1. Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish



Yüklə 17,39 Kb.
tarix24.03.2023
ölçüsü17,39 Kb.
#89632
JAHON MOLIYAVIY INQIROZINING YUZAGA KELISH SABABLARI, OQIBATLARI VA UNI O‘ZBEKISTONDA BARTARAF ETISH YO‘LLARI.


JAHON MOLIYAVIY INQIROZINING YUZAGA KELISH SABABLARI, OQIBATLARI VA UNI O‘ZBEKISTONDA BARTARAF ETISH YO‘LLARI.
Reja:
1.Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish
2. Jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish
3. O‘zbekistonda bartaraf etish yo‘llari

Prezident I.A.Karimovning "Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari" deb nomlangan asarida 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‘llarini izlash bugungi kunning dolzarb muammosi ekanligi ta’kidlangan. O‘qituvchi 2008 yilning boshlarida boshlangan inqiroz jarayonining miqyosi asta-sekin kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketganligiga o‘quvchilar e’tiborini qaratib, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqarganligini aytadi.


Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holati va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelganligi ham kitobda ko‘rsatilganligini o‘qituvchi o‘quvchilarga aytib, ko‘rgazmali vositalardan foydalanib, darsni olib boradi (1-jadval).
- Moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi;
- Avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligini va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi;
Moliyaviy-iqgisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog‘liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoni)ga bog‘liq.
Jahon moliyaviy inqirozining har bir mamlakatga ta’siri, undan ko‘riladigan zararning ko‘lami shu davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekaniga, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchli ekaniga bog‘liq.
Kitobda ta’kidlanganidek, O‘zbekistonda qabul qilingan o‘ziga xos islohot va modernizatsiya modeli orqali biz o‘z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo‘yar ekanmiz, bozor iqtisodiyoti o‘zini- o‘zi tartibga soladi, degan tasavvurlardan voz kechdik.
Shu bilan birga Prezidentimiz tomonidan o‘rtaga tashlangan “Yangi uy qurmasdan turib, eskisini buzmang» degan hayotiy tamoyilga tayangan holda islohotlarni izchil va bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘li tanlanganligiga o‘qituvchi o‘quvchilar diqqatini jalb qilish lozim.
Binobarin, o‘tish davrida aynan davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligini biz o‘zimizga aniq belgilab oldik.
O‘qituvchi o‘quvchilarga O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarini barqaror ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilgan va zarur resurslar bazasi mavjudligi kitobda ko‘rsatilganligiga e’tibor qilishni so‘raydi.
Kitobda respublikamizdagi banklarning faoliyati chuqur va keng tahlil qilingan. Mamlakatimizda esa birgina tijorat banklarining aktivlari miqdori «Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq shakllangan zaxiralarni hisobga olgan holda 13 trillion 360 milliard so‘mdan oshadi. Bu aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning jalb qilingan depozitlari hajmidan taxminan 2,4 barobar ko‘p demakdir (2-jadval).
Prezident 2006 yilda tashkil etilgan «Mikrokreditbank»ning faoliyatiga alohida to‘xtaldi. 78 ta filiali va 270 dan ziyod minibanki bo‘lgan bu bank kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tarmog‘ini kreditlar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda. 2007-2008 yillar davomida ushbu bank aktivlari miqdori 3,5 barobar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash hajmi 4 barobarga oshdi va bu maqsadlarga 150 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi.
Davlatlarning qarzlari haqida gapira turib Prezident ko‘plab davlatlarning tashqi qarz masalasidagi siyosati ularning iqtisodiyotini zaif, tashqi omillarga qaram va nochor ahvolga solib qo‘yganligini ta’kidladi. O‘zbekiston esa o‘zining mustaqil taraqqiyoti davrida qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet el investitsiyalarini uzoq muddatli va imtiyozli foiz stavkalari bo‘yicha jalb etish tamoyiliga amal qilib kelmoqda.
Shu bilan birga, O‘zbekiston o‘zining to‘lov qobiliyatiga ega hamkor ekanini, mamlakatimizda chet el sarmoyasini jalb etish bo‘yicha har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratilganini amalda isbotlamoqda.
2007-2008 yillar davomida o‘zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 2,5 barobardan ko‘proq oshganining o‘zi ham buni tasdiqlab turibdi. Umuman, 2009 yidda mamlakat iqtisodiyotiga kiritiladigan xorijiy va ichki investitsiyalarni hisobga olganda kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining kamida 25 foizini tashkil etadi.
Aholining ish haqi va daromadlarini izchil oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksi o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlar ham amalga oshirilmoqda. Bu esa el-yurtimiz farovonligini yuksaltirish, aholining xarid qobiliyatini oshirishni ko‘zda tutadigan ustuvor maqsadlarimizga mos keladi.
O‘qituvchi darslarda o‘quvchilar e’tiborini Prezidentimizning yuqoridagi misol va raqamlardan tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak, deb aytgan fikriga qaratadi. O‘zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig‘i tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha dasturlarning amalga oshirilayotganida, O‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integ-ratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o‘sib borishida ko‘rinadi.
Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Zero, inqirozning O‘zbekistonga ta’siri natijasida hamda jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida respublika eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bormoqda. Bu esa, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va investorlarning eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi. Ularning foyda ko‘rishiga va ishlab chiqarish rentabelligiga, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarimizning o‘sish sur’atlariga salbiy ta’sir etadi.
Prezidentning fikriga ko‘ra, jahon moliyaviy inqirozining ta’sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Mamlakatimizning iqgisodiy va moliyaviy salohiyatining puxta poydevorini, moliya-bank tizimining ishonchli boshqaruv mexanizmlarini o‘z vaqtida shakllantirib va mustahkamlab olganimiz bunga kafolat bo‘lib xizmat qiladi. Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimizda global inqirozning oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta’sirini hisobga olgan holda har tomonlama o‘ylangan loyihalar bugun amalga oshirilmoqda.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekistonga ta’siri va bu ta’sir oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan davlatimiz rahbariyatining olib borayotgan chora-tadbirlarini malaka oshirish kurslari tinglovchilari va umumta’lim maktablarining o‘quvchilari yaxshi tushunib olishlari kerak. O‘qituvchilar esa kitobdagi asosiy masalalarni o‘quvchilar qalbi va ongiga yetkazishda o‘qitishning turli usullaridan foydalanishlari lozim bo‘ladi. Har bir sinf o‘quvchilari yoshi va bilim darajasiga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Dars - o‘quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli bo‘lib, dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyat birligiga asoslanadi, bevosita o‘qituvchi rahbarligida jamoa, guruhli va yakka tartibda olib boriladi.
Dars mashg‘uloti o‘tilayotgan va o‘zlashtirilayotgan mavzuning mazmuniga qarab turli xil metodlar yordamida olib boriladi hamda umumiy ta’lim tizimining bir qismi sifatida, albatta, tugallangan bilim beradi va navbatdagi bilimlarni o‘zlashtirish uchun zamin yaratishga xizmat qiladi.
Kitobni o‘rganishda darslarni tashkil etishga nisbatan quyidagi didaktik talablarni qo‘yish mumkin. Jumladan, kitobni o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad va vazifalar aniq belgilanishi hamda pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi lozim. Darsning ta’limiy, tarbiyaviy va shaxsni rivojlantiruvchi vazifalarining birligi va uzviyligi aniqlanadi. O‘qituvchi kitobni o‘rganishda o‘qitishning yaxlit dars va uning ma’lum qismlari, vazifalari hamda mazmuniga muvofiq keladigan, o‘quvchilarning bilish faolliklari va mustaqil faoliyatlarini ta’minlashga xizmat qiluvchi maqbul metodlarini tanlaydi. Mashg‘ulotlarning turli shakllari: jamoa, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini maqbul ravishda qo‘shib olib borish, o‘qituvchining rahbarlik roli bilan o‘quvchilarning faol bilish faoliyatini birga olib borish juda muhim hisoblanadi. Darslarning o‘zaro uzviy va dialektik xususiyatga ega bo‘lishiga erishish hamda o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olish zarur. Darsda o‘quvchilar tomonidan kitobdagi asosiy g‘oyalarni to‘liq o‘qitish va tarbiyalash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda darslarni demokratik tamoyillar asosida tashkil etish, darsda o‘quvchi erkinligini ta’minlash mavzuni chuqur o‘rganishga olib keladi.
Kitobni dars jarayonida o‘rganishda o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan og‘zaki bayon qilish metodi maktab ta’lim tizimida eng ko‘p foydalaniladigan metodlardan biri bo‘lib, mazkur metodga kitobdagi barcha mavzularni o‘rganishda murojaat qilish mumkin.
Ushbu metod bayon qilinayotgan ma’lumotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qituvchining jonli nutqi orqali idrok qilinishi bilan tavsiyalanadi va ana shu xususiyatiga ko‘ra ta’limning boshqa metodlaridan farq qiladi hamda hikoya qilish, o‘quv materialini tushuntirish, maktab ma’ruzasi, suhbat, darslik va kitob bilan ishlash kabi shakllarda olib boriladi
Kitobni o‘rganish davomida o‘qituvchi qo‘llaydigan suhbat metodi aksariyat holatlarda savol-javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki, ushbu metod asosida ta’lim jarayonini tashkil etish asosan savol-javob tarzida olib boriladi. Suhbat metodi o‘quvchilarda muayyan faollikni yuzaga keltiradi, shuningdek, berilgan savolga javob topish jarayonida o‘quvchi fikr yuritadi, shaxsiy fikrlarini bayon etadi, uni dalillashga urinadi. Bu esa ularda fikrlash ko‘nikmalarini takomillashtiradi. Mavzudagi asosiy jihatlarning o‘quvchilar tomonidan egallab olinishida savol-javob metodini qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shu bilan birga kitobdagi o‘rganilayotgan mavzu yuzasidan kirish, asosiy va yakunlovchi suhbatlarni ham qo‘llash mumkin. O‘quvchilar tomonidan kitobdagi asosiy materiallarning qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash maqsadida ham suhbat tashkil etish mumkin.
Prezident asarini o‘rganish jarayonida o‘qituvchi suhbat metodidan foydalanganda quyidagi shartlarga amal qilishi kerak bo‘ladi:
- o‘qituvchining kitob yuzasidan suhbat uchun tayyorlab kelgan savollari sinf o‘quvchilarining barchasiga taalluqli bo‘lib, savol o‘rtaga umumiy tarzda tashlanadi;
- berilgan savolga javob to‘g‘ri yoki to‘la bo‘lmasa, shu savol navbatdagi 2- yoki 3- o‘quvchidan so‘ralishi mumkin;
- sinfning barcha o‘quvchilari javob berayotgan o‘quvchini qunt bilan tinglashlari, uning javobini to‘ldirishlari, tuzatishlari, oydinlashtirishga yordam berishlari lozim;
- agar asar yuzasidan berilgan savolga javob bermoqchi bo‘lgan o‘quvchilar soni ko‘payib ketsa, u holda o‘qituvchi va sinf o‘quvchilari javobdan qanoat hosil qilganlaridan so‘ng navbatdagi savol o‘rtaga tashlanadi;
- o‘quvchilarning javoblari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘qituvchi tomonidan izohlanishi, yakunlanishi va baholanishi zarur.
Shunday qilib, mavzuni o‘rganishda turli usullardan foydalanish kitobning mazmun-mohiyati o‘quvchilar tomonidan tez o‘zlashtirib olinishiga yordam beradi.
Yüklə 17,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin