1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtisodiyotni barqarorlashtirishni ifadolovchi ko’rsatkichlar va ularni xisoblash O’zbekistonda



Yüklə 103,85 Kb.
səhifə15/31
tarix12.03.2023
ölçüsü103,85 Kb.
#87494
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31
1. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish axamiyati va moxiyati. Iqtis

4-§. Bozorning tuzilishi
Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo'lgashtigi sababli uni turkumlashga har xil mezonlar asos qilib olinadi. Bular sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar xarakteri va boshqalar. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlarga bo'linadi. Rivojlanmagan, shakllanayotgan bozor ko'proq, tasodifiy xarakterga ega bo'lib, unda tovarga - tovar ayirboshlash usuli (barter) ko'proq qo'llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to'g'ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo'qotgan, bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin. Erkin (klassik) bozor-tovar va xizmatlarning har bir turi bo'yicha juda ko'p ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar, ya'ni sotuvchilar va sotib oluvchilardan iborat bo'lib, pul orqali ayirboshlash jarayonida ular o'rtasida erkin raqobat kelib chiqadi, baholar talab va taklif o'rtasidagi nisbatga qarab erkin shakllanadi, raqobatning turli usullari qo'llaniladi, aholi va ishlab chiqaruvchilar keskin taqiqlanadi. Hozirgi zamon rivojlangan bozori — bunda davlat ham bozor ishtirokchisi bo'lib, bozor ancha tartiblashtiriladi va boshqariladi, turli xil birjalar va boshqa oldi-sotdi jarayoniga xizmat qiluvchi sohalar rivojlangan bo'ladi, raqobat kurashlari aholining tabaqalashuvi yumshatilib, ularning daromadlari darajasi o'rtasidagi farqlar kamayadi. Bozor hududiy jihatdan ham turlicha bo'lishi mumkin.
Bular Mahalliy bozorlar (Toshkent bozori, Samarqand bozori, Urgut bozori, London bozori, Nyu-York bozori, Pekin bozori va boshqalar); milliy bozorlar: (O'zbekiston bozori, Rossiya bozori, Ukraina bozori, Angliya bozori, Amerika bozori, Xitoy bozori va boshqalar); hududiy bozorlar (Markaziy Osiyo yoki Osiyo bozori, G'arbiy Yevropa bozori) va nihoyat jahon bozori.



Yüklə 103,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin