5.SSSRning parchalanishi va MDHning tashkil topishi.
SSSR prezidenti M.S.Gorbachyev tomonidan olib borilgan nomuntazam siyosati, uning obro`siga putir yetkazdi va unga nisbatan ishonchsizlikni o‘yg‘otdi. 1991 yil 8 dekabrda Belovejskaya Pushada (Belorussiya) Rossiya, Ukraina va Belorussiya prezidentlari B.N.Elsin, L.M.Kravchuk va S.S.Shushkevich SSSR tugatilganligi va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) tashkil topganligi to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar.
1991 yil 21 dekabr kuni Qozog‘iston poytaxti Olmata shahrida MDX takibiga sobiq ittifoqning Boltiq bo‘yi respublikalaridan tashqari, barcha boshqa respublikalar (Armaniston, Gruziya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Maldova, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston) qo‘shildi. Shunday qilib, Sobiq ittifoqdosh respublikalar o‘rnida suveren Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkil topdi. Shundan so‘ng, 1991 yil 25 dekabrda M.S.Gorbachyev prezidentlik vakolatidan voz kechkanligini hamda SSSR tarqatib yuborilganligini rasmane’lon qildi.
MDH taraqqiyot bosqichidagi ittifoq edi. MDHning ichida kichik guruhlar shakllandi. Rossiya, Belorussiya va Qozig‘iston urtasida yaqin aloqalar urnatildi. Shunindek, MDX doirasida Markeaziy Osiyo davlatlari orasida o‘ziga xos aloqalar kuchaytirildi. Kollektiv xavfsizlik tashkiloti (ODKB) shartnomasi tuzildi. MDX mamlakatlari urtasidagi iqtisodiy va savdo integratsiya jaraenini shakllantirish maksadida YevrAzES tashkil etildi. MDXning Ustaviga muvofik xar yili tashkilotga a’zo mamlakat rahbarlarining sammiti bulib utadi.
Dostları ilə paylaş: |