MAVZU: "Kasbiy shakllanish va kasb tanlash nazariyalari" Reja. 1.Kasbiy va individual izlanishda o’zlikni anglash. 2.Kasbiy anglanganlik belgilashda o’qituvchining strategiyalari. 3.Kasbiy o’zlikni anglashdagi ziddiyatlar
KIRISH. Kasb tushunchasi - kasbshunoslikning asosiy konseptual bosh tushunchasi - bu kasb tushunchasidar. Kasbshunoslik adabiyotlarida kasb tushunchasining tavsifi juda ko’p. Avvalambor bu maxsus tayyorgarlikni talab etuvchi, inson doim tajribadan o‘tkazuvchi va unga yashash uchun manba bo’lib xizmat qiluvchi mashg‘ulotdir. Keyin kasb bir xil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kishilarni birlashtiradi. Bu faoliyat ichida ma’lum aloqalar va axloq normalari o‘rnatiladi. Kasb jamiyatning mehnatga layoqatli a’zolarini ijtimoiy tashkillashtirishning aloxida shakli bo’lib, bunda a’zolar faoliyatining umumiy turi va kasbiy ongi bilan birlashgan. B.Shouning fikri buyicha “Kasb - ♦ mutaxassislarning chetdagi odamlarga qarshi fitnasidir”1 . E.A.Klimov ishlarida bu borada bir necha ta’riflarni ilgari suradi. Nisbat batafsil ta’rif qo’yidagicha “Kasb - jamiyat uchun zarur va qadriyatli soha bo‘lib bunda asosiy jismoniy va ruhiy kuch talab etiladi” bu kuchlar unga sarflangan mehnat o‘rniga yashashi va rivojlanishi uchun muhim vositalar omili sifatida namoyon bo‘ladi. Bu ta’rifni yanada batafsil yoritib, E.A.Klimov kasbiy faoliyatning sifatli tarixiy rivojlanuvchi tizim va shaxsning o‘zini namoyon etish sohasi deb ta’riflaydi. Yana bir ta’rifni keltiramiz. “jamiyat nuqtai nazaricha kasb bu kasbiy masalalar, kasbiy faoliyat shakllari va turlari, shaxsiy kasbiy xususiyatlari tizimi bo’lib, ular jamiyat extiyojlarini qondirish uchun muxim bo’lgan natija mas’uliyatlarni etkazishni ta’mi6nlab berishi kerak bo‘ladi”. Jahon psixologiyasi fanining boy tajribasida amaliy psixologlar tayyorlash bo‘yicha nazariy va amaliy ahamiyatga molik ijobiy, tatbiqiy ma’lumotlar muayyan darajada umumlashtirilgan. Yigirmanchi asrning 60-yillaridan boshlab AQSh, Angliya va boshqa shu kabi rivojlangan mamlakatlarda psixologik muammolarga juda katta e’tibor qaratila boshlandi. Hozirgi kunga kelib har bir sohada psixologlar jalb qilingan. Har bir sohada psixolog maslahatiga ehtiyoj sezilmoqda. Nisbatan tor ta’rifni esa V.G.Makushin keltiradi, “Kasb - bu shunday faoliyatki, uning yordamida shaxs jamiyat xayotida ishtirok etadi va uning yashashi uchun moddiy vositalar asosiy manbasi bo‘lib xizmat qiladi”. Mavjud ta’riflarni umulashtirib, qo’yidagilarni xulosa qilish mumkin. Kasb mehnat faoliyatining paydo bo‘lgan shakllari bo‘lib, ularni bajarish uchun inson albatta ma’lum bilimlar va ko’nikmalarga maxsus qobiliyatlar va rivojlangan muxim kasbiy sifatlarga ega bo’lishlari kerak. “Kasb” atamasi kasbiy faoliyatning faqatgina yuqori statusli turlariga nisbatan ishlatiladi. Boshqa faoliyat turlari mutaxassisliklarga yoki ish, mashgulot turlariga tegishli bo‘ladi. Milliy kasbshunoslikda “kasb” va “mutaxassislik” tushunchalari farqlanadi. Kasb mutaxassislikka ko’ra kengroq tushuncha, kasbiy saloxiyatida tashqari, uning muxim sifatlari - ijtimoiy - kasbiy saloxiyat, kasbiy avtonomiya, o’zini nazorat qilish, guruxli mezonlar va qobiliyatlar hisoblanadi. Kasb odatda yaqin mutaxassisliklar guruhini birlashtiradi. Masalan, kasb shifokor, mutaxassisliklar - terapevt, pediatr okulist, urolog, va xokazo, kasb - muxandis, mutaxassisliklari - konstruktor, texnolog, metallurg va xokazolar. Mutaxassislik — kasbiy ta’lim, tayyorgarlik yo’li bilan ish jarayonidagi maxsus bilimlar, ko’nikma va malakalar kompleksi bo‘lib, ular u yoki bu kasb doirasida ma’lum faoliyat turini bajarish uchun zaruriy hisoblanadi. Shunday qilib, mutaxassislik - kasb ichidagi kasbiy faoliyat turi bo‘lib, u shaxsiy yutuqlarga yoki o‘ziga xos vaziyatlar orqali umumiy natijalarga erishishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. 6 T.Melchert, Foundations of Professional Psychology 2011. Dunyoda – 60000 Rossiyada – 20000 O‘zbekistonda –6000 kasblar mavjud 48 Insoniyat rivojlanishida kasbiy faoliyat turlari uning eramizgacha Misrda qadimiy Gretsiya (Yunoniston), Rim imperiyasi va boshqa rivojlangan davlatlarda ko’zda tutilgan. Bugungi kunda mehnatning paydo bo’lishi sanoat inqilobi davrida boshlandi. Keyingi, ilmiy-texnik rivojlanish kasblar ro‘yxatini yangilashga va kengayishiga olib keladi AKD rasmiy ma’lumotlarida 1965 yilda alifbo tartibida 21741 ta kasbga va 400 mutaxassisliklarning ta’riflari keltirilgan. Xalqaro kasblarni tizimlash standarti bo‘yicha 1988 yilda 9333 kasb ro’yxatga olingan. Yagona ta’rif malaka ma’lumotnomasi 7000 ga yaqin kasb va mutaxassisliklarni birlashtiradi. Bu maxsus xujjatlar ularning tizimli paytidagi kasbiy vaziyati aks ettiriladi. Nashrdan chiqqan ma’lumotnomalar esa korrektirovkaga muxtoj bo‘ladi, chunki kasblar dunyosi doim o’zgarib turadi. Yangi kasblar paydo bo‘ladi, kasblarning harakteri mehnat mazmuni yangilanib turadi, past malakali mehnat kasblari yo’qolib boradi. Kasb nomi ko’pincha o’tgan yillarda shakllangan mehnat harakterini aks etadi. Rasmiy ma’lumot nashrlari esa mehnat resurslarining rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Masalan “farrosh” kasbning nomi urniga “interer bo’yicha texnik” nomini kiritish mumkin, shunda kasbning qadri, uning malakaviy darajasi ko’tariladi, asosiysi, ishlab chiqarish rivojlanishi tezlashadi. Ta’kidlash mumkinki, kasblar va mutaxassisliklar odatda texnologiya va mehnat vositalarining eskirib qolgan xolatini aks ettiradi. Boshqa tomondan, rasmiy nomenklaturasiz ham kadrlar siyosatini amalga oshirib bo’lmaydi, bunda qanday yo‘l tutish mumkin. Aniq-ki, ko’p kasblar va mutaxassisliklar nomini o’zgartirmasa ham bo‘ladi: shifokor, o’qituvchi, muxandis, muharrir, zargar, agranom va xokazo. Ularning mehnat mazmuni o’zgaradi, ammo kasbning nomi uning moxiyatini anglatadi va mehnat maxsuldorligiga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi, o’ylaymizki aynan shu kasblar va mutaxassisliklar ma’lumotlarning rasmiy ro’yxatini tashkil etish lozim, ijtimoiy rivojlanish jarayonida yangi kasblar nomimni kiritish zaruriyati kelib chiqadi. Yangi kasblar ro’yxati kechikish bilan rasmiy ma’lumotnomalarga kiradi “Menidjer” kasbi bugungi kunda keng tarqalgan ammo rasmiy ro’yxatga kiritilmagan. 1979 yildan buyon Ekaterinburg shaxrida kasb bilim yurtlari uchun mutaxassislar tayyorlanadi - ya’ni muxandis - pedagoglar ammo rasmiy ma’lumotnomalarda bunday kasb yoki mutaxassislik mavjud emas. Bunday masalalarni ko’p keltirish mumkin. Kasbiy faoliyatning samaradorligini shartlaridan biri mutaxassisning kasbiy tayyorligi hisoblanadi. Kasbiy tayyorgarlik deganda uning ruhiyati va jismoniy sog’ligi hamda xolati, undagi mavjud sifatlarning bajarayotgan faoliyati talablariga mosligi darajasi tushuniladi. Mashxur rus psixologi K.K.Platonov mutaxassisning kasbiy tayyorligi bu o’zining muayyan kasbiy faoliyatini bajarishga qodir va tayyorgarlik ko’rgan deb hisoblovchi va uni bajarishga intiluvchi shaxsning sub’ektiv xolatidir - deb hisoblangan.7 Mutaxassisning kasbiy tayyorligi murakkab ko‘p darajali va ko‘rinishli tizimli psixik shaklga ega bo‘lib, birinchi navbatda odamning shaxsiy ko‘rinishi asosiy o‘rin egallaydi. Shu bilan birga, kasbiy tayyorgarlik mutaxassisda kerakli darajada jismoniy sog‘likni kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlar shakllanganligi va rivojlanganligini talab qiladi. Chunki har qanday kasbiy faoliyat insonning qandaydir kuch jismoniy energiya sarflashini ko‘zda tutadi. Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligida ikkita o‘zaro bogliq bo’lgan tomonlarni ko‘rsatish maqsadga muvofiq. Bu o‘zaro bog‘liqliq tomonlar psixologlar M.I.Dyachenko va A.M.Stolyarenkolar tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib ular qo’yidagilardan iborat: 1. Shaxsning kasbiy faoliyatga salohiyatli tayyorligi mutaxassisning bu tayyorligi qo’yidagilardan iborat bo‘ladi; komponentlar kasbiy faoliyatning psixik asoslari, bilim, ko’nikma, malakalar kasb uchun muxim hisoblangan, shaxsning sifatlari uning munosabati, mazmun va qadriyatlari, afzalliklari hamda umuman shaxsning zarur bo’lgan kasbiy imkoniyatlari darajasi; 2. Shaxsning kasbiy faoliyatga bevosita ayni vaqtdagi tayyorligi. Mutaxassisning kasbiy tayyorligining ushbu tomoni tezkorligi, o‘zgaruvchanligi, har qanday xolat va sharoitda aniq masalalarni echish, mutaxassisning ruhiy va jismoniy holati, jamoadagi ma’naviy psixologik muhitga bog’liqligi bilan ifodalanadi. Mutaxassisning bevosita psixologik tayyorgarligi dastlabki tayyorgarlikni faollashtirish 7 T.Melcherti"Foundations of Professional Psychology" 2011. 18-б. 49 natijasi sifatida ishtirok etadi. Mutaxassisning kasbiy faoliyatga dastlabki salohiyatli tayyorligi bevosita ayni vaqtdagi tayyorligining asosi hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassisni oliy o’quv yurtida tayyorlash unda kasbiy faoliyat uchun etarli bo’lgan sifatlarni shakllantirish lozim. Ba’zi vaqtlarda xatto kasbiy masalalarni xal etishga yaxshi tayyorgarlik ko’rgan mutaxassis ham zarur paytda kerakli faoliyat uchun tayyor bo’lmay qolishi mumkin, ya’ni kasbiy xulqi va faoliyatini ruhiy boshqarish yetarli darajada bo’lmaydi. Bunday xolatda faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirib bo’lmaydi yoki samarasiz bo‘ladi. Ko’rinib turibdiki, mutaxassisning kasbiy tayyorligi unda kasbiy bilimdonlikni kerakli darajasini kasbiy mahoratini hamda o’zini boshqarish, o’zini kerakli faoliyatga yo’naltirishga, imkoniyatlarini xal etishga yo’naltira bilish qobiliyati mavjudligini nazarda tutadi. Mutaxassisning kasbiy tayyorligining asosiy va eng murakkab tomoni (psixologik tomoni) - mutaxassis ruhiyatining kasbiy tayyorgarligi hisoblanadi. Bu mutaxassis psixikasi ruhiy kuchlarining kasbiy masalalarni xal etishga o’zining vazifalarini bajarishga tayyorligi va yo’nalganligi darajasidir. Mutaxassis ruhiyatining kasbiy tayyorligining asosiy tarkibiy qismlari qo’yidagilardan iborat: - yo’naltiruvchi intellektual bilish. Bu tarkibiy qismi mutaxassis shaxsining bilish soxasini o’z ichiga oladi: kasbiy idrokini, fikrlashi, tasavvur, xotirasi, diqqatini va ular birgalikda mutaxassis shaxsning kasbga intellektual tayyorligini tashkil etadi. Mutaxassisning motivatsion tayyorligining asoslari o‘z kasbi mutaxassisligini tushuna olishi; o‘zida pozitiv munosabatni tarkib toptira olishi, o‘zini baholay olishi, bilish faoliyatiga qiziqishlari hisoblanadi. Oliy o’quv yurti sharoitlarida mutaxassisni tayyorlashda kasbiy faoliyatga motivatsion tayyorligi talabalarning kasbiy va shaxsy rivojlanishiga va ta’lim olish jarayonida o’zini rivojlantirishga mavjud motivatsion doiraning yo’naltirilganligida namoyon bo‘ladi. - ijrochilik. Bu tarkibiy qismi kasbiy mahoratni (bilim, malaka, ko’nikmalar) kasbiy xulq odatlari kabi muxim kasbiy sifatlarning tuplami, kasbiy qobiliyatlarni rivojlanganlik darajasi va mutaxassisning irodaviy tayyorligi uning xulqi va faoliyati davomida o’zini boshqarishga qodirligi, operatsional funksiyali tayyorgarlikni o’z ichiga oladi.8 Mutaxassisning kasbiy tayyorgarligi yadrosini shaxsning kasbiy yo‘nalganligi va kasbiy mahorati tashkil etadi. Hozirgi zamon mutaxassisining kasbiy tayyorgarligida uning kommunikativ tayyorligi alohida ahamiyatga ega. Bunday tayyorgarlik mutaxassisda odamlar bilan kasbiy muhit bilan konstruktiv va samarali o‘zaro yaqin aloqalar, xodimlar va rahbarlar bilan amaliy va shaxsiy o‘zaro munosabatlarga tayyorligi va bunday o‘zaro munosabatlarni o‘rnata olishga va rivojlantirishga qodirligini ko‘zda tutadi. Shaxsning kommunikativ tayyorligi faqatgina odamning nutqiy madaniyati etarlicha darajada rivojlanganligida u so‘z va tildan to‘g‘ri foydalanishni bilganidagina mavjud bo‘ladi. Shaxsning nutq madaniyati uning fikrlash madaniyati rivojlaganligining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shuning uchun mutaxassisning shaxsiy va kasbiy kamol topishini muxim shartlaridan biri uning kasbiy nutqiy madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi. Mutaxassisning kommunikativ tayyorligi unda empativlikni, xushmuomalalikni, do‘stonalilikni, o‘rtoqlik hissini, jamoatchilikni rivojlantirishni, kasbdoshlari bilan o‘zaro aloqalar munosabatlariga tayyorligi va qodirligini, o‘zaro munosabatlarda keraksiz keskinliklarni yuzaga keltirmaslikni, yuzaga kelgan qiyinchilikni to‘g‘ri xal eta bilishni, ishda, xodimlar, kasbdoshlari bilan munosabatlarda murosaga kelishni ko’zda tutadi. Mutaxassis faoliyati muvaffaqiyatliligini yana bir muhim sharti uning kasbiy va shaxsiy jihatdan tayyorligi va qodirligi hisoblanadi. Bu yo‘nalishda uning faolligi darajasi ishtirok etadi. Kasbiy masalalarni xal etishda ham xodimlar kasbdoshlari bilan o’zaro munosabatlarda ham o’zini har tomonlama ko’rsatishga intilish iborat bo‘ladi. Mutaxassisning bunday o’zini tashkil etish ko’p jixatdan uning muvaffaqiyatga erishish istagiga va intilishiga bogliq bo‘ladi. Zamonaviy psixologiyada muvaffaqiyat muammosiga bag’ishlangan ko’plab ishlar mavjud bo’lib, ularda mazkur muammo amaliy va nazariy jixatdan o’rganilgan. Muvaffaqiyat deganda shaxsning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishishi tushuniladi. Odamning bajarayotgan ishini muvaffaqiyatliligini xis etishi ikkita xal etuvchi vaziyatlarga bog’liq bo‘ladi: haqiqiy natija va ushbu vaziyatlarda uning qiziqishlari darajasiga. Ular odam o’z faoliyatida qo’ygan maqsadlarini ifoda etish shakli sifatida ishtirok etadi. Shunga muvofiq muvaffaqiyatga 8 T.Melcherti"Foundations of Professional Psychology" 2011. 18-20-betlar 50 erishishning vositalari, shart- sharoitlari ishlab chiqilgan bo’lib u qo’yidagi formula asosida beriladi. Kasbiy faoliyat jarayonida muvaffaqiyatga erishishda mutaxassisning shaxsiy xususiyatlari muxim rol o’ynadi. Xayotiy muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo’lgan ko’plab shaxsiy sifatlar xaqida V.Kroford o’zining “Suxbat va munozara” kitobida Konfutsiyning g’oyasiga tayanib, do’stonalik, donolik va botirlikni ko’rsatadi. Muallif odamga ishida muvaffaqiyat erishish uchun nima yetishmaslgini aniqlash uchun qiziqarli metodikani ishlab chiqdi. V.Kroford xozirgi zamon mutaxassisi muvaffaqiyatga erishish uchun ko’rsatilgan 3 ta tushunchadan tashqari kasbiy mahorat ham kerakligini aytib o’tdi. Xozirgi zamonaviy tadqiqotlar muvaffaqiyatga erishish uchun quyidagi asosiy shart-sharoitlarni ko’rsatadi: - mutaxassis o’ziga ishongan bo’lishi kerak; - maqsadga erishishga kuchli intilish kerak; - nimaga erishish istagini aniq bilishi kerak; - ishga pozitiv yo’nalganlik; - omad aloxida muvaffaqiyatlarni ko’ra bilish va shu paytda quvonch va baxtni xis etish zarur. Tadqiqotlar natijalariga ko’ra odamning xayoti va kasbiy faoliyatidagi muvaffaqiyat o’rtasidagi uzviy bog’liqlik borligini ko’rsatadi. Yuqorida ko’rsatilgan kamchiliklarini kasblar konstruktori mutaxassisligini kiritish bilan bartaraf etish mumkin. Ular yangi kasblarni loyixalashtirish, mehnat mazmunini va maqsadini aniqlash, ma’lumot, malaka darajasi mehnat sharoiti masalalarini yangilanishlari mumkin edi. Kasblarni psixologik tizimlash kasbga yo’naltirish ishlari uchun mo‘ljallangan. Qayd etilganidek, kasblar olami juda keng bo’lib, unda 20 mingdan ortiq kasb va 40 minga yaqin mutaxassisliklar mavjud. Ularning turli belgilariga ko‘ra tizimlash mumkin. Psixologik tizimlashning xususiyati shuki, bunda ijtimoiy - iqtisodiy va texnologik belgilardan voz kechiladi. Kasblarni psixologik tizimlashi kasbiy qiziqishlar, qobiliyatlar tashxisini ta’minlab berish lozim. Shunda kasblarni guruxlarga birlashtiruvchi psixologik muammosi kelib chiqadi. Asosiysi, kasblarni tizimlash shaxsining koniktiruvchisi kasb tanlash, ya’ni kasbiy tanlovini engillashtiradi. Adabiyotlarni o‘rganib chiqish, shaxs va kasb muvaffaqiyatligini ya’ni, kasbiy layoqatni hisobga oluvchi belgilarga to’xtalib o’tish imkonini beradi. Bunda kasbni talab etuvchi shaxsning psixologik tuzilmalari muvaffaqiyatlanadi. Shu belgilarga ko’ra, aniq bir faoliyatni bajara oladigan shaxslardagi kasbiy tanlovni amalga oshirishi mumkin. Bunday yondashishi ko’pgina psixologlarning tadqiqotlarida kuzatiladi. Bugungi tizimlashlarda bu belgilar nazarda tutilmaydi. Kasblarni tizimlashning muhim muammosi - bu kasbni tavsiflovchi ma’lumotlarni to‘plash usullaridir. Ularga kuzatish, faoliyatini mustaqil bajarishi (mehnat metod), ishchilar bilan savol-javob, ish-joyidan kuzatuvchi hamda savol- javoblardan iborat9. Chet elda qiziqishlar, shaxs qobiliyatlari va temperament xususiyatlarini hisobga olish asosida kasblarni tizimlashi keng tarqalgan. Avvalambor Dj.Xolland tomonidan 1966 yilda ishlab chiqarilgan kasblarni tizimlashishni ajratish mumkin. Uning moxiyati psixolog konsepsiyasiga asoslangan bo’lib, ushbu konsepsiya shaxs nazariyasini kasb tanlash nazariyasi bilan birlashtiradi. Yo’nalishning asosiy komponentlarini o’rganish asosida Dj.Xolland shaxsning kasbga yo’naltirilgan turlarini ajratadi: realistik, intellektual, ijtimoiy, konvensional ya’ni, umumiy qabul qilish mezonda va an’analarga asoslangan ishbilarmonlik va badiiy qobiliyatlar va boshqalar. Xar bir shaxs turi ma’lum kasbiy muhitga yo’naltirilgan idealistik tur - moddiy buyumlar yaratishga texnologik jarayon va texnik qurilmalar, iqtidor - aqliy mehnatga, ijtimoiy - iqtisodiy mehnat bilan o’zaro aloqaga, konvensional aniq tuzilgan faoliyatga, ishbilarmonlik - odamlarga raxbarlik va badiiy - ijodga. Xar bir shaxs turi modeli qo’yidagi sxema buyicha tuziladi: maqsadlar, qadriyatlar, qiziqishlar, qobiliyatlar, istalgan kasbiy rollar mumkin bo’lgan yutuqlar, karera va boshqalar. Keyingi kasblarning tizimlash qobiliyatlarini hisobga olishga asoslanadi. Talab etiladigan qobiliyatlar buyicha kasblarni tizimlash buyicha bir necha bor urinishlar bo’lgan. Dastlab, 1953 yilda D Paterson tomonidan taklif etilgan. Kasblar tizimlashga tuxtalib o‘tamiz. U juda keng tarqalgan bo’lib, tizimlash asosini 9 ta turli qobiliyatlar tashkil etadi. Minnesota Ocupationa! Rating Scale (MORS) yordamida kasbshunos psixologlar tomonidan 432 ta kasb tanlab olinib, qo’yidagi 7 ta guruxga ajratiladi. Akademik, mexanik, ijtimoiy, diniy, musiqaviy, artistlik va jismoniy guruxlardir. Tadqiqot natijalarini umumlashtirish natijasida 432 kasbni 214 ta namunaga keltirildi, 9 T.Melcherti"Foundations of Professional Psychology" 2011. 20-21-бетлар 51 ulardan 137 tasi bitta kasb mutaxassislikka qolgan 77 tasi ikkitadan 18 tagacha, mutaxassislikni birlashtiradi.
Shaxs kasbiy shaqllanishining sermahsulligi va anglay olishining muhim omili uning kasbiy mehnatda ma’no topishidadir, o’z kasbiy hayotini loyixalashtirish, ma’suliyat bilan kasb mutaxassislik va ish-joyini tanlash borasida qaror qabul qilishdadir. Albatta, bu muhim kasbiy muammolar shaxs oldida butun xayoti davomida paydo bo’laveradi. Shaxs esa doimo o’zgarib rivojlanib turadi. Demak, uning rivojlanishini turli bosqichlarida kasbiy anglash muammolari turlicha xal etiladi. Kasblar olamida o’z o’rnini to’g’ri tanlash, o’z ijtimoiy kasbiy rolini kasbiy mexnatga jamoaga va o’ziga bo’lgan munosabatini anglay olishi inson xayotining muxim komponentlari bo’lib koladi. Goxida kishi kasbdan o’zoklashib, undan og’irlik seza boshlaydi unda o’z kasbiy xolatidan konikmaslik xissi paydo bo’ladi. Shuningdek, insonlarda majburiy xolatda kasb (mutaxassislik)ni va ish joyini almashtirish xollari goxida uchrab turadi. Ta’kidlash mumkinki, shaxs oldida doimo undan kasbga bo’lgan munosabatni aniqlash, gohida o’z kasbiy yutuqlarini tahlil etish, kasb tanlovi yoki uni almashtirish qarorini qabul qilish, karyerani aniqlash korreksiyalash boshqa kasbga xos bo’lgan masalalarni xal etishni talab etadi. Kasbshunoslikda barcha bu muammolar kompleksi kasbiy aniklanish deb tushuniladi. Kasbiy anglash bo’yicha Ye.A.Klimovning fikricha, oson va qisqa muddatli hisoblangan kasb tanlovi aslida “lahzali kelishuv - butun kelgusi hayot” formulasi asosida amalga oshiriladi. Shaxsda rivojlanish yo’llaridan avval turli mexnat sohalariga ma’lum munosabat, ko’p kasblar haqida tasavvur va o’z imkoniyatlarini baxolash, ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda to’g’ri yo’l tutishi kasb tanlovining “zaxira variantlari” va navbatdagi kasbiy anglash ichki tayyorgarlikka xos bo’lgan boshqa ko’p narsalar xaqida tasavvur shakllangan bo’ladi. Ye.A.Klimovning fikrini mantiqiy jixatdan umumlashtirib quyidagicha ta’kidlash mumkin. Kasbiy anglash kasbiy tanlovining bir laxzali akti bulib qolmaydi va tanlangan mutaxassislik buyicha kasbiy tayyorgarlik yakuni bilan tugatilmaydi, balki u butun kasbiy xayoti mobaynida davom etadi. Ushbu konsepsiyaning muxim jixati shundaki, bunda kasbiy anglash taxliliga tizimli yondoshuv qullaniladi, ammo tadqiqot muammosining faktgina erta yoshlik yoshi bilan chegaralanishi konsepsiyasining evrestik imkoniyatlarini cheklaydi. Shaxs kasbiy anglashni tadqiq etib, N.S.Pryajnikov uning quyidagi mazmunli - prosessual modelini asoslab berdi: 1. Ijtimoiy foydali mehnatning qadr-qimmatini va kasbiy tayyorgarligining zaruriyatini anglashning qadriyatli, ma’naviy asosi. 2. Ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda o’z yo’nalishini topish va tanlanadigan faoliyatni kelajakda rivojlantira olish. 3. Kasbiy mehnat olamida umumiy xolda o’z yo’nalishini aniqlay olish va kasbiy maqsadni ajrata olish. 4. Yaqin oradagi kasbiy maqsadlarni keyingi maqsadga eltuvchi yo’llar va vositalari sifatida aniqlash. 5. Kasbiy o’quv yurtlari va ish o’rinlariga muvofiq kasblar va mutaxassisliklar xaqida ma’lumot berish. 6. Kasbiy maqsadlarga erishishni murakkablashtiruvchi to’siqlar xaqida tasavvurga ega bo’lish, shuningdek, mo’ljallangan rejalarni amalga oshirishga yo’l beruvchi o’z fazilatlarini bilish. 9-Mavzu: Kasbiy tanlashga yo’llashning umumiy masalalari. 84 7. Anglashning asosiy varianta bo’yicha muvafaqqiyatsizlikka uchragan xolda, tanlov zaxira variantlarining mavjudligi. 8. Shaxs kasbiy istiqbollarining amaliy yuritilishini boshlanishi va mo’ljallangan rejalarni doimiy ravishda korrektirovka etish. 1. Ma’lum bir mehnat vazifada anglash. Bu anglash turi bajarilayotgan faoliyat doirasida o’zini namoyon eta olishini nazarda tutadi. Ishchi o’z faoliyat mazmunini ayrim mehnat vazifalarini sifatli bajarishda ko’radi (masalan, konveyrda ishlash paytida). Tanlash erkinligi va inson xarakatlarining diapazoni minimal darajada aks etishi bilan belgilanadi. Ko’p ishchilarga bu bir xil va bir maromda ishlash yomon ta’sir etadi. Shuning uchun ishlab chikarish tashkilotlari bunday ishlarni bajariladigan ishlar turini almashtirish xisobiga ko’shimcha vazifalar bilan boyitishga xarakat qiladilar. Ammo shuni xam ta’kidlash lozimki, ayrim kishilar bunday mehnatdan roxatlanadilar. 2 . Ish o’r n i d a o’zini anglash turli xil vazifalar bajarishni nazarda tutadi. Ish urni ma’lum xukuklar va topshiriklar mehnat vositalarini o’z ichiga oluvchi cheklangan ishlab chikish muhiti bilan belgilanadi. Anik ish joyini almashinuvi mehnat sifati va samaradorligiga yomon ta’sir etadi va ishchining konikmasligini keltirib chikaradi. 3. Mutaxassislik bosqichida o’zini anglash turli ish urinlarini sezilarsiz almashinuvini nazarda tutadi va shu ma’noda shaxsning o’zini namoyon eta olish imkoniyatini kengaytiradi. Masalan, avtotransport xaydovchisi avtomashinalarning turli rusumini boshqara oladi. 4. Kasbda o’zini anglash turi buyicha ishchi mehnat faoliyatida bir - biriga yakin kasblarni o’zlashtira olish i nazarda tutiladi. Ma’lumki, kasb bir kancha bir - biriga yakin mutaxassislarni birlashtiradi. Shuning uchun avval anglash turiga nisbatan bunda ishchi nafaqat ish o’rnini, balki mutaxassisliklarni xam tanlaydi. 5. Xayotni o’zini o’zi anglash turi kasbiy faoliyatdan tashkari o’zini xordiq chiqarishi, majburiy ishsizlik va xokazolar. Mazmun jixatdan bunday fikr insonning xayot tarzini tanlashi haqida bormoqda. Ta’kidlash kerakki, ko’p kishilar xayot mazmunini kasbdan tashkaridagi faoliyatda kurishadi. Xayotni anglash nafaqat insonning u yoki bu ijtimoiy rollarini bajarishini balki xayot tarzini tanlashini xam nazarda tutadi. Bunday xolda kasb ma’lum xayot tarzini yuritish vositasi bo’lishi mumkin. 6. Murakkabrok tur - shaxs o’zini anglashi. Bu tur xayotda o’zini anglashning oliy kurinishi bo’lib, bunda inson vaziyat va o’z xayotining egasi bo’ladi. Bunday xollarda shaxs kasb va ijtimoiy rollardan k>pgarilib turadi. Inson ijtimoiy rolni egallabgina kolmay, balki yangi rollarni yaratadi va kaysidir ma’noda xattoki ijtimoiy - psixologik mezon yaratish bilan shugullanadi va atrofdagi odamlar u haqida yaxshi muxandis, shifokor, pedagog deb gapirib kolmasdan, balki takrorlanmas shaxs deb ta’riflashadi. Aytish mumkinki, shaxs o’zini anglashi bu o’ziga xos “Men tarzini” topishidir doimo shuni rivojlantirib atrofdagi odamlar orasida tasdiklashdan iboratdir. 7. Nihoyat eng murakkab tur - shaxsning madaniyatda o’zini anglashi (shaxs o’zini anglashning oliy k$finishi sifatida). Bunda kaysidir ma’noda insonning ijtimoiy abadiyligi tugrisida gapirishga imkon beruvchi “o’zini boshqa odamlarda davom etishi”ga yunaltirilgan ichki faollik seziladi. O’zini anglashning oliy turi shaxsning keng ma’noda tushuniladigan madaniyat rivojlanishiga ko’shgan xissasida namoyon bo’ladi. (ishlab chiqarish, san’at, ilm, din). Yuqorida berilgan o’zini anglashning xar bir turida muallif shartli ravishda inson o’zini namoyon etishining besh bosqichini ajratadi. Psixologik pedagogik adabiyotlarda kasbiy o’zini o’zi belgilash jarayoniga ta’sir etadigan omillarning 4 guruhi ajratiladi. Birinchidan, ijtimoiy-iktisodiy bo’lib u tarakkiyotning turli boqichlarida jamiyat xayotiga kirib kelayotgan yoshlarga o’zlaridagi mavjud kuch va imkoniyatlarini sarflashga turli soxalarni taklif etadi. Birinchi navbatda bu kasblar spektri ularning o’zgarishi va rivojlanish istikbollari jamiyatning u yoki bu mutaxassislarga extiyojiga daxldordir. Ijtimoiy-psixologik omillar ikkinchi guruhni tashkil etadi. Avvalo inson maktab ta’limigacha va keyin o’sib tarbiya olgan muxit, oila, dustlar davrasi, maktab jamoasi va shu kabilar. Ijtimoiy muxit ta’sirida shaxsning kadriyatli 85 yo’nalganligi kasblarning turli guruhdariga munosabati o’ziga xos ijtimoiy kutishlar ustanovka va sterotiplar shakllanadi. Uchinchi guruh asl psixologik omillardan iborat bo’lib, bu shaxsiy qizikish va moyilliklar umumiy va spesifik qobiliyatlar aqliy va shaxsiy rivojlanish darajasi xotira xususiyatlari, diqqat motorikasining o’ziga xosligi va shu kabilar. Nihoyat to’rtinchi guruh individual psixofiziologik xususiyatlarni o’z ichiga olib, ulardan o’rganilgani nerv tizimining asosiy xossalarini faoliyat turlariga munosabatini ta’siri masalasidir. Ular psixik jarayonlar kechishining dinamik tavsifnomalarini belgilaydi turli temperamentlar kurinishida ifodalanadi va ma’lum faoliyat turini bajarishga ko’maklashishi, yo aksincha uni qiyinlashtirishi mumkin. O’quvchi o’zini o’zi real baholashi va ijtimoiy talablarni istikbolli baholashga psixologik jixatdan tayyormi? O’quvchining bu kabi baholashga tayyorgarligining ravshan mezoni kasb tsnlashga oid surovnoma bo’lishi mumkin. Istalgan mehnatga ma’lum muljallanganlikni borligi haqidagi notugri fikr keng tarqalgan. O’zini bilib olmaslik kasbiy o’zini o’zi belgilashda asosiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Ayrim o’quvchilar ifodalangan qiziqish qobiliyat va moyillikka ega emasligiga ishonsa boshqalari nakadar kup qiziqish va qobiliyatga egaki tanlaydigan kasblar doirasini cheklashga kiynaladi. Uchinchilari ma’lum kasbiy maksadlarga ega birok zarur kasbiy ifodalangan sifatlarga ega emas. O’kuvchilarning aksariyat ko’pchiligi xatto ota-onalar xam ko’pincha kasb tanlashda mehnat faoliyatga asosiy e’tibor bermasdan balki ta’lim muassasasini yoki o’quv faoliyatini xisobga olib tanlashni muljallaydilar. Bu tanlov u yoki bu fanga qiziqishga asoslanadi. O’qituvchi tomonidan ishlangan strategiyalar Kim shaharning maktablaridan birida 6-sinflarga dars beradi. Har yili uning ko’pchilik o’quvchilari davlat testlaridan yiqilishadi. U o’zining til madaniyati va sosiologiya sinfidafanidan Kim oddiy dars ishlanmalari va odatiy qo’llanmalaridan foydalanar edi. Ularni baholash ham xuddi shu tarzda amalga oshiladi. Kim yozgi motivatsiya kursiga borganda ,,Afrikalik Amerika talabalarini qo’llab quvvatlash va o’qitish usullari’’ deb atalgan maqolani o’qib qoladi va kuzda o’z o’qitish va baholash usullarini o’zgartirishga qaror qildi. Birinchidan, u to o’quvchilar kriteriyani tushunmagunlarigacha takrorlashga qo’yib beradi. Ikkinchidan, u o’quvchilarga erkin mavzular beradi. Uchinchidan, u o’quvchilarini dars paytida turli xil videolarni qo’yishni va qog’ozlarni o’zatishni so’rash orqali ularni yordam beradi. To’rtinchidan, u shu yer aholisi tarixida iz qoldirgan odamlar hayoti haqida o’qitish orqali ularga manan madad beradi. Uning aytishicha o’zgarishlar katta, o’uvchilar g’ayratliroq va zavq bilan ishlashmoqda. Yil oxirida o’kan yilga qaraganda 2 barobar ko’proq o’qvchilari davlat imtihonlarini topshirishibdi. U xuddi shu hududda joylashgan noshqa 6-sinf o’quvchilariga yuqoridagi usul bo’yicha dars beradi. O’quvchilar o’qish darajasi oshgan bo’lsada, maktabni yopishdi, chunki ortach ko’rsatkich juda past edi. Kim doktor darajasini oldi va kechki kurslarda o’qituvchilarga Psixologiyadan dars beradi. Kim bilan bo’lgan holat biz o’rganmoqchi bo’layotgan 11- O’qituvchi tomonidan ishlangan strategiyalar va 12-Standartlashtirilgan testlar bo’limi uchun juda misol sifatida qo’l keladi. Birinchidan, sinfda baholashning maqul yo’lini tanlash instruksiyaviy amaliyotga, motivatsiya haqidagi qarashlarga va standartlashtirilgan testlarning hajmiga bog’liq. Ikkinchidan bazi bir O’qituvchi tomonidan ishlangan baholash o’quvchilar tomonidan qabul qilinadi, bazilari esa yo’q. Uchinchidan, bu baholash jarayonda rivojlantirilishi mumkin. Bu esa o’z ichiga muammolarni topish (motivatsiya yetishmasligi, maqsadning aniqsizligi), alternative yondashuvni topish (adabiyotlar o’qish), yangi yondashuvlarni aniqlash,natijalarni tahlil qilish (test va talabalar harakati) va strategiyani yanada mukammallashtirishni oladi. Talabalarni baxolashdagi amaliyotlar bu baxolashni so’ngi 20 yilda juda katta o’zarishga olib keldi.1970-yillarda Rosemary matematika o’qituvchisiligida, u talabalartni bilmini baxolamas edi, u faqat talabalardan o’tgan mavzulari bo’yicha faqat test olar edi. Har bir talaba uchun tayyorlangan testlarni ular yechishar edi. Ko’plab o’qituvchilar, shu jumladan matematika fani bo’yicha, o’quvchilarning bilimini baxolashda turli usullardan foydalanishadi va shu jarayonda baxolash natijalaridan o’z instruksiyalarida foydalanishadi.bu bo’limda biz asosiy e’tiborimizni sinf baxolashini talabalarning bilimlarini oshirishiga qaratamiz va asosiy tushunchalar bilan 86 boshlayman. Baholash bu talabalar o’zlashtirish haqida muhim ma’lumotlarni to’plash va ularning qay darajada o’sganliklarini ko’satish demakdir (Linn & Miller, 2005). Talabalar bilimining o’sishi haqida biz turli manbalar orqali malumot olishimiz mumkin, masalan loyihalar, portfoliyalar, chiqishlar, kuzatishlar va testlar. Bu ma’lumotlar lo’pinch turli xil ballar yoki darajalarda ko’rsatiladi, bu o’lchov birligi hisoblanadi. O’lchov birligi “Qancha?” degan savolga javob bo’lib quyidagicha belgilanadi, 28/30 biologiyadan, 90/100 ilmiy loyihadan. Baxo berish esa bu malumotlar asosidagi so’ngi qaror hisoblanadi (Airasia, 2005). Bu qarorlar ma’lum talabalarga, baholash metodiga va kimningdir o’qitishga tegishli bo’lishi mumkin. Birinchi o’rindagi maqsad bu o’qishni baholash va baholash strategiyalarini talabalar bilimini oshirishdagi o’rniga qaratildi. O’qishni baholash ko’pincha formativ baholash hisoblanib, o’qituvchilar o’qitishini takrorlash va talabalar tomonidan o’z bilimlarini oshirish uchun instruksiya kursi vaqtida ma’lumotlar yetkazish orqali olib boriladi. (Black, Harrison, Leye, Marshall & Wiliam, 2004). Formative baholash o’z ichiga formal bo’lmagan baholashni (sistemalashtirilmagan talabalar hulqini kuzatish) va formal baholash (rejalashtirilgan va sistemalashtirilgan ma’lumotlar yig’ish)ni oladi. O’qishni baholash formal baholash hisoblanib, talaba bilimlarini mustahkamlash va ularning bo’sh tomonlarini to’ldirshni o’z ichiga oladi va asosan keying bo’lim mavzusi sanalsada, shu bo’limda qisman ko’rib o’tiladi. O’qishni baholash yakunlovchi holatdir, ya’ni u imtihon yakunlangandan so’ng amalga oshiriladi. Xulosaviy baholashlar talabalarning darsni qanday o’zlashtirganligi, keyingi mavzuga o’tishga layoqati va qanday ballarga ega bo’lishi haqidagi ma’lumotlarni beradi. O’qishni baholash; jarayonning qisqacha talqini Talabalar bilimini oshirish maqsadidagi baholash bu baholashni nafaqat bir jarayon sifatida ko’rib chiqishni, balkim, o’qitishning barcha fazalarini (rejalashtirish, xona tekshiruvlari, ota-onalar bilan suhbat va boshqalarni) talab etadi (Stiggins, 2002). Baxolashdagi dastlabki qadamlar; 1-qadam. Aniq instruksional maqsadlarga ega bo’lish va buni talabalarga yetkazish Avvalgi bo’limlarimizda o’qituvchilar har bir bo’limni puxta rejalashtirish haqida so’zlagan edik. Bu o’qitishni endi boshlagan o’qituvchilar uchun qiyin bo’lishi mumkin. Masalan, Vanessa (o’rta maktab ijtimoiy fanlar o’qituvchisi) u o’quvchilarga keying mavzu haqida quidagich izoh berishi mumkin: ,,Talabalar bugun Fuqarolik jamiyati haqida o’rganamiz . Aslida u maqsadni aniqroq qo’yishi ya’ni jamiyatning aynan qaysi tomonlari haqida gapirmoqchi ekanini aniqlashtirishi zarur edi. O’qitish samaradorligi uchun ham u talabalardan aynan nima talab etilayotganligini tushuntirishi lozim . O’qituvchi tomonidan qanday mukammal rejalashtirilgan o’qish bo’lmasin, agar ular aynan nimani o’zlashtirish talab etilayotganini bilishmasa, samaradorlik kutilgandek yuqori bo’lmaydi. Samarador 2-qadam. Qulay baholash texnikalarini tanlash baxolash uchun baxolashning qulay usullaridan foydalanish juda muhim hisoblanadi. Auditoriya salohiyati, talaba xarakteri va mavzu mazmuniga qarab baxolashning optimal variantini tanlash ham juda katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda ular ma’luomtlar ishonchliligini roli baxolash texnikalarini tanlash va qo’llashning ahamiyati ham juda muhim. 3-qadam. Ota-onalar bilan suhbat. Talabalarning bilimlarini oshirish bir tarafdan o’qituvchining ota-onalar bilan ishlash mahoratiga ham bog’liq. O’qituvchilar ota-onalar bilan xatlar, telefon, yuzma-yuz suhbat, elekron manzil va maktab electron saytlari orqali muloqot qilishadi. Effektiv muloqot o’qituvchilarni talabalarga qoyilgan talabni aniq va ravshan tarzda yetqazib berishiga bog’liq. Bu esa o’qituvchidan muloqot qilish ko’nikmalarini talb etadi. Kasb tanlash o’quvchida ikki turdagi axborotning mavjud bo’lishini talab qiladi. Bular: 1. Umuman kasb dunyosi haqida va ular dan xar birining talab imkoniyatlari to’grisida. 2. O’z haqida o’zining qobiliyatlari va qiziqishlari haqida. O’spirinlarda xar ikkala turdagi axborot xam yetishmaydi. Sosiolog V.N.Shubkin utkazgan tadqiqotlarining ko’rsatishicha 17 yoshdagi o’spirinlarning kasblar dunyosiga bo’lgan munosabatlari ota-onalari, tanish www.ziyouz.com 87 kutubxonasi bilishlari, dustlari, tengdoshlari, kitob, kinofilm, teleko’rsatuvlaridan olingan tajribalari xamda ma’lumotlari asosida shakllanadi. O’zini o’zi anglashning rbli-katta o’quvchi shaxsining xarakterli xususiyati o’smirlikning o’spirinlikdan o’z “Meni”ga qiziqishning ortishi xisobiga farqlaydi. Bu sharoitni xisobga olish o’quvchilar kasbiy tiklanishini tashkil etishda nihoyatda muhim zero kasbni ongli va ishonch bilan tanlay olish bu yoshda nisbatan barkaror “Men” kabi psixologik sifatining ya’ni o’zi haqida yaxlit tasavvurning shaqllanishi bilan uzviy boglik. “Men” obrazi (ba’zan “Men” tushunchasi “Men” konsepsiyasi deb xam yuritiladi) - murakkab psixologik xodisa u shunchaki o’z sifatlarini anglash yoki o’zini o’zi baholash yigindisi emas. “Men kimman?” degan savol o’zini tavsiflash emas, kuprok o’zini o’zi belgilashni ko’zda tutadi: “Men kim bo’lishim mumkin?” va “kim bo’lishim kerak, imkoniyatlarim, istikbollarim kanday, men xayotda nimalar kila oldim va yana qila olaman?”. “Men” obrazi - shaxsning o’zi haqida faoliyat subyekti sifatida tasavvurlar tizimi bo’lib uch asosiy tarkibiy kismga ega: - kognitiv o’z individual psixologik xususiyatlari haqidagi bilimlar yigindisi; - emosional o’ziga nisbatan ma’lum baholovchi munosabat mavjudligi; - boshqaruv o’z xulqini boshqarish imkoniyati. “Men” obrazi shaqllanganligining mezonlari: - kognitiv rejada o’z psixofiziologik va psixologik zaxiralari haqidagi bilimlar tulikligi, tizimliligi, farqlanganligi; - emosional rejada o’zini o’zi baholash va o’zini qabul kilish adekvatligi. Shunday kilib “Men” obrazi shaxsning yetakchi motivlari jumladan kasb tanlash motivlari shaqllanadigan yadro bo’lib xizmat qiladi. “Men” obrazi shaqllanganligi turli kasb talablari bilan nisbatlash shartlaridan biri sifatida va o’zining psixologik va qat'iy potensialini bo’lg’usi kasbiy faoliyatda o’zaro ayrboshlashda samaradorligiga ko’maklashadi. O’quvchilar kasbiy tiklashishi xususiyatlarini baholashda “Men” obrazining xar bir komponenta xolati uch yo’nalishda o’zini o’zi taxdil kilish, kasbiy faoliyat tahlili, kasbiy sinovlarda baholanadi. Men obrazining kognitiv komponenta shaxsiy, psixologik komponentlik darajasi, psixologik bilimlardan atrofdagi vokealarni anglash o’z xulqi, individual psixologik xususiyatlari bilan belgilanishi mumkin. Komponent to’liqligi adekvatligi insonning mehnat va kasblar dunyosi haqidagi bilimlari bilan xam belgilanadi. Kognitiv komponent rivojlanganligi ko’rsatkichi bo’lib kasbiy sinovlarning tayyorlov bosqichini muvaffaqiyatli egallash xam xizmat qiladi. “Men” obrazining emosional-baholash komponenta o’quvchining o’zi uchun xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni baholay olishda tanlangan kasb uchun namoyon bo’ladi. Bu komponent kasbiy sinov mazmuni va murakkabligi darajasini tanlash kasbiy faoliyatning aniq sinov doirasida turli soxalariga munosabatda namoyon bo’ladi. “Men” obrazining xulq-atvor komponenta shaxsning o’zini o’zi tarbiyalash va kasbiy o’zini o’zi rivojlantirish dasturida uning murakkablik darajasi yunalganligi tanlagan kasb talablariga nisbatlanganda namoyon bo’ladi. U shaxsiy kasbiy shaqllanishini, shuningdek, o’quvchining kasbiy sinovlar jarayonida kasbiy faoliyat turlarida o’zini kayta tiklay olishini belgilaydi va unda tegishlisini aks ettiradi. I.S.Konning aytishicha “Usmirlarda o’zini o’zi anglash va o’z “Men”iga qiziqish o’zining psixologiyada biogenetik maktab vakillari ta’kidlaganidek, faqat jinsiy yetilish bilan bog’lik emas. Bola o’sadi o’zgaradi kuch yig’adi va shunga qaramay bu unda interospeksiyaga tortishni keltirib chiqaradi. Bu o’spirinlik yoshida ro’y bersa, endi avvalo shundaki jismoniy yetilish ayni paytda ijtimoiy simptom ulg’ayishi alomati sanaladiki, unga e’tibor berishadi, uni boshqalar kattalar va tengdoshlari ko’zatishadi. O’spirin xolati ziddiyatliligi, uning ijtimoiy rollari, intilishlar darajasining o’zgarishi aynan ular birinchi galda “Men kimman?” degan savolni dolzarblashtiradi. Bu davrda tashki boshqaruvdan o’zini o’zi boshqarishga o’tiladi. Biroq kanday boshqaruv ob’yekt haqida axborot mavjudligini kuzda tutadi. Shundan ozini o’zi boshqarishda subyektning o’zi haqidagi axborot ya’ni o’zini o’zi anglash bo’lishi shart. Kasbiy ong rivojlanishi ya’ni kasbiy tiklanishga nisbatan o’zini o’zi belgilanishi ya’ni o’z subyektligini anglash refleksiyasining aniqlangan roli bosh qobiliyat insonning professional sifatida o’zini o’zi rivojlantirishning asl mexanizmi sanaladi. Yuqoridagi fikrlardan ko’rinadiki, kasbiy o’zlikni anglash jarayonida shaxsning o’zini o’zi anglash baholash shaxs xususiyatlari muhim aspekt sifatida ko’rsatib o’tiladi. 88 Reja. Reja: 1. Qayta kasbga yo’llashning psixologik mohiyati 3.Reoriyentasiyada o’quvchilarning salomatligi, jinsiy xususiyatlari va yoshi. 4. Reoriyentasiyada –ziddiyatlar va ularning o’rganilishi. Psixologiya fanida kasb tanlashga yo’llash (proforiyentasiya) atamasi qadim zamondan qo’llanib kelinadi. Lekin ijtimoiy hayotning keyingi davrlarida boshqa bir atama fanimizga kirib keldi, u reoriyentasiya (qayta yo’llash) deb atalib, insonni yangi bir moslashmaga (ko’nikmaga) kasbga yo’naltirishni bildirib keladi. Ishlab chiqarishga avtomat qurilmalarning (elektron moslamalarning, robotlarning) kirib kelishi ish o’rinlarining qisqarishiga olib keladi. Muassasa, tashkilot, korxona rentabelligining pasayishi ham xodimlarga nisbatan ehtiyojning kamayishini keltirib chiqaradi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti raqobatga asoslanadi, shuning uchun testlarga bardosh beruvchi, yuqori malakali, mahoratli, bilimdon, komil insongina sinovlardan muvaffaqiyatli o’ta oladi, xolos. O’rtamiyona darajadagi mutaxassislar •Reoriyentasiya bu- Qayta kasbga yo’llash (reoriyentasiya) o’ta insonparvarlik (gumanistik) g’oyasida o’z kasbini o’zgartiruvchi yoki ishsiz qolgan shaxs ruhiyatiga singdirishni anglatadigan jarayon. Ishsizlik, ish o’rnini yo’qotish ayollarda o’kinchili (ayanchli) his – tuyg’ular qobig’ida o’ta murakkab kechadi, go’yoki tragediya, halokat, judolik vujudga kelganda ham ekstravertlik, ham introvertlik xususiyatlari uyg’unlashganday yuz beradi. Erkaklar esa bunday vaziyatlarga matonat bilan, iloji boricha hissiyotlarga berilmasdan, aql – zakovat maromlariga tortilganlik tuyg’usi ustuvorligida namoyon bo’ladi. Erkaklarda achinish, xafaxonlik kechinmalari tarzida hukm surishi, asta – sekin uning ta’sir kuchi pasayishi kuzatiladi. Hozirgi zamon mehnat birjalarida reoriyentasiya (qayta kasbga yo’llash) ishlari olib borilishi markazlashtirilgan. Maxsus xodimlar kompyuter xotirasiga joylashtirilgan shahar, tuman bo’yicha ixtisoslar bo’yicha yoki ixtisoslararo mutaxassislar ro’yhati (zaruriyati, ehtiyoji, talabi) bilan ish izlab kelgan muhtoj shaxs tanishtiriladi. Aksariyat mehnat birjalarida psixologlar yetishmaganligi tufayli ish bilan ta’minlash, bo’sh o’rinlarni to’ldirish bilan shug’ullaniladi 17 •Bu xizmat qator omillarni tekshirish, o’rganishni taqozo etadi: •Shaxsning fazilatlari, xarakterologik xislatlari. •Hissiy jabhalari va irodaviy sifatlari. •Insonning kognitiv va regulyativ imkoniyatlari. •Ehtiyoji, motivi, motivasiyasi, motivirovkasi. •Kasbiy mayli, qiziqishi, layoqati. •Professiogramma talablariga mosligi, kasbiy yarog’ligi. •Iqtidori (iste’dodi), qobiliyati, salohiyati. •Kasbiy bilimlari, ko’nikmalari, malakalari, mahorati. •Umumiy saviyasi, dunyoqarashi, maslagi (e’tiqodi).
Mutaxassisni tanlash (baholash) fikri bugungi kundagi kashfiyot emas. Zamonaviy tanlov tarixi asrlar davomida shakllanib kelgan. A.A.Bodalyov va V.V.Stolinning fikricha, u turli qobiliyatlar, bilim, ko’nikma va malakalarni sinash bilan bog’liq. Eramizgacha 3 ming yillik o’rtalarida qadim Vavilondagi bitiruvchilarda sinovlar o’tkazilgan. Qadim Misrda din peshvolarida bir qator sinovlardan o’tkazishgan. Suhbat olib borish ko’nikmalari, tashki ko’rinishi, mehnat qilish ko’nikmalari, tinglash, olov, suv bilan sinashdan iborat bo’lgan. Bu sinovlar o’zida ishonchi bo’lmagan, ta’limning uzok muddatiga dosh bera olmaydiganlarni xatto o’ldirish bilan qo’rqitishardi. Shuning uchun xar bir nomzodga ibodatxonaga kirishdan avval yaxshilab o’ylab ko’rish tavsiya etilgan. Bu sinovlar tizimini buyuk olim Pifagor yengib o’tgan. Gresiyaga (Yunonistonga) qaytib o’zi yengib o’tgan qiyinchiliklarga o’xshash sinovlardan o’ta oladigan kishilarni o’zi asos solgan maktabga qo’ygan. Pifagor intellektual qobiliyatlilarga katta e’tibor bergan. Shuningdek, u yoshlarning kulishi va yurishiga e’tibor bergan. Eramizgacha 2200 yil avval qadimgi Xitoyda xukumatning mansabdor lavozimini egallashni hohlovchi kishilar qobiliyatini tekshirish tizimi mavjud bo’lgan. Musiqa, kamondan otish, otda yurish, yozish, xisoblash, marosimlarni o’tkazish bo’yicha har 3 yilda amaldorlar shaxsan imperatorlar sinovidan o’tishgan. Davlat uchun imtixonlar tizimi eng qobiliyatli, iqtidorli kishilarni tanlash vositasi edi. O’rta asrlar davomida ham turli imtixonlar )o’tkazilgan. Vetnam davlatida atigi ikki yil davomida (1370-1372) barcha xarbiy va fuqarolik amaldorlarining qayta attestasiyasi o’tkazildi. Bu butun mamlakat bo’yicha davlat apparatlarini tekshirishdan o’tkazish imkonini berdi. Natijada Vetnam yanada kuchli feodal mamlakatga aylandi. XV asrda sinovlar tartibga solindi. Ular bosqichlar va tur buyicha o’tkazilardi. Imtihonda oliy darajalarga erishish hurmatga sazovor bo’lish xisoblanardi. Bugungi kunda tanlov davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining ishchilarini faoliyat ma’sulligini, professionalizmi, malaka darajasini belgilash uchun o’tkaziladi. Birinchi navbatda tanlov mutaxassisning egallab turgan lavozimiga kasbiy muvofiqligini aniklashga qaratilgan. Faoliyat muvaffaqiyatini prognozlash psixologik ko’rsatkichlar asosida olib boriladi. U faoliyatda o’rgatish jarayonini optimallashtirish uchun muhim o’quv guruhlarini tuzishda, individual yondashishni tashkil etishda va boshqa hollarda qo’llaniladi. Ko’pincha faoliyat muvaffaqiyatini prognozlash insonning u yoki bu faoliyatga to’g’ri kelishi psixologik tanlov o’tkazish yo’li orqali amalga oshiriladi. Psixologik tanlov professional tanlovning komponentlaridan biri bo’lib, u o’z ichiga tibbiy, ta’lim, bilim darajasi bo’yicha tanlovlarni o’z ichiga oladi. Aniq faoliyat turida inson qobilyatlarni son va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha baholash eng oddiy, ammo unchalik mukammal bo’lmagan usuldir. Psixologik tanlov shundayki, bugungi qabul qilgan qarorlarimiz kelajakdagi tanlovlarimiz uchun asos bo’lishi mumkin. Insonlar ko’p hollarda allaqachon qilingan tanlovlarga amal qilishda davom etishadi. Siz studentlik paytingizdan boshlab sotib olgan tish pastaning savdo belgisi sizning butun hayotingiz mobaynida siz tanlaydigan brend bo’lishi osonroq. Bu yerda siz haliyam o’sha savdo belgisini tanlayotganinggizning bir nechta sababi bor. Birinchidan, siz o’sha mahsulotni avval iste’mol qilib ko’rgansiz, bu sizni o’sha mahsulot uchun yana qo’shimcha xarajat qilishga undaydi. Ikkinchidan, brendlarning foydalilik darajasi o’rtasidagi farq judayam kam. Shu sababli, siz aynan nimani tanlayotganingizni ahamiyati yo’q va iloji boricha avval sinovdan o’tgan 97 mahsulotni tanlash samaraliroq .21 Yosh mutaxassislarni tanlovdan o’tkazish 2-3 yildan keyin amalga oshiriladi. Bunda yosh mutaxassisning egallab turgan lavozimiga mosligi va uning kasbiy rivojlanishini istiqbolli rejalari nazarda tutiladi. Mutaxassisning egallab turgan lavozimiga mosligini aniqlash zaruriyati shuningdek, ish stajiga ega bo’lgan talab ishchining shaxsga nisbatan ham kelib chikishi mumkin. Haq to’lash shartlari mehnat xarakteri va mazmunining o’zgarishi yangi texnikaning kirib kelishi, yangi texnologiyalarga o’tish, egallab turgan lavozimiga muvofiqligini tasdiqlash uchun kerak bo’ladi. Nixoyat, yoshdagi o’zgarishlar va kasbiy deformasiyalar bilan bog’liklik ishchining kasbiy nomuvofikligi bo’lishi mumkin. Tanloving keyingi muxim aspekti mutaxassis faoliyatining samaradorligini aniqlaydi. Albatta, tanlov ob’yektiv xarakterga ega bo’lishi lozim. Tanlovda ishchi kasbiy faoliyatining ma’naviy tomonini hisobga olish lozim. Har bir kasbda xulq etikasi va korporativ ahloq mezonlari mavjud. Ularga rioya etish tashkilot va muassasalarning rahbarlari uchun muxim ahamiyatga ega. Kasbiy ahloq qarorning ijtimoiy asoslanishiga, maxsulot sifatiga, rahbar kadrlar siyosatiga, jamoadagi ijtimoiy - psixologik muhitga ta’sir etadi. Nixoyat, tanlov mutaxassisning o’z ishiga va kasbiga bo’lgan subyektiv munosabatini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, asosiy qobiliyat tarkibidan tashqari, tanlov istalmagan kasbiy sifatlar bo’lishi mumkin bo’lgan shaxs deformasiyalari va albatta, ularning tashxis usullarini aniqlab berishlari lozim. Asosiy qobiliyatlar va istalmagan kasbiy sifatlar tashxisi natijalari mutaxassisning kasbiy rivojlanishini va malakasini oshishini aniqlab berishi kerak.22 Tanlov maqsadlari - bu malaka professionalizmining o’sishini tezlatish boshqaruvli mehnat sermaxsulligi, ijodiy tashabbuskorlikning rivojlanishi bozor iktisodiyoti sharoitida mehnatga haq to’lashni differensiasiya yo’li bilan ishchilarni ijtimoiy himoyalash kabilardir. Mutaxassisning egallab turgan lavozimi va talab etayotgan malaka toifasiga mosligini o’rganish, ishchini kelgusidagi kasbiy malakalari o’sishiga imkon beradi. Shuningdek, tanlovning noxush masalaridan biri - shtatlarni qisqartirish, rahbarni ishi koniktirmaydigan ishchilardan qutilishi. Kasbiy tanlov tashkilotda ma’lum tanglikni yaratadi chunki, u subyektiv va xato bo’lishi mumkin bo’lgan baholash jarayonlari bilan bog’liq. Chunki tanlov natijalariga ko’ra shaxs uchun juda muhim bo’lgan xulosalar chiqariladi. Shuning uchun kasbiy tanlovni o’tkazish uchun ishchining professionalizm darajasini, mehnat samaradorligini va kasbiy potensialini to’g’ri baholay oladigan professionallar jalb etiladi. U.S. Jumayevning fikriga ko’ra, bugungi kunga kelib, shaxsni kasb tanlashga yo’naltirish muammosiga o’ziga xos ijtimoiy-psixologik tamoyillar asosida yondashish tendensiyasi ko’zga tashlanmoqda. Jumladan, olimlar tomonidan «kasbga yo’naltirish uchburchagi» (1-rasmga qarang) tavsiya etilgan va uning birinchi tomoni – turli kasblarning insonga qo’yadigan talablarini puxta bilishdir. Ikkinchi tomoni – ijtimoiy kutilmaning mehnat bozorini, jamiyat (tor ma’noda – hudud)ning u yoki bu mutaxassisga nisbatan ehtiyojini o’rganishdir... Kasbga yo’naltirishning uchinchi tomoni va bunga oid barcha ishlarning asosi shaxs xususiyatlarini, eng avvalo, kasbga yo’naltirilayotgan insonning qobiliyati va istagini oilaviy muhit sharoitida aniqlashni o’z ichiga oladi.23 Ilmiy psixologik adabiyotlarda bu hodisa mazmunini ifodalovchi turli atamalar: «oilaning ijtimoiy-psixologik muhiti», «oilaning ma’naviy-psixologik muhiti», «oiladagi psixologik kayfiyat», «oilaviy psixologik muhit», «oiladagi ijtimoiy-psixologik vaziyat» va boshqalar ishlatiladi. Bizningcha, hodisaning nomi haqida bahslashishdan ko’ra, uning mohiyatiga, qarashlarning 21 Kelvin Seifert Educational Psychology 2009 52- bet 22 Kelvin Seifert Educational Psychology 2009 53- bet 23Жумаев У.С. Ўсмирларда касб танлашга муносабат тизими шаклланишининг ижтимоий-психологик хусусиятлари: психол. фан. ном. ... дис. автореферати. – Т., 2004. – 8-бет. 98 birligiga erishish muhim sanaladi va bunda «oilaviy meros»ni izlanishlar predmeti sifatida ko’rmoq maqsadga muvofiqdir. Fanda genetik axborotlar bir avlod organizmidan boshqa avlod organizmiga o’tishi natijasida ularning rivojlanish jarayonini biologik tadqiqotlar o’rganadigan bo’lsa (masalan, I.Ravich-Shyerbo, 2000), «oilaviy meros»ning genetik mohiyati sifatida ajdodlarga munosib vorislikni tanlagan kasbiy sulolalar davomiyligini tushunishda ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar muhim rol o’ynaydi. Shu jihatdan biz, shaxsning «biologik meros» tushunchasiga daxlsiz ravishda «meros» atamasidan oilaviy muhit ta’sirida shakllanadigan yoki avloddan-avlodga o’tadigan shaxsiy-kasbiy sifatlarni izohlashda qiyosiy tushuncha o’rnida foydalanamiz. Kasbiy tanlov natijasi - ishchiga malaka toifasini berishdir. Shaxs faoliyati va xulqiga kishi hayotining birinchi kunidanoq baho beriladi. Atrofdagilar uni anglagan yoki anglamagan, tizimli, tizimsiz baholashadi. Baholash bizning kundalik aloqalar odamlar bilan muloqatlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu KASB TANLAShNING BOSh TAMOYILI Siz nimani XOHLAYSIZ? Sizning +xohishlaringiz +qiziqishlaringiz +mayllaringiz Sizning mayllaringiz qanday sinf va tipdagi kasblarga mansubligini biling Ushbu kasbni tanlashingiz Shartmi? Agar mehnat bozorida unga talab bo’lmasa? Manbalar va ma’lumotlar Siz nimani QILA OLASIZ? Sizning + qobiliyatlaringiz +fikrlashdagi ustuvorlik (shaxs tiplariga ko’ra) +salomatligingiz (tibbiy cheklovlarni hisobga olgan holda Sizning qobiliyatlaringiz qanday sinf va tipdagi kasblarga mansubligini biling Sizning fikrlashingiz qaysi kasb tipiga mosligini tekshiring baholashdan farkli ravishda tanlov tashkilot a’zolarining (baxolovchi) shu tashkilot a’zolarini (tanlovdan o’tuvchilar) standartlashgan baholash shaklidir. Bundagi farq baholash shaklidadir. Kadrlarni baholash masalalari bo’yicha adabiyotlar tahlili asosida barcha tanlov usullarini ikki guruxga bo’lish mumkin: erkin va parametrlari berilgan guruh tanlov jarayoni muhim ahamiyatga ega. Rahbar tanlovdan avval ishchilarni ularni tanlovdan o’tishi haqida ma’lum qilishi lozim: toifa talablari, baholash usullari, tanlovning o’tish muddati va x.k. Tanlov natijalari bo’yicha suhbat o’tkazish xam muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun rahbarlarni tanlov yuzasidan suxbat olib borishga o’rgatish lozim. Tanlov shaxsning qaysi asosiy muhim kasbiy sifatlari hisobga olinadi? Buning uchun tanlov so’rovnomasidan namuna keltiramiz. Bu so’rovnomani rahbar to’ldiradi. Xizmat faoliyatiga munosabati va uning natijalari: Kasbni to’g’ri tanlash uchun…bilish zarur 99 A) Ishga qiziqqanligi, tashabbuskorligi, mustaqilligi. Mehnatkash – ishga tegishli bo’lgan masalalarni o’zi yechishga kirishib ketadi - ishga to’liq berilib ketgan - ijodiy yondashadi - o’z rejalarini tuzadi va fikrlar bildiradi - topshiriqlarni bajarishda mustaqil faol, yoki uning aksi – tashabbuskorlikni namoyon qilmaydi - o’z fikriga ega emas – tashqi ko’rishidan kuzgatish qiyin - befarq - passiv. B) Bardoshli va qatiyatli. Charchoqni bilmaydi - o’ta kuchli zo’riqishda ham ishga bo’lgan layoqatini yo’kotmaydi - qatiyatli hammasiga ulguradi - ishga noroziliklari yo’q , ishdagi o’zgarishlari - o’rta darajada, ammo undan pasaymayapti – aniq emas; yoki tartibli emas parishon, ishni tez ammo sifatsiz bajaradi, ko’p xatoga yo’l qo’yadi - umuman olganda faoliyatda past ko’rsatkichni tashkil kiladi. Aqliy qobiliyatlar: A) tahliliy fikrlash qobiliyati, tez faxmlay olish, topqirlik. Ishni ko’zini bilish, aqliy qaror qabul qilishda cheklangan moxiyatni tushunmay, ayrim detallarni anglash, fikrlashning bir xil emasligi, sekinlashgan fikrlash, tushunib olishdagi qiyinchiliklar. B) fikrlashda ishonch va aniqlik Aniq - bosiq - obyektiv - muhimni muhimsizdan ajrata olish - o’ylab ish ko’rish - ishonchsizlik - noaniklik - o’z fikrining yo’qligi. B) o’z fikrini bayon eta olish, og’zaki chiqish, juda anik va ishonchli - ko’rgazmali - qisqa - chalkash - tutilib gapirish. Yozma ravishda: juda moxirona - to’liq, tartibli - bog’liqsiz - anikliqning mavjud emasligi, ifodalarning o’xshovsizligi. G) saloxiyat kuchli - xar tomonlama - mos, cheklangan - bo’shliklar mavjud: D) Tashkilotchilik qobiliyati Tashkilotchilik qobiliyatining mavjudligi, rejalashtirishning aniqligi, rejani aniq amalga oshirish, tajribasizlik - uquvsizlik, umumiy tasavvurning yo’qligi. Shaxsiy tavsifnoma : A) Xarakterning umumiy holatlari: samimiylik - o’zini qo’lga olishi - tolerantlik - kamtarlik - bosiqlik - xazilga moyilligi, o’ziga tanqidiy baho berish - kirishimli emas - yashirincha ish tutish - yuzakilik - xisobli - egoizm, o’zini ushlab tura olmasligi, manmanlik, erkalik. B) Mas’uliyat, burch tuyg’ulari - mas’uliyat - majburiylik - ishonchlilik - befarqlik B) Irodaviy tavsiflari- ishni oxirigacha olib boradi - mustaqil qaror qabul qiladi - qaror qabul qilishda xato qiladi - o’ziga nisbatan ishonchi yo’q, faqat ko’rsatma bilan ish tutadi. G) O’zini tutishi-ishonch-odobli, majburiylik-erkin-korrektiv- tortinchoq, odobsiz-ishonchsizlik-manmanlik. D) xizmatdagi xulqatvori raxbariyat bilan munosabatda samimiy konstruktiv va pozitiv xodimlarning tanqid va maslahatlarga quloq soladi, ishbilarmon, raxbariyat xurmat bilan qaraydi, oson boshqariladi, tanqidga xafa bo’lmaydi, rahbariyatni chetlab o’tishga xarakat kiladi, buyruq berishlarini yoqtirmaydi, samimiy emas, ishonch qozonishga harakat qiladi, o’zini yomon tutadi. Kasbdoshlari bilan munosabatda boshqalar bilan chiqishadi, kasbdoshlar ishonchini qozongan, o’rtoqlik tuyg’usi rivojlangan, jamoaga kirishib ketadi, muxabbat qozongan, yordamga kelishga tayyor, ziddiyatli vaziyatlar sababchisi bo’ladi, bir o’zi yuradi, jaxldor o’rtoklik hissi mavjud emas. Mutaxassisning tanlovi uchun ahamiyatli bo’lgan boshqa sifatlarni ham ko’rib chiqamiz: A) chet — tillarini bilish darajasi? Kaysi tillarni biladi? Kanday darajada va qayerda o’rgangan? Mamlakatda yoki chet elda? B) malaka oshirishi, malaka oshirish kurslarida yoki boshqarish akademiyasida o’qigan. Mutaxassisning umumiy bahosi tanlov mazmunidan kelib chiqishi lozim, u quyidagi baxolardan iborat: Juda yaxshi, eng yaxshi umumiy baho bo’lib, u ishga shak - shubhasiz layoqatga, o’ta kuchli qobiliyatlar va xizmat majburiyatlarini a’lo bajarishga mos keladi. Bunday bahoga shunday mutaxassislar loyiqki, ish bo’yicha xam, shaxsiy fazilatlarga ko’ra xam “Yaxshi” baxosini olgan ishchilardan ustun turishadi. “Juda yaxshi” bahosi kamdan- kam beriladi. Yaxshi baho olish uchun ishga layokat bilan yondashadigan yukori qobiliyat va kasbiy majburiyatlarni aniq bajarish bilan ajralib turadigan ishchilar tekshiriladi. Bu bahoni faqat chuqur bilimga ega bo’lgan o’z ish- 100 joyida qiyinchiliklarni yenga oladigan, qobiliyatli va saloxiyatli mutaxassislar bo’lishi mumkin. Qoniqarli baho: bu baho o’z shaxsiy sifatlari, qobiliyatlari va kasbiy faoliyatini “yaxshi” baxosini darajasiga yetarlicha javob bermaydigan shaxslarga beriladi. Qobiliyatlar va kasbiy majburiyatlarni bajarishda kamchiliklari mavjud ishchilarga qo’yiladigan baho. Bu xodimlarning kamchiliklarini bartaraf etishga umidi mavjud. Ishchilarga attestasiyada beriladigan eng yomon baxo. Bu ishchilar kasbga nisbatan layoqat qobiliyatlari va mehnat majburiyatlarini bajarish borasida talabga javob bermaydilar, chunki elementar bilimlarida bo’shliqlar mavjudligi tufaylidir. Bu kamchiliklarni bartaraf etib bo’lmaydi, bo’lgandayam xodimdan shunday kuch talab etadiki, kutilmagan xolday qabul qilinadi. U o’z lavozimiga loyiq emas xisoblanadi. Tanlov xulosasi- bu mutaxassislarga ular kasbiy darajalariga muvofik malaka toifalarini berish to’g’risidagi qarorni qabul qilishdir. Toifa berish- fikrimizcha, tanlovning maqsadlaridan biri xolos. Yodda tutish kerakki, tanlov nafaqat mutaxassisning dolzarb malaka darajasini baxolash kerak, balki uning kasbiy o’sishini, uning malakasini oshirish yo’llarini shuningdek, karyera istikbollarini aniqlab berish lozim. Tanlov bir marotabalik xodisa yoki navbatdagi kompaniya sifatida ko’rilmasligi kerak. Shu koidaga tayanib, biz mutaxassisni baxolash uchun kerak bo’ladigan ma’lumotlarni o’z ichiga olgan mutaxassisning kasbiy toifa pasportini ishlab chikdik. Pasport ikki qismdan iborat. Birinchisida biografik ma’lumotlar bo’lib, kasbiy o’zgarishlarda bu o’zgarishsiz qoladi. Ikkinchi qismi xar kaysi attestasiya jarayonida to’ldiriladi. Shunday kasbiy toifa pasportiga ega bo’lib, muassasa raxbari obyektiv ravishda xech kanday qiyinchiliklarsiz xodimini ishlatish mumkin, mutaxassisning o’zi esa o’z kasbiy o’sishini nazorat qilishi, o’z vaqtida kasbiy faoliyatga kerakli o’zgartirishlar kiritishi mumkin. Tanlovning asosiy tamoyillariga rioya etishni ta’minlash uchun- yana bir bor tanlov o’tkazishning ayrim muammolarida to’xtalib o’tamiz. Eng asosiysi odamga yunaltirilganlik mutaxassisga uning toifasidan qat’iy nazar unga qiziqish, xodimga yaxshi munosabatda bo’lish, undan kutiladigan emas, balki uning kasbiy o’sishini doim nazarda tutish kerak. Bu muammolarni xal etishda real imkoniyatlarni sanab o’tamiz: Tanlovda o’guvchini metodikasini barcha materiallari bilan tanishtirish. Mutaxassis faoliyatining tekshiruvini o’tkazishda tanlovdan o’tuvchi tayinlangan materiallar bilan tanishtirilishi lozim. Qaysidir nomzoddan norozilik xollarda u ekspertni chetlatishga xakki mavjud. Imtixon komissiyasi taklif etgan variantlardan imtixon shaklini tanlash tanlovdan o’tuvchilarga bog’liq. Tanlovni o’tkazishda attestasiyadan o’tuvchilarning individual, jins, yosh xususiyatlarini xisobga olishi lozim. Tanlovda yul qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolarga to’xtalib o’tamiz. Tanlovda yosh endi faoliyatini boshlagan xizmatchilar faoliyati tajribasizlik, mas’uliyatsizlik bilan belgilanadi. Ko’p yillik stajga ega bo’lgan mutaxassislarga esa kasbiy ishonch, ammo shu bilan birga konservatizm va yangiliklarga o’rgana olmaslik xos bo’ladi. Tanlovning obyektivliligiga attestasiya komissiyasi a’zolarining ishchilarga bo’lgan simpatiya va antipatnyalari ta’sir etadi. Shuning uchun kimlargadir baholar ko’tarilib qo’yadi, kimgadir pasaytirib qo’yiladi. Tanlov natijalariga rahbarlar tomonidan ekspertlarga berilgan xulosalar ta’sir etadi. Tanlov natijalari bo’yicha mutaxassislarga oshirilgan yoki aksincha pasaytirilgan og’zaki tavsiflar berilad.
GLOSSARY ATAMANING O’ZBEK TILIDA NOMLANISHI ATAMANING INGLIZ TILIDA NOMLANISHI ATAMANING RUS TILIDA NOMLANISHI ATAMANING MA’NOSI Abstraksiya (mavhumiylik) Abstraction Абстракция Narsalapning o’ziga xos belgi va xususiyatlarini, ular o’rtasidagi bog’lanishlarni predmetlarning muhim bo’lmagan belgi va xususiyatlaridan ajratib olishga qaratilgan fikrlash operasiyasidir. Abuliya Abulia Абулия Eng oddiy, osongina masaladar buyicha ham ma’lum qapopga kelish qobiliyati yo’qligida namoyon bo’ladigan o’ta irodasizlikdir. Adaptasiya Adaptation Адаптация Tashqi sharoitlarga moslashish bo’lib, buning o’zi analizatorlarning o’zidagi o’zgarishlarni sezish bilan bog’lik fiziologik adaptasiya va yangi go’ruhlardagi yangi faoliyat turiga moslashishidagi ijtimoiy-psixologik adaptasiyalarga ajratiladi. Anketa Questionnaire Анкета Tez va qisqa muddatda amalga oshiriladigan metod. Apatiya Apathy Апатия Kishining og’ir kechinmalar, yoki kasalliklardan tolikishi natijasida kelib chiqadigan, hamda uning tebarakatrofdagi olamga nisbatan hyech qanday qiziqishlarsiz befarq qarashlarda ifodalanadigan psixik holat. Asab hujayra Neuron Нервная клетка Markaziy asab tizimining asosiy elementi bo’lib, organizmni qo’zg’atish vazifasini bajaradi. Assosiasiya Association Ассоциация (Lot.-birlashtiraman, bog’layman, qo’shaman) psixologiyada - psixika hodisalarining bog’lanishi tufayli ongimizda paydo bo’ladigan muayyan 145 tasavvurlar: o’xshashlik yoki qapama-qarshi belgilarga ko’ra boshqa tasavvurlarni hosil qilish. Bilish Knowledge Знание Psixik aks ettirish jarayoni bo’lib, bilimlarni egallash va uni o’zlashtirishni ta’minlaydi Bosh miya Brain Головной мозг Psixikaning moddiy asosidir Diqqat Attention Внимание Inson psixik faoliyatini ahamiyatga ega bo’lgan biror bir buyum va hodisaga yo’naltirilishi na unda to’xtashi. Eksperiment Experiment Эксперимент Asbob-uskunalar yordamida amalga oshiriladi Etika Ethics (morality) Этика Ahloqiy qoidalar Etiologik tashxis Diagnostics etiological Этиологический диагноз (Kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligigina emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi. Faoliyat motivlari Motives activity Мотивы деятельности O’qitish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Faoliyat Activity Деятельность Insongagina xos, ong bilan boshqaradigan ehtiyojlar tufayli paydo bo’ladigan va tashqi olam bilan kishining o’z-o’zini bilishiga, uni qayta qo’rishga yo’valtirilgan faolligidir. Gipoteza (taxmin) Hypothesis Гипотеза Ma’lum masalani yechishning taxmini, uning loyihasi. Gnostik faoliyat Gnostic activity Гностическая деятельность O’z bilim va tajribalarini oshirish maqsadida pedagogik faoliyat va shaxsiyatining yutuq va kamchiliklarini tahlil qilish. Identifikasiya Identification Идентификация Bunda kasbdoshlar to’g’ri idrok qilish uchun o’zlarini bir-birlarining o’rniga qo’yib ko’rishga harakat qiladilar. Individual izlanish Individual research Индивидуальное исследование “Men” obrazi asosida o’ziga xos o’zlikni anglash. Individuallik Individuality Индивидуальность O‘ziga xos bo‘lgan xususiyat Insayt Inside Инсайд Miyaga echimning tezda kelishi 146 Intellekt Mind Разум Aqliy taraqqiyot darajasi Introversiya Introversion Интроверсии Shaxsni o’z fikrlari, sezgisi, kechinmalari, ya’ni o’zo’ziga tayanishi. Iroda Will Воля Insonni biror bir harakatlarni bajarishga qaratilgan maqsad sari ongli intilishi. Kasb Profession Профессия Mehnat faoliyatining bir shakli Kasbga o’qitish Professional education Прфессиональное обучения Kasblar tizimiga asoslanib o’qitishdir. Kasbiy anglash Professional conseiousness Профессиональ ная осознанность Kasbkorlikda o’z mavqyeini belgilash. Kasbiy faoliyat Professional activity Профессиональная деятельность Kasbiy faoliyatning o’ziga xos psixologik qonuniyatlarini qamrab oladi. Kasbiy imkoniyat Professional possibility Профессиональная возможность Mutaxassisning egallab turgan lavozimi va talab etayotgan malaka toifasiga mosligini namoyon etish. Kasbiy nomutanosiblik Professional incompatibility Профессиональная несовместимость Kasbiy layoqat tufayli diskvalifikasiya hollarini alohida kasb etishi. Kasbiy tanlov Professional choice Профессиональный отбор Ishchilar malakasiga, layoqaiga qo’yiladigan talablar (kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar, shuningdek, sifatlar va kobiliyatlar). Kommunikativ faoliyat Activity communicative Коммуникативная деятельность Har bir talabaga individual yo’l topishi va ular bilan hamkorlik darajasida ishonchli munosabat o’rnatishi Kompetentlik Competence Компетентность Kasbiy faoliyatga mos tushish, o’z-o’rnini topish. Konsepsiya Concept Концепция (Lot-idrok etmoq) - qarashlar sistemasi, farazlar yig’indisi. Konstruktiv faoliyat Constructive activity Конструктивная деятельность O’qituvchining har bir mashg’ulotni o’tkazish uchun reja asosida (ishchi reja) senariy tuzish . Kuzatish Watching Nablyudeniye Tabiiy xususiyatga ega bo’lgan metod. Mavqe Status Статус Jamiyatdagi tutgan o‘rni Motiv Motive Мотив Faoliyatga undovchi turtki, omil.. 147 Motivasiya Motivation Мотивация Motivdan kengroq tushuncha bo’lib, “nega”, “nima uchun”, va “qanday” degan savollarga javob qidiradi.. Mutaxassislik Qualification Квалификация Kasbkorlikning, muayyan sohaga yo’naltirilganligi. Muxandislik psixologiyasi Engineering psychology Инженерная психология Bu psixologiya fani sohasi bo’lib, kishi mehnatining psixologik xususiyatlarini faoliyat jarayonida texnika vositalari bilan munosabatda bo’lishida o’rganadi. Shu bilan birga bu soha mashina va uskunalar loyihasini yaratishda inson omillarini hisobga olish talablarini ishlab chiqadi. Nutq Language Речь Odamlarning til vositasida muloqotda bo’lish jarayonidir. O’qituvchining imkoniyatlari Possibilities of teachers Преимущества преподавателя O’qituvchi o’zining faoliyatini bosqichmabosqich amalga oshirishidir . O’yin Game Игра Faoliyat turlaridan biri bo’lib, bu bolalarning kattalar faoliyatini, ularning ishharakatlarini, kishilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni aks ettirishda ifodalanadigan va tebarakatrofdagi borlikni bilishga qaratilgan faoliyatdir. Ong Reflections Consciousness Сознание Psixikaning obyektiv va subyektiv tarzda aks etishidir. Psixikaning oliy darajasi bo’lib, uni yaxlit holga keltiruvchi tuzilmadir. Ontogenez Ontogenesis Онтогенез Ma’lum bir turning rivojlanish bosqichlari Professiografiya Professiographics Профессиография Kasblar va ularning bir – biridan farqlanuvchi ixtisosliklar tomonidan inson oldiga qo’yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi 148 Psixik jarayonlar The mental Processes Психические процессы Shaxs psixikasining aks ettirish shakli bo’lib, atrofdagi voqyelikni bilish demakdir. Psixik taraqqiyot Psychic development Психическое развитие Insonning psixik jihatdan rivojlanishi. Psixika Rsyche Психика Tashqi olamni ongimizda aks ettirilishidir. Psixodiagnostika Psychodiagnostiks Психодиагностика “Psixologik tashxis qo’yish” degan ma’noni anglatib, shaxsning ruhiy holatida to’liq yoki biror bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir. Psixogramma Psycho gram Психограмма Kasbning psixologik portreti bo’lib, u anik kasbda dolzarb bulgan psixologik funksiyalar guruhi bilan namoyon bo’ladi. Psixolingvistika Psycholinguistics Психолингвистика Psixologiyaning sohasi bo‘lib nutq davrida psixologik holatlarni o‘rganadi Psixologik holatlar Psychological properties Психологические свойства Psixikaning namoyon bo’lish shakli bo’lib, shaxs hulqida hissiy kechinmalarning va irodaviy sifatlarni ifodalaydi. Psixologiya Psychology Психология «Psixo» -ruh, «logos»- ta’limot. Odamning obyektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg’uhissiyot va boshqa psixik hodisalari orqali aks ettirish jarayonini o’rganadigan fandir. Psixometriya Psychometric Психометрия Psixologik o‘lchamlar Qobiliyat Capability Способность Shaxsning ma’lum faoliyatdagi muvaffaqiyatlarni va osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta’minlaydigan yakka psixologik xususiyatlaridir. Reaksiya Reaction Реакция (Lot.-qarama-qarshi, hapakat) - psixologiya va fiziologiyada ichki va tashqi muhitning turli ta’sirlariga organizmning javob harakati. Refleksiya Reflection Рефлексия Boshqa odamning idrokiga taalluqli bo’lib o’ziga birovning ko’zi bilan 149 qarashga intilishdir. Sezgi Sensations Ощущения Sezgi organlariga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning aloxida xususiyatlarini aks ettiruvchi jarayon. Stimul Stimulus Стимул (Lot.-qyvlashmachoq) - birorbir harakatga yndamoq, turtki. Reseptorlarda qo’zg’alishni vujudga keltiradigan tashqi ichki ta’sirdir. Strategiya Strategy Стратегия Kasbiy faoliyatini asoslovchi o’ziga xos uslub yoki tamoyildir. Stress (tanglik ќolati) Stress Стресс Kuchli quzg’ovchilar ta’sirida yuzaga keladigan jiddiylik holati. Tafakkur Thought Мышления Psixik aks ettirishning ancha umumiy va bevosita usuli bo’lib, bu narsa va hodisalar o’rtasidagi o’zaro bog’lanish va munosabatlarni bilib olishida ifodalanadi Tamoyil Principle Принцип Ma’lum qonun-qoidlarga asoslanishdir. Tanlov xulosasi The conclusion of choice Заключение отбора Bu mutaxassislarga ular kasbiy darajalariga muvofik malaka toifalarini berish to’g’risidagi qarorni qabul qilishdir Tasavvur Imaginations Воображение Sezgi organlarga qachonlardir ta’sir etgan predmetlar va hodisalarning yaqqol hissiy obrazi. Tashkilotchilik faoliyati Organizational activity Организационная деятельность Har bir mashg’ulotni o’tkazishda har qanday to’siqqa qaramay, o’zining oldindan o’ylab qo’ygan rejasini amalda joriy etish Temperament Temperament Тамперамент Shaxsning yakka psixologik xususiyatlari majmui bo’lib, bu kishi faoliyati va xulqatvorining dinamik va emosional tomonlari bilan xarakterlanadi. 150 Tipologik tashxis Diagnostics typological Типологический диагноз Sinaluvchi shaxsning tushida olingan natijalarning ahamiyati va o’rni aniqlanadi Turkumlash Classification Классификация Kasblar yoki mehnat turlarini tuglarga ajratib o’rganish Ustanovka Setting Установка Kishining tevapak-atrofdagi odamlarga yoki obyektlarga nisbatan qanday munosabatda bo’lish, ularni ma’lum darajada idrok qilish, sezish, ularga baho berish va qandaydir harakat qilishga tayyorligini anglamagan holati. Ziddiyat. Conflict Конфликт Kasbiy faoliyatdagi jismoniy va ruhiy zo’riqishlarining namoyon bo’lishi
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Boymurodov N. Rahbar psixologiyasi. –T.: Yangi asr avlodi. 2007. -327 b.
2. Dushanov R.X., Farfiyev Y.A. Kasbiy psixologiya, O„quv qo„llanma. - T., 2010.
3. Fayziev Ya.M., Eshboev E.X,. Umumiy va tibbiy psixologiya: Tibbiyot kollejlari uchanovhun darslik. - T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashr., 2003.
4. Ivanov P.I., Zufarova M.E. “Umumiy psixologiya” T.: O„zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2018. - 480 b.
5. Ismailov I. Jinoyatchilikda uyushganlikning oldini olishni xuquqiy ta‟minlash. - T., 2007.
6. Ismailov I., Burxanov D. Uyushgan jinoiy tuzilmalar shakllanishi va faoliyatining oldini olishda xamkorlikni tashkil etish (muammo va yechimlar). - T., 2007.
7. Karimova V.M. Psixologiya. T.: Sharq, 2014. -256 b.
8. Karimova V.M., Sunnatova R.I. «Mustaqil fikrlash» o„quv qo„llanmasi bo„yicha mashg„ulotlarni tashkil etish uslubiyoti. T.: Shark, 2000.
9. Karimova V., Hayitov O., Akramova F., Lutfullayeva N. Psixologiya: Nopedagogik va nopsixologik oliy o‟quv yurtlari uchun darslik //. Toshkent. T.: TDIU, 2007. – 435 b. 0. Karimova V.M., Xolyigitova N.
10. Psixologiya: O„quv qo„llanma - TDIU, 2014.
11. Oila psixologiyasi. Prof. Shoumarov taxr. ostida. - T.: Shark, 2001.
12. Shoumarov G`. 1001 savolga psixologning 1001 javobi. T., Mehnat. 2000. 13. Tulaganova G. K. Tarbiyasi qiyin o`smirlar. - T., 2005.
14. Umarov B.M., Psixologiya. Darslik- “Voris nashriyoti”, Toshkent, 2012 y. 270 b
15. Umumiy psixologiya. A.V. Petrovskiy taxriri ostida. - T.: «O„qituvchi», 1992.
16. Xayitov O.E., Lutfullaeva N.X. Psixodiagnostika va amaliy psixologiya. - T. 2005.