1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/74
tarix03.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#171975
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
1. «Jarayonlar va qurilmalar» fanining mazmuni

26.
 
Bug‘latish qurilmalari. 
Turlari, tuzilishi, tabiiy, majburiy, markaziy sirkulyasion trubali, tashqi sirkulyasion trubali, 
ajratilgan isitgichli, majburiy sirkulyasiyali, plyonkali, barbotajli 
Bunday qurilmalar qatoriga issiqlik nasosiga ega bo‘lgan barbotajli bug‘latgichlar kiradi.
Issiqlik nasosiga ega bo‘lgan bug‘latish qurilmalari sanoatda xar xil meva sharbatlarini, yuqori 
xaroratlar ta’siriga moyil bo‘lmagan eritmalarini bug‘latish uchun ishlatiladi. Bunday 
qurilmalarda xosil bo‘lgan ikkilamchi bug‘ bosimi isituvchi bug‘ning bosimiga teng bo‘lguncha 
siqiladi. Siqilgan bug‘ qurilmani isitish uchun ishlatiladi. Ikkilamchi bug‘ni siqish uchun 
kompressorlar va bug‘ oqimli injektorlar ishlatiladi.
Issiqlik nasosli bug‘latish qurilmalari eritma bilan erituvchining qaynash xaroratlarining farqi 
past (5-10 S) bo‘lgan vaqtda ishlatiladi. Eritmaning qaynash xarorati yuqori bo‘lsa, bu usul 
qo‘llanilmaydi, chunki ikkilamchi bug‘ni siqish uchun ko‘p energiya sarf bo‘ladi.
Barbotajli bug‘latish qurilmalari. 
Yuqori xaroratda qaynaydigan va o‘ta agressiv eritmalar 
--- sulpfat, xlorid, fosfat kislotalarning eritmalari isituvchi inert gazlarning bevosita kontakti 
ta’sirida barbotajli bug‘latish qurilmalarida bug‘latiladi.
Issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan, zanglamaydigan, yuqori xaroratlarga chidamli materiallarni 
topish qiyin bo‘lgani uchun, bunday eritmalarni isituvchi agentni devor orqali berish bilan 
bug‘latib bo‘lmaydi. Ichki qismi o‘tga chidamli va zanglamaydigan material (g‘isht, keramik 
plita) bilan futerovka qilingan metall qobiqli qurilmalarda eritmalar bevosita tutun gazlarining 
aralashuvi ta’sirida bug‘latiladi. Gaz beriladigan barbotaj turlari termosilid, grafit va 
zanglamaydigan materiallardan tayyorlanadi.
Bu qurilmalarda eritmalar bilan gaz bir-biriga qarama - qarshi yo‘nalgani uchun yoqilgidan 
chiqqan gazlarning issiqligidan samarali foydalaniladi, lekin qurilmadan chiqib ketayotgan gaz 
bilan birga ko‘p miqdorda issiqlik yo‘qotiladi. Bundan tashqari, qurilmada gaz bilan birga chiqib 
ketayotgan eritma bug‘larini ajratish uchun elektrofiltr nazarda tutilgan. 
.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin