnik hujjatlarni yoki qayta ishlanishi (ishlov berilishi) kerak bo`lgan ashyoni bermaganligi pudratchining shartnomani bajarishiga to`sqinlik qilgan hollarda, shuningdek mazkur majburiyatlar belgilangan muddatda bajarilmasligini yaqqol ko`rsatib turgan holatlar mavjud bo`lganida (ushbu Kodeksning 256-moddasi) pudratchi ishga kirishmaslikka, boshlangan ishni еsa to`xtatib qo`yishga haqli.Agar pudrat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo`lmasa, pudratchi ushbu moddaning birinchi qismida ko`rsatilgan holatlar mavjud bo`lgan taqdirda, shartnomani bajarishdan bosh tortishga va zararning qoplanishini talab qilishga haqli.




Yüklə 168,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin