1. Kambag‘allik tushunchasi, uning ko‘rinishlari va turlari. Dunyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanish jihatdan guruhlanishi



Yüklə 39,64 Kb.
səhifə2/5
tarix14.07.2023
ölçüsü39,64 Kb.
#136539
1   2   3   4   5
Mutloq kambag‘allik. Shaxsning o‘z topayotgan daromadiga asosiy ehtiyoji iste’mol, turar joy, kiyim kechagiga bo‘lgan talabini qondira olmasligi yoki minimal xarakterdagi yashashini ta’minlashga ehtiyojini qondira olishi.
Nisbatan kambag‘allik. Mazkur jamiyatda qabul qilingan hayot, yashash sharoiti, tarzi standart talablari ko‘rsatkichlari, farovonligi standart talablarining ayrim mezonlariga nisbatan kambag‘alligi
Ob’ektiv kambag‘allik. Mamlakatdagi mavjud ijtimoiy iqtisodiy tizim sharoitida insonning turmush shart-sharoiti. Jamiyat ob’ektiv xarakterdagi omillar ta’siri oqibatida ijtimoiy muvozanatlik, tartibning buzilish holatlari. Kambag‘allik darajasini aniqlashda “ob’ektiv” ilmiy ma’lumotlardan foydalanish.
Sub’ektiv kambag‘allik. Har qanday shaxs o‘zining ijtimoiy muammolarini shaxsan baholashi. Sub’ektiv kambag‘allik insonlarning daromadlarini taqqoslash orqali va ular tafovuti orqali aniqlash.
Kuchsiz” kambag‘allik (ijtimoiy kambag‘allik). Yuqori yukni ortib olgan ko‘p bolali ishchilar, nogironlar, kasallar va ish joyida (malakasiga qarab) kam ish haqi bilan ta’minlangan kambag‘allar.
Kuchli” kambag‘allik (iqtisodiy kambag‘allik). O‘zining o‘rtacha daromadiga ko‘ra yashash sharoitini ta’minlab yurganlar favqulotda holatlarda yuzaga kelgan inqirozli holatlarda mavjud tizimda shu daromadi orqali ehtiyojini qondira olmasligi. Iqtisodiyotdagi inqirozli sharoitlarda ishchilar o‘zlari band bo‘lgan korxonalarda zarur bo‘lgan ish haqini ola olmasliklari
Qayd qilingan kambag‘allik. Kambag‘allik kambag‘allikni keltirib chiqaradi qoidasiga muvofiq yuzaga kelishi. An’anaviy kambag‘allik, yakka turmush tarzidagi 152 yosh bolali ayollar, ko‘p bollali oilalar, og‘ir toifadagi nogironlar, yakka turmush tarzidagi insonlar.
Suzib yuruvchi kambag‘allik. Kambag‘allikdan vaqtinchalik yaxshi turmush sharoitiga o‘tganlar va aksincha yaxshi turmush sharoitidan kambag‘allikka o‘tib qolganlar.
Xulosa o‘rnida shuni takidlash lozimki, demokratik davlatlar o‘zlarining kambag‘allikka qarshi kurash siyosatlarida biz yuqorida sanab o‘tgan kambag‘allikning kelib chiqish sabablarini va uning turli ko‘rinishlari xususiyatlarini inobatga olishlari lozim.

Yüklə 39,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin