1. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining shakllanishi O‘zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi. O’zbekiston yalpi ichki mahsulot sarfi


O’zbekiston yalpi ichki mahsulot sarfi



Yüklə 30,92 Kb.
səhifə4/4
tarix01.04.2023
ölçüsü30,92 Kb.
#92406
1   2   3   4
1. Iqtisodiy islohotlar. Bozor munosabatlarining shakllanishi O‘

O’zbekiston yalpi ichki mahsulot sarfi
Davlat buyurtmasi tugatilib, o‘rniga zarur mahsulotlarni erkin narxlarda xarid qilish joriy etildi. Tovarlar bozorini shakllantiruvchi birjalar tizimi tashkil etildi. Kim oshdi savdosi o‘tkazila boshlandi, brokerlik va dillerlik idoralari, savdo uylari, vositachi firmalar paydo bo‘ldi. Ko‘chmas mulk sotish joriy etildi. Banklararo valyuta birjasi tashkil etildi. Davlat sug‘urta boshqarmasi o‘rniga davlatga qarashli bo‘lmagan sug‘urta kompaniyalari tashkil etildi. Ishsizlik muommasini hal etish uchun Respublika miqyosida 250 ga yaqin mehnat birjalari barpo etildi. 1995 yil dekabrdagi Oliy Majlisning IV sessiyasida «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida», «Banklar va banklar faoliyati to‘g‘risida» alohida qonunlar qabul qilindi. «Paxtabank», «G‘allabank», «Savdobank», «Tadbirkorbank», «Mevasabzavot bank» kabilar tashkil etildi. 1994 yil 1 iyuldan esa O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘m muomalaga kiritildi. Neft mustaqilligini ta’minlash maqsadida ham jiddiy ishlardan biri, ya’ni Buxoro neftni qayta ishlash zavodini ishga tushirilishi ham yirik iqtisodiy yutuqlardan bo‘ldi. Janubiy Koreya bilan O‘zbekistonning hamkorligida «O‘zDEU» qo‘shma korxonasini tashkil etilish, ishga tushirilishi hamda avtomobillar ishlab chiqilishi O‘zbekiston iqtisodiyotida ulkan, yirik voqea bo‘ldi. Demak O‘zbekistonda ham o‘zbek mashinasozligi vujudga kela boshladi. O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan bu ishning qishloq qishloqda qay darajada amalga oshirilishiga bog‘liq bo‘ladi. Qishloqda agrar siyosatning eng asosiy bosh masalasi - yerga egalik mulkchilik masalasidir. I.Karimov shunday deydi: «Yer o‘lkamizning asosiy boyligi. U yediradi, ichiradi, yashash uchun asosiy joriy sharoitlarni yaratib beradi. Shu sababli Respublikaning kelajagi, O‘zbekiston xalqining kelajagi ko‘p jihatdan yerdan foydalanish munosabatlari qanday tashkil etilishiga bog‘liq, bo‘ladi».
O‘zbekiston aholisining deyarli 60 foizi qishloqda yashaydi.Shuning uchun ish bilan ta’minlash masalasi ham qishloqda dolzarb muommadir. 1991 yil dekabrda «Dehqon (fermer) xo‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmon qishloq, qishloq ishlab chiqarishni zamon talablari asosida tashkil qilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1994-95 yillar davomida Vazirlar Maxkamasi agrar islohatlarga doir 10 dan ortiq qaror qabul qildi. 1992-95 yillar mobaynida qishloq tumanlarida 1137 sovxozlar 530 jamoa qishloqga, 350 kooperativga, 100 dan ortiq ijara va boshqa mulk shakllariga aylantirildi. O‘sha yillarda shaxsiy tomorka uchun qo‘shimcha 550 ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi. Qishloqda fermer xo‘jaligi tashkil etilishiga alohida e’tibor berildi. 1994 yil oxirlariga kelib 25 mingdan ortiq fermer qishloq paydo bo‘ldi, ular qishloq, xo‘jaligini barcha mahsulotlarini yetishtirishda salmoqli hissa qo‘shmoqda. Paxta maydonlari qisqartirilib, donli ekinlar maydoni kengaytirilmoqda. Vazirlar Maxkamasining 1996 yil may oyida qabul qilgan» O‘zbekiston Respublikasi qishloq infrastrukturasini rivojlantirish dasturida qishloqning iqtisodiy va mexnat imkoniyatlaridan yanada to‘liqroq va samarali foydalanish uchun, qishloq aholisini turmush sharoitini yaxshilash uchun yo‘nalishlar berildi. Shuningdek qishloq hayotiga doir o‘tkazilgan islohotlarda ta’lim muassasalari va ularni jixozlash masalalari, qishloq aholisini salomatligini yaxshilash masalalari, aholini tabiiy gaz, toza ichimlik suvi bilan ta’minlash boralarida ham salmoqli ishlar qilindi. Birgina 1996 yilning o‘zida respublikada 62 ta qishloq vrachlik puktlari ishga tushirildi.1997 yilga kelib mamlakatda 3 million 155 mingta xonadon gazlashtirilgan edi. Hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan aholini ish bilan ta’minlash davlat dasturida 1996-2000 yillar orasidagi davrda qishloqda qariyb 2 millionga yaqin ish joyi yaratish, deyarli 950 ming kishini kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish mo‘ljallangan edi va ushbu vazifa ustida amaliy ishlar olib borilmadi. Yana bir muhim bo‘g‘inlaridan biri, bu makro iqtisodiyotni barqarorligini ta’minlashdir.Birinchi navbatda Respublika iqtisodiyot tuzilmasini yangilash, qayta qurishga kirishildi. Investitsion faoliyat,ya’ni, iqtisodiyotga sarmoya yotqizishi ishlari boshlandi. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga kirishildi. O‘tgan 1992-97 yillar davomida 7 mlrd AQSH dollari xajmida xorijiy investitsiyalar jalb etildi. 1997 yilga kelib dunyoning 80 mamlakati sarmoyadorlari ishtirokida tuzilgan 3200 qo‘shma korxona faoliyat olib bordi. Bugungi kunga kelib ularning soni yanada ortib bormoqda. Hozirgi kunda respublikamiz miqyosida faoliyat yurgizayotgan Andijon avtomobil zavodi, Zarafshon Nyumont korxonasi, Qizilkum fosfarit kombinati, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Xorazm yaxna ichimliklar zavodi, Quvasoy kvars zavodi, Yangiyo‘l va Andijon sport zavodlari, Samarqand tamaki fabrikasi., Toshkent ip yigiruv fabrikasi va boshqalar makro iqtisodiyotida barqarorlashib boruvida muhim rol o‘ynamoqda.
Tub o‘zgarishlar, yangi sanoat korxonalarini ishga tushirilishi sekin asta o‘zining ijobiy natijasini bermoqda. Hozirgi kunda mahsulotlari 70 dan ortiq davlatga eksport qilinmoqda. 1997 yil tashqi savdo oboroti deyarli 9 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi.
Neft mahsulotlari masalasida esa 1996 yildan boshlab neft mahsulotlarini chetdan sotib olish to‘xtadi. Bu iqtisodiyotimizda katta yutuqlaridan hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotida barqarorlikni vujudga keltirishda yalpi mahsulot ishlab chiqarish muhim rol o‘ynaydi.
Yalpi mahsulot ishlab chiqarish aholini o‘sish darajasidan sekin asta o‘sib bormoqda. Hali bu yo‘nalishda ham amalga oshiriladigan ishlar talaygina.
Yüklə 30,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin