1. Kirilcha O‘zbek yozuvining imlo qoidalari. Lotincha O‘zbek yozuvining imlo qoidalari



Yüklə 25,89 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü25,89 Kb.
#173498
11 hem


Reja:
1.Kirilcha O‘zbek yozuvining imlo qoidalari.
2.Lotincha O‘zbek yozuvining imlo qoidalari

Tayanch tushunchalar


Chig‘atoy gurungi – 1918-yilda Toshkentda tashkil topgan ma`rifatchilar jamiyati. U O‘zbek tili va uning imlosi masalalari bilan shug‘ullangan.
Yangi turk alifbosi Markaziy qo‘mitasi - sobiq ittifoqda turkiy xalqlarning alifbolarini uyg‘unlashtirish masalalari bilan shug‘ullangan komitet. U 1926-1938-yillar orasida faoliyat ko‘rsatgan.
O‘zbekiston Yangi alifbe Markaziy qo‘mitasi – 1926-yilning 10-iyunida O‘zbekiston Ijtimoiy Sho‘rolar Jumhuriyati Kengashining 1-chaqiriq 4-sessiyasi qarori bilan tashkil etilgan komitet. U yangi (lotincha) O‘zbek alifbosiga o‘tishni planli ravishda amalga oshirish vazifasini bajargan.
Alifbe, alifbo – muayyan yozuv tizimi harflarining ma`lum tartibda joylashtirilgan majmui. Alifbe atamasi hozir «harflar majmui» ma`nosida emas, «boshlang‘ich savod kitobi» ma`nosida ko‘proq ishlatiladi.
Orfografiya – muayyan yozuv tizimining imlo qoidalari.

Kirillcha O‘zbek yozuvining imlo qoidalari dastlab 1940-yilning 4 iyulida yangi alifbe hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan va shu yilning o‘zida «Birlashgan O‘zbek alfaviti va orfografiyasi» nomli to‘plamda e`lon qilingan. Keyinchalik bu qoidalar yana bir necha marta qayta ishlandi, shular asosida 1952, 1953, 1955 yillarda «O‘zbek orfogra-fiyasining asosiy qoidalari» loyiha tarzida besh marta qayta nashr qilindi, nihoyat, uning 5-nashri 1956-yilning 4-aprelida O‘zbekiston Oliy Soveti Prezidiumi tomonidan tasdiqlandi. Hozirgi (kirillcha) O‘zbek yozuvining imlosi ana shu «... qoidalar»ga asoslangan. U quyidagi 5 bo‘limni O‘z ichiga oladi,


1. Ayrim harflar imlosi (1-30-§ qoidalari)
2. o‘zak-negiz va qo‘shimchalar imlosi (31-55-§ qoidalari).
3. qo‘shma so‘z va so‘z birikmalari imlosi (56-58-§ qoidalari).
4. Bo‘g‘in ko‘chirilishi (59-62-§ qoidalari)
5. Bosh harflarning yozilishi (63-72-§ qoidalari).
Yangi (lotincha) O‘zbek yozuvining imlo qoidalari 1995 yilning 24 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qq9-sonli qarori bilan tasdiqlangan va shu yilning o‘zida «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari» nomi bilan kitobcha shaklida nashr qilingan. U quyidagi 7 bo‘limni O‘z ichiga oladi,
1.harflar imlosi,
Unlilar imlosi (1-7-qoidalar)
Undoshlar imlosi (8-32-qoidalar)
2. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33-37-qoidalar).
3. Qo‘shib yozish (38-50-qoidalar).
4. Chiziqcha bilan yozish (51-56-qoidalar)
5. Ajratib yozish (57-65-qoidalar)
6 Bosh harflar imlosi (66-74-qoidalar).
7. Ko‘chirish qoidalari (75-82-qoidalar).

Amaldagi (kirillcha) va yangi (lotincha) O‘zbek yozuvlarining imlo qoidalaridagi


tafovutlar
Amaldagi «...qoidalarning» ayrim paragraflari yangi «...qoidalar»ga kiritilmagan. Masalan, 2-paragraf (3-moddasi). 6-paragraf (2 va 3-moddalari). 8-paragraf (1-moddasi). 9-paragraf («yo» harfi), 10 paragraf («yu» harfi), 11-paragraf («ya»harfi), 12-paragraf (2-moddasi), 13-paragraf (v>b kabi holatlar), 21-paragraf, 22-paragraf (2-moddasi), 26-paragraf (1-moddasi), 27-paragraf, 28-paragraf, 31-paragraf, 40-paragraf, 41-paragraf,48-paragraf, 49-paragraf, 50-paragraf (2-moddasidagi «u(yu» ga aloqador qism), 52-paragraf, 5h-paragraf, 14-paragraf va boshqalar. Yuqorida berilgan qoidalarning yangi qoidalar to‘plamiga kiritilmaganligi bir qator omillarga asoslanadi, «e» harfining yangi yozuvda faqat «e» unlisini ifodalashi («y»qe»ni emas), yo,yu,ya harflarining yangi alifboda yo‘qligi, ayrim qoidalarning o‘zini oqlamaganligi kabi sabablar shular jumlasidandir. Faktlar tahliliga murojaat etaylik,
1. 1956 yil «...qoidalari»ning 2- paragrafida «u» harfining yozilishiga oid q ta qoida berilgan bo‘lib, shulardan bittasi (2-qoida) qovun, sovun, tarvuz, tasavvur, quvur kabi so‘zlar imlosiga taalluqlidir. Bu qoidaga ko‘ra so‘zlarning oldingi bo‘g‘inlarida o,a,u unlilaridan biri bo‘lsa va shu unlidan keyingi yopiq bo‘g‘in boshida v undoshi kelsa, «v»dan so‘ng «u» yoziladi. Yangi (lotincha) O‘zbek yozuvi imlosida bu qoida faqat «o» unlisidan keyingi yopiq bo‘g‘inga (qovun,sovun,tovush so‘zlaridagi «v»dan so‘ng «u» yozilishiga) nisbatan saqlangan, oldingi bo‘g‘inda «a» (masalan,tarvuz so‘zida) yoki «u» (masalan quvur so‘zida) bo‘lgan holatlar yangi «qoidalar»dan tushirib qoldirilgan.
1956 yil «...qoidalari»ning 31-§ da osh-osha, bosh-boshla, sog‘-sog‘ay, yosh-yoshla kabi so‘zlarda talaffuziga ko‘ra o yoki yo yozilishi, ammo son, ong, yosh, ot kabi bir bo‘g‘inli ba`zi so‘zlarda yasovchi qo‘shimchalar qo‘shilganda, «o» tovushi «a» ga, «yo» tovushi «ya» ga aylanishi aytilgan, son>sanamoq, sanoq. ong>angla, anglatmoq, anglashiladigan. yosh>yasha, yashamoq, yashasin. ot>ata, atamoq, ataladi kabi. 199O‘ yil imlo to‘plamida bu qoida berilmagan.
1956 yil «...qoidalari»ning 40-§da «isimoq, achimoq, qotmoq kabi fe`llardan sifat yasalganda, ba`zan o‘zakdagi s,ch va t undoshi takrorlanadi va shunga muvofiq yoziladi»,- deyilgan, isimoq-issiq, achimoq-achchiq, qotmoq-qattiq kabi. Shuningdek, fan so‘ziga -iy qo‘shib yasalgan sifat ham ikki n bilan yozilishi aytilgan, fanniy kabi. 1995 yil to‘plamida bu qoida yo‘q.
1956 yil to‘plamida bor bo‘lgan quyidagi qoidalar ham 1995 yil to‘plamida yo‘q, «yoz, kel, ter, kuzat, keltir kabi undosh bilan tugagan fe`l o‘zak-negizlariga –uvqchi, -uvqchilik, -uvqchan qo‘shimchalari qo‘shilib, yangi so‘z yasalganda, bu qo‘shimchalar -uv-chi, -uvchilik, -uvchan shaklida v bilan yoziladi, yoz-yozuvchi, yozuvchilik, kel-keluvchi, ter-teruvchi, kuzat-kuzatuvchilik, keltir-keltiruvchi, kul-kuluvchi, kuzatuvchan kabi» (41-§.).
«Sifat va otlarni bir-biridan farq qilish uchun ishlatiladigan –li va –lik qo‘shimchalari quyidagi o‘rinlarda yoziladi...» (48-§).
«Familiyani bildiruvchi qo‘shimchalar undosh bilan tugagan kishi otlarga –ov, -ova shaklida, Sodiqov, Sodiqova... kabi. unli bilan tugagan otlarga esa –ev, -eva shaklida, Xayrullayev, Xayrullayeva... kabi qo‘shilib yoziladi» (49-§).
66-§ ayni paytda bir qator qoidalar yangi to‘plamda yangicha talqinda, ba`zan jiddiy o‘zgarishlar bilan berilganligini ham ko‘ramiz. Chunonchi,
1. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek orfografiyasida «-uq»(-iq) qo‘shimchasining imlosi qoidalashtirilmagan, lotin grafikasi asosidagi yangi O‘zbek yozuvi orfografiyasida esa bu qo‘shimchaning imlosiga oid maxsus eslatma bor, unda shunday deyiladi, «Undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe`lga -uq qo‘shiladi, uz-uzuq, yut-yutuq kabi. Lekin uyushiq, burushiq, uchiriq (shuningdek, bulduriq) kabi so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida «i» aytiladi va shunday yoziladi. (3,. 33- qoidaning eslatma qismi).
2. Ma`lumki, otlarga egalik qo‘shimchalarining qo‘shilishida har xil holatlar uchrab turadi. Masalan, bobo va avzo so‘zlariga egalik qo‘shimchasi ikki xil tarzda – bobo so‘ziga «-m» va «-ng» shakllarida (bobom, bobong kabi), avzo so‘ziga esa «yqim», «yqing» shakllarida («o»dan so‘ng bir «y» orttirilib) qo‘shiladi, avzoqyqim, avzoqyqing kabi. Bunday holatni «u» bilan tugagan ayrim so‘zlarda ham uchratamiz, uyquqm, uyquqng, ammo mavzuqyqim, mavzuqyqing kabi. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvining imlosida bunday holatlarni me`yorlashtiruvchi qoidalar yo‘q. Bu hol ayrim grammatik formalarning yozuv amaliyotida turlicha ifodalanishiga (orzum va orzuyim, inshong va inshoying shakllarida yozilishiga) sabab bo‘layotir. Lotin grafikasi asosidagi yangi O‘zbek yozuvining imlo tizimida esa yuqoridagi kabi holatlar hisobga olingan. Unda, xususan, shunday qoida berilgan, «o,o`,u,e»unlilari bilan tugaydigan so‘zlarga egalik qo‘shimchalari quyidagicha qo‘shiladi,
a) ko‘pchilik so‘zlarga egalik qo‘shimchalari –m, ng, -si. -miz, -ngiz (yoki-lari) shaklida tovush orttirmay qo‘shiladi, bobom, bobong, bobosi. bobomiz, bobongiz, bobosi (yoki bobolari). orzum, orzung, orzusi. orzumiz orzungiz, orzusi, kabi.
b) parvo, obro`, mavqe, mavzu, avzo, so‘zlariga I, II shaxs egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda bir «u» tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi, parvoyim, parvoying. parvoyimiz, parvoyingiz. obro`yim, obro`ying. obro`yimiz, obro`yingiz kabi. III shaxs egalik qo‘shimchasi parvo, avzo, obro`, mavqe so‘zlariga –yi shaklida, xudo, mavzu so‘zlariga esa «-si» shaklida qo‘shiladi, avzoyi, mavzusi kabi (dohiy kabi «u» undoshi bilan tugagan so‘zga ham III shaxsda «-si» qo‘shiladi, dohiysi kabi). (qarang, qo‘-qoidaning q-bandi).
3. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra shovul, ovul, quvur so‘zlarida «v»dan so‘ng «u», shovillamoq, lovillamoq, guvillamoq kabi so‘zlarda (taqlidiy so‘zlardan yasalgan fe`llarda) esa «v»dan so‘ng «i» yoziladi. (3., 2 va 50-paragraf qoidalari). Lotin grafikasi asosidagi yangi O‘zbek yozuvida yuqoridagi ot va fe`llar uchun bitta umumiy qoida berilgan, bu qoidagi ko‘ra taqlidiy so‘zlardan yasalgan fe`llarda ham «v»dan so‘ng «i» emas, «u» yoziladi, shovullamoq, lovullamoq, gurullamoq kabi. (qarang, 37-qoidaning 1-bandi).
4. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvi imlosida («...qoida»ning 42-paragrafida) fe`llarning orttirma daraja yasovchi «-dir» qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga «-tir» shaklida qo‘shilishi aytilgan, aslida esa jarangli «z»dan so‘ng «-tir» emas, «-dir» qo‘shiladi. qiyos qiling, cho‘miltirmoq, sevintirmoq, ammo tomizdirmoq, oqizdirmoq kabi. Lotin grafikasi asosidagi yangi O‘zbek yozuvi imlosida bu kamchilikka barham berilgan. Unda shunday qoida bor, «nisbat shaklini yasovchi –dir qo‘shimchasi jarangli undosh bilan tugagan bir bo‘g‘inli so‘zlarga (kel so‘zidan boshqa), shuningdek z undoshi bilan tugagan orttirma nisbat yasovchidan keyin qo‘shiladi, quvdir, egdir, kuldir, yondir. o`tkazdir, tomizdir kabi». (qarang, 37-qoidaning 2-bandi).
5. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvi imlosida («qoidalar»ning 34-paragrafida) «g‘» yoki «g» bilan tugagan so‘zlarga «g» bilan boshlangan qo‘shimchalar qo‘shilganda, so‘z oxiri va qo‘shimcha boshidagi undoshlar, aytilishiga mos holda yozilishi qoidalashtirilgan, bog‘-boqqa, tog‘-toqqa, barg-barkka, teg-tekkan kabi. Lotin grafikasiga asoslangan yangi O‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra esa bunday so‘zlar talaffuziga (fonetik printsipga) ko‘ra emas, morfemalarning asl holiga mos ravishda (morfologik printsip asosida)yoziladi, bog`ga, tog`ga, sog`ga, og`gan, sig`guncha, bargga, teggan kabi (qarang, 37- qoidaning «d» bandi).
6. 1956-yil «qoidalari»ning 43-paragrafiga ko‘ra «-gin», «-gir», «-giz», «-gaz» qo‘shimchalari jarangsiz undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilganda aytilishiga muvofiq «-kin», «-qin», «-kir», «-qir», «-kiz», «-qiz», «-kaz», «-qaz» shakllarida yoziladi, tortkin, topkin, tushkin, tortqiz, o‘tkaz, o‘tkir, chopqir kabi. Lotin grafikasi asosidagi yangi O‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra «-gin» qo‘shimchasi «-k» yoki «-q» bilan tugagan so‘zlardan boshqa so‘zlarga qo‘shilganda, so‘z qanday tovush bilan tugashidan va qo‘shimchalarning bosh tovushi k yoki g aytilishidan qat`i nazar, «'g» bilan yozilishi aytilgan. qiyos qiling, tortkin (1956 yil qoidasiga ko‘ra), tortgin (1995 yil qoidasiga ko‘ra), topkin (1956 yil qoidasiga ko‘ra), topgin (1995 yil qoidasiga ko‘ra). Biroq,
«-gir»,»-giz»,»-gaz» qo‘shimchalari bu qoida doirasiga kiritilmagan.
7. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvining «...asosiy qoidalari»da ikki otdan tuzilgan qo‘shma sifatlarning ajratib yozilishi aytilgan, dutor bo‘yin (otqotqqo‘shma sifat), havo rang (otqotqqo‘shma sifat), bodom qovoq (ot+ot+qo‘shma sifat), qo‘y ko‘z (ot+ot+qo‘shma sifat), g‘o‘za po‘choq (ot+ot+ qo‘shma sifat) kabi (58-paragraf, q-qoida). qo‘shma sifatlar imlosiga oid bu qoida amalda o‘zini oqlagani yo‘q, orombaxsh, bug‘doyrang, ilhombaxsh so‘zlari “ot+ot+qo‘shma sifat «qolipida tuzilgan bo‘lishiga qaramay, deyarli barcha imlo lug‘atlarida qo‘shib yozilgan, devsifat, odamsifat so‘zlari esa (ular ham»otqotqqo‘shma sifat» qolipida shakllangan) lug‘atlarda har xil berilmoqda. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi «qoidalari»da bu tipdagi qo‘shma sifatlarning imlosi bir qadar tartibga solingan, «qoidalar»ning 38-bandida, xona, noma, baxsh, rang, mijoz, sifat kabi so‘zlar yordamida yasalgan qo‘shma ot va qo‘shma sifatlarning qo‘shib yozilishi qayd etilgan, qabulxona, tabriknoma, orombaxsh, kamquvvat, bug`doyrang, sovuqmijoz, devsifat, suvtalab kabi. (qarang, qh-qoida). Shu qoida talablaridan kelib chiqqan holda, havo rang, jigar rang, bodom qovoq, qo‘y ko‘z kabi qo‘shma sifatlarning komponentlari ham lotincha o‘zbek yozuvida qo‘shib yozilishi kerak, havorang, bodomqovoq, qo`yko`z, jigarrang kabi.
8. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvi imlo qoidalariga ko‘ra ming boshi, O‘n boshi, so‘z boshi kabilar «birikmalik xususiyatini saqlagan so‘zlar (?)» sifatida ajratib yoziladi (qarang, 58-paragraf, 12-qoida). Lotin grafikasi asosidagi yangi O‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra esa «qaratuvchili birikmaning bir so‘zga aylanishi bilan yuzaga kelgan qo‘shma otlar qo‘shilib yoziladi, mingboshi, so`zboshi, olmaqoqi»(qarang, 46-qoida).
9. 1956-yil «qoidalari»da ikkinchi komponenti «yo»lashgan tovush bilan boshlangan sher yurak, muz yorar, ish yoqmas, qo‘l yozma tipidagi so‘zlarning ajratib yozilishi aytilgan (qarang, 58-paragraf, 14-qoida). Lotin grafikasidagi yangi yozuvda bunday so‘zlar qo‘shilib yoziladi, sheryurak, muzyorar, ishyoqmas kabi (qarang, 39-qoida).
10. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra eru osmon, oru nomus, tunu kun, kechayu kunduz, yoshu qari, qo‘yu qo‘zi kabi juft so‘zlarda defis (chiziqcha) qo‘yilmaydi (O‘h-paragraf, eslatma). Lotin grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra ham bunday so‘zlar ajratib yoziladi, ammo ularning qismlari orasida -u(-yu) bog‘lovchisi kelsa, shu elementlardan oldin chiziqcha qo‘yiladi, dost-u dushman, kecha-yu kunduz kabi (O‘1-qoidadagi eslatmaning 2-bandi).
11. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra yil va oylarni (chislolarni) ko‘rsatuvchi arabcha raqamdan so‘ng chiziqcha (defis) yozilmaydi, 1956- yil 22- sentyabr` kabi (47-paragraf qoidasi). Lotin grafikasi asosidagi yangi O‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra bunday o‘rinlarda chiziqcha qo‘yiladi, 1991-yilning 1-sentabri, 60-yillar kabi (56-qoida).
12. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra alla, qay elementlari so‘zga qo‘shib yoziladi, allakim, allaqanday, qaybir, qayvaqt kabi (58-qoida, 1q-bandi). Lotin grafikasi asosidagi yangi O‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra qay so‘zi o‘zidan keyingi yoki oldingi so‘zdan ajratib yoziladi, qay kuni. Agar qay so‘zi yoq, yer so‘zlari bilan ishlatilganda, bir «u» tovushi tushsa, bu so‘zlar qo‘shilib yoziladi, qayoqqa, qayerga kabi(60-qoida).
Izoh, lotin grafikasi asosidagi yangi O‘zbek imlosida alla (alla) komponentli so‘zlarga qoida berilmagan, ularga munosabat ham bildirilmagan.
13. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra bir oz ravishi komponentlari ajratib yoziladi. Lotin grafikasi asosidagi yangi O‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra biroz so‘zining komponentlari qo‘shib yoziladi (60-qoida).
14. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvi imlosida ko‘pdan-ko‘p tipidagi birliklar juft so‘zlar doirasida qaralgan, shu bois ularning komponentlari orasida chiziqchaning (defisning) yozilishi qoidalashtirilgan (57-paragraf, 1-qoida). Lotin grafikasi asosidagi yangi O‘zbek yozuvi imlosiga ko‘ra birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jO‘nalish kelishigida bo‘lgan birikmalarning komponentlari, shuningdek, belgining ortiq darajasini bildiruvchi kopdan kop, tekindan tekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizigan kabilar ajratib (chiziqchasiz) yoziladi (64-qoida).
15. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvi imlosida izofali so‘zlarning (nuqtai nazar, oynai jahon, dardi bedavo kabilarning) ajratib yozilishi nazarda tutilgan (58-paragraf, 7-qoida). Lotin grafikasi asosidagi yangi O‘zbek yozuvi imlosida bu qoidagi bitta o‘zgarish kiritilgan, endilikda (yangi yozuvda) izofa undosh bilan tugagan so‘zlarga «i» shaklida (masalan dardi bedavo kabi), unli bilan tugagan so‘zlarga esa «yi» shaklida (masalan, nuqtayi nazar kabi) qo‘shiladi (65-qoida).
16. Rus grafikasi asosidagi O‘zbek yozuvi «qoidalari»ning 69 va 71-paragraflari bir xil hodisaning birikmali nomlarini ikki xil yozishga yo‘l ochadi, birikma muhim yig‘ilish nomi bo‘lganda, undagi har bir so‘z bosh harf bilan, birikma muhim tarixiy voqea nomi bo‘lganda esa undagi birinchi so‘z bosh harf bilan, qolganlari kichik harf bilan boshlanadi, qirim Konferentsiyasi (69-paragraf qoidasiga mos) -qirim konfe-rentsiyasi (71-paragraf qoidasiga mos).
Izoh, birinchi misolda qirim Konferentsiyasining muhim yig‘ilish nomi ekanligi, ikkinchi misolda esa shu birikmaning muhim tarixiy voqea nomi hisoblanishi nazarda tutilgan.
Lotin grafikasi asosidagi yangi O‘zbek yozuvi imlosida shu ikki qoidadan faqat bittasi saqlangan, unga ko‘ra «Muhim tarixiy sana va bayramlarning nomlari tarkibidagi birinchi so‘z bosh harf bilan boshlanadi, Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navroz bayrami kabi» (70-qoida). Demak, lotin grafikasi asosidagi yangi O‘zbek yozuvi imlosida yuqoridagi ikki qoidaning parallel` yashashiga chek qo‘yilgan, shu bilan mazkur qoidaning izchil bo‘lishi ta`minlangan.
17. Lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvi imlosining «Ko‘chirish qoidalari»da rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida berilmagan quyidagi qoidalar bor,
77- qoida, o‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi,
1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi, dia-gramma, mono-grafiya kabi.
2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi, silin-drik kabi.
79-qoida, ...bo‘g‘inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi, ToshDU kabi.
Izoh, 79-qoidaning bosh harflardan tuzilgan qisqartmalarga (AQSh, BMT kabilarga), shuningdek, ko‘p xonali raqamlarga (16,245, 1994, XIX kabilarga) aloqador qismi rus grafikasi asosidagi o/zbek yozuvi imlosida ham bor.
80-qoida, harflardan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi, O‘-»A» sinf, V «B» guruh, 110 kg, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.
81-qoida, Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi, «Navroz-92» (festival`), «,Oqituvchi-91» (ko‘rik tanlov), «Andijon-9», «Ter-miz-16» (25za navlari), «Boing-767» (samolyot), «Foton-774» (televizor) kabi.
82- qoida, A.J. Jabborov, A.D. Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek, v.b (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi.

5.Yangi (lotincha) o/zbek yozuvining imlo qoidalari qanday bo‘limlardan tarkib topgan?


(BO‘limlarning nomlanishi, modda va bandlari).
6. Amaldagi (kirillcha) o/zbek yozuvi imlosidagi qaysi qoidalar yangi (lotincha) o/zbek yozuvi
imlo qoidalari sirasiga kiritilmagan? Sabablari?
7. har ikkala «...qoidalar» to‘plamida harflar imlosiga oid qanday farqlar bor?
8. har ikkala «...qoidalar» to‘plamida asos va qo‘shimchalar imlosiga oid qanday tafovutlar bor?
9. har ikkala «...qoidalar» to‘plamida qo‘shma so‘zlar imlosiga oid qanday tafovutlar bor?
10. har ikkala «...qoidalar» to‘plamida chiziqchaning qo‘llanishiga oid imloda qanday tafovutlar
bor?
11.har ikkala «...qoidalar» to‘plamida bosh harflar imlosiga oid qanday tafovutlar bor?

Hozirgi o‘zbek adabiy tili yozuv tizimlari haqida tarixiy-xronologik


ma’lumot.
O‘zbek adabiy tili tarixini davrlashtirishga oid manbalarda hozirgi o/zbek adabiy tili XIX-XX asrlarda1 yoki XX asrning 20-yillarida2 shakllangan degan qarashlar mavjud. Demak, uning yozuv tizimlarini ham XX asr boshidan to hozirga qadar bo‘lgan va bo‘layotgan jarayonlar bilan bog‘lab O‘rganish maqsadga muvofiqdir. Undan oldingi davrlarda qo‘llangan yozuvlarni (sug‘d, turkiy run, uyg‘ur va arab alifbolaridagi yozuvlarni) esa «qadimgi turkiy til», «O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi», «O‘zbek adabiy tili tarixi», «Eski o/zbek tili va yozuvi praktikumi» kurslari doirasida ko‘zdan kechirgan ma`qul.
O‘zbek yozuvining XX asr tarixi murakkab jarayonlarga boyligi bilan xarakterlanadi, bu davrda o/zbek yozuvi bir necha marta tub isloh qilindi – bir grafik tizimdan boshqa grafik tizimga ko‘chirildi. Jahon xalqlarining yozuv tarixida bunday hodisa kamdan-kam uchraydi.
Mavjud manbalar tahlilidan shu narsa ma`lum bo‘ladiki, o’zbek yozuvining XX asr tarixi to‘rt davrni O‘z ichiga oladi,
1-davr – arab grafikasiga asoslangan yillar (1900-1929)1.
2-davr – lotin grafikasiga asoslangan yillar (1929-1940).
3-davr – rus grafikasiga asoslangan yillar (1940-1995).
4-davr – ikki yozuvlilikka (rus va lotin grafikalaridagi yozuvlarga) asoslangan yillar (1995-2005)2.
Birinchi davr, bu davrning 1917 yilgacha bo‘lgan bosqichida yozuvni isloh qilishga qaratilgan jiddiy harakatlar kuzatilmaydi. Bu bosqichda asosiy e`tibor savod chiqarish, o‘qish-o‘qitish ishlarini tashkil etish kabi masalalarga qaratiladi, shu maqsadda bir qator O‘quv-uslubiy kitoblar yaratiladi, «Ustodi avval» (Saidrasul Saidazizov, 1902), «Birinchi muallim» (Abdulla Avloniy, 1911), «Ikkinchi muallim» (Abdulla Avloniy, 1912), «Turkcha qoida» (M.M. Faxriddinov, 1913), «Rahbari soni» (Abdullaxo‘ja Saidmuhammadxo‘jaev, 1916), «Imlo» (Ashurali Zohiriy, 1916) kabi qo‘llanmalar shular jumlasidandir. Bunday kitoblarda yozuvni isloh qilish masalalarini ko‘rish maqsad qilinmagan, ammo ularni yaratish, shular asosida savod chiqarish, yozish va o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonida yozuvni soddalashtirish, uning alifbosi va imlosini o/zbek tili xususiyatlariga moslashtirish zarurati borligi sezila borgan, bunday zarurat sezgisi esa, O‘ylaymizki, yozuv islohotiga jiddiy zamin hozirlagan.
Yozuv tariximizning 1918-yildan keyingi davrlari alifbo va imloni milliylashtirish, soddalashtirish, keyinroq esa ularni butunlay boshqa grafik tizimga ko‘chirish harakatlarining yuzaga kelganligi bilan xarakterlanadi. Xususan,
1918-yilda Toshkentda til-imlo va adabiyot masalalari bilan shug‘ullanuvchi to‘garak-seminar – «Chig‘atoy gurungi» jamiyati tashkil topadi. Unga Fitrat (Abdurauf Abdurahimov) va qayyum Ramazonov boshchilik qilishadi. Shu yilning o‘zida Turkiston Muxtor Jumhuriyati Maorif Xalq Komissarligida «Turk shu`basi» tashkil etiladi. Bu shu`ba o/zbek maktablari ishi bilan shug‘ullanadi, xususan, ta`lim dasturlari va maktab darsliklarini yaratish bo‘yicha ish olib boradi. Ish jarayonida alifbo, imlo va istiloh (termin) masalalari bilan bog‘liq muammolarga duch kelingan, natijada, shu muammolarni hal etish zarurati paydo bo‘lgan.1
1919-1920 yillarda «Chig‘atoy gurungi» jamiyati alifboni isloh qilish bilan bog‘liq qator ishlarni amalga oshiradi, «Bitim yo‘llari» kitobchasi yaratiladi, unda arab yozuvini o/zbek tili tovushlari tizimiga moslashtirish lozimligi aytiladi, shu maqsadda alifboga («u» unlisi uchun), («O‘»unlisi uchun), («o» unlisi uchun), («a» unlisi uchun), («i unlisi uchun), («e» unlisi uchun) harflarini kiritish tavsiya etiladi.2
1921-yilda Toshkentda 1-5 yanvar` kunlari o/zbek alifbosi va imlosi masalalariga bag‘ishlangan birinchi O‘lka qurultoyi bo‘lib ota’di, unda Abdurauf Fitrat, Ashurali Zohiriy va Botu (M.Hodiev) ma`ruzalari tinglanadi.
Fitrat O‘z ma`ruzasida arab alifbosining o/zbek tili xususiyatlariga moslashmaganligini, unda unli tovushlarni ifodalash uchun belgilar etishmasligini, unli va undosh tovushlarni ifodalovchi harflarning shaklan farqlan-maganligini, har bir harfning to‘rt shakli borligini yozuvdagi jiddiy nuqson deb baholaydi, bunday nomukammalikdan qutulish uchun esa arab alifbosidagi harflarning to‘rt xil shaklidan faqat bittasini (so‘z boshidagi shaklini) qoldirish, unli tovushlar uchun 6 ta harf belgilash, so‘zlardagi ohangdoshlikni yozuvda aks ettirish imkonini yaratish, chet (olinma) so‘zlarni o/zbek tili xususiyatlariga moslab yozish kerakligini aytadi.1. Bu fikrga Elbek ham qo‘shiladi.g‘ Ashurali
Zohiriy esa Fitratning taklifiga e`tiroz bildirib, chet so‘zlarning, xususan, arabcha va forscha o‘zlashmalarning arab imlosidagi shakllarini o‘zgartirmay yozish ma`qulligini, aks holda bunday so‘zlarning ma`nolari o‘zgarib ketishi mumkinligini aytadi. Shu tariqa imlochilar ikkiga – yangi imlochilar va o‘rta imlochilar guruhiga bo‘linib ketadi.q
Botu (M. hodiev) arab alifbosidan butunlay voz kechib, lotin grafikasi asosida yangi alifbo tuzish kerakligini aytadi. Bu haqda u shunday deydi, - «... Butunlay hozirgi arab harflarini tashlab, ko‘p millatlar tomonidan qabul qilingan lotin yozuvini tilimizdagi tovushlarga muvofiq bir holg‘o keltirib qabul qilish kerakdir».4
Shu ma`ruzasida Botu o‘zining lotin harflari asosida tuzilgan alifbosining loyihasini qurultoy ishtirokchilariga ko‘rsatadi, muzokaraga chiqqan S.UsmonxO‘jaev Botuning fikrini va loyihasini ma`qullaydi, ammo qurultoy qatnashchilarining ko‘pchiligi amaldagi (arabcha) alifboni ayrim tuzatishlar kiritish bilan saqlash kerak degan fikrni quvvatlaydi.5
qurultoyda yozuv va alifboga oid quyidagi qaror qabul qilinadi,
1. Bu vaqtga dovur o/zbeklar orasida yurub kelgan yozuvlar yo‘lsiz va qoidasiz bo‘lg‘onligidan, qo‘nferans yozuvlarimizni isloh etiluvini tilaydir.
2. Imlomizning islohi uchun olti cho‘zg‘uli imlo qabul etilsa.
3. harf-cho‘zg‘ularimiz ayri-ayri shaklda bo‘lur.
4. O‘zbek so‘zlarida qalinlik va ingichkalik qoidasi qabul etilsun.
5. harflarning hammasi ikki turli shakldan bir turli shaklga tushirulsin.
6. Tilimiz orasiga kirib qolg‘on yot so‘zlar O‘z harflarimiz bilan yozilsun».1
1922-yilda Toshkentda Turkiston Respublikasi «O‘zbek madaniyati va maorifi xodimlari qurultoyi» bo‘lib, unda imlo masalalari bo‘yicha Shokirjon Rahimiy, Ne`mat hakim va E.D.Polivanov ma`ruzalari tinglanadi. Shokirjon Rahimiy O‘z ma`ruzasida til va yozuvning ijtimoiy hayotdagi roli xususida gapirib, shunday deydi, «har qaysi ulusning adabiyotining tugallashmasi shu ulusning til va yozuvining tartiblik va yO‘sunlik bo‘lishiga bog‘liqdir. Tartibsiz va qoidasiz til, yozuv bo‘yicha tuzilgan adabiyotning bir kun emas bir kun bitishiga hech gumon yo‘qdir. Til jon bo‘lsa, yozuv uning badanidir. Sog‘ bo‘lmag‘on bir tanda jonning yashamog‘i qiyindir. Bizning yozuvimiz kasal. Buning ilojiga tezdan kirishilmasa ish havplidir».
qurultoyda yozuvni lotin alifbosiga ko‘chirish masalasi ham ko‘riladi, hatto lotin harflari asosida tuzilgan yangi o/zbek alifbosi (loyiha) kengash ishtirokchilariga ko‘rsatiladi.
Yuqoridagi takliflar muhokama qilib bo‘lingach, quyidagi qaror qabul qilinadi,
1. O‘zbek imlosini isloh qilish zarur, bunda o‘qish va yozishga o‘rgatishni engillashtirish nazarda tutilishi, ayni vaqtda tegishli ilmiy asoslar va bu sohadagi yangi yo‘nalishlar e`tiborga olinishi kerak.
2. Lotin alifbosi o/zbek tili uchun to‘liq yaroqli ekanligini e`tirof qilib, bu ishni hozirda amalga oshirishdagi katta qiyinchiliklarni hisobga olib, bu ish kelajakning vazifasi ekanligi ko‘rsatilsin, hozirda esa arab alifbosini isloh qilish bilan kifoyalanilsin. (Bu qarorda o/zbek tili unlilarining soni 6 ta, undoshlarining soni esa 2q ta ekanligi qayd etilgan.2)
1922-yilning 5-dekabrida Ozarbayjon turk yangi alifbo qo‘mitasi Turkiston Maorif Xalq Komissarligiga yangi (lotincha) turkiy alifbo loyihasini yuboradi.3
1923-yilda Buxoroda 9-10 oktyabr` kunlari o‘rta Osiyo o/zbeklarining alifbo va imlo masalalariga bag‘ishlangan birinchi konferentsiyasi bo‘lib ota’di. Unda 1922-yildagi qaror asosida isloh qilingan yangi arab alifbosi qabul qilinadi. Alifboga quyidagi harflar kiritilganligini ko‘ramiz, unlilar uchun- («u»), («o‘»),(«o»),(«a»),(«i»), («e»)
harflari. undoshlar uchun-ب(«b»), پ(«p»),ت(«t»), ج(«j») چ («ch»),ح(«h»), خ(«x»), د(«d»),ر («r»), ز(«z»), ژ («j»), س(«s»), ش(«sh»), غ(«g‘»), ف(«f»),ق («q»), ک(«k»),گ («g»), («ng»), ل(«l»), م(«m»), ن(«n»), و («v»), ه(Ruscha «a»), ی («y») harflari. Arab tilining spetsifik tovushlarini ifodalab kelgan ث(«se»), ذ(«zol»), ص(«sod»), ض(«zod»), ط «to»), ظ(«zo»), ع(«ayn») harflari bu alifboga kiritilmaydi. Konferentsiyada yangi alifbo bilan birga imlo qoidalari ham qabul qilinadi.1 bu alifbo va imlo qoidalari Turkiston Maorifi Komissarligi tomonidan 1923-yilning 1h oktyabrida tasdiqlanib, 1929 yilgacha amalda qo‘llanib keladi2.
1924-yilning 11-aprelida Maorif Xalq Komissarligida alifbo masalalariga bag‘ishlangan maxsus majlis o‘tkaziladi. Unda Moskvadan yuborilgan lotin alifbosi (turkiy xalqlar uchun tavsiya etilgan loyiha) muhokama qilinadi.3
Yüklə 25,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin