70 Avloniy ilmiy merosini metodologik asosi.
Jumladan “Adabiyot yoxud milliy she`rlar” to`rt qismdan iborat, “Birinchi muallim” (1911), “Ikkinchi muallim” (1912), “Turkiy guliston yoxud axloq” (1913), “Maktab guliston” (1915), “Mardikorlar ashuvlasi” (1917) va boshqa darslik va o`qish kitoblarini yaratgan. Bu asarlarida hamda publitsistika maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni ulug`lab o`z xalqini madaniyatli bo`lishga chaqiradi.
U 1906 yilda “Taraqqiy”, “Xurshid” gazetalarini chiqargan. Keyinchalik 1907 yilda “SHuhrат” va “Osiyo” nomli yangi gazetalar chiqara boshlagan. Qisqa fursatda bu vaqtli nashrlar el orasida dovrug` qozondi. Bundan tashvishga tushgan chor amaldorlari ushbu gazetalarni yoptirib qo`yadi. Keyinchalik Avloniy “Sadoyi Turkiston”, “Turon”, “Ishti-rokiyun” gazetalarida, “Kasabachilik harakati” jurnalida bosh muharrir bo`lib ishlaydi va shu barobarida o`zbek mat-buotining asoschilaridan biri sifatida xalqqa taniladi.
Abdulla Avloniy o`zbek teatrining asoschilaridan biri edi. U 1913 yilda “Turkiston” nomli teatr truppasini tashkil etishda va uning ishida faol qatnashgan. “Turkiston” o`zining qat`iy Nizomini ham e`lon qilgan edi. Uning tashkilotchisi ham, g`oyaviy-badiiy rahbari ham Avloniy edi. Truppa “Zaharli hayot” (Hamza), “Baxtsiz kuyov” (Abdulla Qodiriy) kabi XX asr boshlari o`zbek dramaturgiyasining eng yaxshi namunalarini sahnalashtirgan. Teatr ozarbayjon va tatar dramaturglari asarlari “Badbaxt kelin”, “Xo`r-xo`r”, “Jaholat”, “O`liklar”, “Joy ijaraga olgan kishi”, “Man o`lmisham”, “Layli va Majnun”, “Asli va Qaram”, “Qotili Karima”, “Uy tarbiyasining bir shakli”, “Xiyonatkor oila”larni o`zbekchaga tarjima qilib sahnaga qo`ygan. Abdulla Avloniyning o`zi Fayziboy (“Baxtsiz kuyov”), Aliboy (“To`y”), Boy (“Padarkush”) rollarini ijro etgan.
U truppa uchun “Advakatlik osonmi?”, “Pinak”, “Biz va Siz”, “Ikki sevgi”, “Po`rtugaliya inqilobi” kabi dramalarini yozadi.
Abdulla Avloniy XIX asr rus mumtoz adabiyoti vakillari I.A.Krilov va L.N.Tolstoyning asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan, jumladan, I.A.Krilovning 21ta masali, “Maymun ila ko`zoynak”, “G`ayri jinsiy ittifoq”, “It ila yo`lovchi”, “Qarg`a ila Zag`izg`on”, “Tulki ila Qarg`a” kabi asarlari o`zbek tiliga tarjima qilinib, “Maktab gulistoni” kitobida bosilib chiqqan.
Bu borada J.SHaripov “Maktab guliston” kitobidagi tarjimalarini atroflicha tahlil etib, ularning sifatiga ham yuksak baho beradi. “Abdulla Avloniy asl nusxaning mazmunini, badiiy nafosati, chiroyli obrazlarini to`g`ri talqin qilib, ehtiros bilan tarjima etgan”, – degan.
Abdulla Avloniyning 1913 yilda “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bosilib chiqdi. U 1917 yilga kelib ikkinchi marta nashr qilindi, asarda insonlarni “yaxshilik-ka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilm” – axloq haqida fikr yuritilgan.
U insonga xos xulqni ikkiga – yaxshi va yomonga ajrata-di. “Yaxshi xulqlar” deb nomlangan birinchi qismida u 31 fa-zilat, “Yomon xulqlar” deb atalgan ikkinchi qismda esa 20 il-latga ta`rif beradi. O`z mulohazalarini dalillash uchun Qur-`on oyatlari va hadislardan, shuningdek, Arastu, Suqrot, Ibn Sino, Sa`diy, Mirzo Bedil singari mashhur mutafak-kirlarning fikrlarini keltiradi. Har bir axloqiy katego-riyaga o`z munosabatini bildirgach, o`sha fikrning mazmunini ifodalovchi bayt yo biror maqol-hikmat ilova qiladi.
Avloniy “axloq ulamosi”ning qarashlari asosida insonlarning xulqlarini yaxshi va yomon xulqlarga ajratadi, bunga ularning nafs tarbiyasini asos qilib oladi. U yaxshi xulqlarga fatonat, nazofat, shijoat, intizom, vijdon, vatanni suymak kabi fazilatlarni kiritsa, g`azab, shahvat, jaholat, safohat kabi illatlarni yomon xulqning belgilari deb biladi.
Avloniyning ma`rifatparvarlik va milliy uyg`onish g`oyalarini kuylagan dastlabki she`rlari o`zbek milliy uyg`onish davri adabiyotining hamisha bebaho mulki bo`lib qoladi. U bu turkumga mansub she`rlarida o`zbek mumtoz adabiyotidagi she`riy shakllarni katta ijtimoiy mazmun, ma`rifatparvar-lik g`oyalari, hajviy ruh va xalqona ohanglar bilan boyitdi.
Abdulla Avloniy bolalar uchun ham bir qancha she`r va masallar yozgan. SHoir bu asarlarida maktab yoshidagi bolalarning fikr doirasini kengaytirish, ularda maktab va kitobga, mehnatga, tabiatga, Vatanga muhabbat uyg`otishni maqsad qilib qo`ygan. Uning ko`pgina she`rlari zamirida Vatanni sevish g`oyasi yotadi. SHoir bu she`rlarida Vatanni sodda va samimiy misralarda tasvirlaganki, faqat o`sha 10-yillarning o`rtalaridagina emas, balki bugungi maktab yoshidagi bolalar ham ulardan katta estetik zavq olishlari mumkin. Darhaqiqat, shoir Vatan ta`rifini boshlab, “Tog`laridan konlar chiqar, Erlaridan donlar chiqar… Havosi o`ta yoqumlik, CHo`llari bor toshlik, qumlik, Toshkand emas, toshqand erur, Kesaklari gulqand erur”, deya bolalarda ona diyorga katta mehr uyg`otishga erishadи.
Ma`rifatchilik va ijtimoiy mavzu Avloniy she`riya-tida markaziy o`rin egallaydi. SHoir ilm-fanning fazilat-larini zavq bilan kuylaydi. “Maktab”, “maorif”, “ilm”, “fan” kabi tushunchalar shoir she`rlarida ezgulikning betim-sol ramzi, obrazi darajasiga ko`tariladi, “jaholat” va “nodon-lik” esa zulmat va yovuzlik timsoli sifatida talqin qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |