1. Investitsiya haqida tushuncha va uning fermer xo‘jaligida tutgan o‘rni



Yüklə 42,01 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü42,01 Kb.
#208316
8-Mavzu. Fermer xo’jaligida investitsiya mablag’laridan foydalan-fayllar.org(1)


8-Mavzu. Fermer xo’jaligida investitsiya mablag’laridan foydalanishni baholash

8-Mavzu. Fermer xo’jaligida investitsiya mablag’laridan foydalanishni baholash.


REJA.
1.Investitsiya haqida tushuncha va uning fermer xo‘jaligida tutgan o‘rni.
2.Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi va uni fermer xo‘jaliklariga jalb etish yo‘llari.
3.Fermer xo‘jaliklarida investitsiyadan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari.
Investitsiya haqida tushuncha va uning fermer xo‘jaligida tutgan o‘rni.

Bozor iqtisodi sharoitida investitsiya mablag‘lari yangi, samarali texnologiya hamda intellektual mulkni barpo etishga xizmat qiladi. Investitsiya mablag‘lari doimiy va o‘zgaruvchan kapitalni hamda intellektni barpo etish, uni rivojlantirish uchun sarflanadi. Fermer xo‘jaligining asosiy vositalarini sotib olish, qurish hamda ularni kapital ta’mirlashga sarflansa, bu sarflar uzoq muddatga mo‘ljallangandir. Ular asosiy kapitalga sarflangan investitsiyalar deb ataladi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligida investitsiyalar aylanma vositalarga ham sarflanadi. Investitsiyalar fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish vositalarini barpo etadi va ishga yaroqliligini ta’minlaydi.


Fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish vositalariga sarflanadigan barcha mablag‘lar investitsiyalar deb ataladi. Ular fermer xo‘jaligining moddiy- texnika bazasini yaratib, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, kimyolashtirish, elektrlashtirish, irrigatsiya-melioratsiyalash natijasida sarf-xarajatlarni kamaytirib, mahsulotlar hajmini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash orqali daromadni oshirishdan iborat.
Investitsiya mablag‘laridan samarali foydalanishning tashkiliy-huquqiy asoslari haqida O‘zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi, «Chet el investitsiyalari to‘g‘risida»gi (1998) Qonunlari qabul qilingan. Unda investitsiyalar maqsad va vazifalariga ko‘ra, 3 ga bo‘linadi:
1. Kapital investitsiyalar asosiy fondlarni barpo etishga, takror ishlab chiqarishga va moddiy ishlab chiqarishning barcha shakllarini rivojlantirishga sarflangan investitsiyalardir. 2. Innovatsiya investitsiyalari deb, texnika, texnologiyalar yangi avlodini yaratish va o‘zlashtirishga sarflangan investitsiyalarga aytiladi. 3. Ijtimoiy investitsiyalar inson salohiyatini, malakasini va ishlab chiqarish tajribasini oshirishga, shuningdek, moddiy iste’mollarning boshqa shakllarini rivojlantirishga sarflanadigan mablag‘lardir.
Investitsiyalarning ikki turi bor: 1. Real investitsiyalar – moddiylashgan asosiy va aylanma vositalarga mablag‘lar. 2. Moliyaviy investitsiyalar – qimmatli qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya, veksel, sertifikat) shakllantirishga sarflangan mablag‘lar. Real investitsiyalar kapital qo‘yilmalar deb ham ataladi.
Kapital qo‘yilmalar yalpi va sof kapital qo‘yilmalarga bo‘linadi. Real investitsiyalarning umumiy summasi yalpi kapital qo‘yilmalarini tashkil etadi. Real investitsiyalarni sarflash natijasida ishga tushirilgan qismi sof kapital qo‘yilmalardir. Sof kapital qo‘yilma yalpi kapital qo‘yilma summasiga teng yoki kam bo‘lishi mumkin. Fermer xo‘jaligida yalpi kapital qo‘yilmani sof kapital qo‘yilmaga aylantirishga alohida e’tibor berilishi lozim. Sarflanayotgan real investitsiyalar moddiylashtirilishini, ya’ni ishga tushirilishini ta’minlash zarur.
Milliy hisoblar tizimida kapitalga hamda moddiy ishlab chiqarish vositalariga sarflangan mablag‘lar real investitsiyalar deb ham yuritiladi.
Kapital qo‘yilmalarning fermer xo‘jaligidagi ahamiyati yuqori bo‘lib, birinchidan, kapital qo‘yilmalar – jami xarajatlarning asosiy qismi hisoblanadi. Kapital qo‘yilmalardagi o‘zgarishlar jami talabga yetarlicha ta’sir ko‘rsatadi, shuningdek, aholining bandligi va yalpi milliy daromad (YAMD) hajmining ham o‘zgarishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, kapital qo‘yilmalar fermerlarning asosiy fondlari jamg‘arilishiga, ya’ni ko‘payishiga olib keladi.
Uchinchidan, kapital qo‘yilmalarning noratsional sarf qilinishi ishlab chiqarish resurslari, xarajatlar o‘sishiga olib keladi, natijada YAMD qisqaradi. Investitsiyalar (kapital qo‘yilmalar) fermer xo‘jaligini har tomonlama rivojlantirib, moddiy texnika bazasini mustahkamlaydi. Ulardan samarali foydalanish natijasida jonli mehnat xarajatlari qisqarib, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi ortib, sof foyda summasi ko‘payadi. Natijada fermer xo‘jaligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarish asosida rivojlantirish imkoniyati
kengayadi.
Fermer xo‘jaliklarining barcha investitsiyalari (kapital qo‘yilmalar) ikkita manbadan: korxonaning o‘z mablag‘laridan va chetdan jalb qilingan mablag‘lardan shakllanadi.
Fermer xo‘jaligining o‘z mablag‘lariga quyidagilar kiradi:
fermer xo‘jaligining sof foydasidan ajratilayotgan mablag‘lar;
amortizatsiya fondidagi mablag‘lar;
asosiy vositalarni tugatishdan, sotishdan kelib tushgan mablag‘lar;
chorva mollarini sotishdan tushgan mablag‘lar;
fermer xo‘jaligining qimmatli qog‘ozlar sotish va sotib olishidan kelgan mablag‘lar.
Chetdan jalb qilingan mablag‘larga:
fermer xo‘jaligiga davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar;
hamkorlardan olinadigan mablag‘lar;
turli xil qarzlar va bank kreditlari;
xo‘jalik a’zolarining bo‘sh mablag‘larini jalb etish;
xorijiy va mahalliy shaxsiy korxonalar hamda fuqarolarning mablag‘lari;
homiylar ajratayotgan xayriya mablag‘lari va boshqalar.
Kapital kapital qurilishga va yangi texnikani joriy qilishda ishlatiladi. Kapital qo‘yilmalarning asosiy vazifasi – tarmoq mahsulotini ko‘paytirish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni ta’minlashdir.
Kapital – fermer xo‘jaligi moliyaviy natijalarining bir qismi bo‘lib, aylanma fondlarga qo‘yilib, daromad keltiradi. Kapitalning aylanma fondlarga qo‘yilishi to‘g‘ri portfelli investitsiyalar orqali amalga oshiriladi.
Investitsiya qilishda fermer xo‘jaligining o‘z mablag‘laridan foydalanishi ikkita ustunlikka ega: birinchidan, fermer xo‘jaligining tashqi to‘lovlari mavjud bo‘lmaydi (olingan kreditlar bo‘yicha foiz, aksiyalar bo‘yicha dividendlar, ijara haqi va hokazo), shuningdek, fermer xo‘jaligini boshqarishda mustahkam pozitsiyani shakllantiradi.
Chetdan jalb etilayotgan investitsiyalar – chet davlatlarning, yuridik hamda jismoniy shaxslarning investitsiyalaridan tashkil topadi.
Chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad respublika hududida chet el investitsiyalari hisoblanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi.
Fermer xo‘jaligini boshqarishni takomillashtirishga va ishlab chiqarishni rivojlantirishga Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banklarining respublikadagi bo‘limlari hamda AQSH, Germaniya, Isroil, Gollandiya, Fransiya va boshqa davlatlarning vakolatxonalari investitsiyalarni joylashtirish, sarflash bilan shug‘ullanmoqda.
Ivestitsiyalar iqtisodiy va boshqa faoliyat obyektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlardir. Qishloq xo‘jaligida investitsiyalar quyidagi faoliyatda bo‘ladi.
Investitsiya faoliyati subyektlarning investitsiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq harakatlardir.
Investor – o‘z mablag‘larining, qarzga olingan va jalb etilgan mablag‘larining, mulkiy boyliklarning va ularga doir huquqlarning, shuningdek, intellektual mulkka doir huquqlarning investitsiya faoliyati subyekti hisoblanadi.
Investitsiya faoliyati ishtirokchisi investorning buyurtmalarini bajaruvchi sifatida investitsiya faoliyatini ta’minlovchi investitsiya faoliyati subyektidir.
Reinvestitsiyalar investor tomonidan kiritilgan investitsiyalarni boshqa davlatga yoki hududga berib yuborishdir.
Investitsiyalarning iqtisodiy samaradorligi va uni fermer xo‘jaliklariga jalb etish yo‘llari.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan «Investitsiya faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunida fermer xo‘jaligiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo‘llari ko‘rsatilgan.

Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banklari, Osiyo «Krossroud» kredit kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, O‘zbekiston xususiylashtirish va investitsiyalar bo‘yicha xalqaro «O‘zprivatbanki» ABN AMRO bank, «Asaka» banki, Aksiyadorlik-tijorat «Paxta-Bank», Aksiyadorlik-tijorat «O‘ztadbirkorbank» kabi qator moliya institutlari fermer xo‘jaliklari loyihalarini moliyalash uchun qat’iy valutadan kreditlar berishadi.


Xalqaro moliya korporatsiyasi kreditlarni faqat milliy kompaniyalarga beradi va hozirgi paytda qo‘shma korxonalarni tashkil etishga ko‘proq e’tibor qaratadi.
Shuningdek, xalqaro moliya korporatsiyasi maslahat berishda va boshqa moliyalash manbalarini jalb etishda ishtirok etadi. Uning O‘zbekistondagi strategiyasining muhim qismi xususiy sektor, tarkibiy yangilanishlar va xususiylashtirish yo‘nalishidagi aniq loyihalarni moliyalashtirishdan iborat.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki tomonidan ochilgan kredit yo‘nalishlari, asosan, Milliy bank va «Asaka» banki orqali amalga oshiriladi. Yaqin kunlarda ishlab chiqarishda Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kredit yo‘nalishlari aksiyadorlik tijorat «Paxta-bank» orqali ochilishi kutilmoqda.
Kichik va o‘rta biznes mezonlariga muvofiq keladigan xususiy , kichik, qo‘shma, dehqon fermer xo‘jaliklari va aksiyadorlik jamiyatlari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Osiyo taraqqiyot banki kreditlarining oluvchilariga aylandilar.
Kredit yo‘nalishlarining resurslaridan xorijiy uskunalar va texnologiya- larini xarid qilishni moliyalashtirish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va mahalliy xomashyo resurslarini qayta ishlash, ishlab chiqilgan namunaviy yoki alohida loyihalar asosida eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar va xalq iste’moli molllari ishlab chiqarishni ko‘zda tutadigan investitsiya loyihalarini ta’minlash bilan bog‘liq dastlabki ishchi kapitalini shakllantirish uchun foydalaniladi.
Zamonaviy investitsiya siyosatining muhim tamoyillari har turli kapitalni bir martalik imtiyozlar bilan jalb etishdan emas, barqaror va o‘zaro manfaatli investitsiya tartibi hamda real kafolatlar berishdan iborat.
Hozirgi bosqichda xalqaro xorijiy kapital harakatining shakllari turli- tuman bo‘lgani holda bevosita xorijiy investitsiyalar ustuvor rol o‘ynaydi, binobarin, ular amalga oshiriladigan mexanizm va kanallar doimiy takomillashish hamda rivojlanish jarayonida bo‘lib jahon iqtisodiyotidagi tarkibiy yangilanishlar bilan birgalikda zamonaviylashtiradi.
Zamonaviy jahon xo‘jaligi mintaqaviy va xalqaro miqiyosda milliy iqtiso- diyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va faoliyat ko‘rsatishning yetarli darajada aniq qoidalariga ega. Tajriba shuni ko‘rsatadiki, ularga oqilona rioya etilishi xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanishni ta’minlaydi va musobaqa tarzidagi raqobat tartibi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishining garovi sanaladi.
Fermer xo‘jaliklarida investitsiyadan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari.
Fermer xo‘jaliklari mahsulot yetishtirish va xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish uchun sarmoya sarf etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida esa, har bir investor sarmoyasini sarflashdan oldin sarmoya sarflanadigan tadbir qanday natija berishini, uning iqtisodiy samarasi qanday bo‘lishini bilishni talab etadi. Fermer xo‘jaligi ham sarflanadigan yoki yo‘naltiradigan kapital sarflarni, uzoq muddatga foydalaniladigan vositalarni tashkil etishga qaratilgan mablag‘lar samarasini loyihalashtirish jarayonini ko‘zda tutadi.
Fermer xo‘jaligi biron tadbirni amalga oshirish uchun tashqaridan mablag‘ jalb qiladigan bo‘lsa, tadbirni ifoda etuvchi loyihada ko‘zda tutilgan sarf- xarajatlari, iqtisodiy samaradorligi aniq hisoblangan bo‘lishi kerak. Bu loyihaning texnik-iqtisodiy jihatdan asoslanganligini (TEO) ifodalovchi hujjatda aks ettiriladi. Bu masalani hal qilishda kapital sarflar va investitsiyaning iqtisodiy samaradorligini aniqlash usulidan foydalaniladi.
Uzoq muddatga qilinadigan investitsiyaning absolut yoki mutlaq samaradorligi qiyosiy yoki nisbiy aniqlanadi.
Mutlaq samaradorlik fermer xo‘jaligi sarf qilgan sarmoya natijasida qo‘shimcha natija, ya’ni sarf qilgan sarmoyaning bir-birligiga olgan qo‘shimcha yalpi daromad va foyda bilan ifodalanadi. Fermer xo‘jaligi bo‘yicha bu quyidagi formula bilan aniqlanadi:

SSa 
YaDekiF


S ;


Bunda: SSa – mutlaq samaradorlik;

YaDeKiF


– qo‘shimcha olingan foyda;

S – sarmoya (investitsiya) ning o‘sgan qismi.


Masalan, fermer xo‘jaligi bozor iqtisodi talablari darajasida bo‘lishini ta’minlash uchun kompleks tadbirlarni amalga oshirish xo‘jalik foydasini har yili 8 mln. so‘mga oshirish imkoniyatini beradi. Bunda sarf-xarajatlarning samaradorlik koeffitsiyenti – 0,27 ni tashkil etadi.
Sa  8m ln  0,27 ;
30m ln
Investitsiya ayrim vositalar va yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanganda mutlaq samaradorlikni aniqlashda quyidagi formuladan foydalaniladi:

Sa 
T0  T1  M


S ;

Bunda: T0 – sarmoya qilingunga qadar bo‘lgan davrdagi mahsulot birligi; T1 – sarmoya qilingandan keyingi tannarx;


M – sarmoya qilishi natijasida olingan mahsulot yoki ish hajmi.
Masalan, fermer xo‘jaligi sigirlaridan sut sog‘ib olishni mexanizatsiyalash uchun sog‘ish agregatlarini sotib olib o‘rnatdi. Bu tadbirlarga 15 mln. so‘m sarf-xarajat qildi. Natijada 100 bosh sigirning har biri 3000 kg (30 sentner) sut beradigan, qo‘lda sog‘iladigan sigir mashinalar yordamida sog‘iladigan bo‘ldi. Sigirlar qo‘lda sog‘ilganda 1 sentner sut tannarxi – 1300 so‘m bo‘lgan bo‘lsa, ularni mashinada sog‘ish natijasida 1 sentner sut-tannarxi 1200 so‘mni tashkil etdi. Shu tariqa har bir sentner sutni sog‘ib olishdan – 100 so‘m tejashga erishildi. Ma’lumotlarni yuqoridagi formulaga qo‘yish orqali bu tadbirga qilingan sarflari – investitsiyaning iqtisodiy samaradorligini aniqlaymiz:
Bu tadbirga qilingan sarf-xarajat mutlaq samaradorlik koeffitsiyenti – 0,2 ga teng bo‘ldi. Sarmoya sarflarining me’yoriy samaradorlik koeffitsiyenti – 0,14 so‘mga teng. Endi sarf-xarajatlarning samaradorligini yanada to‘liqroq tushunish uchun ularni qoplash muddatini bilish kerak, ya’ni bu sarflar o‘z qiymatini olingan qo‘shimcha daromadlar bilan necha yilda qoplaydi? Sarf- xarajatlarni qoplash muddati quyidagicha aniqlanadi:
Korxona bo‘yicha:


MM
Ayrim yo‘nalishlar:

 S 
F


30000000  3,7 yil ;
8000000



M  S


T0  T1  3000
 15 m ln
3m ln
 5 yil ;
Sarmoya turi bo‘yicha me’yori:

;
QM  t  1,0  7,14 yil


0,14
Har ikkala tadbirda ham qoplash muddati me’yoriy muddatdan kam bo‘lganligi sarf-xarajatning iqtisodiy samarali ekanligini ko‘rsatadi.
Qiyosiy yoki nisbiy samaradorlik.
Bu usuldan biror bir tadbirni bir necha yo‘nalishda amalga oshirish mumkin bo‘lgan taqdirda foydalaniladi. Bu usulda iqtisodiy baho berishning asosiy mezoni eng kam xarajat qilish hisoblanib, quyidagi formula bilan ifodalanadi:
SQN*K!min
Bunda: S –mahsulot yoki ish birligi uchun qoplangan joriy xarajatlar; N- kapital sarflar yoki investitsiyaning me’yoriy darajasi;
T- u yoki bu yo‘nalishdagi kapital sarflar yoki investitsiya.
Masalan, fermer xo‘jaligi boshoqli don ekinlari hosilini o‘rib-yig‘ib oluvchi kombayn xarid qilmoqchi. Ishlab chiqarish omillari bozorida 3 xil rusumdagi kombayn mavjud bo‘lib, biri Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan

«Yenisey» kombayni, bahosi 16 mln. so‘mni, ikkinchisi AQSHda ishlab chiqarilgan «Keys» kombayni, bahosi 22 mln, uchinchisi Germaniyada ishlab chiqarilgan «KSA» kombayni, bahosi 19 mln. so‘m.


Kombaynlar pasportida ko‘rsatilgan texnik ma’lumotlarga ko‘ra, mavsumda «Yenisey»- 600 tonna, «Keys» -1200 tonna, «KSA» kombayni esa
–840 tonna boshoqli donni o‘rib-yig‘ib olishi mumkin.
Har bir rusumdagi kombayn bilan o‘rib-yig‘ib olishga ketgan joriy xarajatlar 1 tonna hisobiga «Yenisey» kombaynida – 50 ming so‘mni, «Keys» kombaynida – 35 ming so‘mni, «KSA» kombaynida – 40 ming so‘mni tashkil etgan. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarni nisbiy (taqqoslama) samaradorlikni aniqlash formulasiga qo‘yish orqali qaysi rusumdagi kombaynni sotib olish fermer xo‘jaligi uchun iqtisodiy jihatdan samarali ekanligini aniqlaymiz:
«Yenisey» 50+0,16*26,6=54,2 ming so‘m;
«Keys» 35+0,16*18,3=37,9 ming so‘m;
«KSA» 40+0,16*22,6=43,6 ming so‘m.
Hisoblardan ko‘rinib turibdiki, fermer xo‘jaligi «Yenisey» rusumli kombaynni sotib olganda 1 tonna boshoqli donni o‘rib-yig‘ib olishga – 54,2 ming so‘m, «KSA» kombaynini xarid qilganda – 43,6 ming so‘m, «Keys» kombaynidan foydalanganda – 37,9 ming so‘m sarf qilgan bo‘lardi. Yoki
«KSA» kombaynidan foydalangandan ko‘ra – 5,7 mingga, «Yenisey»ga nisbatan esa – 16,3 ming so‘m kam sarf qilishga erishadi. Shuning uchun fermer xo‘jaligi «Keys» rusumli kombaynni sotib olgani ma’qul.
Qisqacha xulosalar.
Mustaqil bozor munosabatlarida shakllanayotgan respublika iqtisodiyotiga investitsiya mablag‘lari, yangi samarali texnologiyalarning kirib kelishi mahsulot hajmini, assortimentini hamda daromadini oshirishga imkoniyat yaratdi. Investitsiyalar kapital, innovatsiya va ijtimoiy shakllarda Respublikaning barcha xalq xo‘jaligida samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Hukumat tomonidan investitsiya olib keluvchi investorlarni huquqiy himoyalash to‘g‘risida barcha qonuniy asoslar yaratildi. Investitsiya olib kirish va undan hamkorlikda foydalanish hamda moliyalash mexanizmlari davlat tomonidan boshqariladi, tartibga solinadi va nazorat ishlari olib boriladi. Respublikaning jahon bozoriga chiqishi uchun yangi ishlar,texnologiyalar zarur ekan, bu sohani rivojlantirishga katta e’tibor saqlanib qoladi. Ayniqsa, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishda investitsiya mablag‘lari va texnologiyalari muhim rol o‘ynaydi.
Nazorat va muhokama uchun savollar.
Xalq xo‘jaligida investitsiyaning o‘rnini tushuntirib bering.
Investitsiyalarning fermer xo‘jaliklari faoliyatidagi zaruriyatini izohlang.
Investitsiya samaradorligi qanday ko‘rsatkichlar bilan aniqlanadi?
Kapital qo‘yilma nima va unga pul mablag‘i qayerdan kelib tushadi?
9-mavzu. Fermer xo’jaligining innovatsion faoliyatini iqtisodiy baholash.

Reja :
1. Qishloq xo‘jaligida innovatsiyaning mohiyati va ahamiyati.


2. Qishloq xo‘jaligi tarmog’ida qo’llanilayotgan innovatsiyalarning turlari.
3. Qishloq xo’jaligiga innovatsiyalarni joriy etish bo’yicha ilg’or xorijiy davlatlar tajribalari.
4. Qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.
1. Qishloq xo‘jaligida innovatsiyaning mohiyati va ahamiyati.

Yer sayyorasi aholisi yaqin 30 yil ichida 2 milliardga ko‘payib, hozirdagi 7,7 milliard kishidan 2050-yilda 9,7 milliardga, asr oxiriga esa 11 milliardga yetishi mumkin. Aholi sonining ko‘payishi qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni ham unga mutanosib ravishda ko‘paytirishni talab etadi. Ammo, ekologik vaziyatning yomonlashishi, suv taqchilligi va ekin maydonlarining cheklanganligi talab darajasidagi oziq-ovqat ishlab chiqarishda jiddiy to‘siq bo‘lishi ham ta’kidlanmoqda. Bu muammolarni esa qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini innovatsion usullar asosida boshqarish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlar kiritish, bir so‘z bilan aytganda, “aqlli” qishloq xo‘jaligi orqali hal etish mumkin.


Innovatsiya atamasi inglizcha “innovation” so‘zidan olingan bo‘lib, “yangilik”, “yangilikni joriy qilmoq” kabi ma’nolarni anglatadi. Innovatsiyalar qishloq xo‘jaligi tarmog’ini intensiv rivojlantirish, sohaga resurs tejamkor, yetishtirilayotgan mahsulotlar sifati va hajmini keskin oshirish imkonini beradi.
2017-yilning 29-noyabrida O‘zbekiston Res-publikasi Prezidentining “Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5264 sonli farmoni qabul qilindi. Farmonda ushbu vazirlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish, eng avvalo, mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga ko‘maklashish kabilar belgilandi.
2019-yil 23-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853 sonli farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon asosida qabul qilingan strategiyada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini amalga oshirish, qishloq xo‘jaligida intensiv innovatsion texnologiyalarni joriy qilishni rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga ham alohida e’tibor berilgan.
Hozirda ilmiy-tadqiqotlar uchun davlat tomonidan amalga oshirilayotgan investitsiyalar qishloq xo‘jaligi umumiy budjetining 0,2 foizini tashkil etadi. Ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro aloqalarning samarali mexanizmi mavjud emasligi davlat tomonidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilishni sezilarli darajada cheklamoqda.
Dunyo miqyosida qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi vaqtda elektron qishloq xo‘jaligi (e-agriculture) va “aqlli” qishloq xo‘jaligi (smart agriculture) tushunchalari ham paydo bo‘ldi va ushbu tushunchalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qaratilgan yangicha yondoshuvlardir.
2. Qishloq xo‘jaligi tarmog’ida qo’llanilayotgan innovatsiyalarning turlari.

Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida quyidagi zamonaviy raqamli texnologiyalar qo‘llanilmoqda:


sensorli texnologiyalar: tuproq tarkibini aniqlash va uni yaxshilash, suvdan foydalanishni nazorat qilish, yorug‘lik, namlik va haroratni boshqarish kabi maqsadlarda;
dasturiy ta’minot: alohida fermer xo‘jaliklari uchun mo‘ljallangan yoki buyumlar interneti (IoT) platformalaridan foydalanish uchun mo‘ljallangan maxsus dasturiy yechimlar, mobil ilovalar va boshqalar. Buyumlar interneti (Internet of things) – bu uskunalarning internet orqali o‘zaro bog‘lanishini nazarda tutadigan konsepsiya bo‘lib, ma’lumotlar to‘plash va o‘zaro almashish, masofadan turib real vaqt rejimida (jumladan, avtomatik rejimda) jarayonlarni monitoring va nazorat qilish hamda buning asosida ularni boshqarishga imkon beradigan tizimdir.
aloqa tizimlari: uyali, LoRa va boshqalar;
joylashuvni aniqlash: GIS, GPS, sun’iy yo‘ldoshdan signallarni qabul qiluvchi vositalar va dasturlar.
robototexnika: avtonom traktorlar, dronlar, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladigan robotlar va boshqalar.
katta hajmdagi ma’lumotlar (Big data) tahlilini amalga oshirishda qo‘llaniladigan texnologiyalar va dasturiy ta’minot: bu jarayon SPSS, STATA, Eviews kabi dasturiy ta’minot asosida kompyuterlarda amalga oshiriladi.
Qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni sotishni tashkil etish muammosining innovatsion yechimlaridan biri – tarmoqqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishdir. Bunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchilar, uni eksport qiluvchilar va iste’molchilarni, shuningdek logistika xizmatini ko‘rsatuvchilarni birlashtiruvchi elektron savdo platformalarini tashkil etish yuqori samara beradi.
Platformada quyidagi imkoniyatlar mavjud bo‘lishi mumkin:
bоzor konyunkturasini tahlil qilish uchun zarur axborotlar;
taklif etilayotgan mahsulotlar uchun xaridorlarni qidirish;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarining turlari bo‘yicha takliflar paketi va narxlari bo‘yicha ma’lumot olish;
kelishuvni onlayn rejimida muhokama qilish;
kelishilgan shartnomalarni tasdiqlash;
qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtiruvchilar uchun o‘zaro fikr almshish uchun sharoit yaratish;
logistika xizmatini ko‘rsatuvchi korxonalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ular bilan onlayn rejimida muloqot qilish;
foydali interaktiv xizmatlar.
Qishloq xo‘jaligida zamonaviy raqamli texnologiyalarning qo‘llanishiga yana bir misol – bu yer maydonlarining mahsuldorligini aniqlashda raqamli texnologiyalardan foydalanishdir va bu “aniq dehqonchilik” termini bilan atalmoqda. Bunda sensorli texnologiyalar yordamida ekin maydonining “hosildorlik xaritasi”ni tuzish va shu orqali yerlarning unumdorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlarning aniqligini oshirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Odatda, qishloq xo‘jalik ekin maydonlari mahsuldorligi ko‘rsatkichini aniqlashda ushbu maydondan yig‘ishtirib olingan umumiy hosil ekin maydoniga taqsimlanadi. Masalan, 20 gektardan yig‘ishtirib olingan jami hosilni 20 ga taqsimlash orqali har bir gektar yerdan qancha hosil olinganligini, ya’ni ekin maydonimizning mahsuldorligini aniqlaymiz. Bu ko‘rsatkich bizga ma’lum ma’noda ekin maydonining mahsuldorligiga baho berish imkonini bersada, kamchiliklardan xoli emas. Ushbu ekin maydonining hamma qismida mahsuldorlik darajasi, tuproq tarkibi bir xil bo‘lmaydi, qaysidir qismi unumdor, boshqa qismida esa unumdorlik darajasi past bo‘lishi mumkin. Biz qo‘llayotgan usulda ushbu holatga baho berishning imkoni yo‘q, o‘rtacha mahsuldorlik darajasi aniqlanadi xolos. Ekin maydonining mahsuldorligini oshirish, tuproq unumdorligini yaxshilash uchun amalga oshiriladigan tadbirlarda yer maydonining aynan qaysi qismiga alohida e’tibor berish kerakligini aniqlashning iloji yo‘q, shu sababli ushbu tadbirlar ekin maydonining barcha qismi uchun bir xilda amalga oshiriladi. Bunda ekin maydoning qaysidir qismida tuproq unumdorligi talab darajasida bo‘lishi, unga qo‘shimcha mineral va mahalliy o‘g‘itlar berish kabi choralarni amalga oshirishni talab etmasligi mumkin. Buning natijasida samarasiz xarajatlarning amalga oshirilishiga olib keladi. Yoki aksincha, ekin maydonining ma’lum qismiga yetarli miqdorda ishlov berilmasdan, tuproq unumdorligi pastligicha qolaverishi mumkin. Ushbu muammoni hal etish uchun hosilni yig‘ib oluvchi kombaynlarga sensorli texnologiya o‘rnatiladi va ekin maydonining har bir qismidan qancha hosil olinayotganligi qayd etib boriladi va maxsus kompyuterga ma’lumotlarni uzatadi. Ushbu texnologiya bizga ekin maydonimizning hosildorlik xaritasini tuzib beradi, xaritada hosildorlik darajasiga qarab ekin maydoni o‘tkir yoki och ranglarda belgilanadi. Ushbu xarita orqali ekin maydonining qaysi qismida hosildorlik darajasi qanday ekanligini bilib olamiz.
Qishloq xo‘jaligida raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning asosiy shartlaridan biri – zarur infratuzilmani shakllantirishdir. Qishloq hududlarida ham zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish uchun sifatli aloqa va internet xizmatini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyatga ega.
3. Qishloq xo’jaligiga innovatsiyalarni joriy etish bo’yicha ilg’or xorijiy davlatlar tajribalari.

Qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan davlatlardan biri Niderlandiyadir. Ushbu mamlakat qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksporti bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egallaydi va 2018-yilda 102 milliard AQSh dollari hajmida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilgan. Birinchi o‘rinni AQSh egallagan bo‘lib, uning ekin maydoni Niderlandiyadagi ekin maydonidan 205 marotaba kattadir.


Niderlandiyada issiqxonalar faoliyati ham juda yaxshi yo‘la qo‘yilgan bo‘lib, iqlimi nisbatan salqin hudud bo‘lishiga qaramasdan pomidor kabi issiqsevar mahsulot eksporti bo‘yicha dunyoda peshqadam hisoblanadi. Bundan tashqari, piyoz va kartoshka eksporti bo‘yicha ham mamlakat dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘lari savdosi bo‘yicha dunyoda tuziladigan shartnomalarning uchdan biri Niderlandiyada hissasiga to‘g‘ri keladi.
Innovatsion texnologiyalarni qo‘llash natijasida Niderlaniyalik fermerlar suv sarfini 90 foizga kamaytirishdi, issiqxonalarda kimyoviy o‘g‘itlarni ishlatishdan esa to‘liq voz kechildi, parrandachilikda antibiotiklarni ishlatish 60 foizga kamaydi.
Niderlandiya aholisining soni 17,1 million kishi bo‘lib, aholisining 8,7 foizi qishloq joylarda istiqomat qiladi va iqtisodiyot tarmoqlarida band bo‘lganlarning atigi 2,3 foizi qishloq xo‘jaligi tarmog‘i hissasiga to‘g‘ri keladi. 2017-yil holatiga qishloq xo‘jaligida mehnat qilayotgan bitta xodim hisobiga 83534 AQSh dollari miqdorida mahsulot yaratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich AQShda 79108, O‘zbekistonda esa 2147 AQSh dollarini tashkil etgan.
E’tiborli jihatlaridan biri – Niderlandiyada qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar (fermerlar, ishlab chiqarish vositalari bilan ta’minlovchilar, qayta ishlovchi korxonalar va savdo kompaniyalari), ilmiy-tadqiqot muassasa-lari (oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari) hamda mamlakat hukumati o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, gollandlar buni “oltin uchburchak” deb atashadi. Fan ushbu “oltin uchburchak”ning muhim elementi hisoblanadi. Amaliy ilmiy-tadqiqot dasturlari hukumat tomonidan moliyalashtiriladi. Yangi navlarini yaratish, mahsulot sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish, savdo belgilarini yaratish va ularni tanitish, shu bilan bir qatorda tarmoqda suv va elektr sarfini qisqartirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar uchun xususiy sektor tomonidan ham qo‘shimcha mablag‘lar yo‘naltiriladi. Tadqiqot natijalari fermerlar va firmalarga taqdim etiladi hamda ushbu innovatsiyalar ular tomonidan ishlab chiqarish jarayoniga joriy etiladi. Ushbu tadqiqot natijalaridan barcha foydalanishi uchun sharoit yaratilgan bo‘lib, undan barcha xohlovchilar bahramand bo‘lishlari mumkin. Bu holat ham fan yutuqlari, innovatsiyalarni qishloq xo‘jaligiga joriy etishni tezlashtirishga xizmat qiladi.
Yana bir e’tiborli jihati – Amsterdamdan janubi-sharqda 50 km masofada qishloq xo‘jaligiga oid ilmiy izlanishlar markazi tashkil etilgan va u “Oziq-ovqat vodiysi” (“Food Valley”) nomi bilan ham mashhurdir. AQShdagi Stanford Universiteti “Kremniy vodiysi”ning intellektual o‘zagi bo‘lgani singari, Wageningen University & Research (WUR) ham mazkur “Oziq-ovqat vodiysi”ning asosiy ilmiy-tadqiqot markazi hisoblanadi.
2004-yilda tashkil etilganidan buyon “Oziq-ovqat vodiysi”da oziq-ovqat sanoatining muammolarini samarali hal qilishga yordam beradigan kompaniyalar va ilmiy-tadqiqot institutlarining keng tarmoqlarini yaratildi. Bu yerda oziq-ovqat sanoatiga oid ko‘plab innovatsion ishlanmalar yaratilgan va amaliyotga joriy qilingan. Jumladan, avtonom traktorlar, skaner dronlari, LED issiqxona lampalari va boshqalar.
“Oziq-ovqat vodiysi” nafaqat ekinlarni yetishtirish usullarini takomillashtirish uchun yangi texnologiyalarni o‘rganish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib boriladigan markaz bo‘libgina qolmay, balki ko‘plab startaplarni jalb qilish orqali tadbirkorlik muhitini rivojlantirishga ham katta hissa qo‘shib kelmoqda.
Qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirish bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan davlatlardan yana biri – Isroildir. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2017-yil holatiga Isroilda ilmiy tadqiqotlar va rivojlanish (R&D) uchun YaIMning 4,5 foizi miqdorida mablag‘ sarflangan va bu borada dunyoda yetakchi mamlakat hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqotlarga qaratilayotgan e’tibor tufayli Isroilda qishloq xo‘jaligiga oid ko‘plab innovatsiyalar yaratilgan. Shulardan biri – tomchilatib sug‘orish texnologiyasidir. Ushbu texnologiyani O‘zbekiston sharoitida qo‘llash hozirgi kunda dolzarb masalalardan biridir. Chunki, 2019-yil 1-yanvar holatiga mamlakatimizda sug’oriladigan yerlarning qishloq xo’jaligi jami yerlaridagi ulushi atigi 23,9 foizni tashkil etadi.
Mamlakatimiz suv resurslarining qariyb 80 foizi transchegaraviy suv havzalari hisobiga shakllanadi. Jahon resurslari institutining prognoziga ko‘ra, 2040-yilga borib O‘zbekiston suv tanqisligi eng yuqori bo‘lgan 33 ta mamlaktning biriga aylanadi. Ikkinchi tomondan esa aholi soning ko‘payishi qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini oshirishni talab etadi. Ushbu muammolarning yechimilaridan biri – tejamkor sug‘orish usullarini qo‘llash orqali mavjud sev resurslaridan samarali foydalanish, shu orqali sug‘oriladigan ekin maydonlarini ko‘paytirishdir.
Mutaxassislarning ma'lumotiga ko’ra, tomchilatib sug’orish texnologiyasi qo’llanilganda o’rtacha suv sarfi 40-50 foizga, yonilg’i sarfi esa 60 foizga tejaladi, mineral o’g’itlar samaradorligi 30 foizga ortib, hosildorlik 5-10 sentnergacha ko’payadi. Ko'chma egiluvchan quvurlardan foydalanish suvni 10-15 foizga tejash imkonini beradi.
Lekin hozirgi vaqtda mamlakatimizda tomchilatib sug'orish tizimi juda kam maydonlarda joriy etilgan. Sug‘oriladigan yerlarning faqatgina 1,7 foizida tomchilatib sug‘orish joriy etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasiga muvofiq, mahalliy suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar va xaridorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish belgilangan.
2018-yil oxiriga qadar mamlakati-mizda tomchilatib sug’orish tizimini ishlab chiqaruvchi va quruvchi atigi 10 ta korxona ro’yxatga olingan edi. Bugungi kunda 37 ta mahalliy, xorijiy hamda suv xo’jaligi pudrat korxonalari tomchilatib sug’orish tizimini qurish va servis xizmatlarini ko’rsatish bilan shug’ullanmoqda.
4. Qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.

Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim:


qishloq xo‘jaligida innovatsion faoliyatni tashkil etish va uni rivojlantirishning huquqiy-me’yoriy asoslarini takomillashtirib borish;
qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarini kuchaytirish, ular o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zaro manfaatdorlik tamoyillari amal qilishiga erishish. Bunda ilmiy-tadqiqot natijalarini tijoratlashtirish uchun barcha huquqiy-me’yoriy asoslarni yaratish muhim ahamiyatga ega.
qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining o‘z faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etishdan moddiy manfaatdorligini oshirish, ularning o‘z daromadlarini oshirib borishiga turtki beruvchi iqtisodiy erkinligini ta’minlash. Shunday sharoit ta’minlansa qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanishga, resurslarni tejovchi va unumdorlikni oshiruvchi texnologiyalarni o‘z faoliyatiga joriy etishga harakat qiladilar.
davlat tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish, shu maqsadda davlat budjetidan sarflanayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan doimiy monitoring yuritish;
qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish bo‘yicha yuqori natijalarga erishgan rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish va ularni mamlakatimiz agrar sohasiga joriy etish chora-tadbirlarni amalga oshirib borish;
qishloq xo’jaligida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy erkinligini ta’minlash va ular o’rtasida raqobat muhitini shakllantirish.
Qisqacha xulosalar.
Hozirgi vaqtda dunyo mamlakatlari tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, barqaror va yuqori o’sish sur’atlariga erishish uchun innovatsiyalarga e’tibor berish lozim. Mamlakatimiz aholisi soni va sanoat ishlab chiqarish quvvatlarining yil sayin o’sib borayotganligini inobatga oladigan bo’lsak, qishloq xo’jaligini ham innovatsion rivojlantirishimiz zarur. Qishloq xo’jaligiga innovatsiyalarni joriy etish tarmoqni intensiv rivojlantirish imkonini beradi. Bu jarayonda mazkur soha bo’yicha yuqori natijalarga erishib kelayitgan rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini ham o’rganish maqsadga muvofiqdir. Qishloq xo’jaligiga innovatsiyalarni keng joriy etish va ularning samaradorligini oshirish uchun zarur chora-tadbirlarni tizimli amalga oshirib borish muhim ahamiyatga ega.
Nazorat va muhokama uchun savollar:
1. Innovatiyaning mohiyati nima?
2. Qishloq xo’jaligida innovatsiyalarning ahamiyati nimadan iborat?
3. Hozirgi vaqtda qishloq xo’jaligi tarmog’ida qo’llanilayotgan qanday innovatsiyalarni bilasiz?
4. Qishloq xo’jaligiga innovatsiyalarni joriy etish bo’yicha yuqori natijalarga erishayotgan qaysi davlatlarni bilasiz?
5. “Raqamli qishloq xo’jaligi” deganda nimani tushunasiz?
6. “Elektron qishloq xo’jaligi” deganda nimani tushunasiz?
7. “Buyumlar internet (Internet of things)” deganda nimani tushunasiz?
8. Qishloq xo’jaligida innovatsiyalarning iqtisodiy samaradorligi nimalarda namoyon bo’ladi?
9. Mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo’jaligida innovatsiyalarni rivojlantirish bo’yicha qanday me’yoriy hujjatlar qabul qilingan?
10. Qishloq xo’jaligida innovatsiyalarni yanada rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?
http://fayllar.org
Yüklə 42,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin