1. Ijtimoiy va musiqiy-madaniy muhit. Badiiy havaskorlik



Yüklə 28,1 Kb.
tarix14.04.2023
ölçüsü28,1 Kb.
#98140
musiqa


REJA:
KIRISH
1. Ijtimoiy va musiqiy-madaniy muhit. Badiiy havaskorlik
i;tmoal;iming tashkil topishi va professional san’atning rivojlanish
jnruyoni.
2. Rcspublikada maxsus musiqa o‘quv maskanlarning
ochilishi, faoliyati.
3. Professional teatrlarning bunyodga kelishi. Ilk o‘zbek
ilrama, opera va baletlari.
4. 0 ‘zbekiston radio eshittirish komiteti tashkil topishi va
musiqiy targ‘iboti.
5. Radio va 0 ‘zbek davlat filarmoniyasi qoshidagi ijrochi
jnmoalar faoliyati.
1918-yildan boshlab madaniyat va san’at ishlarini davlat o‘z
ixtiyoriga oldi. Milliy madaniyat va san’atni yuksaltirish sohasida
liokimiyat turli qarorlar qabul qildi va ulami amalda joriy etishga
astoydil kirishdi.
1919-yilda Turkiston respublikasi Xalq maorif tashkiloti
qaramog‘ida teatr bo‘!imi ochildi va uning zammasiga quyidagi
vazifalar yuklandi:
1. Respublikadagi jamiki teatr ishlariga umumiy rahbarlik
qilish.
2. Havaskor va professional ijodiy jamoalarning ish faoliyatini
yuksaltirish va repertuarlarini boyitish.
3. Respublika bo‘ylab muntazam ravishda markaz va viloyatdagi
tomoshabinlarga doimiy ravishda gastrollar uyushtirish.
Mazkur bo‘limning boshlig‘i lavozimiga Iskandar Valijonov
tayinlandi. 1920-yil 28-apreIda “Musiqa - etnografiya” bo‘limi ham
ochildi. Bu bo‘limga atoqli kompozitor va etnograf (kelgusida
0 ‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti) V.A.Uspenskiy, uning
o‘rinbosari qilib atoqli kompozitor - etnograf N.N.Mironov va
bo‘lim xodimi etib, atoqli shoir - dramaturg G‘ulom Zafariylar
tayinlandi. Zikr qilingan ikki bo‘lim birgalikda reja asosida ish olib
borib, o‘zbek xalqini musiqiy va teatr merosini ilmiy o‘rganish,
to‘plash va targ‘ibot ishlari bilan band boidilar. Yillar davomida bu
bo‘limlar turli tadbirlar o'tkazdi va o‘zbek xalq san’atini targ‘ibot
qilib keldi. 20 - 30-yillarda musiqa va teatr san’atlarining zamonaviy
ruhda rivojlanishiga ma’lum imkoniyatlar yaratib berishga turli
moliyaviy va ma’naviy choralar, yordamlar hokimiyat tomonidan
berib turildi. 0 ‘zbekistonning poytaxti va barcha viloyatlardagi
zavod - fabrika, yirik korxonalar, o‘rta ta’lim maktablarida, o‘rta va
oliy hunar dargohlarida ashula va raqs ansambllar hamda teatr
to‘garaklari birin-ketin paydo bo‘la boshladi. Ulaming soni juda
ham ko‘p edi. Bu havaskorlik to‘garaklaming ayrimlari kelgusida
professional teatr, konsert tashkilotlarini bunyodga kelishida tamal
toshini qo‘ydilar va iste’dodli san’at arboblari yetishib chiqishga
ham zamin yaratdilar. Respublikada badiiy havaskorlar
jamoalarining bunyodga kelishlarida va rivojlanish jarayonida
kasaba uyushmalar tashkilotlami roli ham samarali bo‘ldi. Ularning
zimmasiga maorif xodimlari bilan birgalikda, klub, madaniyat va
istirohat bogiarida, qizil choyxonalarda, maktab, hunar texnikum va
institutlarda, qishloq joylarda havaskor xalq ashula va raqs ansambllar teatr jamoalarini tashkil qilish, ulaming san’atlarini namoyish etish, ommaviy kechalar, ko‘rik-tanlovlar, karnavaltomoshalar, maxsus tadbir kechalar o‘tkazish an’anaga aylandi. Shuningdek mazkur davrda o‘zbek ashula va raqs ansambllaridan tashqari respublikaning katta korxonalarida baynalmilal xor va damli cholg‘ular orkestrlari, harbiy orkestrlardan tashqari, rus xalq cholg‘ulari orkestri va ansambllari, simfonik orkestr, maxsus raqs ansambl jamoalari bunyodga keldi. Ular orasida Toshkent temir yo‘l korxonasi qaramog‘ida 1923-yilda tashkil topgan o‘zbek va rus havaskorlar to‘garaklari, Toshkent tramvay tresti qaramog‘idagi, o‘zbek ashula va raqs ansambli, rus ashula raqs ansambli hamda katta damli cholg‘u orkestr, xor jamoasi, 1927-yili havaskorlar orkestri, damli orkestr, bayanchilar ansambli, 1918-yilda respublika matbuot birlashmasi qoshidagi “Lira” nomli madaniyat uyida mashhur dirijyor V.V.Lcysek o‘zbek dramto‘da, o‘zbek xalq ashula va raqs ansambli, rus xalq dramto‘da, rus xalq cholg‘ularorkestri, bolalar va kattalar ishtirokida ikkita damli orkestrlar tashkil etib, ularga rahbarlik qildi. Nomlari tilga olingan havaskorlar jamoalari musiqiy va teatr san’atlarini rivoj topishlariga tamal toshini qo‘ydilar. Ular turli ko‘rik-tanlovlarda faol qatnashib, kundnlik hayotda xalqqa xizmat qildilar. Dirijyor V.V.Leysek O’zbekistonda badiiy havaskorlik san’atining rivojlantirishida olib kirdi (uni ulkan xizmatlari uchun 1928-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi mu luiai qahramoni va 1935-yili 0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan m i i i ' u I arbobi faxriy unvoni bilan taqdirlandi.1918-yili “Turkiston Xalq konservatoriyasi” nomli musiqiy
o'quv dargohi tashkil topdi. Uning tashkilotchilari fizika, matcmatika o‘qituvchilari, havaskor violonchelchi A.M.Popov va
.kiipkachi E.A.Chemyavskiylar mazkur o‘quv dargohini ochish
niyatlarini matbuotda e’lon qildilar. E’londa ko‘rsatilgan muddatda
loshkentda istiqomat qilayotgan san’atkorlardan 32 kishi
musiqadan yoshlarga dars berishga o‘z xohishlarini bildirdilar. Xalq
konservatoriyasi ish faoliyatini reja asosida boshqarish maqsadida 9
kishidan iborat Kengash tuzildi. Kengash raisi lavozimiga shifokor,
kompozitor, dirijyor I.Gizler-Arskiy, bir yiidan so‘ng xonanda
V.A.Karelin, kengash kotibi lavozimiga E.A.Chemyavskiy va
a’zolariga kompozitor, dirijyor N.N.Mironov, kompozitor
V.A.Uspenskiy, xonneyster V.F.Sakovich, violonchel cholg'usi
ijrochisi general V.M.Kox, A.M.Popov va konservatoriyaning
xo‘jalik ishlarini olib borishga D.A.Lukonin saylandilar. Mazkur
Xalq konservatoriyasining asosiy vazifasi xalqqa musiqadan
boshlang‘ich ma’lumot berish, birorta cholg‘u-sozda ijro etishni
o‘rgatish va xonandalik mutaxassisligidan saboq berishdan iborat
edi. 0 ‘qish muddati va dasturi aniq belgilanmaganligi sababli har
bir o‘qituvchi tashrif buyurgan o‘quvchi-talabaning qobiliyati va
imkoniyatini nazarga olgan holda dars bergan. Birinchi o‘quv yili
musiqada o‘qishni xohlaganlarning soni 5Q0tadan oshib ketdi.
Ikkinchi o‘quv yilida esa lOOOga yaqinlashdi. 0 ‘quv xonalari
yetishmasligi sababli konservatoriyaning bir nechta filiallari tashkil
etila boshlandi. Xususan: Toshkent temirvo‘lining ishchi va
xizmatchi xodimlari uchun 1919-yili “Privokzalnaya” nomli boiim
(filial) ochilib, bu bo'iimni xonneyster V.F.Sakovich boshqardi.
0 ‘sha yili Toshkentning baland masjid rohat bog'ida “Eski shahar”
bo‘limini kompozitor VA.Uspenskiy boshqardi. U eng avval
mashhur hofiz Shorahim Shoumarov bilan tanishdi. Ta’lim jarayoni
ikki yo‘nalishda joriy etildi, ya’ni o‘zbek xalq musiqasini og‘zaki
o‘zlashtirish hamda nota uslubi va ko‘p ovozli musiqa nazariyasini
o'rganishdan iborat edi.Mazkur jarayonni amalda joriy etish uchun maxsus dastur
tuzilib, shaharda istiqomat qiluvchi mashhur o‘zbek san’atkorlaridan:
Hofiz Mulla To‘ychi Toshmuhammedov, tanburchi Shobarot
aka, doirachi Shojalil, dutorchi-doirachi Abdusoat Valiobov,
changchi Ismat, g‘ijjakchi Qurbonxon Hakimov, naychi Imomjon
Hakimov, g‘ijjakchi Solixon Xoji kabi ustalarni yoshlarga dars,
saboq berishga taklif qildilar. V.A.Uspenskiy talabalarga nota
yozuvi va musiqa nazariyasidan dars berdi.
Pianinochi Saodatxonim Yenikeyeva mazkur cholg‘uda dars
berish bilan bir qatorda tarjimonlik vazifasini ado etardi.
E.A.Dyakova bilan fortepianoda chalishni talabalarga o‘rgatishdi.
1919-1920-yillarda “Turkiston Xalq konservatoriyasi” kabi
musiqiy muassasalar Samarqand, Farg‘ona, Namangan, Qo‘qon,
Andijon shaharlarida ham tashkil topdi.
1921-yiIda Buxoroda Abdurauf Fitrat tashabbusi bilan
birinchi “Sharq musiqa maktabi” ochildi. Ma’lum vaqtgacha
* 'Fitrat o‘zi rahbarlik lavozimida faoliyat olib bordi. Ko‘p asrlik
milliy musiqa merosimizni saqlab qolish, iste’dodli yoshlardan
yetuk mutaxassislami tayyorlashdek oliy maqsad ila maktabga
“Shashmaqom”dan saboq berish uchun Ota Jalol Nosirov, Domia
Halim Ibodov, Ota G‘iyos Abdug‘ani, Abdurahmon Umarov kabi
ustozlarni ishga taklif qildi. 1925-yili yangi o‘quv yilidan boshlab
“ Buxoro davlat Sharq musiqa maktabi”ning o‘quv dasturiga
yevropa nota yozuvi, solfedjio, musiqa nazariyasi, musiqa tarixi
kabi yangi fanlar hamda yevropa cholg‘ularida ijro etishni o‘rgatish
kabi o‘zgartirishlar kiritildi.
1924-yili Toshkent davlat birinchi musiqa - internal texnikum
tashkil topdi. Toshkent xalq konservatoriyasida ishlagan
ko‘p pedagoglar ushbu texnikumga ishga o‘tdilar. Mazkur o'quv
dargohi respublikamizning musiqiy hayotida va o‘rta ma’lumotli
san’atkorlarni tarbiyalashda samarali xizmat qilganligini ta’kidlash
lozim. 1930-yili ushbu musiqa texnikumida o‘zbek xalq musiqa
merosini o‘rganish, notaga yozish bo‘limlari ham ochiladi.
Mualliflik ishlariga Shorahim Shoumarov, notaga yozish ishlariga
esa Viktor Uspenskiy rahbarlik qildi.
1928-yilda Samarqand davlat musiqa va xoreografiya ilmiy
tadqiqot instituti ochildi va direktor lavozimiga Nikolay Mironov
tayinlandi. U institutning ish faoliyatini uch yo‘nalishida olib bordi.
Ya’ni o‘zbek va yevropa musiqa cholg'ularida talabalami o‘qitish,
raqs bo'limida milliy va yevropa professional raqs san’atini
o‘rganish, musiqa merosini o‘zlashtirish notaga yozish hamda
targ‘ibot qilish.
Tasdiqlangan dastur asosida professional milliy kadrlar
tayyorlash vazifasi yuklandi. 0 ‘zbek, tojik xalqlarining va yevropa
musiqiy meros an’analarini talabalarga o'rgatish uchun institutga
Buxoro, Xorazm va Farg‘ona vodiysidan yuqorida zikr etilgan
san’at ustalari: Ota Jalol Nosirov, Domla Halim Ibodov, Hoji
Abdurahmon Umarov, Matyusuf Xarratov, Abduqodir Ismoilov,
Ahmadjon Umrzoqov kabi ulug‘ san’atkorlar yoshlarga maqom
san’ati sirlarini o‘rgatishdi. Tez orada institut Nikolay Mironov
rahbarligida quyidagi musiqaga doir kitoblami nashrdan chiqardi:
0 ‘zbek va tatar tillariida “Boshlang‘ich musiqa nazariyasi”(1929-yil)
darslik, rus tilida “Музыка узбеков” (1924-yil), “Обзор музыкальных
культур узбеков и других народов Востока” (1931-yiI),
“Музыка таджиков” (1932-yil) va institut talabalari: Muxtor
Ashrafiy Buxoro, Tolibjon Sodiqov Farg‘ona vodiysi va Sharif
Ramazonov Xiva xalq qo'shiqlarini zamonaviy notaga yozdilar va
Nikolay Mironovning muharrirligida 1931-yili “Песни Ферганы,
Бухары и Хивы” nomi bilan chop etildi. Muzkur institut
0 ‘zbekiston va Tojikiston Respubiikalarini quyidagi san’at
arboblarini yetkazib berdi: Muxtor Ashrafiy, Mutal Burxonov,
Tolibjon Sodiqov, Sharif Ramazonov, AXalimov, Doni Zokirov,
Manas Leviyev, M.Nasimov, Sh.Sohibov, M.Kalandarov, P .Rahimov,
Nabijon Hasanov, F.Shamsuddinov, B.Inoyatov, F.Shahobov,
Qori Siroj Yusupov kabi san’at ahii talabalik davrlarini hurmat va
27
ehtirom bilan eslashardi. Mazkur institut 1932-yil 0 ‘zbekistonnxng
yangi poytaxti Toshkent shahriga ko‘chib o^tkazilishi sababli faqat
ilmiy tadqiqot ishlari bilan faoliyat ko‘rsatadigan bo‘lib qoldi.
Chunki, institut talabalari Toshkent davlat musiqa texnikumiga
o'tkazildi, xoreografiya boiimi uchun maxsus maktab ochildi.
Kelgusida ushbu institutda turli san’at bo‘limiari ham tashkil topdi.
Hozirda ilmiy tadqiqot insituti respublikamizning madaniy hayotida,
turli san’atlarga bag‘ishlangan fanlarning rivojlanish jarayonida
faollik ko‘rsatmoqda.
1927-yMi Toshkentning Beshyog‘och dahasida pianinochi
A.Toshmuhammedov rahbarligida “Toshkent shahar 7-yilIik
musiqa maktabi” tashkil qilindi. Maktabda fortepiano, skripka,
violonchel, fleyta, klarnet, truba kabi sinflarga turli millatlarning
iste’dodli o‘g‘il-qizlari qabul qilinardi, 1935-36 o'quv yilidan
boshiab ta’lim jarayoniga ayrim o‘zbek xalq cholg‘ularini o‘rgatish
kiritilgan edi. Yildan-yilga musiqa maktabining o'quvchilari soni
ko‘payib bordi. Ana shu maktabda mashhur kompozitor Reyngold
Glier o‘zbek va rus sinflarda musiqa nazariyasidan dars bergan va
kelgusi yillarda ayniqsa, ikkinchi jahon urushi va keyingi yillarda
maktabning ish faoliyati bilan aloqani uzmagan edi. 1956-yili Glier
vafoti tufayli mazkur maktabga uning nomi berildi va Respublika
davlat 10 yillik musiqa maktab-intematiga aylantirildi.
Turkiston hokimiyati Toshkentdagi va viloyatlardagi barcha
teatr, turli jamoalami va shaxsiy boylaming binolarini davlat
( qaramog‘iga olish uchun 1918- yil 22-iyulda maxsus komissiya
1 tuzib, uning taklifiga binoan Toshkent va viloyatlardagi ko‘p
hashamatli binolar davlat ixtiyoriga o‘tkazildi. 1919-yilda Turkiston
Respublikasi Xalq maorif tashkiloti qaramog‘ida teatr bo‘limi
ochildi va uning zimmasiga quyidagi vazifalar yuklandi:
1. Respublikadagi jamiyki teatr ishlariga umumiy rahbarlik
qilish. 2. Havaskor va professional ijodiy jamoalarning ish faoliyatini
yuksaltirish va repertuarlarini boyitish.
3. Respublika bo‘ylab muntazam ravishda markaz va viioyatdagi
tomoshabinlarga gastrollar uyushtirish.
Shuni aytish joizki, 20 - 40-yillarda, ya’ni ikki o‘n yillik
mobaynida ijtimoiy - madaniy va siyosiy - iqtisodiy hayotda bir
28
talay o‘zgarishlar ro‘y berdi. Eng muhimi ijtimoiy ishlab
chiqarishning uzluksiz o‘sishi, katta korxonalar, suv inshootlari,
maktab va institut, teatr va madaniyat saroy binolarining qurilishi
natijasida va mehnatkashlarning tobora ortib borgan moddiy va
madaniy ehtiyojlarmi to ia qondirish imkonini berdi. Ayniqsa
o‘zbek millatini va 0 ‘zbekistonda istiqomat qiluvchi boshqa
xalqlarni birlashtirishda va ularni madaniy - ma’naviy talablarini
qondirishda 1927-yiIda tashkil topgan 0 ‘zbekiston Radio qo‘mitasi
va uning qoshida tashkil topgan musiqa bosh muharririyati,
ulug‘ bastakor Ymnus Rajabiy rahbarligidagi “Q‘zbek xalq
ansambli” (kelgusida maqomchilar ansambli), 1936-yilda tashkil
topgan simfonik orkestr va xor jamoalari juda katta rol o‘ynadi.
XX asrning 20-30-yillarida
0 ‘zbekistonda musiqiy
havoskorlar jamoalarining paydo
bo'lishi, faoliyat va mohiyatlari
Musiqa targ‘iboti
sohasidagi asosiy vazifalar 1 Zavod va fabrikalarning
ishchi klublari qoshidagi
havaskorlik to‘garaklari
...........mam ■ (Si
Umumta’Iim maktablarida I “Namuna” maktabi, s havaskorlik 1 “Ko‘k ko‘ylak” yoshlar i to‘garak!arining tashkil 1 jamoalari
etilishi 1 Ш
0 ‘zbek xalqining asrlar davomida an’ana bo‘lib kelgan milliy
musiqiy san’atining jozibali, kishini maftun etadigan olam-olam
zavq-u shavq bag‘ishlaydigan, estetik ruhni boyitadigan xalq
hofizlarini xizmat o‘rinlari beqiyosdir. Mazkur jarayonda XIX
asrning oxiri XX asr boshlarida yashagan va ijod qilgan milliy
musiqiy san’atimiz namoyandalari yangi tuzumda ham xalqqa faol
xizmat qildilar. Masalan, Toshkentda mashhur hofiz Shorahim
Shoumarov bir guruh sozandalar ansambli asosida 1918-yiIi
“Sanoyi nafisa” nomli birinchi kasaba uyushma tuzib, shahardagi
jamiyki san’atkorlarning huquqiarini himoya qilish va musiqiy
29
san’atni xalq orasida targ‘ibot qilishda tashabbuskorlik qildi. Uning
rahbarligida tuzilgan ansamblda, ustozi Mulla To'ychi
Toshmuhammedov, Ilhomjon dutorchi, Karimbek Xo‘ja g‘ijjakchi,
Shoborot - tanburchi, Ilyosxo'ja - changchi va ulaming shogirdlari:
Yunus va Risxi Rajabiylar, g‘ijjakchi bastakor Imomjon Ikromov,
kamonchi bastakor Po‘lat Rahimov, dutorchi Abdusoat Vahobov,
hofizlar Shoqosim, Shoolim, Shoakbar Shojalilovlar kabi san’at
ustalari xalqqa faol xizmat qildilar. Ustoz Shorahim Shoumarovning
chorsu bozori yonida joylashgan ansambli va Yunus Rajabiyning
“Chaqar” mahalla choyxonasida tuzgan ansambli yosh havaskor
san’atkorlar uchun haqiqiy musiqa maktabi bo‘Idi.
Bu ikki dargohda Toshkent san’atkorlaridan tashqari Farg‘ona
vodiysidan, Buxoro, Samarqand, Xorazmdan mashhur san’at
ustalari va ulaming shogirdlari ham birgalikda xalqqa o‘z
san’atlarini namoyish qilishardi. Ulaming konsert dasturlari asosan
maqom, mumtoz ashulalar va o‘zlari bastalagan kuy va qo'shiqlardan
iborat edi. Bundan tashqari, ustoz san’atkorlar o‘zlari ham
turli klub-maktablarda musiqiy havaskorlar to‘garaklarini tuzib
yoshlarga saboq berib, ko‘p yosh sozanda va xonandalarni
tarbiyaladilar.
Xuddi shunday “Sanoyi Naflsa” kabi uyushmani 1920-yili
Andijon shahrida xalq orasida Orif garmon nomi bilan tanilgan Orif
Toshmatov tashkil qildi. 0 ‘zbek san’atkor va ziyolilaridan tuzilgan
jamoada Muhiddin Xo‘ja Najmiddinov, Sobirjon Siddiqov,
Berkinboy Fayziyev, Dehqonboy Hofizlar, Yoqibjon changchi,
, 'Ashurali Oxun dutorchi, Zokir eshon doirachi, Hayit Oxun
tanburchi, Rustam Mehtar surnaychi, Ismat karnaychi, Sayfs
qayroqchilar bor edi. Ularning ishtirokida zikr qilingan uyushma va
“Tutzor” guzarida xalq ansambli tuzildi. Bu ansamblda g‘ijjakchi
bastakor To‘xtasin Jalilov, Hayitxon tanburchilarni yonlarida:
Komiljon Jabborov, Lutfullaxon Xo‘jayev, Rahmat Otaboyev,
G‘anijon Toshmatov, Isxoq Qori, Salohiddin hoji kabi havaskor
yoshlarni ham ko‘rish mumkin edi. Ansamblning dasturi keng edi.
Ular nafaqat Andijon, balki Qo‘qon, Marg‘ilon, Farg‘ona,
Namangan, Jalolobod, 0 ‘sh shahar va qishloqlarida ham ish olib
bordilar. Mazkur jamoani keyinchalik To‘xtasin Jalilov ham
boshqargan edi. Mashhur bastakor, 0 ‘zbekiston xalq artisti
30
To‘xtasin Jalilov o‘zining ustozi Orif Toshmatov faoliyatini
shunday ta’riflagan edi: “Bizning rahbarimiz Orif aka garmonda
o‘zbek xalq kuylaridan “Abdurahmonbegi”, “Nasrulloi”, “Ajam”,
“Tanavvor”, “Ufor” kabi klassik musiqalardan tashqari “Дунайские
волны”, “Амурские волны”, “Краковяк”, “Полька”,
“Варшавянка”, “Смело мы пойдём” kabi ruscha, bundan tashqari
Hamzaning kuylarini hamda o‘zi bastalagan musiqalami jo‘shqinlik
bilan ijro etib hammani lol qoldirar edi. Shular orasidan o‘zlari
yaratgan “Andijon polkasi” esa juda ham mashhur boiib ketdi.
Shunisiga qoyil qolar edimki, ustoz o‘zbek xalqining mumtoz
kuylarini dutorda qanday chalsa garmonda ham shunday nozik
Yüklə 28,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin