1. Kuch tarnsformatorlari. 2. Transformatorlarda energiya isroflari va ularning foydali ish koeffiiyenti 3. Transformatorlar haqida tushuncha
Bir fazali transformatorning ishlash printsipi va tuzilishi. Iste’molchilarni elektr bilan ta’minlash sistemasida ishlatiladigan transformatorlar kuch transformatorlari deb ataladi. Transformatorlar, shuningdek, elektr ulchash, elektrotermik kurilmalarida, radiotexnikada, elektronikada, avtomatik boshkarish kurilmalarida va texnikaning boshka soxalarida ishlatiladi.
Elektr energiyasini elektr stantsiyalardan iste’molchilarga uzatish protsessida biror kuchlanishli elektr tokining kuchlanishini xuddi o‘sha chastotali boshka kuchlanishga bir necha bor o‘zga rtiriladi. Bu o‘zga rtirishlar kuchaytiruvchi va pasaytiruvchi transformatorlar vositasida amalga oshiriladi. Transformatorning uzagi ma’lum shakldagi berk rama kurinishida yigilgan aloxida elektrotexnikaviy pulat listlardan iborat. Bu uzakka ikkita chulg‘am deb ataladi, uning uramlari soni w1 bulsin. Iste’molchini ta’minlaydigan chulg‘am ikkilamchi chulg‘am deb ataladi, uning uramlari soni w2 bulsin.
Bu chulg‘amlarga tegishli kattaliklar ham birlamchi va ikkilamchi deb yuritiladi va 1 hamda 2 indeksi bilan yoziladi.
Agar birlamchi chulg‘amga U1 kuchlanish berilsa, u holda chulg‘amda o‘zgaruvchan I1 toki va demak o‘zgaruvchan magnit oqimi hosil bo‘ladi. Bu magnit oqimi birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlar bilan ilashishish natijasida elektromagnit induktsiya qonuniga binoan birlamchi e1 ikkilamchi e2 lar hosil bo‘ladi.
Xosil bulgan E.YU.K. larning kattaligi chulg‘amlarning uramlari soniga proportsional bo‘ladi:
е1 = - w1 dФ / dt e2 = - w2 dФ / dt
Transformatorning birlamchi chulg‘amdan tok utganda uning uzagida shu tokka proportsional bulgan magnit oqimi hosil bo‘ladi. Bu okim ham sinusoidal konun buyicha o‘zgaradi.
Ф = Фм sint
Transformator chulg‘amlarida hosil bulgan elektr yurituvchi kuchni topish uchun uni differentsiallaymiz.
е1= - w1 dФ / dt = -w1 d(Фм sint) / dt = - w1 Фм cost
bunda
cost = - sin(t- /2)
bulgani uchun
e1 =w1Фм sin(t- /2) bo‘ladi.
Shuningdek, ikkilamchi chulg‘amdagi e.yu.k.
e2 =w2Фм sin(t- /2) bo‘ladi.
bu ifodalar trasformator chulg‘amlarida hosil bulgan elektr yurituvchi kuchlar ham sinusoidal konun buyicha o‘zga rishini hamda ularning fazasi magnit oqimining fazasiga nisbatan (. burchakka orkada kolishini ko‘rsatadi. Birinchi chulg‘amdagi e.yu.k. ning qiymatini aniklaymiz. Agar sin(t- /2) =1 bulsa e1 = Emax bo‘ladi.
Shuning uchun
E1m = w1Фм
E1m ni 2 ga bulib birlamchi chulg‘amda hosil bulgan e yu k ning effektiv qiymatini aniklaymiz.
E1 = 4,44 w1 f1Фм
Xuddi shuningdek, ikkilamchi chulg‘amdagi E.YU.K. ning qiymati;
E2 = 4,44 w2 f2Фм
Demak, transformatorning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarida hosil bulgan E.YU.K. larning qiymati chulg‘amlarning uramlari soniga proportsional ekan.
Magnit oqimi esa
Фm = E / 4,44wf
Endi magnit induktsiyasining maksimal qiymatini topamiz:
Bm = Фм / S
Bu yerda F-magnit oqimi, Vb,
S-magnit o‘tkazgich kundalang kesimining yuzi ,…m2…
Transformatorning birlamchi e.yu.k. ning ikkilamchi chulg‘ami E.YU.K. iga nisbati transformatorning transformatsiyalash koeffitsiyenti deb ataladi. Transformatsiyalash koeffitsiyenti deb ataladi. Transformatsiyalash koeffitsiyenti k harfi bilan belgilanadi:
k = E1 / E2 = w1 /w2 Transformatsiyalash koeffitsiyenti transformatorning kuchlanish qiymatini necha marta kuchaytirib yoki pasaytirib berishini bildiradi.
w1 > w2 pasaytiruvchi transformator bu holda k >1
w1 < w2 kuchaytiruvchi transformator bu holda k <1