1. Ixtiyoriy metall kesish stanogining markasini (misol 16K20) yozib izoxlang?


Uglerodli asbobsozlik po‘latlarining markalari, tarkiblari va qo‘llanilish joylarini yozib bering



Yüklə 334,6 Kb.
səhifə4/13
tarix05.12.2023
ölçüsü334,6 Kb.
#173240
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kesish nazariyasi yakuniy JAVOBLARI

7. Uglerodli asbobsozlik po‘latlarining markalari, tarkiblari va qo‘llanilish joylarini yozib bering?
Asbobsozlik poʻlati – Turli asboblar, keskichlar, sovuqlayin va qizdirib deformatsiyalash shtamplari. oʻlchash asboblari va boshqa yasash uchun ishlatiladigan poʻlat. Tarkibida, odatda, 0,6 dan 1,4 % gacha uglerod boʻladi. Asbobsozlik poʻlati uglerodli, legirlangan va tezkesar (koʻp legirlangan) xillarga boʻlinadi. Uglerodli va legirlangan Asbobsozlik poʻlati kichik tezlik bilan ishlaydigan va kesuvchi qirrasi 200 – 300° gacha qiziydigan kesuvchi asboblar, oʻlchov asboblari hamda shtamplari tayyerlash uchun, tezkesar Asbobsozlik poʻlati esa katta tezlik bilan ishlaydigan va kesuvchi qirrasi 560 – 600° gacha qiziydigan kesuvchi asboblar tayyerlash uchun moʻljallangan. Uglerodli Asbobsozlik poʻlati „U“ harfi va undan keyin qoʻyiladigan raqam bilan belgilanadi. „U“ harfi Asbobsozlik poʻlatining uglerodli poʻlat ekanligini, raqam esa poʻlat tarkibidagi uglerod foizining oʻndan bir ulushlarida ifodalangan oʻrtacha miqdorini koʻrsatadi. Masalan, U8 markali poʻlat uglerodli Asbobsozlik poʻlati tarkibida oʻrtacha 0,8 % uglerod borligini bildiradi. Uglerodli Asbobsozlik poʻlatining U7, U8, U9, U10, U I. U12, U13 markalari bor. 


8. Metall kesuvchi kesgichning geometrik parametrlari?
Old va orqa yuzalar, asosiy va yordamchi tigiarning asbob tanasiga nisbatan holati asbobning geometrik parametrlari deb atalib, bu parametrlar turli burchak olchamlari bilan belgilanadi. Asbob kesuvchi qismi tig‘ini charxlash va yuzalarini nazorat qilishda koordinala tekisliklaridan foydalaniladi. Bo‘ylama va koiidalang surilishlarning yoiialishiga parallel boigan tekislik asosiy tekislik deyiladi


9. Qanday qattiq qotishmali asboblarni bilasiz, markalari va qo‘llanilish joylarini yozib bering?
Qattiq qotishmalar — yuqori (1000° dan yuqori) tragacha qizdirilganda oʻz qattiqligi, mustahkamligi, kesish va boshqalar xossalarini saqlab qoladigan materiallar. Nihoyatda qattiq, issiqbardosh, otashbardosh, yeyilishga chidamli xillarga boʻlinadi. Qattiq qotishmalarning metallokeramik, mineralokeramik va quyma guruhlari bor.
Metallokeramik Qattiq qotishmalar, asosan, bir yoki bir necha karbiddan — volfram, titan, tantal karbidlari va boshqalardan iborat; bogʻlovchi komponent sifatida, odatda, kobaltdan, kamdankam hollarda nikel, uning molibden, poʻlat bilan qotishmasidan foydalaniladi. Metallokeramik Qattiq qotishmalar presslab va qizdirib qovushtirib, turli shaklli va har xil oʻlchamli plastinkalar tarzida tayyorlanadi. Ulardan metall va qotishmalarni kesib ishlash, bosim bilan ishlash (sim kiryalash, shtamplash, kalibrlash va boshqalar), burgʻilash ishlari va boshqalarda foydalaniladi.



Yüklə 334,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin