To‘qqizinchidan, Bank imijini oshirishdan iborat. Bank imiji, uning jamiyatdagi, mamlakatdagi obro‘si, erishilgan muvaffaqiyatlar bilan chambarchas ravishda bog‘liqdir. Erishilgan obro‘-e’tibor albatta uning faoliyat barqarorligi, mijozlarga ko‘rsatilgan xizmat turlarining sifati, tezkorligi va to‘laqonliligi bilan belgilanadi. Bular esa o‘z navbatida bank faoliyatini doimiy ravishda to‘liq tahlil etish va undan to‘g‘ri xulosalar chiqarish bilan bog‘liqdir.
Yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishish bank faoliyati tahlilining quyidagi vazifalariga bog‘liqdir.
1. Butun bank faoliyati va uning ayrim yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat tahlilining natijalarini to‘la-to‘kis ravishda yoritish.
2. Bank faoliyati to‘g‘ri tahlil etilishi natijasida bank faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar va ularning ta’siri natijalarini chuqur o‘rganish.
3. Erishilgan natijalarni baholash va ular to‘g‘risida to‘g‘ri xulosalar tayyorlab kelgusida optimal qarorlarni qabul qilish uchun bankning boshqaruv organlariga taqdim etish.
Xulosa qilib aytganda, bank faoliyatining samaradorligi asosan uning faoliyatini har tomonlama to‘liq tahlil etilishi, natijalari o‘rganilishi, istiqboldagi rejalar tahlil natijasida qabul qilingan qarorlar, belgilanadigan chora-tadbirlar sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqdir.
Bank faoliyati tahlilining turlari asosan belgilangan maqsad va vazifalarga bog‘liqdir. Bundan tashqari, tahlil amalga oshirilayotgan zamon va makon, tahlil obyekti va subyektlari masalalari ham inobatga olinmog‘i zarur. Bank faoliyatini tahlil etish subyektlari nuqtayi nazaridan ular ikki turga bo‘linadi. Bular birinchidan tashqi va ikkinchidan ichki tahlilga bo‘linadi. Banklari tashqi tahlili asosan Markaziy bank, Tashqi auditor tashkiloti va Soliq inspeksiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Ichki tahlil odatda bankning ichki audit guruhi, tegishli departament va boshqarmalar hamda har bir bank xodimining funksional vazifalari yuzasidan amalga oshiriladi. Bank faoliyati tahlili tashqi va ichki subyektlar tomonidan amalga oshirilishini quyidagi chizmada aks ettirish mumkin.
1