1. Ishlab chiqarish hajmining muvozanat darajasiga erishish mexanizmi. «Keyns xochi»


Iste’mol va investitsiya funktsiyalari



Yüklə 77,15 Kb.
səhifə2/3
tarix21.05.2023
ölçüsü77,15 Kb.
#118382
1   2   3
2 JN xaamidov

2.Iste’mol va investitsiya funktsiyalari.

2-rasm ma‘lumotlari asosida iste‘mol grafigini chizamiz.



2-rasm. Iste‘mol grafigi


Iste‘mol grafigi ikki to`g`ri chiziq ko`rinishida berilgan. Bissektrisa ko`rinishidagi Yd =C to`g`ri chizig`ining har bir nuqtasida iste‘mol va tasarrufidagi daromad hajmlari teng bo`ladi. Haqiqiy iste‘mol (S) grafigi haqiqiy iste‘mol va daromad teng bo`lgan nuqtada (α) bissektrisa bilan kesishadi. Bo`sag`aviy nuqtadan quyida haqiqiy iste‘mol daromaddan oshiq. Bu vaziyat insonlarning qarz hisobiga hayot kechirishini bildiradi. α – nuqtada yuqorida haqiqiy iste‘mol daromaddan kam hamda ular o`rtasidagi farq jamg`arishni tashkil etadi. Haqiqiy iste‘mol to`g`ri chizig`i iste‘mol hajmini belgilovchi vertikal o`qni a nuqtada kesib o`tadi. Bu hol uy xo`jaliklari umuman daromad olmaganlarida ham ma‘lum miqdorda iste‘mol qilishlarini anglatadi. a – nuqta esa avtonom iste‘mol hajmini bildiradi.
YAIMning ikkinchi komponenti bo`lgan investitsiyalarga to`xtalib o`tamiz.
Investitsiyalar yoki kapital ko`yilmalar – bu, xali buyumlashmagan, lekin ishlab chikarish vositalariga ko`yilgan kapitaldir. O`zining moliyaviy shakliga ko`ra, ular foyda olish maksadida xo`jalik faoliyatiga ko`yilgan aktivlar xisoblansa, iktisodiy moxiyatiga ko`ra investitsiyalar yangi korxonalar kurish, uzok muddat xizmat ko`rsatuvchi mashina va asbob-uskunalarni yakuniy sotib olishga xamda shu bilan boglik bo`lgan aylanma kapitalning o`zgarishiga ketgan xarajatlardir. SHuningdek investitsilar tarkibiga uy-joy kurilishiga ketgan xarajatlar xam kiritiladi.
Investitsiyalarning turli guruxlash mumkin. Makroiktisodiy taxlilda eng ko`p duch kelinadigan guruxlashda investitsiyalar investitsiyalash ob`ektiga ko`ra uch turga bo`linadi.
1. Ishlab chikarish investitsiyalari;
2. Tovar-moddiy zaxiralariga investitsiya;
3. Uy-joy kurilishiga investitsiya.
Makroiktisodiy taxlilda investitsiyalar dinamikasini belgilovchi omil sifatida real foiz stavkasi karaladi. Real foiz stavkasi ortishi bilan investitsiyalar xajmi kamayishini kuzatishimiz mumkin. CHunki investorlar uchun karz baxosi ortib, ular ko`rsatadigan foyda normasini pasaytirib ko`yadi.
Avtonom investitsiyalarning grafigi investitsiyalar xajmi foiz stavkasi dinamikasiga teskari proportsional tarzda o`zgarishini ko`rsatadi.
Avtonom invstitsiya funktsiyasi kuyidagi ko`rinishga ega:
I = e - dR
Bu erda: I – avtonom investitsiya xarajatlari;
e – foiz stavkasi 0 ga teng to`lgandagi investitsiya xarajatlarining maksimal xajmi. U tashki iktisodiy omillar, resurs imkoniyatldari, er, foydali kazilma boyliklari va boshkalar bilan belgilanadi;
R – real foiz stavkasi;
d – investitsiyalarning real foiz stavkasi dinamikasi o`zgarishga ta`sirchanligini mikdoriy belgilovchi empirik koeffitsient.
Grafikdan e nuktasi shuni bildiradiki, banklar nolga teng foiz stavkasi
bilan kredit berganlarida xamda ularning kredit resurslari cheksiz
R

I
0 e I



Yüklə 77,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin