1-kazus javobi



Yüklə 5,81 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü5,81 Kb.
#185779
rich text (RTF)


1-kazus javobi
Masʼuliyati cheklangan jamiyat — aʼzolari jamiyat majburiyatlari boʻyicha faqat oʻzlari qoʻshgan ulush doirasida javobgar boʻladigan jamiyat. Ikkitadan kam boʻlmagan jismoniy yoki yuridik shaxslarning kelishuviga koʻra, umumiy xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida ularning ulushlarini qoʻshish yoʻli bilan tashkil etilishi mumkin. Bunday jamiyat yuridik shaxs hisoblanadi. Jamiyat tarkibida yuridik shaxs boʻlgan ishtirokchilar oʻz mustaqilligini va huquqiy shaxsligini saqlab qoladilar. Jamiyat mablagʻlari qatnashuvchilarning ulushi hisobidan shakllantiriladi. Muomalaga aksiyalar chiqarmaydi. Jamiyat aʼzolariga pay guvohnomalari beriladi. Jamiyat aʼzosi oʻz ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan oʻtkazishi, sotishi mumkin. Bunday jamiyatlar turli mamlakatlarda turlicha nomlanadi.Masalan:AQSH va Angliyada — Ltd. va LLC.Ushbu kazusdan shuni tushunish mumkinki O'zbekistonda MCHJ=AQSHda Limited Liability Company tarjimasi ma'sulyati cheklangan jamiyat deya ta'riflanadi.
2-kazus javobi
Tadbirkorlik hamda korporativ munosabatlarda O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.Ular ushbu munosabatlar uchun manba hisoblanmasada ammo qonunlar va boshqa qonunosti hujjatlarni iqtisodiy sudlar tomonidan to'g'ri qo'llashda,nizolarni tez va to'g'ri hal etishda tushuntirishlar berib muhim ahamiyat kasb etadi.Misol tariqasida O'zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumi va Oliy xo'jalik sud Plenumining 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-son"Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bog'liq qonun hujjatlarni sud amaliyotida qo'llashning ayrim masalalari haqida"gi qarori sudlar va ushbu masala taalluqli barcha shaxslar uchun majburiy ahamiyatga ega bo'lgan hujjat hisoblanadi.

3-kazus javobi


Mazkur holatda ikkta YATT tartibdagi tadbirkor o'zining ulushlari orqali MCHJ tashik qilish mumkin bo'ladi.Tasischilar tomonidan esa ushbu MCHJga boshqaruvchi ham tayinlashi mumkin bo'ladi.MCHJ faoliyati O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrdagi "Mas'ulyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'ulyatli jamiyatlat to'g'risida"gi 310-sonli qonun bilan tartibga solinadi
4-kazus javobi
Ushbu vaziyatda fuqarolar tomonidan 2 xil turdagi birlashma tashkil qilishi mumkin bular quyidagilar:
1.Jamoat Birlashmasi-Ma'naviy yoki o'zga nomoddiy ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun oz maanfatlarining mushtarakligi asosida qonunda belgilangan tartibda birlashgan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmasi
2.Jamoat Fondi-Fuqarolar va yoki yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar qo'shish asosida tashkil qilingan xayriya,ijtimoiy,madaniy,ma'rifiy yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko'zlaydigan,a'zoligi bo'lmagan nodavlat notijorat tashkilot.
5-kazus javobi
Mazkur holatda O'zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrdagi "Mas'ulyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'ulyatli jamiyatlat to'g'risida"gi 310-sonli qonundagi 3-moddasiga nazar tashlaymiz."Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.Mas’uliyati cheklangan jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.
Yüklə 5,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin