41. Uchta do„st sayohatga otlanishdi va chodir sotib olishga qaror qilishdi Ularning
birinchi chodir narxining 60% ni, ikkinchisi narxning qolgan qismining 40 %
ni, uchinchisi esa - oxirgi 30 dollarni to„ladi. Chodir qancha turadi? (PISA
topshiriqlaridan)
42. Tadbirkorlik ko„lamini rivojlantirish uchun ikki sherik 50 ming dollar ajratdi.
Bozorda narxlarning o„zgarishi munosabati bilan birinchisi o„z ulushini 30
foizga, ikkinchisi esa 70 foizga oshirdi. Natijada ularning umumiy kapitali 81
ming dollarga teng bo„ldi. Har bir sherik qancha hissa qo„shgan? (PISA
topshiriqlaridan)
43. Alfabank 1 dollarni 3000 tinor (shartli pul birligi)ga almashtirib beradi va
qancha pulni amlashtirib berganidan qat‟iy nazar 7000 tinor pulni xizmati
ko„rsatgani, ya‟ni almashtirib bergani uchun olib qoladi. Bettabank esa 1
dollarni 3020 tinorga almashtirib beradi va 1 dollar pulni xizmat ko„rsatgani
uchun olib qoladi. Sayohatchi bu banklarda ma‟lum miqdordagi pulini
almashtirish - uning uchun farqi yo„qligini aniqladi. U qancha pul
almashtirmoqchi bo„lgan? (PISA topshiriqlaridan)
44. Fudji tog‟iga ko‟tarilish. Yaponiyadagi Fudji tog‟i “uyqudagi” vulkani bilan
mashhur
tog‟
hisoblanadi.
Fudji
tog‟i
faqat
1
iyuldan
27 avgustgacha bo‟lgan davrda odamlar uchun ochiq. Taxminan 200 ming kishi
hozirgi vaqtda Fudji tog‟iga chiqmoqda. O‟rtacha har kuni Fudji tog‟iga qancha
odam ko‟tariladi?
45. Qaysi qatorda darsni tashkil qilish mohiyatidan kelib chiqib faqat dars shakllari
berilgan?
46. Qaysi qatorda darsni tashkil qilish mohiyatidan kelib chiqib faqat dars turlari
berilgan?
47. Ta‟lim olishga undov, o‟quvchilarni yangi mavzuga qiziqtirish, mavzuni
dolzarblashtirish, mavzuga oid muammoni vaziyatni keltirib chiqarish darsning
qaysi boqqichida bajariladi?