1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


Aziziddin Nasafiy komil inson ta’limotining asoschisi



Yüklə 331,2 Kb.
səhifə28/124
tarix29.12.2021
ölçüsü331,2 Kb.
#48330
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

23 Aziziddin Nasafiy komil inson ta’limotining asoschisi

Aziziddin Nasafiy (taxallusi; ‏ ‎fors. ‎‏ عزيزالدين نسفى; to'liq nomi -‏ ‏Aziziddin ibn Muhammad an - Nasafiy) (1220, Nasaf — Qashqadaryo — 1305, Yazd, Abarko'h) — buyuk ensklopedik olim, tabib, tasavvuf falsafasining yirik vakili. Shayx Najmiddin Kubro va Ibn al - Arabiy ta'limotlarini o'zaro bog'lagan kubroviya mashoyixlaridan biri.

Aziziddin Nasafiy dastlab Nasaf, so'ng Buxoro madrasalarida ta'lim olgan. Falsafa va tasavvufni o'rganish bilan birga tibb ilmidan ham yuksak mahoratga ega bo'lgan. Bir muddat Buxoro madrasalarida talabalarga tasavvufdan darslar o'tgan. Nasafiy 1243—52 - yillarda Xurosonda yetuk oriflardan bo'lmish Sa'diddin Hamaviy (Hamuya, 1191 —1252) bilan tanishadi va uni o'zining piri deb biladi. 1273 - yili Buxorodan Bahrobod (Xuroson)ga ketgan, Isfahon va Sheroz safaridan so'ng Yazdning Abarko'h shahridan maskan tutgan. Umrining oxirigacha shu yerda yashab, shu yerda vafot etgan.

Nasafiy hamma asarlarini fors tilida yozgan. Nasafiyni komil inson tadqiqotchisi desak mubolag'a bo'lmaydi. "Al - inson al - komil" ("Komil inson") asari olim yozgan risolalarning eng mashhuri bo'lib, uni fransiyalik olim Marijan Mole fransuz tiliga tarjima qilgan. Kitob bir muqaddima va turli mavzularga bag'ishlangan 22 risoladan iborat. Undagi risolalarning ko'pi "Manozil us - soyirin" ("Yo'lovchilar qo'nalg'asi")ning ba'zi nusxalarida uchraydi. Ushbu asar 556 sahifa bo'lib, irfon va hikmatlarga oid nozik tushunchalardan bahs yuritadi. Irfon va hikmat masalalari va asosi haqida yana "Bayot ut - tanzil" nomli kichik va muxtasar kitobi ham bor. Nasafiyning bildirishicha, uning fikr va aqidalari faqat "Maqsad ul - aqso" ("So'nggi maqsad") asarida ifodalangan. Asar 8 fasl, 8 bob va 1 xotimadan iborat. Shuningdek, olimning "Kashf ul - haqoiq" ("Haqiqatlarning yaralishi"), "Zubdat ul - haqoyiq" ("Haqiqatlar qaymog'i"), "Usul va furu'" ("Ildizlar va butoqlar"), "Mabda' va ma'od" ("Chiqish va qaytish"), "Miftoh ul - asror" ("Sirlar kaliti"), "Nafsi insoniy", "Vahdati vujud" va boshqa kitoblari chet ellarda chop etilgan. Olam va odam birligi ta'limoti Nasafiy asarlarining mohiyatini tashkil etadi. Uning ijodi arab, ingliz, nemis, fransuz, turk, hind, rus olimlari tomonidan tadqiq etilgan. Qo'lyozma nusxalari Vena, Leyden, London, Kalkutta, Dushanbe, Istanbul, Sankt-Peterburg, Tehron shaharlari kutubxonalarida, Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida saqlanadi. "Zubdat ul - haqoyiq" asari Najmiddin Komilov tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Bundan tashqari uning asarlarini A. Masse, A. E. Bertels, Ahmad Mahdavi Domg'oniy, F. Maier, A. Muller, E. H. Palmer, A. M. Schimmel, F. A. G. Tholuck, R. Shukurov va N. K. Choriev‏ ‏ kabi tadqiqotchilar o'rganib, o'z ona tillariga tarjima qilishgan. Taniqli olim Lloyd Ridgeon Nasafiy haqida "Aziz Nasafi" nomli kitob yozgan.


Yüklə 331,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin