1. Jinsiy organiar. Birlamchi jinsiy hujayralarning kelib chiqishi va rivojlanishi



Yüklə 30,64 Kb.
səhifə4/12
tarix02.01.2022
ölçüsü30,64 Kb.
#2761
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Kovakichlilarning ham ko'pchilik turlari germafrodit bo'lib,! eho'ntaksimon jinsiy bezlari entodermada, ba'zi turlarida ektoderma va mczogliya o'rtasida joylashgan.

Kiprikli chuvalchanglarning erkaklik jinsiy organlari ko'plab unig'donlardan iborat bo'lib, ulardan urug' olib chiquvchi kanallar boshlanadi. Bu kanallar yig'ilib, ikkita urug' kanalini hosil qiladi. Urug' kanalining kengaygan joyi, urug' saqlovchi xalta deyilib, uning oxiri jinsiy qo'shilish organi bilan birlashgan.

Urg'ochilik jinsiy organlari bir juft tuxumdondan iborat. Tuxumdonlardan bir juft tuxum yo'li boshlanib, ular birlashadi va jinsiy qo'shilish organining yonidan tashqariga ochiladi. Juft tuxum yo'Ii kanaliga ko'plab sariqlik bezidan sariq hujayra quyiladi va ular zaxira moddaga boy bo'ladi.

Trematodlarning jinsiy organlari, juda murakkab tuzilgan. Tashqi jinsiy teshik, orgam^mning har xil qismida joylashgan. Erkaklik va urg'ochilik jinsiy teshigi birlashib, umumiy jinsiy kloakani hosil qiladi. Ba'zilarida 2 ta so'rg'ich o'rtasida 2 ta jinsiy teshik yonma-yon joylashgan bo'lishi mumkin.

Erkaklik jinsiy bezlari 2 ta, 1 ta, ba'zan ko'p urug'donlardan iborat. Uning har biridan urug' yo'llari boshlanib, ular qo'shilib, yagona urug' yo'lini hosil qiladi. Uaig' yo'li o'z yo'lida bir nechta urug' xaltasini hosil qiladi. Urug' yo'li urug' saqlovchi xalta bilan tugaydi. Urug' xaltasidan qo'shilish organi sirrus boshianadi. Sirrus muskulli jinsiy xalta, bursada joylashgan. Bursada bir hujayrali prostata bezlari ham joylashgan.

Urug'don oval, aylana shaklda bo'ladi. Urug' yo'lida kiprikli epiteliy hujayralari, tashqarisida muskullar joylashgan.

Jinsiy bursada urug' saqlovchi xalta, prostata bezi, urug' xalta, sirrus, joylashgan. Ba'zi turlarida jinsiy bursa yo'q. Umuman, bursa jinsiy qo'shilish vaqtida urg'ochi individni ushlab turish vazifasini bajaradi.




Yüklə 30,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin