[
OKOZ:
1.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.02.00 Jismoniy tarbiya
va sport sohasida boshqaruv;
2.14.00.00.00 Sog‘liqni saqlash. Jismoniy tarbiya. Sport. Turizm / 14.02.00.00 Jismoniy tarbiya va sport / 14.02.06.00 Sport]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Jismoniy tarbiya va sport]
O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining
Qarori
Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 28-avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2921]
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
1. Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais R. KURBANOV
Toshkent sh.,
2017-yil 4-iyul,
3-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasining 2017-yil 4-iyuldagi 3-mh-son qaroriga
ILOVA
Sport turlari bo‘yicha yagona sport tasnifi to‘g‘risidagi
NIZOM
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari bo‘yicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan normalar va talablar hamda ularni bajarish shartlarining mazmunini, yagona sport tasnifini shakllantirish, shuningdek sport turlari bo‘yicha sport unvonlari va sport razryadlarini berish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Yagona sport tasnifi (bundan buyon matnda YST deb yuritiladi) sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari bo‘yicha tegishli sport unvonlari va sport razryadlarini berish uchun bajarilishi zarur bo‘lgan normalar hamda talablarni, shuningdek ularni bajarish shartlarini (bundan buyon matnda normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari deb yuritiladi) belgilaydi.
2. Quyidagilar YSTning asosiy vazifalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasida sport turlarini rivojlanishiga ko‘maklashish;
sportchilarning sport mahorati darajasini aniqlash uchun sport ko‘rsatkichlarini belgilash;
sportchilarning sport mahorati darajasini e’tirof etish;
sportchilarning sport mahorati darajasini oshirish.
3. O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida quyidagi sport unvonlari hamda sport razryadlari beriladi:
a) sport unvonlari:
Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi yoki xalqaro grossmeyster;
O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri;
b) sport razryadlari:
O‘zbekiston sport ustaligiga yoki O‘zbekiston
grossmeysterligiga nomzod;
birinchi sport razryadi;
ikkinchi sport razryadi;
uchinchi sport razryadi;
o‘smirlar uchun birinchi sport razryadi;
o‘smirlar uchun ikkinchi sport razryadi;
o‘smirlar uchun uchinchi sport razryadi.
4. Sport unvonlari sport hamda ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga (bundan buyon matnda kalendar reja deb yuritiladi) kiritilgan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari natijalari bo‘yicha YSTning normalari va (yoki) talablarini, shuningdek ularni bajarish shartlarini bajargan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan sportchilarga beriladi.
Sport razryadlari kalendar rejaga kiritilgan xalqaro va respublika miqyosidagi rasmiy sport yoki ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlari natijalari bo‘yicha YSTning normalari va (yoki) talablarini, shuningdek ularni bajarish shartlarini bajargan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi hamda fuqaroligi bo‘lmagan sportchilarga beriladi.
5. Sport turi bo‘yicha YST mavjud bo‘lmasa ushbu sport turi bo‘yicha sport unvonlari va sport razryadlari berilmaydi.
6. Sport unvonlari va sport razryadlari umrbod beriladi.
2-bob.
Normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlarining mazmuni
7. Normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari sport turining rivojlanganlik darajasi, rasmiy sport musobaqalarining nufuzi, sportchining yoshini va jinsini hisobga olgan holda belgilanadi.
8. Normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari sport turining xususiyatlariga ko‘ra belgilangan o‘lchov birliklarida ifodalangan va sportchining mahoratini aniqlaydigan ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi.
9. Normalar va talablar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) sport musobaqasida egallangan o‘rin;
b) sport musobaqasidagi raqiblar soni;
v) sport musobaqasida o‘lchov birliklari bo‘yicha qayd etilgan natijalar.
10. Sportchi tomonidan normalar va talablarni bajarish shartlari quyidagilar hisoblanadi:
a) sportchi ishtirok etgan xalqaro rasmiy sport musobaqalarida qatnashgan mamlakatlar soni, bunda:
jahon chempionati, kubogi va birinchiligida:
yozgi sport turlarida — kamida 20 ta;
qishki sport turlarida — kamida 15 ta bo‘lishi.
Osiyo chempionati, kubogi va birinchiligida:
yozgi sport turlarida — kamida 10 ta;
qishki sport turlarida — kamida 8 ta bo‘lishi.
boshqa xalqaro rasmiy sport musobaqalarida:
yozgi sport turlarida — kamida 6 ta;
qishki sport turlarida — kamida 5 ta bo‘lishi.
b) sportchi ishtirok etgan O‘zbekiston chempionati yoki kubogida hududiy jamoalardan kamida yarmi qatnashgan bo‘lishi;
v) sportchi ishtirok etgan hududiy chempionat va birinchilikda hududiy jamoalardan kamida yarmi qatnashgan bo‘lishi;
g) sportchi ishtirok etgan rasmiy sport musobaqalarida (xalqaro rasmiy sport musobaqalari bundan mustasno) kamida quyidagi malaka toifasiga ega bo‘lgan hakamlarning hakamlik qilishi:
Oldingi tahrirga qarang.
Xalqaro toifali O‘zbekiston sport ustasi sport unvoni uchun — 2 nafar xalqaro toifali yoki 3 nafar milliy toifali sport hakami;
(10-bandning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 29-noyabrdagi 26-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-1, 18.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 10/18/2921-1/2341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston sport ustasi yoki O‘zbekiston grossmeysteri sport unvoni uchun — 2 nafar xalqaro toifali yoki 2 nafar milliy toifali sport hakami;
(10-bandning “g” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 29-noyabrdagi 26-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-1, 18.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 10/18/2921-1/2341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod yoki O‘zbekiston grossmeysterligiga nomzod sport razryadi uchun — 1 nafar milliy toifali yoki 3 nafar birinchi toifali sport hakami;
(10-bandning “g” kichik bandi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2018-yil 29-noyabrdagi 26-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-1, 18.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 10/18/2921-1/2341-son)
birinchi sport razryadi uchun — 3 nafar birinchi toifali sport hakami;
ikkinchi yoki uchinchi sport razryadi uchun — 2 nafar birinchi toifali sport hakami;
o‘smirlar
uchun birinchi, ikkinchi yoki uchinchi sport razryadi uchun — 1 nafar birinchi toifali sport hakami.
d) sport turi hamda rasmiy sport musobaqalarini o‘tkazish tizimining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda boshqa shartlar.
Agar jahon chempionati, kubogi yoki birinchiligida qatnashgan mamlakatlar soni mazkur band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisida belgilangandan kam bo‘lsa, bunda Osiyo chempionati, kubogi yoki birinchiligi uchun nazarda tutilgan shartlar qo‘llaniladi.
Agar Osiyo chempionati, kubogi yoki birinchiligida qatnashgan mamlakatlar soni mazkur band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisida belgilangandan kam bo‘lsa, bunda boshqa xalqaro rasmiy sport musobaqalari uchun nazarda tutilgan shartlar qo‘llaniladi.
11. Xalqaro rasmiy sport musobaqalarida bajarilgan norma va (yoki) talablar uchun sportchiga u mazkur musobaqalarda O‘zbekiston Respublikasining terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan taqdirdagina, sport unvonlari va sport razryadlari beriladi.
3-bob. YSTni shakllantirish va tasdiqlash
12. YST Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishining davriyligini inobatga olib har 4 yilda bir marta kelgusi 4 yil muddatga tuziladi.
13. YSTda sport turlari reyestriga kiritilgan sport turlari bo‘yicha normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. YST sport federatsiyalarining (uyushmalarining), sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha esa, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashining taqdimnomalariga asosan Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgan yil yakuniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. YST O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining hay’atida ko‘rib chiqiladi va uning qarori bilan tasdiqlanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
16. YSTda normalar va talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari sportchining jinsi va yoshini inobatga olgan holda alohida-alohida ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. YST mazkur Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmasligi lozim.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
18. YSTga uni tuzgan tashkilotlarning taqdimnomalariga asosan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
YSTga o‘zgartirishlar kiritish u qanday tartibda tasdiqlangan bo‘lsa shunday tartibda amalga oshiriladi.
Agar YSTga kiritilayotgan o‘zgartirishlar sport turi bo‘yicha xalqaro qoidalar o‘zgarganligi bilan bog‘liq bo‘lmasa, o‘zgartirishlar YST tasdiqlangan kundan boshlab bir yil o‘tgandan so‘ng kiritiladi.
4-bob. Sport unvonlarini berish
19. Xalqaro grossmeyster sport unvoni tegishli xalqaro sport tashkiloti tomonidan beriladi.
Xalqaro grossmeyster sport unvonini olgan sportchilar Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi sport unvonini olgan sportchilarga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Xalqaro toifadagi O‘zbekiston sport ustasi, O‘zbekiston grossmeysteri, O‘zbekiston sport ustasi sport unvonlari O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan quyidagi tashkilotlarning taqdimnomalariga asosan beriladi:
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
respublika sport federatsiyalari (uyushmalari);
O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi;
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Sport unvonini berish to‘g‘risidagi taqdimnoma tashkilot rahbari (yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan imzolangan va tashkilot muhri bilan (muhr mavjud bo‘lganda) tasdiqlangan holda YSTning normalari va talablari, shuningdek ularni bajarish shartlari bajarilgan kundan boshlab 1 yil ichida O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligiga taqdim etiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
22. Sport unvonini berish to‘g‘risidagi taqdimnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) YST normalari va (yoki) talablari, shuningdek ularni bajarish
shartlari bajarilganligini, shu jumladan sport musobaqalaridagi yutuqlar aks ettirilgan, rasmiy sport musobaqalari bayonnomalari va musobaqa diplomlari nusxalari (sport pasporti mavjud bo‘lganda, sport pasportining (tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilgan varaqlari bilan) nusxasi);
b) hakamlar hay’ati raisi tomonidan tasdiqlangan hakamlarning tarkibi va toifasi haqida ma’lumotnoma (xalqaro rasmiy sport musobaqalari bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
v) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi (16 yoshga to‘lmagan sportchilarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi);
(22-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
g) sportchiga nisbatan uning treneri tomonidan berilgan tavsifnoma;
d) 2 ta 3 x 4 hajmdagi (oq fondagi) rangli fotosurat.
Taqdimnomaga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ularni berayotgan tashkilotlar tomonidan asliga to‘g‘ri ekanligi tasdiqlangan bo‘lishi shart.
Taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun taqdimnomani imzolagan shaxs mas’ul hisoblanadi.
23. Sport unvonini berish to‘g‘risidagi taqdimnomaga mazkur Nizomning 22-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan taqdirda, u rad etiladi va uni taqdim qilgan tashkilotga rad etish sabablari ko‘rsatilgan javob xati yuboriladi.
24. Sport unvonini berish yoki sport unvonini berishni rad etish masalasi mazkur Nizomda belgilangan tartibda tuziladigan malaka komissiyasi tomonidan hal qilinadi.
25. Sport unvonini berishni rad etishga quyidagilar asos bo‘lib hisoblanadi:
a) sport unvonini berish to‘g‘risidagi taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 21-bandida belgilangan muddat ichida taqdim etilmaganda;
b) sportchi tomonidan bajarilgan normalar va (yoki) talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari YSTga muvofiq bo‘lmaganda;
v) sport musobaqalari davomida sportchi diskvalifikatsiya qilinganda.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Sport unvoni malaka komissiyasi qarori asosida qabul qilinadigan O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining buyrug‘iga muvofiq beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining buyrug‘i malaka komissiyasi qarori chiqarilgan kundan boshlab uch kun ichida qabul qilinadi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
27. Sport unvoni berilganligi haqidagi ma’lumot sportchining sport pasportiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Sport unvonini olgan sportchiga O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi tomonidan sport unvoni olganligini tasdiqlovchi guvohnoma beriladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
29. Sport unvoni olinganligini tasdiqlovchi guvohnoma yo‘qotilgan, buzilgan yoki
uni olgan shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgargan hollarda sportchining arizasiga asosan ushbu guvohnomani bergan tashkilot tomonidan guvohnomaning dublikati beriladi. Bunda arizaga guvohnoma yo‘qotilgan taqdirda, guvohnoma yo‘qotilganligi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida berilgan e’lonning (yo‘qotilgan guvohnomaning berilgan yili, tartib raqami ko‘rsatilgan holda) nusxasi, guvohnomani olgan shaxsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar yoxud buzilgan guvohnoma ilova qilinadi.
Guvohnomalarining dublikati berilganda uning yuqori o‘ng burchagiga “Dublikat” degan so‘z yoziladi.
5-bob. Sport razryadlarini berish
30. Sport razryadlari quyidagicha:
Oldingi tahrirga qarang.
oliy mahorat sport
maktablari, sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining mintaqaviy kengashlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi sportchilariga O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod, O‘zbekiston grossmeysteriga nomzod va birinchi sport razryadlari — mazkur tashkilotlarning taqdimnomasiga asosan qat’iy ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar maktablari, bolalar-o‘smirlar sport maktablari, O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining mintaqaviy kengashlari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Markaziy harbiy sport klubi sportchilariga ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, o‘smirlar uchun
birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari — qat’iy ravishda ushbu tashkilotlar tomonidan sportchilar trenerlarining taqdimnomalariga asosan, shuningdek, akademik litseylar, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim hamda oliy ta’lim muassasalarining sportchilariga birinchi sport razryadi — qat’iy ravishda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari — qat’iy ravishda O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasining mintaqaviy bo‘limlari tomonidan sportchilar trenerlarining taqdimnomalariga asosan;
(30-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 1-noyabrdagi 8-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-3, 03.12.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.12.2019-y., 10/19/2921-3/4103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
boshqa jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari sportchilariga — O‘zbekiston sport ustaligiga nomzod, O‘zbekiston grossmeysteriga nomzod, birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, o‘smirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari ushbu tashkilotlarning yoxud tegishli sport turi bo‘yicha sport federatsiyalarining (uyushmalarining) yoki uning hududiy bo‘linmalarining taqdimnomalariga asosan — tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sportni rivojlantirish bosh boshqarmalari tomonidan, bunda sportning texnik va amaliy turlari bo‘yicha ikkinchi va uchinchi sport razryadlari, o‘smirlar uchun birinchi, ikkinchi va uchinchi sport razryadlari — tegishlicha O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining mintaqaviy kengashlari tomonidan beriladi.
(30-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
31. Sport razryadini berish to‘g‘risidagi taqdimnoma tashkilot rahbari (yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs) va tashkilot muhri (muhr mavjud bo‘lganda) bilan tasdiqlangan, taqdimnoma trener tomonidan berilayotganda esa, trener tomonidan imzolangan holda, YSTning normalari va talablari, shuningdek ularni bajarish shartlari bajarilgan kundan boshlab 6 oy ichida berilishi shart.
32. Sport razryadini berish to‘g‘risidagi taqdimnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
a) YST normalari va (yoki) talablari, shuningdek ularni bajarish shartlari bajarilganligini, shu jumladan sport musobaqalaridagi yutuqlar aks ettirilgan, rasmiy sport musobaqalari bayonnomalari va musobaqa diplomlari nusxalari (sport pasporti mavjud bo‘lganda, sport pasportining (tegishli ma’lumotlar ko‘rsatilgan varaqlari bilan) nusxasi);
b) hakamlar hay’ati raisi tomonidan tasdiqlangan hakamlarning tarkibi va toifasi haqida ma’lumotnoma (xalqaro rasmiy sport musobaqalari bundan mustasno);
Oldingi tahrirga qarang.
v) pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi (16 yoshga to‘lmagan sportchilarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi nusxasi, chaqiriluvchining qayd etilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi yoki harbiy guvohnomasi nusxasi);
(32-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 9-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-5, 16.07.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)
g) sportchiga nisbatan uning treneri tomonidan berilgan tavsifnoma;
d) 2 ta 3 x 4 hajmdagi (oq fondagi) rangli fotosurat (sport razryadini birinchi marta olayotganda).
Taqdimnomaga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ularni berayotgan tashkilotlar tomonidan asliga to‘g‘ri ekanligi tasdiqlangan bo‘lishi shart, taqdimnoma sportchining treneri tomonidan berilayotgan hollar bundan mustasno.
Taqdim etilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun taqdimnomani imzolagan shaxs mas’ul hisoblanadi.
33. Sport razryadini berish to‘g‘risidagi taqdimnomaga mazkur Nizomning 32-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan taqdirda, u rad etiladi va uni taqdim qilgan tashkilotga rad etish sabablari ko‘rsatilgan javob xati yuboriladi. Bunda taqdimnoma sportchining treneri tomonidan berilayotganda, u rad etish sabablari og‘zaki tushuntirilgan holda qaytariladi.
34. Sport razryadini berish yoki sport razryadini berishni rad etish masalasi mazkur Nizomda belgilangan tartibda tuziladigan malaka komissiyasi tomonidan hal qilinadi.
35. Sport razryadi malaka komissiyasi qarori asosida qabul qilinadigan mazkur Nizomga asosan sport razryadini berish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar rahbarlarining buyrug‘iga muvofiq beriladi.
36. Sport razryadini berishni rad etishga quyidagilar asos hisoblanadi:
a) sport razryadini berish to‘g‘risidagi taqdimnoma va unga ilova qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 31-bandida belgilangan muddat ichida taqdim etilmaganda;
b) sportchi tomonidan bajarilgan normalar va (yoki) talablar, shuningdek ularni bajarish shartlari YSTga muvofiq bo‘lmaganda;
v) sport musobaqalari davomida sportchi diskvalifikatsiya qilinganda.
37. Sport razryadi berilganligi haqidagi ma’lumot sportchining sport pasportiga (sport kitobchasiga) kiritiladi va sport razryadini bergan tashkilot tomonidan tasdiqlanadi.
Sport razryadini bergan tashkilot berilgan sport razryadlarining hisobini yuritadi.
6-bob. Sport unvonlari va sport razryadlarini berish bo‘yicha malaka komissiyasi
38. Mazkur Nizomga asosan sport unvonlari va sport razryadlarini berish huquqiga ega bo‘lgan tashkilotlar huzurida malaka komissiyalari (bundan buyon matnda malaka komissiyasi deb yuritiladi) tuziladi. Malaka komissiyasi tarkibi mazkur tashkilotlarning rahbarlari qarori bilan tasdiqlanadi.
39. Malaka komissiyasi kamida yetti nafar a’zodan iborat bo‘lib, uning tarkibiga malaka komissiyasi tuzilgan tashkilotning tarkibiy bo‘linmalari vakillari, shuningdek sportning tegishli turi bo‘yicha respublika (viloyat) sport federatsiyalari (uyushmalari), sport turlari bo‘yicha oliy sport mahorati maktablari va boshqa jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari vakillari kelishuv asosida kiritiladi.
40. Malaka komissiyasi raisi va a’zolari o‘z xohishiga ko‘ra yoki zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda aniqlangan qoida buzishlari uchun malaka komissiyasini tuzgan tashkilot rahbarining qaroriga muvofiq komissiya tarkibidan chiqarilishi mumkin.
41. Malaka komissiyasi majlisi unda komissiya a’zolarining 2/3 qismi qatnashgan taqdirda to‘la huquqli hisoblanadi. Qarorlar ochiq ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Malaka komissiyasi qarori uning majlisida qatnashgan komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchiligi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda raislik qiluvchining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Sport unvoni va sport razryadlarini berish to‘g‘risidagi taqdimnomalar har oyda malaka komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Malaka komissiyasi majlislari uning raisi tomonidan chaqiriladi.
Malaka komissiyasining navbatdan tashqari majlislari zarurat bo‘lgan taqdirda uning raisi tomonidan chaqirilishi mumkin.
(42-band O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining 2019-yil 28-martdagi 4-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2921-2, 08.04.2019-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2921-2/2893-son)
43. Malaka komissiyasi qarorlari bayonnoma shaklida rasmiylashtiriladi va komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi. Bayonnoma malaka komissiyasi kotibi tomonidan yuritiladi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
44. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
45.
Mazkur Nizom Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi bilan kelishilgan.
Mudofaa vaziri Q. BERDIYEV
2017-yil 4-iyul
Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
2017-yil 4-iyul
O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy Kengashi raisi R. NIYAZOV
2017-yil 4-iyul
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 35-son, 935-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2018-y., 10/18/2921-1/2341-son; 08.04.2019-y., 10/19/2921-2/2893-son, 03.12.2019-y., 10/19/2921-3/4103-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son,
12.11.2021-y., 10/21/2921-4/1043-son; 16.07.2022-y., 10/22/2921-5/0644-son)