3.12-rasm. Word oynasi Tanlanayotgan stil hujjatda qanday ko’rinishda bo’lishini sichqonchani stillar to’plami ustida xarkatlantirib ko’rish mumkin.
Agar kerakli stil akslanmasa, ekspress-stil to’plamini ochish uchun Dopolnitelno tugmasi bosiladi va kerakli stil tanlaniladi.
Ekspress-stillar to’plamihujjat ko’rinishini sichqoncha ko’rsatkichini bir marta bosganda o’zgartirish imkoniyatini beradi. Har bir to’plam turli darajadagi sarlavhalar stili to’plamidan iborat.
Ekspress-stillar to’plamidan biror-biri qo’llanganda hujjat ko’rinishi qanday o’lishini bilish uchun Glavnaya vkladkasining Stili guruhidan Izmenit stili tugmasi bosiladi va keyin Nabor stiley punkti tanlanadi.
Ro’yxatdagi stillar ustida sichqoncha ko’rsatkichi harakatlantiring, stillar ustida sichqoncha ko’rsatkichi harakatlangan vaqtda hujjat ko’rinishi o’zgaradi.
Sizga yoqqan stilni tanlang.
Rasmda Po Umolchaniyu stili tanlanganligi ko’rsatilgan.
3.13-rasm.
Hujjatdagi barcha matnni satrlaro intervalini o’zgartirish uchun CTRL+A klavishalarini bosib, matnning barchasi belgilanadi va satrlararo interval tanlanadi.
Alohida abzastning satrlaro intervalini o’zgartirish uchun esa kursorni kerakli joyga joylashtiriladi (matnni belgilash talab etilmaydi) va satrlararo interval tanlanadi.
Shundan so’ng
Glavnayavkladkasining Abzast guruhidan «Mejdustrochnыy interval» tugmasini bosing va kerakli satrlararo intervalini tanlang.