# Kichik maktab yoshi davrida biror odamdagi qanday emotsional holatning idrok etilishida adekvatlik ayniqsa yuqori bo‘ladi? + qo‘rquv, jahl;
- quvonch, jahl;
- qo‘rquv, jahl, quvonch;
- qo‘rquv, quvonch;
# Turli maxfiy yozuvlar, shifrlar o‘ylab topishga, yashirin makonlar, “shtablar” qurishga bo‘lgan qiziqish qaysi yosh davrida yaqqol namoyon bo‘ladi? + kichik maktab yoshi;
- maktabgacha yosh davri;
- o‘smirlik;
- o‘spirinlik.
# Kichik maktab yoshi davrida qanday tana tuzilishiga ega bolalar orasidan ko‘pincha do‘stlar kamroq tanlanadi? + piknik;
- atletik;
- astenik;
- bu yosh davrida do‘stlashishda mazkur omilning ahamiyati ko‘zga tashlanmaydi;
# Kichik maktab yoshida sinfdan sinfga odatda kuchayib boruvchi bilish ehtiyoji bilan bog‘liq o‘quv motivatsiyasining taxminan nechanchi sinfda biroz pasayishi kuzatiladi? + 3-sinfda;
- 2-sinfda;
- 4-sinfda;
- bu hodisa dastlab o‘rta maktabga o‘tish davriga to‘g‘ri keladi;
# O‘smirlik davrida shaxs rivojlanishida quyidagi jarayonlardan qaysi biri yoki qaysilari ustunlik qilishi kuzatiladi? + individualizatsiya;
- adaptatsiya;
- integratsiya;
- adaptatsiya, integratsiya;
# Pubertat davri qaysi yosh davriga to‘g‘ri keladi va bu davr qanday hodisa bilan tavsiflanadi? + o‘smirlik davri, jinsiy etilishning ro‘y berishi;
- kichik maktab yoshi, o‘quv faoliyatida baho olish motivining ustunligi;
- o‘smirlik davri, mustaqillikka intilishning kuchayishi;
- ilk o‘spirinlik, kasb tanlash muammosining hal qiluvchi bosqichga etishi;
# Konformlik sifati yuqori bo‘lgan o‘smirlar jinoiy ishga qo‘l urishiga odatda nima sabab bo‘ladi? + tengdoshlardan ortda qolmaslik istagi;
- tengdoshlar orasida shaxsiy mavqeni oshirish ehtiyoji;
- o‘zini ajratib ko‘rsatish istagi;
- o‘ziga nisbatan o‘zining hurmatini oshirish ehtiyoji;