1. Kattalashtirib ko'rsatadigan asboblarga nimalar kiradi?
2. Lupa nima va u nimadan tuzilgan.?
3. Qo'l lupasi buyumni necha marta kattalashtirib ko'rsatadi?
4. Qaysi o'simliklar yumaloq hujayralardan tuzilgan?
5. Tubusning yuqori va pastki qismida nima joylashgan?
6. Kattalashtiruvchi linzalarga ega mikroskop qismlarini ayting.
7. Shtativga mikroskopning qaysi qismlari biriktitilgan?
8. Makrovintning vazifasi?
9. Mikrovintning vazifasi?
10. Ko'zgu qayerda joylashgan va uning vazifasi?
11. Yorug'lik mikroskopining necha marta kattalashtirib ko'rsatishini qanday aniqlash mumkin. Misol yordamida tushuntiring.
12. Mikroskopni stol chetidan qancha masofaga joylashtirish kerak.
13. Obyektiv preparatdan qancha masofa balandlikda bo'lishi kerak.
14. Hujayra nima?
15. Har qanday tirik organizm nimalardan tuzilgan?
16. Hujayralar numasi bilan bir biridan farq qiladi?
17. Kislorod tashishda ishtirok etuvchi hujayralar va ularning shakli?
18. Leykotsitlar vazifasi va shakli?
19. O'simliklarda qaysi hujayra loviyasimon shaklga ega va uning vazifasini ayting?
20. Refleks hosil qiluvchi nerv hujayralarning qanday o'simtalari mavjud?
21. Nerv impulslarining vazifasini ayting?
22. Hujayralar qanday guruhlarga bo'linadi?
23. Prokariotlar qanday organizmlar va ularga nimalar kiradi?
24. Eukariotlar qanday organizmlar va ularga nimalar kiradi?
25. Eukariot hujayraning asosiy tarkibiy qismlarini ayting.
26. Sitoplazmatik membrananing vazifasini ayting.
27. Sitoplazma nima?
28. Yadro nima va uning vazifasini ayting.
29. O'simlik va hayvon hujayralarining o'xshashligini ayting.
30. Faqat o'simlik hujayralari uchun xos bo'lgan belgilar qaysilar.
31. Selluloza qobiqning vazifasini ayting.
32. Plastida turlarini ularga xos ranglar bilan ayting.
33. Plastida turlarini ular uchraydigan organlar bilan ayting
34. Plastidalar bir biriga aylanishini tajribada isbotlang.
35. Hayvon hujayrasi vakuolasining qanday turlari mavjud.
36. O'simlik vakuolasining hayvon vakuolasidan asosiy farqi.
36. Vakuola tarkibini ayting.
37. Organik kislota ko'p vakuola mevaga qanday ta'm beradi.
38. Uglevodi ko'p vakuola mevaga qanday ta'm beradi.
39. Hayvon to'qimasidagi hujayralar bir biri bilan qanday birikib turadi.
40. Qisqaruvchi vakuolaning vazifasi?
41. Hazm vakuolasining vazifasi?
42. To'qima deb nimaga aytiladi?
43. Barg qanday to'qimalardan iborat?
44. Asosiy to'qima qanday hujayralardan iborat?
45. Piyoz hujayrasi shaklini ayting.
Dostları ilə paylaş: |