Topshiriqlar.
1.Ikkita haqiqiy son berilgan. Agar birinchi son ikkinchisidan
katta bo’lsa, birinchi sonni, aks holda ikkala sonni ham
chiqaruvchi dastur tuzilsin.
2. Ikkita haqiqiy son berilgan. Agar birinchi son ikkinchisidan
kichik yoki teng bo’lsa, birinchi sonni nolga aylantiruvchi, aks
holda o’zgarishsiz qoldiruvchi dastur tuzilsin.
3. Uchta haqiqiy son berilgan. Shu sonlardan (1,3) oraliqga
tegishlilarini aniqlovchi dastur tuzilsin.
4. x,y haqiqiy sonlari berilgan. Ularning kichigini sonlar
yig’indisining yarmiga, kattasini ko’paytmasining ikkilanganiga
almashtiruvchi dastur tuzilsin.
5. Uchta haqiqiy son berilgan. Ulardan manfiy
bo’lmaganlarining kvadratini chiqaruvchi dastur tuzilsin.
6. a, b, c, d haqiqiy sonlari berilgan. Agar bu sonlar d ≥ c ≥ b ≥
a shartni qanoatlantirsa, har bir sonni ularning kattasiga
almashtiruvchi; a>b>c>d shartni qanoatlantirsa sonlarni
o’zgarishsiz qoldiruvchi, aks holda har bir sonni kvadratga
oshiruvchi dastur tuzilsin.
7. Kvadrat tenglamaning ildizlarini topuvchi dastur tuzilsin.
ax2+bx+c=0 ko’rinishidagi tenglama kvadrat tenglama deyiladi.
8. Aylana radiusi va kvadrat tomoni ma’lum. Qaysi figuraning
yuzasi katta?
9. Kvadrat va doira yuzasi ma’lum. Aniqlang:
a) kvadratga doirani joylashtirish mumkinligini;
b) doiraga kvadratni joylashtirish mumkinligini.
10. Ikki xonali son berilgan. Aniqlang:
a) uning birinchi yoki ikkinchi raqamlari kattaligini aniqlang;
b) uning raqamlari tengligini.
11. Ikki xonali son berilgan. Uning raqamlari kublari
yig’indisining to’rtlanganligi sonning kvadratiga tengligini
aniqlang. Masalan, 48 soni uchun javob o’rinli, 52 soni uchun
o’rinsiz.
12. Ikki xonali son berilgan. Aniqlang:
a) uning raqamlari yig’indisi yana ikki xonali son bo’lishini;
b) a soni uning raqamlari yig’indisidan kattaligini.
13. Ikki xonali son berilgan. Aniqlang:
a) uning raqamlari yig’indisi uchga karraligini;
b) uning raqamlari yig’indisi a soniga karraligini.
14. Uchta haqiqiy sonlar berilgan. Ulardan manfiymaslarini
kvadratga, manfiylarini to’rtinchi darajaga ko’taring.
15. Bir biriga teng bo’lmagan x va y haqiqiy sonlar berilgan. Bu
ikkita sondan kichigini ularning yig’indisining yarmi bilan,
kattasini esa – ularning ko’paytmasini ikkilanganligi bilan
almashtiring.
16. XOY tekislikda A nuqta o’zining koordinatalari bilan
berilgan. U qayerda joylashganligini ko’rsating (qaysi o’qda
yoki qaysi chorakda).
17. m, n butun sonlar berilgan. Agar sonlar teng bo’lmasa, ularni
shunday almashtiringki, berilganlarni kattasiga, agar teng bo’lsa,
unda nollar bilan almashtiring.
18. a, b, c sonlar orasidan manfiylarini sonini hisoblang.
19. a, b, c sonlar orasidan musbatlarini sonini hisoblang.
20. a, b, c sonlar orasidan butunlarini sonini hisoblang.
21. k soni a, b, c sonlarning qaysilarini bo’luvchisi bo’lishini
aniqlang.
22. Agar xonadagi issiqlik 600 S dan oshsa, “Yo`ng’in xavfi”
deb xabar beradigan, bino yo`ng’in datchigi modeli tahlili
dasturini tuzing.
23. Guruch ikkita paketga solingan. Birinchi paket og’irligi m
kg, ikkinchisiniki n kg. Quyidagilarni aniqlovchi dastur tuzing:
a) Qaysi paket og’irroq – birinchisimi yoki ikkinchisi;
b) Eng og’ir paket massasini.
24. Odamning quyidagi guruhlardan: maktab yoshigacha,
o’quvchi, ishchi, nafaqaxo’rlardan biriga taalluqli ekanligini
yosh ma’lumotlariga qarab tahlil qiluvchi dastur yozing. Yoshi
klaviaturadan kiritilsin.
25. Ikkita natural son berilgan. Ularning o’rta arifmetigi butun
sonligini aniqlang.
26. Uchburchakning uchta a, b va c tomonlari berilgan. Bu
uchburchak to’g’ri burchakli uchburchak va qaysi tomoni
gipotenuza ekanligini aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |