1. Kimyoviy tolalar Asosiy qism Kimyoviy tolalarni ishlab chiqar-fayllar.org
1. Kimyoviy tolalar Asosiy qism Kimyoviy tolalarni ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari
Kimyoviy tolalarning olinish usullari va xuxusiyatlari Reja: Kirish 1.Kimyoviy tolalar Asosiy qism 2.Kimyoviy tolalarni ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari 3.Viskoza tolasining olinishi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Kimyoviy tolalar
Kimyoviy tolalar- tabiiy va sintetik
polimerlardan olinadigan tolalar .
Dastlabki xom ashyoga qarab sintetik
(sintetik polimerlardan olinadigan, mas,
poliamid, poliakrilonitril tolalar) va sun ʼiy
(tabiiy polimerlardan, mas, sellyuloza va
uning efirlaridan olinadigan tolalar)
turlarga boʻlinadi. Anorganiq
birikmalardan olinadigan tolalar (shisha,
bazalt, kvars tolalari)ni ham baʼzan
Kimyoviy tolalarga qoʻshishadi. Sanoatda
ishlab chiqariladigan Kimyoviy tolalar
turlari: 1) uzun yakka tola; 2) shtapel tola
(ingichka tolalarning kalta boʻlaklari); 3)
filament iplar (bir talay ingichka va juda
uzun tolalarning eshilgan tutami).
Kimyoviy tolalar qanday maqsad uchun
ishlatilishiga qarab toʻqimachilik va
texnika iplariga boʻlinadi. Ularning
koʻpchiligi pishiq, gʻijimlanmaydi, yorugʻlik, namlik, zamburugʻlar ,
bakteriyalar , kimyoviy moddalar va issiq
ta ʼ siriga chidamli. Kimyoviy tolalarni
tabiiy tolalarga aralashtirib ishlatish
mumkin. Kimyoviy tolalar ishlab
chiqarish uchun elastik va uzun,
tarmoqsiz yoki kam tarmoklangan,
makromolekula hosil qiluvchi polimerlar
ishlatiladi. Bu tolalar yetarlicha katta
molekulyar massaga ega boʻlib,
eritilganda va qizdirilganda
parchalanmasdan suyuqlanadi. Kimyoviy
tolalarni ishlab chiqarish jarayoni:
yigiriladigan eritmalar tayyorlash; tola
olish va tolaga shakl berish; tolani
pardozlashdan iborat. Kimyoviy tolalar
arzonligi va sifati (mexaniq xossalari:
mustahkamligi, elastikligi, yeyilishi,
kirishimligi) tabiiy tolalarga nisbatan
yaxshi boʻlgani uchun tobora koʻp ishlab
chiqariladi. 1990-yilda butun dunyoda
tayyorlangan tabiiy tolalarga nisbatan 1,5
barobar koʻp miqdorda (26 mln. t ga
yaqin) Kimyoviy tolalarishlab chiqarilgan
boʻlsa, 2000-yilda tabiiy tolalarga nisbatan 2,5 barobar koʻp miqdorda (45—50 mln.t) Kimyoviy tolalar ishlab
chiqarildi. Kimyoviy tolalar turli sohalarda
tabiiy ipak, zigʻir tolasi, jun oʻrnida,
gazmollar , trikotaj, qoʻlqop va paypoqlar ,
gilamlar , arqonlar , maxsus ish kiyimlari
ishlab chiqarishda tabiiy tolalar bilan
birga ishlatiladi. Oʻzbekistonda "Navoiy
Azot" zavodida nitron tola. Fargʻona
kimyoviy tolalar zavodida atsetat tola va
texnik maqsadlar uchun kapron tola
ishlab chiqariladi.
Kimyoviy tolalarni olish jarayoni quyidagi
bosqichlardan iborat:
Tolalarni olish uchun xomashyoni tayyorlash.
Sun’iy tolalarni ishlab chiqarishda xomashyo sifatida paxta yoki daraxtlardan ajratilgan selluloza ham da b a ’zi bir oqsil moddalar ishlatiladi.
Sintetik tolalarni olish uchun quyi molekulali modda-
larni sintezlab olingan polimerlardan ishlab chiqariladi.
Yigiruv eritmasini tayyorlash. Polimerlar doim qattiq
jism b o ‘lganliklari tufayli ulardan tola olish uchun suyuqlik, eritm a yoki yumshatilgan holatga keltiriladi. Sun’iy tolalar odatdagicha eritmalardan, sintetik tolalar esa eritmalardan yoki yumshatilgan polimerlardan ishlab chiqariladi.
Tolalarni shakllantirish (yigirish). Jarayonning bu
bosqichida yigiruv eritmasi bosim kuchi yordamida filera degan maxsus qalpoqchalaming mayda teshikchalaridan o ‘tkaziladi.01inayotgan kimyoviy iplarning turi, yo‘g‘onligi va k o ‘ndalang kesimining k o ‘rinishi fileralar teshiklarining soniga, diametriga va shakliga bog‘liq. Filerada bitta teshik bo‘lsa yakka, 10—100 tagacha teshik b o ‘lsa, u holda kompleks iplar olinadi.Shtapel tolalarni ishlab chiqarish uchun teshiklar soni 40 ming va u ndan ko‘p fileralar q o ‘llaniladi. Ko‘ndalang kesimlari har xil ko‘rinishda yoki ichi bo'sh
b o ‘lgan tolalarni olish uchun fileralarning teshiklari dumaloq emas, balki turli shaklda b o ‘ladi.
Tolalarni shakllantirish ikki usulda o ‘tkaziladi. Agar
filera teshiklaridan chiqishi bilan eritma oqimlari sovuq havo ta ’sirida qotib iplarga aylansa, bu usul quruq shakllantirish deb ataladi. Agar eritma oqimlarini qotirib iplarga aylantirishi maxsus cho‘ktirish vannalarda o'tkazilsa, bu usul ho‘l shakllantirish deb ataladi.
Tolalarni pardozlash va to‘qimachilik ishlov berish.
Olingan tolalarni pardozlash uchun ular yuviladi, eshiladi, oqartiriladi yoki bo‘yaladi, ya’ni ularga to‘qimachilikda qayta ishlash uchun talab qilinayotgan xususiyatlar beriladi.
Viskoza tolasi. Viskoza tolasini olish uchun archa qarag‘ay, oq qarag'ay yog‘ochlaridan selluloza ajratib
olinad i. Selluloza — q o g ‘oz kombinatlarida payraha
holatigacha maydalanib ishqor eritmasida qaynatiladi.
Natijada selluloza massasi hosil bo‘ladi. U oqartiriladi va
karton tarzida kimyoviy tolalar kombinatiga keltiriladi. Bu yerda selluloza quritiladi va ishqorli selluloza olish
uchun merserizatsiyalanadi. Ishqorli sellulozaga uglerodli oltin gugurt bilan ishlov berilgandan so ‘ng selluloza ksantogenati efiri hosil bo‘ladi. U natriy ishqorli eritmasida eritilganda yopishqoq yigiruv eritmasi — viskoza hosil bo‘ladi.
Viskoza iplari ho‘l usulda shakllantiriladi. Filera teshik
laridan chiqqan eritm a oqim lari c h o ‘ktirish vannasiga tushadi. Bu yerda viskoza ingichka ipak iplar tarzida qotib qoladi. Tayyor iplar maxsus g‘altaklarga o‘raladi. Pardozlash jarayonida viskoza iplari yuviladi, oqartiriladi,
bo‘yaladi. Yakka tolalaming chiziqli zichligi 0,27—0,66
teks. Kompleks iplarning chiziqli zichligi ularni hosil
qiluvchi yakka iplarning yo‘g‘onligiga va soniga bog‘liq.
Viskozaning mustahkamligi tabiiy ipaknikidan past boladi.
Uni oshirish uchun shakllantirilgan tolalar darhol cho’ziladi, natijada selluloza molekulalari tola o ‘qiga nisbatan parallel holatd a joylashadi. Ho‘l holatd a viskozaning mustahkamligi 30—65 foizgacha kamayadi. Viskozaning cho‘zilgandagi uzayishi 22 foizga yetadi. Toliq uzayishning 70 foizigacha ulushini plastik deformatsiya tashkil etadi.
Shu tufayli viskozadan tayyorlangan buyum lar an ch a
gijimlanuvchan boladi. Viskoza tolalari tovlanib turadi.
Sutrang tolalar olish u chun yigiruv eritmasiga mayin qilib tuyilgan titan-oksid kukuni qo‘shiladi. Me’yoriy sharoitda tolalar tarkibida 11 foiz normal namlik boladi. Kimyoviy tarkibi va yonishi paxtanikiga o‘xshaydi. 120°C gacha haroratda qizdirilganda xossalarini o ‘zgartirmaydi.
To‘qimachilik sanoatida viskozaning uzluksiz uzun
iplari va kesilgan shtapel tolalari ishlatiladi. Shtapel tolasining uzunligi paxta bilan aralashtirilsa 38,0 mm boladi.
Jun bilan aralashtirilsa 64—75 mm qilib ishlab chiqariladi.Viskoza tolasidan ko‘ylak va kostumbop gazlamalar, trikotaj matolari, ichki kiyim buyumlari, paypoqlar, tasmalar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari texnik gazlamalarni ishlab chiqarishda qo’llaniladi.