Hisoblang: 0,997 ehtimol bilan o‘rtacha oylik mehnat haqining ishonch intervalini.
2. 10% li tasodifiy tanlama kuzatish natijalari bo‘yicha Xalq banki bo‘limidagi 1000 ta omonat qo‘yilmalari hisob varag‘idan 600 tasi ishchilarga tegishli ekanligi aniqlandi. Agar o‘rtacha omonat qo‘yilmalari qoldig‘ining chegaraviy xatosi (o‘rtachaga nisbatan foiz hisobida ) 2,4% ni, variatsiya koeffitsienti esa 40% ni tashkil etsa, 0,950 ehtimol bilan aniqlang:
1) o‘rtacha omonat qo‘yilmalari qoldig‘ining ishonch intervalini;
2) jami omonat qo‘yilmalari summasining ishonch intervalini.
11-VARIANT 1.Tasodifiy takrorlanadigan tanlama kuzatish natijalari bo‘yicha korxona ishchilarining o‘rtacha tarif malakasi uchun ishonch intervali 4 dan 5 gacha bo‘lishi aniqlangan. Agar tanlama to‘plamdagi ishchilar tarif malakasining o‘rtacha kvadratik chetlanishi 1 ga teng bo‘lsa, 0,954 ehtimol bilan aniqlang:
1)tanlama to‘plamdagi ishchilar tarif malakasining chegaraviy xatosini;
2) tanlama to‘plamdagi ishchilar tarif malakasining o‘rtacha xatosini.
2. Paxta tolasining o‘rtacha og‘irligini o‘rganish maqsadida 400 ta tola takrorlanadigan tanlash usulida tekshirilgan. Tanlama kuzatish natijalari bo‘yicha tola og‘irligining variatsiya koeffitsienti 30%ni tashkil etsa, 0,997 ehtimol bilan uning chegaraviy xatosini (o‘rtacha miqdorga nisbatan foiz hisobida) aniqlang.
12-VARIANT 1. 0,954 ehtimol bilan 36% li tasodifiy takrorlanmaydigan tanlab kuzatish o‘rtacha xatosi takrorlanadigan tanlab kuzatish o‘rtacha xatosiga nisbatan qancha foiz kam bo‘ladi?
2. Xaridorlarning jun gazlamaga bo‘lgan talabini o‘rganish maqsadida 5 foizli tasodifiy tanlab kuzatish o‘tkazildi. Viloyat bo‘yicha 600ta oila tanlab kuzatildi. Kuzatish natijasida jon boshiga to‘g‘ri keladigan xarid miqdori va oilalar soni to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar olindi:
Jon boshiga to‘g‘ri keladigan yillik xarid, kv.metr.
2,0 gacha
2,0-3,0
3,0-4,0
4,0-5,0
5,0 va undan yuqori
Oilalar soni
80
100
180
150
90
Hisoblang: 1) 0,954 ehtimol bilan viloyat aholisi bo‘yicha jon boshiga to‘g‘ri keladigan jun gazlamasi xaridining chegaraviy xatosini;
2) 4,0 kv. metrdan ko‘proq jun gazlamasi xarid qiladigan oilalar hissasining ishonch intervalini.