1. Kirish Asosiy qism Prezident I. A. Karimov asarlarida milliy g`oyaning ilmiy-nazariy asoslanishi



Yüklə 58,41 Kb.
səhifə1/3
tarix30.09.2023
ölçüsü58,41 Kb.
#150655
  1   2   3
“Agar o’z g’oyang bo’lmasa sening yurtingda chet g’oya kelib hukmronlik qiladi.” Islom Karimov fikrini mohiyatini tushuntiring


Agar o’z g’oyang bo’lmasa sening yurtingda chet g’oya kelib hukmronlik qiladi.” Islom Karimov fikrini mohiyatini tushuntiring
Reja:
1.Kirish
Asosiy qism
1.Prezident I.A. Karimov asarlarida milliy g`oyaning ilmiy-nazariy asoslanishi
2.Milliy g`oya va ma`naviy hayot, jamiyatning yangilanishi
3.Milliy g`oyaning asosiy, umuminsoniy tamoyillari va mafkuraviy xususiyatlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O`zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1993 yil aprel oyida bir guruh atoqli yozuvchi va olimlar bilan suhbati milliy istiqlol g`oyasining yangi rivojlanish davrini boshlab berdi. Asosiy masala mustaqillikni saqlab qolish, kelajak avlodlarga omon yetkazish, uning taqdirini anglab, millat va xalq sifatida o`z qaddimizni ko`tarishda mafkuraviy omillardan, ma`naviy–ma`rifiy tadbirlardan to`g`ri va samarali foydalanish, yangi tarixiy voqelik – mustaqil taraqqiyot uchun xalqning asriy orzu-armoni va intilishlarini aks ettiruvchi milliy g`oyani shakllantirishdan iborat edi. O`zbekiston Prezidentining ziyolilar oldiga qo`ygan savollaridan maqsad ham shu edi. Savollar quyidagicha edi:
,,O`zbekistonning milliy g`ururi nimadan iborat?
O`zbekning asosiy fazilatlari, asosiy xislatlari nimalarda namoyon bo`ladi?
Merosimizning asosiy qirralari, saboqlari nimada?
Yangi mafkuraning xususiyatlari bormi, kim bu dasturilamalni ishlab chiqadi?“1
Keyinchalik milliy g`oya va milliy mafkura borasidagi barcha talqin, xulosa va ilmiy munozaralar Prezidentning yuqorida keltirilgan savol va da`vatlariga javob sifatida yuzaga chiqa boshladi. 1993 yil chop etilgan ,,O`zbekistonning milliy istiqlol mafkurasi“ nomli to`plamda milliy g`oya va milliy mafkuraning asosiy jihatlari, muammolari va ularni hal qilish yo`lidagi vazifalar haqida olimlarning matbuotda e`lon qilingan maqolalari jamlandi2.
To`plamda milliy istiqlol mafkurasining uzviy tarkibiy qismini boy ma`naviy, madaniy merosimiz tashkil etishi, har bir jamiyatning o`z maqsadlarini himoya etuvchi, shu maqsad atrofida xalqni uyushtirib, safarbar etuvchi g`oyalarga ega bo`lishi kerakligi, bu mafkura, ya`ni istiqlol mafkurasi Vatan, xalq manfaatiga sadoqat, milliy ma`naviyatimizga, ilm, fan, madaniyat yuksalishiga muhabbat, shaxs iste`dodi, faolligi, erkiga hurmat, boshqa xalqlarga do`stlik va birodarlik g`oyalari bilan sug`orilgan bo`lishi lozimligi e`tirof etiladi.
Ayni paytda, mazkur kitobda ba`zi bir bahsli, chalkash fikrlar bildirilganini ham ko`ramiz. Ayrim o`rinlarda milliy g`oyani ko`proq titul xalqning g`oyasi, ya`ni etnik birlik xususiyatlari va manfaatlarini ifodalovchi g`oya sifatida talqin etishga moyillik seziladi3. O`sha davrda jamiyatimizning ham, olimlarimizning ham milliy g`oya to`g`risidagi tushunchalari hali sayoz, endi shakllanayotgan edi. Shu sababli to`g`ri fikrlar bilan bir qatorda ana shunday ayrim munozarali mulohazalar uchrashi ham tabiiy edi.
Albatta, milliy g`oya xalqning tarixi, hayoti, ongi, madaniyati, urf-odatlari bilan bog`langan, ulardan ayri holda shakllanmaydi. Ammo shu bilan birga u etnografik tushuncha ham emas. Haqiqiy milliy g`oya doimo umuminsoniy mazmunga ega bo`ladi. Zero, milliylik umuminsoniylikning mavjudlik shaklidir. Binobarin, kelib chiqishi biror xalqqa tegishli bo`lmagan, biror-bir milliy shaklda ifodalanmagan umuminsoniy g`oyaning o`zi yo`q. Umuminsoniy g`oya – bu tor mahalliychilikdan xoli bo`lgan, boshqa mintaqalar va xalqlar uchun ham foydali hisoblangan haqiqiy milliy g`oyadir. Buni Prezidentimiz Islom Karimov 1993 yildayoq uqtirgan edilar4.
Islom Karimov O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII sessiyasida ( 1993 yil, 6 may ) so`zlagan nutqida oldimizda turgan eng muhim masala bu – milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir deya ta`kidlab shunday degan edi: ,,...milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an`analariga, udumlariga, tiliga, diliga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma`rifat tuyg`ularini ongimizga singdirishi lozim. Shu bilan birga mafkura xalqimizda o`zining qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi taraqqiy etgan davlatlar orasida teng huquqli munosib o`rin egallashiga doimiy intilish hissini tarbiyalamog`i kerak”5.
Islom Karimovning ,,Tafakkur” jurnali bosh muharriri savollariga javoblarida milliy istiqlol mafkurasining xalqimiz hayotidagi muhim ahamiyati va o`rni ochib berildi: ,,Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin”6.
Mazkur muloqotda O`zbekiston Prezidenti tabiatda ham, jamiyatda ham vakuum – bo`shliq bo`lishi mumkin emasligi to`g`risidagi o`zining ilgari bayon etilgan fikrini rivojlantirgan holda, mafkura sohasida ham bo`shliq vujudga kelishiga aslo yo`l qo`ymaslik kerakligi, aks holda, o`sha yerda yot, begona mafkura hukmronlik qilishi mumkinligidan ogoh etadi. Fikr qaramligi, tafakkur qulligi har qanday iqtisodiy, siyosiy qaramlikdan ham dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham mafkura ikkinchi darajali masala bo`la olmaydi. ,,Mafkura bo`lmasa, odam, jamiyat o`z yo`lini yo`qotishi muqarrar”7.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ,,Tafakkur” jurnali bosh muharriri bilan muloqotda yana bir muhim masalaga e`tiborni tortadi: milliy tariximiz, umumbashariy taraqqiyot rivojiga unitilmas hissa qo`shgan olim-u fuzalolarning mafkura va uning jamiyat hayotidagi o`rni hamda ahamiyati haqida qoldirgan ilmiy merosi, falsafiy qarashlarini har tomonlama o`rganish zarurligi, shundagina milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasining hayotiyligi, uning mavsumiy shior emasligi va uni sun`iy ravishda o`ylab topish mumkin emasligi, aksincha, millat va xalq taraqqiyotining tarixini ham, bugunini ham yaxlit qamrab olishini ilmiy asoslash mumkinligini e`tirof etadi.
Islom Karimovning milliy g`oya va mafkuraning ma`naviy ildizlari haqidagi fikrlari tarixchi olimlar va jurnalistlar bilan suhbatda yanada rivojlantirildi. O`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanishi, tarixiy xotirasiz kelajak yo`qligi, tarix saboqlari doimo insonni hushyorlikka o`rgatishi alohida ta`kidlab o`tildi. O`zlikni anglash xususidagi fikrlar davlat rahbarining milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasining asosiy tamoyillariga bag`ishlab ilmiy-ijodiy jamoatchilik bilan uchrashuvida yanada teran mulohazalar bilan boyitilganini kuzatamiz: ,,Milliy mafkuraning yana bir muhim sharti – bu o`zlikni anglashdir. O`zlikni anglash deganda, men tarixiy xotirani tiklash, nasl-nasabimiz kim ekanini, kimlarning vorisi ekanimizni anglab yetishni, shundan kelib chiqib o`zimizga xos, o`zimizga mos jamiyat barpo etishni tushunaman. Ma`naviyat, mafkura borasida chetdan, ko`r-ko`rona nusxa ko`chirib biron natijaga erishib bo`lmaydi”8. Bu mulohazalardan anglashiladiki, milliy g`oyamizning o`z teran ma`naviy-tarixiy ildizlari mavjud.
2000 yil aprelda Islom Karimov faylasuf, tarixchi, adabiyotshunos, siyosatshunos olimlar, taniqli adiblar va jamoat tashkilotlari vakillari bilan Oqsaroy qarorgohida milliy mafkuraga bag`ishlab o`tkazilgan yig`ilishda e`tiborni mafkuraning quyidagi masalalariga qaratdi:
1. Milliy taraqqiyot masalasida har qanday davlat yoki jamiyat, albatta, o`z milliy g`oyasiga suyanishi va tayanishi kerak.
2. O`tish davridagi to`siqlar, qiyinchiliklar va xatolardan xalqimizni og`ishmay kelajak sari yetaklovchi, maqsad sari undovchi milliy mafkura zarurdir.
3. Shakllanayotgan yosh avlodni qanday g`oya va mafkura bilan tarbiyalash masalasi hal etilmog`i kerak.
4. Tarbiyaviy-axloqiy masalalarda, ma`naviy hayotda o`z yo`limizni yo`qotmaslik uchun ham, mafkuraviy bo`shliqqa yo`l qo`ymaslik uchun ham g`oya va mafkura kerak.
5. Milliy g`oya va mafkura xalqimizning o`zligini anglashiga, qadriyatlarni hurmat qilishga, milliy g`ururni his qilishiga xizmat qilmog`i zarur.
6. Milliy g`oya va mafkura xalqimizning o`tmish qadriyatlarini hisobga olgan holda yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, xalq manfaati yo`lida xizmat qilmog`i lozim.
7. Milliy g`oya hech qachon davlat mafkurasi darajasiga chiqmasligi kerak.
Bugungi kunda biz uchun O`zbekizston istiqlolini asrab-avaylash, uni saqlab qolish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga asoslanadigan milliy g`oyaga asoslangan o`zlikni anglash tuyg`usi nihoyatda zarur. ,,Milliy g`oya – deb ta`kidlaydi Prezident Islom Karimov, - birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishdek olijanob ishlarimizda madatkor bo`lishi zarur”9.
O`zbekiston Prezidentining ,,Fidokor” gazetasi muxbiri bilan ,,Donishmand xalqimning mustahkam irodasiga ishonaman” deb nomlangan suhbatida esa milliy g`oya va milliy mafkura to`g`risidagi ta`rif hamda qarashlar umumlashtirilganini e`tirof etish joiz10.
Jamiyat oldida turgan va hal etilishi zarur bo`lgan asosiy vazifalar yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, diniy bag`rikenglik kabi asosiy g`oyalar tizimida o`z ifodasini topgan. Shuningdek, milliy mafkura konsepsiyasini ishlab chiqishda ko`zda tutilishi zarur bo`lgan jihatlarga e`tibor qaratildi. Xususan, xalq va millat mafkurani umri davomida boyitib borishi, mafkura qotib qolgan aqidalar yig`indisi emasligi, aksincha, hayotning yangi-yangi talab va vazifalariga javoban doimo rivojlantirilishi zarurligi ta`kidlandi.
Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan milliy istiqlol g`oyasi va mafkurasining asosiy tushunchalari va yo`nalishlari negizida respublikamizning yetakchi faylasuf, tarixchi va siyosatshunos olimlari tomonidan ,,Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” risolasi ishlab chiqildi11.
Mazkur risolaning chop etilishidan maqsad milliy mafkurani tizimli qarashlar ko`rinishida shakllantirish, uni kishilar ongi va qalbiga singdirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga ko`tarish edi. ,,Shuni alohida ta`kidlamoqchimanki, - deydi Prezident Islom Karimov risolasiga yozgan so`zboshisida, - milliy g`oya va milliy istiqlol mafkurasi yurtimizda yashayotgan barcha kishilarni ma`naviy boyligiga, dunyoqarashining negiziga aylanishiga erishish biz uchun eng asosiy maqsaddir”12.
Risolada milliy g`oya va mafkura tushunchalari, ularning xalqlar va davlatlar tarixiga ta`siri, globallashuv jarayonlari kechayotgan hozirgi sharoitda mafkuraning o`rni, O`zbekistonning o`z milliy istiqlol g`oyasi bo`lishi zarurligi, uning asosiy tamoyillarini xalqimiz va avvalo yosh avlod qalbiga singdirish kabi masalalar muxtasar bayon etilgan.
O`zbekiston Prezidentining 2001 yil 18 yanvardagi ,,Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar” fani bo`yicha ta`lim dasturlarini yaratish va respublika ta`lim tizimini joriy etish to`g`risidagi farmoyishining chiqarilishi masalani hayotga tadbiq etishda muhim omil bo`ldi. Kezi kelganda e`tirof etish kerakki, olimlar va mutaxassislar tomonidan milliy istiqlol mafkurasi va milliy istiqlol g`oyasi masalasida bildirilgan mulohazalar o`z-o`zidan silliq, ravon kechgani yo`q. Ba`zan bahsli va bir tomonlama fikrlar ham bidirildi.
O`zbekiston Prezidentining milliy g`oya va mafkura xususidagi chiqishlari bilan tanishar ekanmiz, yuqorida aytib o`tilganidek bahsli, bir tomonlama qarashlarga oqilona javoblar berilganini kuzatamiz. Milliy g`oya va mafkura rasmiy maqomga ega bo`lishi lozim degan xato tushunchalarga O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir yilligiga bag`shlangan tatanali yig`indayoq Islom Karimov quyidagicha izoh bergan edi: ,,Asosiy qonunimizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi, deyilgan. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko`tarilishi mumkin emas. Bu konstitutsiyaviy qoida bizning oldimizda milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo`yadi”13.
Prezidentimiz aytib o`tganlaridek milliy g`oya va mafkura masalasida ayrim olimlarimizning noto`g`ri yondashganliklari yaqqol sezildi. Sobiq Ittifoq davrida milliy g`oya va mafkura masalasi qoralandi. Bu davrda kommunistik mafkura xalq ongiga zo`ravaonlik bilan singdirildi. Bilamizki, milliy g`oya va mafkurani xalqning ongiga zo`ravonlik bilan singdirib bo`lmaydi. Shu sababli ham bu mafkura oxir-oqibatda tanazzulga yuz tutdi. Prezidentimiz ta`kidlaganidek: ,,Mustaqillikka erishganimizdan so`ng biz soxta mafkuraning yakkahokimligidan qutildik. Ma`naviyatni, mafkurani zug`umlardan ozod qilib, erkin fikrga, milliy tafakkurga keng yo`l ochdik. Endigi asosiy vazifa kishilarimizning mustaqil fikrlashga o`rganishi, o`ziga ishonchi ortib borishidir. Chunki tafakkur ozod bo`lmasa, ong va shuur tazyiqdan, qullikdan qutilmasa, inson to`la ozod bo`lolmaydi”14. Bu shuning uchun zarurki, mustaqil fikr yurituvchi insongina ijobiy narsalarni bunyod qilishga, zarur moddiy va ma`naviy boyliklar yaratishga, hayotni yaxshi tomonga o`zgartirishga qodir bo`ladi.
Dunyoqarashning mustaqilligi, ya`ni ,,mustaqil dunyoqarash” tushunchasidan tashqari milliy istiqlol mafkurasining mohiyat-mazmuniga kiruvchi ,,mustaqillik dunyoqarashi” degan tushunchasi ham bor. Uning mazmunini I.Karimov quyidagicha asoslagan: ,,Bu tushuncha avvalo:
O`zbekistonning istiqboli va istiqloli haqida qayg`urish;
o`zining va o`z xalqining, Vatanning qadr-u qimmati, or-nomusini anglab, uni himoya qilish;
yuksak g`oyalar, yangi fikriy kashfiyotlar, niyatlar og`ushida mehnat qilib, iste`dodi, bor imkonoyatini, kerak bo`lsa, jonini yurt istiqboli, eliga baxshida etishdir”.
Milliy istiqlol g`oyasi o`z nomi bilan xalq va uning mustaqilligi ifodasidir. Butun insoniyat tarixida muayyan millatga xos maqsadlarni ifodalashga xizmat qiluvchi g`oya, uning asosiy tushunchalari va tamoyillarini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etgan. O`z Vatanining ma`naviy va iqtisodiy salohiyatini kundan-kunga yuksaltirib borishda faol ishtirok etayotgan barcha kishilarning faoliyati shu vazifani bajarishga qaratilgan.
Milliy g`oya va mafkura masalasida Prezidentimiz Islom Karimov ,,Tafakkur” jurnali bosh muharriri savollariga bergan javobida xolisona xulosa berildi: ,,Milliy mafkura har qanday millatchilik va shunga o`xshash unsurlardan, boshqa elat va xalqlarni mensimaslik kabilardan mutlaqo holi bo`lib, qo`shni davlat va xalqlar, umuman, jahon hamjamiyatida xalqaro maydonda o`zimizga munosib hurmat va izzat qozonishda poydevor va rahnamo bo`lishi kerak”15. Zero, milliy g`oya va milliy mafkura borasida puxta o`ylanmay bosilgan qadam mutlaqo teskari natija berishi mumkin. ,,Milliy mafkura vositasida elu yurt birlashadi. Millat, xalqning hamjihatligi esa har qanday taraqqiyotning garovidir”16.
Yuqorida ta`kidlanganidek, bahsli munosabatlar din va dunyoviylik masalasida ham bildirilganda, Islom Karimov quyidagi tarzda odilona yo`lni ko`rsatdi: ,,Dunyoviylik, ayrim aqidaparast kimsalarning da`vatlaridan farqli o`laroq, aslo dahriylik emas. Biz bunday noto`g`ri va g`arazli talqinlarga mutlaqo qarshimiz”17. Darhaqiqat, islom dini ma`naviyatimizning tub zamiriga singib ketganini inkor etib bo`lmaydi. Milliy istiqlol mafkurasida muqaddas dinimizning insonparvarlik g`oyalari o`z ifodasini topishi zarur.
Dunyoviy va diniy qadriyatlar borasidagi fikrlar Islom Karimovning ,,Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida quyidagicha davom ettiriladi: ,,Farzandlarimizga ana shu haqiqatlarni, ya`ni dunyoviy va diniy qadriyatlar o`rtasidagi nozik munosabatlarning mohiyatini har tomonlama to`g`ri tushuntirib berishimiz lozim. Tarix va hayot tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyoviy va diniy qadriyatlar bir-birini to`ldirmas ekan, bugungi kunning og`ir va murakkab savollariga to`laqonli javob topish oson bo`lmaydi.
Biz muqaddas dinimiz arkonlari va qadriyatlarini doimo ulug`lab, shu bilan birga, dunyoviy hayotga ham qat`iy ishonch bilan intilib yashagan taqdirdagina o`z ezgu maqsadlarimizga yeta olamiz”18.
Islom Karimovning ,,Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin” nomi bilan ,,Tafakkur” jurnalida bildirilgan fikr va xulosalari muallifning ,,Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida har tomonlama rivojlantirilganini kuzatamiz. Asarda mustaqillik yillari davlatimiz rahbarining ma`naviyat, milliy g`oya, mafkura, ta`lim-tarbiya masalalari bo`yicha olib borgan nazariy izlanishlari, mulohazalari, mamlakatimizda bu borada amalga oshirilgan islohotlar tajribasi umumlashtirilgan, teran nazariy va amaliy xulosalar qilingan. ,,Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asari milliy g`oya mohiyatini anglab olishda, uni milliy taraqqiyot masalalari bilan nazariy va amaliy bog`lab olishda ulkan metodologik ahamiyat kasb etdi. Milliy g`oya bilan bog`liq qaysi tushunchani, tamoyilni yoki masalani olmaylik, asarda ularning sodda va aniq javobini topamiz. Xususan, g`oya va mafkurani sun`iy tarzda yaratib bo`lmasligi, u xalqning tarixiy orzusi, ajdodlardan avlodlarga o`tib, asrlar davomida e`zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma`naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, eng ezgu orzu va intilishi, g`urur va iftixori, or-nomus va ruhiy madadkori sifatida xalq bilan doimo birga yashab kelayotgan oliy maqsad, tarixiy orzu ekani ochib beriladi. Shuningdek, milliy g`oyaning va milliy mafkuraning bo`m-bo`sh joyda paydo bo`lmasligi, milliy g`oya etnik mansubligi, tili, dini va hokazolardan qat`iy nazar, shu yurtda, shu vatanda yashayotgan barcha fuqarolarning olijanob, ezgu niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan g`oya ekani kabi teran fikrlar milliy g`oyaning mazmun-mohiyatini, ijodiy-bunyotkorlik salohiyatini bilib olishda va to`g`ri talqin qilishda katta ilmiy va metodologik ahamiyat kasb etdi19.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, hayot sur`atlari beqiyos darajada tezlashayotgan bir davrda, mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko`proq kuchga ega bo`lib borayotgan zamonda asrlar sinovidan o`tgan boy ma`naviy qadriyatlarga tayanmoq oqilona yo`ldir. ,,Hammamiz bilamizki, har qaysi davlatning chegaralarini daxlsiz saqlashda harbiy kuch-qudrat, qurolli kuchlar suv bilan havodek zarur. Ammo xalqimiz, avvalambor yosh avlodimiz ma`naviy olamining daxlsizligini asrash uchun biz nimalarga tayanib-suyanib ish olib borishimiz kerak, degan savol bugun barchamizni o`ylantirishi tabiiy”20.
Har bir insonning olamga, jamiyatga nisbatan o`z munosabati, qarashi, nazar tashlash mezonlari bo`ladi. Shu ma`noda, har bir shaxs, jumladan yoshlarimizning ham o`z mustaqil dunyoqarashiga, o`z fikriga, o`z nuqtai nazariga ega bo`lishi nihoyatda muhim. ,,Yangi mafkuraning asl ma`nosi – deb yozadi Islom Karimov, - eskicha aqidalardan xoli bo`lgan, mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalashdan iboratdir”21. Busiz jamiyatni demokratik taraqqiyot yo`liga olib chiqib bo`lmaydi. Mustaqillikka erishganimizdan so`ng bir qolipga solingan totalitar tuzum dunyoqarashi tazyiqidan qutildik. Ammo ,,tafakkur energiyasi” degan tushuncha ham borki, u tufayli biz o`rganib qolgan, eskicha dunyoqarashdan batamom xalos bo`la olmayapmiz. Milliy istiqlol mafkurasi o`zining hayotiy g`oyalari bilan odamlarimiz ongidagi ana shu mafkuraviy kishanlardan qutilishga yordam beradi.
Ajdodlardan meros bo`lib kelayotgan qadriyatlar tizimi umuminsoniy qadriyatlar, jahon mumtoz madaniy merosi bilan birgalikda yoshlarning barkamol inson bo`lib yetishishida samarali, ishonchli kafolat bo`la oladi.
Islom Karimov yosh avlodni mafkuraviy tajovuzlardan himoya qilish haqida fikr yuritganda, faqat ajdodlar ma`naviy merosiga mahliyo bo`lib yurishning o`zi bilan uzoqqa borib bo`lmasligi haqida hayotiy va xolisona xulosalar qiladi. Kitobda yoshlar va milliy g`oya, milliy ma`naviyat masalalari keng qamrab olinishi, har qanday bir yoqlamalikdan xoliligi mamlakatimizda ilgari surilayotgan barkamol avlod, komil inson g`oyasining muttasil teran ma`no kasb etib borayotganidan dalolat beradi22.
Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq o`zlikni anglash va anglatishda tarixiy xotira masalasiga alohida e`tibor qaratilmoqda. ,,Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida tarixiy xotira borasida ham teran ilmiy-nazariy xulosalar berilgan. Kitobda, jumladan, Turkistonning uch xonlikka bo`linib ketishi va uning o`ta salbiy oqibatlari borasida achchiq haqiqatlar bayon etillib shunday deyiladi: ,,...Yurtimiz rivoji hamma zamonlarda ham bir tekis kechmagan... Yurt hukmdorlari va amaldorlari xalqning taqdiri va kelajagi haqida qayg`urish o`rniga, o`z shaxsiy manfaatlarini hamma narsadan ustun qo`yib, jaholat va g`aflatga berilib ketishi oqibatida biz bugun yashayotgan mintaqa umumbashariy taraqqiyot jarayonlaridan uzilib, rivojlanishdan keskin orqada qolib ketdi”23. Hukmron kuchlarning uzoqni ko`rolmasligi, ma`naviy zaifligi oqibatida milliy jipslik, yagona maqsadga intilish, milliy taraqqiyot g`oyasi – milliy o`zlikni anglash boy berilganligi kabi tarixiy haqiqatlar bugun yoshlarimiz uchun saboq bo`lishi kerak. Bu esa o`z navbatida, bir tomondan, milliy g`oya tarixi va tadrijiy rivojlanishini xolisona o`rganish zaruratini anglatadi, ikkinchi tomondan esa, tarixning murakkab va hal qiluvchi burilish pallasida millat, xalq o`z ahilligi va birdamligini, milliy manfaatlar mushtarakligini himoya qilib, o`z umrini yashab bo`lgan aqidalarga bog`lanib qolmasligi uchun ogohlikka da`vat etadi.
,,Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asarida milliy g`oyamizning, ma`naviyatimizning teran ma`naviy ildizlari ,,Avesto” dan boshlab xalq og`zaki ijodi – Alpomish, xalq maqollari, Amir Temur va temuriylar davridan bugungacha yashab kelayotgan ma`naviyatimiz tadriji va rivojlanishi sahifalaridan ibratli misollar keltirilgan. Asar milliy g`oyamizning teran tomirlarini o`rganishda nazariy va metodologik asos bo`lib xizmat qiladi.
Milliy istiqlol g`oyasi tarixiy xotirani uyg`otish, o`tmishdan saboq chiqarish va o`zlikni anglash mezoni sifatida, xalqimizning tub maqsadlari ifodasi va jamiyat a`zolarini birlashtiruvchi g`oyaviy bayroq vazifasini o`taydi. Xalqning o`zligini anglashi tarixiy xotiraning uyg`onishi bilan uzviy bog`liqdir. Shu tufayli xalq o`zining o`tmishidan saboq chiqaradi, qay maqsad sari, qanday yo`ldan borish lozimligini aniqlaydi va shu asosda o`z istiqbolini belgilaydi24.

Insoniyatning ko`p asrlik tarixi shundan dalolat beradiki, bu dunyoda o`zining milliy davlatini qurishga azmu qaror qilgan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo`lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularning qalbida ishonch uyg`otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutlaqo yangi tuzumga o`tishda o`ziga qo`shimcha kuch-quvvat va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu-intilish ifodasi bo`lgan milliy g`oyani tayanch va suyanch deb biladi.


“ Milliy g`oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o`tib, asrlar davomida e`zozlab kelinayotgan, shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma`naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgan, ta`bir joiz bo`lsa, har qaysi millatning eng ezgu orzu-intilish va umid-maqsadlarini o`zimizga tasavvur qiladigan bo`lsak, o`ylaymanki, bunday keng ma`noli tushunchaning mazmun-mohiyatini ifoda qilgan bo`lamiz” deb yozadi Prezidentimiz I.Karimov25.
Milliy g`oya xalqning o`tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog`laydi, orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Uning mohiyati-maqsadi asrlar mobaynida intilib kelingan va ana shu uzoq yillik kurash orqali erishilgan mustaqillikni saqlash va mustahkamlashdir. U Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta`minlashga xizmat qilmog`i kerak. Uning safarbarlik kuchi mamlakatning har bir fuqarosi qalbida Vatanga – O`zbakistonomizga muhabbat, mustaqillik g`oyasiga sadoqat ruhida tinmay mehnat qilishda namoyon bo`ladi26.
Milliy g`oya dini, e`tiqodi, jamiyatdagi qaysi tabaqaga mansubligidan qat`i nazar, O`zbekistonda yashayotgan barcha fuqarolarning umummilliy maqsadini belgilab beradi va uni ro`yobga chiqarishga chorlaydi. U mamlakatimizning ko`p millatli xalqi ongi va qalbida ,,O`zbekiston – yagona Vatan” degan tushunchani shakllantiradi va mustahkamlashga xizmat qiladi.
Ayni paytda hozirgi murakkab va tahlikali zamon talablari, jamiyatimizni yangilash, mamlakatimizni modernizatsiya qilish bilan bog`liq maqsadlarimizga uyg`un va hamohang ravishda hayotning o`zi oldimizga yangi-yangi vazifalarni qo`ymoqda.
Tabiiyki, milliy g`oya shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyatlarini, hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi degan yuksak tushunchalarni o`z ichiga oladi27. Mustaqillik yillarida jamiyatimiz a`zolarining dunyoqarashi, fikrlash tarzida teran o`zgarishlar ro`y berdi. Xalqimizni birlashtiradigan, bunyodkorlik faoliyatiga safarbar etadigan, uning ezgu maqsadlari va hayotiy manfaatlarini o`zida ifodalaydigan milliy g`oya va mafkurani yaratish ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy taraqqiyotimizning muhim sharti bo`lib qoldi. Prezidentimiz Islom Karimov ta`kidlaganidek, ,,Oldimizga qo`ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga yetish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo`lish, g`oyaviy bo`shliq paydo bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, begona va yot g`oyalar xurujidan himoyalanish, bunday tajovuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatiga xos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda”28.
Butun insoniyat tarixi, xalqimizning necha ming yillik o`tmishi achchiq saboq va xulosalar bir haqiqatni isbotlab bermoqda. Ya`ni, biz barqaror taraqqiyot va farovon hayotga erishish yo`lida o`z oldimizga qanday reja va dasturlarni qo`ymaylik, barcha olijanob orzu-intilishlarimizni amalga oshirishning yagona sharti va garovi – bu tinchlik va osoyishtalikdir. Bejiz emaski, yurtimizdagi qaysi xonadonga kirmang, qanday yig`in yoki ma`raka bo`lmasin, fotihaga qo`l ochilganda, yosh-u qari, erkak-u ayol – barchamiz Yaratgandan tinchlik va osoyishtalikni so`rab duo qilamiz. Ma`lumki, insonning eng ustuvor va muqaddas huquqlaridan biri – bu tinch yashash huquqidir. Davlat va jamiyatning burchi ana shu huquqni barcha qonuniy vositalar bilan kafolatlab berishdan iborat. Bu huquqni amalga oshirish – davlat va jamiyatni demokratlashtirishning eng muhim shartidir. Demokratiyaning insonparvarligi ham birinchi galda ana shu mezon bilan o`lchanadi29.
Milliy g`oya bugungi kunda xalqimizning turmush-tarzining shakllanishida muhim rol o`ynamoqda. Milliy g`oya xalqning o`tmishi va kelajagini bir-biri bilan bog`laydi, orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladi. Milliy istiqlol g`oyasi xalqimizning yuksak ma`naviyati, an`ana va udumlariga tayanadi, adolat, erkinlik, mustaqillik bilan bog`liq tuyg`ularini aks ettiradi. Yurtboshimiz Islom Karimovning ta`rifiga ko`ra, u ,,xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydi, tarix sinovlaridan o`tishda uning ruhini ko`tarib, suyanch va tayanch bo`ladi, shu millat, shu jamiyat duch keladigan ko`plab hayotiy va ma`naviy muammolarga javob izlaydi. U insonga faqat moddiy boyliklar va ne`matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e`tiqod tufayli yusak ma`naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo`lini yoritadigan mayoqdir”30.
Milliy g`oyamizning asosiy mazmunini ifoda etadigan yo`nalishlar haqida gapirganda, hech shubhasiz, Vatan ravnaqi va taraqqiyotini o`zimizga tasavvur qilamiz. O`z kindik qoni to`kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni dunyoda tengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsad-muddaolari aniq, g`urur va iftixori yuksak bo`ladi.
Vatan ravnaqi, avvalo uning farzandlariga, ularning ma`naviy va jismoniy kamolotiga bevosita bog`liq. Bu o`z navbatida har bir yurtdoshimiz zimmasidagi yuksak fuqarolik mas`uliyatini his etishga, o`z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg`unlashtirib yashashga da`vat etadi. Va har qaysi fuqaro o`z mamlakatining xalqaro hamjamiyat sifatida munosib o`rin olishi, bugungi kunda taraqqiy topgan tinch va badavlat yashayotgan davlatlar qatoriga ko`tarilishidan manfaatdor bo`lishi shubhasiz. Bir so`z bilan aytganda, bu ikki tushuncha – Vatan ravnaqi va farovonlik masalasi bir-biri bilan chambarchas bog`liq ekanini tushunish qiyin emas. Ana shunday mantiqiy xulosadan kelib chiqqan holda, xalq farovonligi degan ezgu tushunchani ham milliy g`oyaning negizini tashkil etadigan tamoyillar qatoriga qo`yish tabiiydir. Nega deganda, bu dunyoda har bir odam to`q va badavlat hayot kechirish, el-yurt uchun munosib farzand tarbiyalash, ularga bilim berish, uyli-joyli qilish, ularning baxt-u kamolini ko`rish orzusi bilan yashaydi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning pirovard maqsadi – odamlarimizning ana shunday orzu-umidlarini ro`yobga chiqarish, xalqimizga har tomonlama munosib turmush sharoiti yaratib berishdan iboratdir. Muxtasar qilib aytganda, milliy g`oyamizga qaysi tomondan ta`rif va baho bermaylik, xalqimizni birlashtiradigan bu oliy maqsadlar asrlar davomida uning yuragidan, qalbidan joy olib qilgan orzu-armon va ezgu intilishlar bilan chamabarchas bog`liq ekaniga ishonch hosil qilamiz.
Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa – ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g`oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag`rikenglik kabi tamoyillarning ma`no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma`naviy-ma`rifiy, ta`lim-tarbiya ishlarining markaziga qo`yish, ularni yangi bosqichga ko`tarish, yosh avlodni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyoqarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat31.
Ta`kidlash joizki, Prezidentimiz ta`kidlaganidek, hukumat fuqarolar dunyoqarashini boshqarish fikridan yiroqdir. Shuning uchun ham Prezidentimiz odamlarning tafakkurini boyitish, uni yangi ma`no va mazmun bilan to`ldirish tarafdori ekanligini hamisha ta`kidlab o`tadilar.
Milliy g`oya degan tushuncha faqat bir millatga mansub bo`lib qolmasdan, mana shu tabarruk diyor – O`zbekiston tuprog`ida yashayotgan, uni o`z ona Vatani deb biladigan barcha millat va elatlarga birdek daxldordir. Milliy g`oyada mujassam bo`lgan buyuk maqsadlarni ro`yobga chiqarish avvalambor jamiyatimiz va shu jamiyat a`zosi bo`lmish har qaysi insonning ma`naviy olami va dunyoqarashidagi ijobiy o`zgarishlar bilan bevosita bog`liq ekanini unutmasligimiz zarur.
Yurtboshimiz ta`kidlaganlaridek, bizning eng ulug` maqsadimiz, eng ulug` g`oyamiz shuki, O`zbekistonning bitta yo`li bor: mustaqillikni mustahkamlab, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug` va erkin hayot sari olg`a yurishdir32. Mafkuramiz, tutgan yo`limiz, bor kuch-g`ayratimiz ana shu ulug`vor niyatni amalga oshirishga yo`naltirilishi kerak. Xalqimizni, yurtimizdagi barcha siyosiy kuchlarni, nodavlat tashkilotlarni yagona umumiy maqsad atrofida birlashtiradigan, bir tan-u bir jon qiladigan milliy g`oya aslida shudir.
Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning samaradorligi avvalo xalq ma`naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o`rganilishi, an`ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san`at, fan va ta`lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o`zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog`liqdir. Shu boisdan ham, o`z haq-huquqini taniydigan, o`z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, yon-atrofida sodir bo`layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg`un holda ko`radigan, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi istiqlol yillarida biz uchun hal qiluvchi masalaga aylandi. Ta`kidlash joizki, bu jarayon yurtimizda o`ta murakkab sharoitda – mustabid sho`ro tuzumi barbod bo`lgan va yangicha ijtimoiy munosabatlar qaror topayotgan keskin bir vaziyatda yuz berdi33. Mana shunday o`ta qaltis va murakkab bir davrda yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni asrab qolish, markazdan bo`layotgan turli zararli ta`sirlardan xalqimizni himoya qilish, o`z mustaqil siyosatimizni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida 1990 yilning 24 mart kuni Respublika Oliy Kengashining birinchi sessiyasida prezidentlik boshqaruvi joriy etildi. O`shanda SSSR hududidagi respublikalar orasida birinchi bo`lib O`zbekistonda mana shunday yuksak lavozim joriy etilgan va shu tariqa biz yurtimizni mustaqillik yo`liga boshlagan dastlabki qadamni qo`ygan edik.
Mamlakatimizda ko`p yillar davomida ma`rifat va madaniyat ishlariga noto`g`ri munosabatda bo`lindi. Unga sarflanayotgan mablag`lar doim boshqa sohalardan kam bo`ldi. Natijada bu masalada mamlakatimiz boshqa davlatlarga nisbatan ancha orqada qolib ketdi. Mustaqillikdan keyingi tuzilayotgan barcha rejalarda madaniyat, ma`rifat, jismoniy tarbiya va sport ishlariga birinchi darajali vazifa sifatida qaralmoqda. Shu sohalarda ishlayotgan kadrlar masalasi bo`yicha ham g`oyatda diqqatga loyiq ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Prezidentimiz rahnamoligida olimlar va ijodkor xodimlarga e`tibor har qachongidan kuchaytirildi. Zero ma`naviy boyliklarni aynan shular yaratadi. Ularga g`amxo`rlik qilish, samarali faoliyati uchun barcha zarur moddiy-ma`naviy sharoitlarni yaratib berish davlat hokimiyati va xo`jalik tashkilotlari rahbarlarining burchi va mas`uliyatli vazifasi sifatida qarab kelinmoqda34.
Hal etilishi kerak bo`lgan dolzarb vazifalardan biri o`sib kelayotgan avlodga, uning ma`naviy tarbiyasiga nihoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasidir. Nega deganda, yoshlar xalq ma`naviyatining munosib egalari sanaladi. Shuning uchun har bir o`g`il-qiz dastlabki qadamlaridan boshlab madaniy boyliklarimizdan bahramand bo`lishlariga sharoit yaratib berishimiz kerak35. Iste`dodli yoshlar, yigit-qizlarning o`zlari qiziqqan sohalarida yetuk insonlar bo`lib yetishishlari, kamol topishlari uchun tegishli shart-sharoitlar hali to`la yaratildi, deb bo`lmaydi. Bu borada hal etilishi shart bo`lgan ishlar ko`p. Shuning uchun ham Respublikamiz Prezidenti I.Karimov bu borada hamma imkoniyatlar ishga solinishini ta`kidlab, “...o`zimizning ma`naviy burchimizni oqlashni istasak, ularga otalarcha g`amxo`rlik qilishimiz kerak. Ana shu maqsadda biz ularning mamlakatimiz va chet ellardagi nufuzli ilmiy markazlarda ta`lim olishi uchun mablag`lar ajratdik. Bu ishlar uchun hech narsani, shu jumladan, valyutani ham ayamaymiz”36 deya uqtiradi..
Mamlakatimizda bugungi kunda ta`lim tizimiga katta e`tibor berilmoqda. Shu sababli Prezidentimiz 1996-1997 yillardayoq ta`lim-tarbiya tizimidagi jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish va bu sohani tubdan isloh etish bo`yicha muhim dasturiy hujjatlar qabul qilish lozimligini kun tartibiga qo`ygan edi. Shu maqsadda 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan ,,Ta`lim to`g`risida”gi Qonun 1997 yil 29 avgustda yangi tahrirda qabul qilindi. Bu qonunning yangi tahrirda qabul qilinishidan maqsad ta`lim tizimini tubdan isloh qilish va kelajakda barkamol insonlarni tarbiyalashdir.
Ma`lumki, o`zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o`rtasidagi ruhiy-ma`naviy bog`liqlik til orqali namoyon bo`ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir37.
Muhtaram Prezidentimiz go`zal va betakror ona tilimiz haqida fikr yuritar ekan, buyuk ma`rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning quyidagi so`zlarini bot-bot takrorlaydilar: ,,Har bir millatning dunyoda borligini ko`rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotdir. Milliy tilni yo`qotmak millatning ruhini yo`qotmakdur”38.
Mamlakatimizda mustaqillik arafasida o`zbek tiliga davlat tili maqomini berish kun tartibiga qo`yilgan edi. Ushbu masala qanday qizg`in, ba`zida keskin va murosasiz bahs va tortishuvlar ostida o`tganini o`sha yillardagi davriy nashrlar to`la ko`rsatib turibdi. O`shanda ayrim siyosiy guruhlar O`zbekiston sharoitiga mutlaqo to`g`ri kelmaydigan, bir-biriga butunlay zid va qarama-qarshi fikrlarni olg`a surgan, shuning hisobidan o`ziga obro` topish, odamlarni ortidan ergashtirishga uringan edilar. Mamlakatimiz Prezidenti masalaga oqilona yondashib, ziyolilar ommasiga va butun xalqqa to`g`ri yechimni ko`rsata bilgandi.
1989 yil 21 oktabrda ,,O`zbek tiliga davlat tili maqomi berish to`g`risida”gi Qonun qabul qilindi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo`lmish ona tilimiz o`zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo`ldi. Bu Vatanimiz tarixida tom ma`nodagi buyuk voqea edi. Shu tariqa o`zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Shu bilan birga, qonunda O`zbekistonda yashovchi barcha xalqlarning tillari teng huquqli ekani belgilab qo`yilgani mazkur hujjatning demokratik mohiyatidan dalolat berar edi. O`zbek tiliga davlat tili maqomi berish to`g`risidagi qonunning qabul qilinishi mustaqillik yo`lidagi muhim salmoqli qadam bo`ldi.
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan aniq belgilanib, mustahkamlab qo`yildi. Shu tariqa o`zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog`i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan, qonun yo`li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.
1929 yilda ma`rifatparvar ziyolilarimizning sa`y-harakatlari bilan lotin yozuvi asosidagi o`zbek alifbosi ishlab chiqildi va joriy etildi. 1993 yil 2 sentabrda yurtimizda ,,Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy atish to`g`risida”gi Qonun qabul qilindi. O`tgan davr mobaynida ana shu qonun ijrosini ta`minlash bo`yicha juda katta ishlar amalga oshirilganini ta`kidlash lozim. Avvalo, o`zbek tilining lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalari ishlab chiqildi va hayotga tadbiq etildi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta`limning barcha bosqichlarida ana shu alifbo asosida bilim berilmoqda. Lotin yozuvida chop etilayotgan kitob va darsliklar, o`quv qo`llanmalari, gazeta-jurnallar, reklama va e`lonlar, davlat hujjatlari hozirgi vaqtda bu imlo madaniy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgarganini ko`rsatib turibdi39.
1989 yildan boshlab O`zbekistonda ma`naviy hayotni rivojlantirish, madaniy merosdan foydalanish borasida ham dastlabki amaliy qadamlar qo`yildi. Madaniy merosga, dinga, ziyolilarga bo`lgan munosabat borasida 1984-1988 yillar ichida yo`l qo`yilgan xatolar qattiq qoralandi. Yurtimizning fidoyi farzandlari – Cho`lpon, Fitrat, Usmon Nosir, Botu, Abdulla Avloniy kabi adiblarning ijtimoiy merosini odilona o`rganish olimlar oldiga muhim vazifa etib qo`yildi.
1990 yilning 24 martida o`zbek xalqi hayotida muhim bir voqea yuz berdi, ya`ni I.A.Karimov O`zbekiston Prezidenti etib saylandi. Respublikada, sobiq Markaz tazyiqiga qaramay, ittifoqdosh respublikalar orasida birinchi bo`lib prezidentlik boshqaruvi joriy etildi40.
Mustaqillik tufayli xalqlarimiz quyidagi imkoniyatlarga ega bo`ldi:
- o`z taqdirini o`zi belgilash, davlat va jamiyatning siyosiy tizimini mustaqil yaratish, demokratik yo`l bilan saylangan hokimiyat organlari orqali hokimiyatni butun to`laligi bilan boshqarish;
- ishlab chiqarish va ilmiy-texnik imkoniyatlarga, tabiiy va xomashyo resurslariga to`la egalik qilish va ulardan mamlakatimiz manfaatlari yo`lida foydalanish;
- taraqqiyot yo`lini jahon tajribalari, tarixiy an`analar va xalqning o`ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda mustaqil tanlash;
- milliy davlatchiligimiz an`analariga asoslangan holda huquqiy demokratik davlat qurish;
- kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish;
- tariximizni xolisona yoritish, milliy va diniy qadriyatlarimizni qaytadan tiklash, hayotimizni eski hukmron mafkura va mustabid tuzum asoratidan xalos etish;
- yosh avlodni haqiqiy vatanparvar va yurtparvar etib tarbiyalash, ularga zamon talablari darajasida bilim berish va kasb-hunar o`rgatish;
- ijodning barcha turlarini rivojlantirish, odamlarning iste`dod va qobiliyatlarini to`la namoyon etish;
- yurtimiz xavfsizligi, fuqarolar tinchligi va millatlararo totuvlikni ta`minlash;
- xalqaro munosabatlarda mustaqil subyekt sifatida ishtirok etish, barcha nufuzli tashkilotlarga teng huquqlilik asosida a`zo bo`lib kirish, boshqa mamlakatlar bilan o`zaro manfaatli shartnoma va bitimlar tuzish41.
Barchamizga ma`lumki, inson o`zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg`usi ildiz otib, ulg`aya boradi. Bu ildiz qancha teran bo`lsa, tug`ilib o`sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo`ladi. Tarix haqiqati shuni ko`rsatadiki, tomirida milliy g`urur, Vatan ishqi jo`sh urgan odamgina buyuk ishlarga qodir bo`ladi. Mamlakatimizda shunday ma`naviy muhit yaratilishi kerakki, yurtimizning har bir burchagida, barcha shahar va qishloqlarimiz qiyofasida Vatandan faxrlanish hissi ko`zimizni, qalbimizni yashnatib tursin42.
Bugungi kunda yoshlarimiz yurtimizning ko`cha va xiyobonlari, metro va avtobus bekatlari, katta-katta maydonlar, binolarni bezab turgan o`zbekcha nomlar, shior va lavhalarni ko`rib, bularning barchasini odatiy hol sifatida qabul qiladi. Vaholanki, yaqin tarixda bu manzara butunlay boshqacha ko`rinishga ega edi. Birgina Toshkent shahridagi ko`chalarning nomlarini o`qib, beixtiyor qaysi mamlakatda yurganingni bilmay qolar eding: Lenin, Marks, Engels, Lunacharskiy, Kirov, Voroshilov, Lopatin va hokazo. Shunisi ajablanarliki, bolsheviklar partiyasining dohiylari bo`lmish bu insonlarning birortasi ham umrida yurtimizga qadam qo`ymagan, bizning tariximiz va qadriyatlarimizga mutlaqo aloqasi bo`lmagan kimsalardir43. Mustaqillikka erishilgandan so`ng shahar va ko`chalar nomlari tubdan o`zgardi. Shahar va ko`chalarga buyuk mutafakkirlarning nomlari berildi. Ayanchli ahvolga kelib qolgan qadimiy yodgorlik majmualari qaytadan ta`mirlandi.
Ma`lumki, bugun biz yurtimizda xalqimiz xohish-irodasining ifodasi bo`lgan Konstitutsiya va qonunlar asosida demokratik, dunyoviy davlat barpo etmoqdamiz. Bu davlat avvalambor dunyoviy taraqqiyotga, uning eng ilg`or yutuq va natijalariga tayanadi. Ayni paytda shuni ham unutmaslik kerakki, dunyoviylik – bu dahriylik degani emas. Din va diniy e`tiqod butunlay rad etiladigan hayot qanday g`ariinsoniy ko`rinishga ega ekanini kechagi tariximiz misolida yaxshi bilamiz. Bunday mafkuraning xatarli tomoni shundaki, u necha asrlar davomida din negizida shakllangan, xalq hayotining ajralmas qismiga aylanib ketgan qadriyatlar – bu yozma yoki og`zaki, moddiy yoki ma`naviy meros bo`ladimi, axloq yoki an`analar bo`ladimi, milliy dunyoqarash yoki turmush tarzi bo`ladimi – bularning barchasini rad etadi. Natijada odamzot o`zining ichki dunyosi, his-tuyg`u va qarashlari, tayanib-suyanib turadigan poydevoridan mahrum bo`lib, ,,sho`ro dohiylari” aytganidek, ulkan davlat mashinasining ,,vintchasi”ga aylanadi. Oxir-oqibatda bunday odam ota-onasini ham, o`z millati, xalqi va Vatanini ham tanimaydigan ayanchli holatga tushib qoladi.
Sobiq mustabid tuzum aynan ana shunday yovuz maqsadlarni ko`zlar edi. Shuning uchun kommunistik mafkura avj olgan davrlarda, xususan, o`tgan asrning 80-yillari oxirlarida xalqimizning boshiga qanday azob-uqubatlar yog`dirilganini, albatta, hech qachon unitib bo`lmaydi. O`sha mash`um yillarda ko`pchilik hatto janoza marosimlariga borish, yaqin kishisini yo`qotgan odamlardan ko`ngil so`rashga ham hayiqib qolgan edi44. Lekin har qanday shafqatsiz ta`qiblarga qaramasdan, xalqimiz baribir o`z muqaddas diniga sodiq qoldi. Shuning o`ziyoq dinni inson, xalq va jamiyat hayotidan aslo o`chirib bo`lmasligidan yana bir bor dalolat beradi. Muqaddas dinimizning xalqimiz tarixidagi ana shunday beqiyos o`rni va ta`sirini inobatga olgan holda, uni har tomonlama tiklab, hayotimizdan mustahkam va munosib o`rin olishiga erishdik.
Ayni vaqtda bugungi murakkab va shiddatli zamonda jahonda o`z o`rnini topishga intiladigan har qanday xalq va millat umumbashariy taraqqiyot yutuqlarini har tomonlama chuqur va puxta egallashi shartligini barchamiz yaxshi tushunamiz. Buyuk ma`rifatparvar bobomiz Mahmudxo`ja Behbudiy o`tgan asrning boshidayoq ,,Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol bo`lur”, degan haqqoniy fikrlar bilan Turkiston ahlining ong-u shuurini uyg`otishga da`vat etgani bejiz emas. Bu so`zlarning qanchalik haqiqat ekanini bugungi yuksak tafakkur va texnologiyalar zamoni ham isbotlamoqda.
Shuni aytish lozimki, xalqimiz ma`naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo`lgan mehr-oqibat, insonni ulug`lash, tinch va osoyishta hayot, do`stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada ma`naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan hashar odati istiqlol davrida yangicha ma`no-mazmunga ega bo`lib, umummilliy an`ana tusini olgani barchamizni mamnun etadi45.
Har yili Navro`z va Mustaqillik bayramlari arafasida o`tkaziladigan umumxalq hasharlari buning tasdig`idir. Ana shu hasharlar paytida mahalla va guzar, yo`llar va maydonlar, bog`u rog`larni tartibga keltirish, dov-daraxtlar o`tqazish, kam ta`minlangan, muhtoj oilalar, yolg`iz va qarovchisiz keksalarga amaliy yordam ko`rsatish, hech shubhasiz, jamiyat tafakkurining yangilanishiga kuchli ta`sir qilmoqda.
Sobiq Ittifoq davrida xalqimiz og`ir sinovlarni boshidan kechirdi. Bu davrda biz o`z g`oyalarimizni erkin ifoda eta olmas, milliy g`oyamiz esa kundan-kunga jar yoqasiga yaqinlashib borar edi. O`z g`oyalarini erkin ifoda etgan ma`rifatparvar xalqimiz ayovsiz qatag`on qurboniga aylanar edi. Ma`lumki, 1937–1953 yillarda sobiq SSSR hududida mudhish ommaviy- siyosiy qatag`onlar amalga oshirilgan edi. Birgina O`zbekiston bo`yicha qariyb 100 ming kishi qatag`onga uchrab, 13 ming nafari otib tashlangani qatag`onning naqadar dahshatli o`tganini ko`rsatuvchi dalildir. Mamlakatimiz Prezidenti shahid ketganlar xotirasi yod aylash maqsadida 2000 yili poytaxtimizning Yunusobod tumanida qatag`on yillarida xalqimizning minglab asl farzandlari qatl etilib, nom-nishonsiz ko`mib tashlangan, necha yillar davomida qarovsiz qolib kelgan Bo`zsuv kanali sohilidagi Alvastiko`prik deb nom olgan jarlik o`rnida Shahidlar xotirasi xiyoboni va keyinchalik shu nomda muzey va jamg`arma tashkil qilindi. 2001 yildan e`tiboran 31 avgust yurtimizda Qatag`on qurbonlarini yod etish kuni sifatida nishonlanadigan bo`ldi. Har yili 31 avgust tongida bu maskanda xalqimizning qadimiy urf-odatlariga ko`ra osh tortib, Qur`on tilovat qilish, davlat va hukumat rahbarlari, keng jamoatchilik vakillarining bu yerga kelib, marhumlarni yod etishi, ularning ruhiga hurmat bajo keltirishi ibratli an`anaga aylanib qoldi46.
Ma`lumki, sobiq SSSR davrida 9 may har tili G`alaba kuni sifatida bayram qilinar, Markazda va respublikalarda dabdabali harbiy paradlar o`tkazilar edi. Prezidentimiz mazkur sananing asl insoniy ma`no-mohiyati hamda jamoatchilikning bu boradagi taklif va mulohazalarini inobatga olgan holda, 9 may kunini mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlashga haqidagi farmonga imzo chekdi. Bu voqea, hech shubhasiz, yurtimizda tarixiy xotirani to`laqonli tiklash yo`lida hayotning o`zi taqozo etgan yana bir jiddiy qadam bo`lganini aytish lozim. Shu munosabat bilan poytaxtimizda, viloyat va tumanlarda sovet mafkurasini o`zida ifoda etgan eski yodgorliklar o`rniga xalqimizning ruhi va qarashlariga hamohang bo`lgan Xotira maydonlari tashkil etilib, Motamsaro ona haykali o`rnatildi.
Ana shu maydonlarda barpo etilgan yodgorlik majmualarida ikkinchi jahon urushida halok bo`lgan yurtdoshlarimiz nomlari maxsus ishlangan lavhalarga zarhal harflar bilan yozib qo`yilgani, ular haqidagi ma`lumotlar jamlangan 35 jilddan iborat ,,Xotira” kitobi chop etilgani, aytish mumkinki, mamlakatimiz tarixida ibratli ma`naviy voqea bo`ldi.
Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin, lekin, muxtasar qilib aytganda, ana shunday yangilanish jarayonlari tufayli bugun odamlarimizning ong-u tafakkuri, ularning Vatan taqdiriga, yon-atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalarga munosabati tubdan o`zgardi.
Xalqimiz o`zining yuksak madaniyati, san`ati va qadimiy tarixi bilan boshqa xalqlardan tubdan farq qiladi. Mustaqillikdan so`ng buyuk bobolarimiz tavallud ayyomlarini, shuningdek qadimiy tarixga ega bo`lgan shaharlar yubileylarini nishonlash keng avj oldi. Shu sababli yurtimizda YUNESKO bilan hamkorlikda quyidagi buyuk allomalar, davlat arboblari, mutafakkir va shoirlar hamda tarixiy shaharlar, muqaddas asarlarning qutlug` sanalari keng nishonlandi:
1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi;
1994 yil – Mirzo Ulug`bek tavalludining 600 yilligi;
1996 yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi;
1997 yil – Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi;
1998 yil – Ahmad Farg`oniy tavalludining 1200 yilligi;
1999 yil – Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi;
1999 yil – ,,Alpomish” eposining 1000 yilligi;
2000 yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi;
2001 yil – ,,Avesto” kitobining 2700 yilligi;
2002 yil – Termiz shahrining 2500 yilligi;
2006 yil – Xorazm Ma`mun akademiyasining 1000 yilligi;
2006 yil – Qarshi shahrining 2700 yilligi;
2007 yil – Samarqand shahrining 2750 yilligi;
2007 yil – Marg`ilon shahrining 2000 yilligi;
2009 yil – Toshkent shahrining 2200 yilligi.
Bu davrda buyuk shaxslar xotirasiga bag`ishlab barpo etilgan yodgorlik majmualari jamiyat ma`naviyatini, milliy g`ururni yuksaltirishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongiga milliy g`oyamiz tamoyillarini singdirishga xizmat qilmoqda.
Pezidentimiz Islom Karimov bu xususda shunday yozadi: ,,Ijtimoiy hayotimizni isloh qilish va yangilash boshlanib ketganligi bois ma`naviy qadriyatning qudratli qatlamlari ochildi. Ular xalq ruhiyatini vatanparvarlik, milliy iftixor, bugungi dunyo uchun bag`rikenglik tomon keskin o`zgartirib yubordi. Bu esa mutaqillik yillari mobaynida millatlararo totuvlik manbai bo`lib kelgan yagona ma`naviy-ruhiy negizni vujudga keltiradi”47.
Mamlakatimiz rahbariyati jamiyatni va jamiyat tafakkurini yangilashning inqilobiy usullariga, bu jarayonni sun`iy ravishda chetdan turib, zo`ravonlik yo`li bilan tezlashtirishga qaratilgan har qanday urinishlarga mutlaqo qarshidir. Barcha sohalarda, jumladan, ma`naviy sohada ham tadrijiy-evolyutsion islohotlar yo`li tarafdori sanaladi va bunga qat`iy amal qiladi. Soddaroq til bilan aytganda, odamlarning dunyoqarashi, e`tiqod va tafakkurida demokratik tamoyillar va demokratik qarashlarning kangayishi va mustahkam o`rin topishi avvalambor hayotning tabiiy yurishi bilan, ularning moddiy turmush darajasi va madaniy saviyasi tobora rivojlanishi va yuksalishi bilan chambarchas bog`liq ekanini hayotning o`zi taqozo etadi48.



Yüklə 58,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin