31). Taraqqiyot strategiyasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligi ishlab chiqarishini yagona sanoat klasteri usulida tashkil etish qaysi shaharda amalga oshiriladi?
Samarqand shahrida
Nurafshon shahrida
Chirchiq shahrida
Farg‘ona shahrida
32). Fuqarolik jamiyati ta‘rifi to‘g‘ri keltirilgan javobni ko‘rsating
O‘z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro‘yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish-irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma
jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir
insonga uning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti shakllarini erkin tanlash kafolatlanadigan, qonun ustuvorligi va inson huquqlari hamda erkinliklari qaror topadigan, koʻp partiyaviylik, siyosiy institutlar, mafkura va fikrlarning xilma-xilligi taʼminlanadigan hamda oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining mavqei baland boʻlgan ijtimoiy tuzum
fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir
33). O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot qaysi prinsip asosida rivojlanadi?
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipi asosida
siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida
xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsip va normalariga asosan
umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi
Dostları ilə paylaş: |