1. Iqtisodiy ta’limotlarda soliqlarga oid g’oyalar va nazariyalar talqini



Yüklə 17,42 Kb.
səhifə2/5
tarix27.06.2023
ölçüsü17,42 Kb.
#135383
1   2   3   4   5
Shixnazarovv J

2.Umumiy soliq nazariyalari
Umumiy soliq nazariyalarining ilk kurinishlaridan biri soliqqa tortishning almashinuv nazariyasi hisoblanadi. Bu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, fuqarolar tashqi kuchlar hujumidan himoyalanishni, davlatda tartib saqlashni va boshqalarni davlatdan to’lagan soliqlari hisobiga sotib olishadi. Ushbu nazariya faqatgina o’rta asrlar sharoitiga mos bo’lib, o’sha davrda boj va yig’imlarga harbiy va huquqiy himoya sotib olinishi sifatida qaralib, go’yo qirol va fuqarolar o’rtasida tuzilgan shartnoma sifatida qaralgan. Bu sharoitda almashinuv nazariyasi mavjud munosabatlarning rasmiy aksi edi. Almashinuv nazariyasining turli xil ko’rinishlari mavjud bulib, ulardan biri ma’rifat davrida paydo bo’lgan atomistik nazariyadir. Uning namoyondalari bo’libfrantsuz Sebastyan de Voban (1633-1707 yillar “Jamiyat bitimi” nazariyasi) va Sharl Monteske (1689-1755 yillar “Omma bitimi” nazariyasi) hisoblanadi. Bu nazariya tarafdorlari soliqlar fuqarolar va davlat o’rtasidagi bitim hisoblanib fuqarolardavlatning himoyasi, xavfsizlikni ta’minlash va boshqa xizmatlari uchun soliqto’lovlarini to’laydilar deb tushuntirishga harakat qilganlar. Shundan kelib chiqib, hech kim davlat xizmatlarini rad eta olmaganidek, soliqlarni to’lashni ham rad etaolmaydilar deb hisoblashadi. Oxir-oqibat ushbu bitim eng foydali bo’lib, hattoki eng kuchsiz davlat ham har bir fuqaro o’z-o’zini xavfsizligini ta’minlagandan ko’rayaxshiroq va afzalroq muhofaza qila olishini qayd etadi. Boshqacha qilib aytganda,soliqlar fuqarolarni tinch yashashi uchun to’lovi deb hisoblashgan. Shuningdek angliyalik iqtisodchilar Tomas Gobbs (1558-1679 yillar), Volter (1694-1778 yillar) va Onore Mirabo (1749-1791 yillar) lar ham ushbu nazariya tarafdorlari hisoblanishgan.

XIX asrning birinchi yarmida shveytsariyalik iqtisodchi Simond de Sismondi(1773-1842 yillar) o’zining “Politekonomikaning yangi asoslari” nomli ilmiy asarida(1819 yil) soliq nazariyasini rohatlanish (qanoatlanish) nazariyasi sifatida ta’riflaydi.Soliqlar go’yoki, fuqarolarni jamiyatdan olgan rohatlari uchun to’lov sifatida qaraladi. Fuqarolar soliqlarni to’lash hisobiga jamiyatdagi tartib-intizom, odil sudlov tizimi, mol-mulki va shaxsiyatini muhofaza qilish kabi xizmatlarni sotib oladi va bunday xizmatlarni fuqarolarning rohatlanishi sifatida qaraydi. Shunday qilib,Sismondi o’zining ushbu nazariyasida u almashinuv nazariyasining zamonaviy ko’rinishini ifodalashga harakat qilgan. Ushbu davrda soliqlarga sug’urta mukofoti sifatida qarash shakllandi, bu qarash tarafdorlari frantsuz hukumati arbobi Adolf Ter (1797-1872 yillar) va angliya iqtisodchisi Djon Mak-Kullox (1789-1864 yillar) lardir. Ularning fikricha, soliq - bu sug’urta to’lovidir, ya’ni har qanday xavf-xatar paydo bo’lish tasodifi uchun fuqarolar davlatga soliq to’laydilar. Soliq to’lovchilar tijoratchilar hisoblanib, ular o’z daromadlariga bog’liq holda mulkini urushdan, yong’indan va talonchilikdan himoya qiladilar. Ammo soliq sug’urta to’lovi kabi sug’urta hodisasi ro’y berganda fuqarolarga qaytarilish uchun emas, balki himoya va xavfsizlikni ta’minlash xarajatlarini moliyalashtirish sifatida to’langan. Klassik soliq nazariyasi (soliqning neytral nazariyasi) ancha yuqori nazariy ahamiyatga ega bo’lib, ushbu nazariya shotlandiyalik iqtisodchi A.Smit (1723-1790 yillar), ingliz iqtisodchisi D.Rikardo (1772-1823 yillar) hamda ularning davomchilarining ilmiy faoliyatlari bilan bog’liqdir. Bu nazariya tarafdorlari soliqni davlatning xarajatlarini qoplovchi bir daromad sifatida qarashgan. Ushbu qarashlar

A.Smitning bozor iqtisodiyoti nazariyasiga asoslangan edi. Bozor sharoitida xo’jalik sub’ektlarining mustaqilligi va erkin faoliyat ko’rsatishi talab etiladi. A.Smit davlat boshqaruvining markazlashgan shakliga qarshi chiqib, bu borada quyidagilarni bayon etadi «Markazlashgan boshqaruv tizimidan markazlashmagan boshqaruv tizimiga o’tish talabni qondirishning maksimal darajaga etishini ta’minlaydi. Bozor iqtisodiyoti biror bir tarzda boshqarilmasa ham, u qat’iy qoidalarga bo’ysinadi».A.Smit o’zining «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776)bu qoidalarni tahlil qilib, erkin raqobat sharoitida bahoni ishlab chiqarishxarajatlariga mos kelishi va resurslarni tarmoqlar ichida taqsimlanishi misolidako’rsatib o’tishga harakat qilgan. Shuningdek, A.Smit davlat bozor iqtisodiyotirivojlanishini ta’minlashi va mulkdorlar huquqlarini himoya qilishi kerak debhisoblaydi.


Yüklə 17,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin