Vаriаnt №10
1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mazmuni, tarkibi va turlari.
2. Yalpi talab tushunchasi va uning tarkibi. Yalpi talab egri chizig‘i
1. Ishlab chiqarish harajatlari — korxonaning mahsulot ishlab chiqarish
maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz
faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport
va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish
kuchini sotib olishdan boshlaydi. Shunga muvofiq holda Ishlab chiqarish xarajatlari
tarkibiga xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg'ʻi va energiya
xarajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sugʻurtaga
ajratmalar, foiz toʻlovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlariga
qilingan barcha xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi.
Ishlab chiqarish xarajatlarini oʻrganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar.
Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga koʻra, Ishlab chiqarish xarajatlar
quyidagi turlarga boʻlinadi: doimiy harajatlar: — korxona toʻlov majburiyatlari,
soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qoʻriqlash xizmati harajatlari,
boshqaruv xodimlari maoshi va b; oʻzga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo,
materiallar, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun
harajatlar.
Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va oʻzgaruvchan harajatlar yigʻindisi. Bevosita
ishlab chiqarish harajatlari — konkret mahsulot Ishlab chiqarishga ketgan va
bevosita uning tannarxiga oʻtadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot
tannarxiga bevosita qoʻshilmaydigan harajatlar. Oʻrtacha harajatlar — maʼlum
vaqt orali-gʻidagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi boʻyicha yoki tashkilotlar
gu-ruqi boʻyicha bir buyumga toʻgʻri keladigan harajatlarning oʻrtacha kattaligi.
Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, ishlab
chiqarish vositalarini va kundalik foydalaniladigan xoʻjalik buyumlarini ishlatish
bilan bogʻliq boʻlgan harajatlar
Dostları ilə paylaş: |