1. Kurash turlari va ularning rivojlanishi hamda taraqqiyoti Milliy kurash turlarining shakllanishi va rivojlanishi Belbog‘li kurash usulinin shakllanishi


Milliy kurash turlarining shakllanishi va rivojlanishi



Yüklə 21,76 Kb.
səhifə2/4
tarix20.11.2023
ölçüsü21,76 Kb.
#166556
1   2   3   4
Kurash turlari va uni o\'qitish metodikasi

2. Milliy kurash turlarining shakllanishi va rivojlanishi
O‘zbekiston qadimdan inson yashab kelayotgan joylardan, eng eski madaniyat o‘choqlaridan biridir. Tarixiy manbalar, arxeologik tadqiqotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki o‘zbek xalqi o‘zining mard, jasur, fidoiy, pahlavon farzandlari bilan butun dunyo xalqlari orasida faxrlansa arziydi. Bunday pahlavon, jasur o‘g‘il-qizlar voyaga etkazish va tarbiyalashda miliy o‘yinlarimizning va yakka kurash usullarining ahamiyati, xizmatlari beqiyosdir.
Turkiy elatlar, ya’ni hozirgi o‘zbeklar, tojiklar, qozoqlar, qirg‘izlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar va boshqalar ajdodlarining o‘zlariga xos yakka kurash usullari muayyan tarixiy davrda yashagan turli xalqlar va qabilalarning hayot kechirishi tarzdan kelib chiqqan bo‘lib, ular hayotning ichki va tashqi muhit hususiyatlarini o‘zida aks ettirgan, kishilarni jismoniy chiniqishi, ularni baquvvat, epchil, chidamli, dadil va dovyurak qilib tarbiyalash maqsadlariga xizmat qilgan. O‘zbeklarning qadimgi ajdodlari o‘z yuksak madaniyatini vujudga keltirguncha og‘ir yo‘lni bosib o‘tganlar, zo‘r jasorat ko‘rsatganlar. Bu esa xalqdan jismoniy baquvvat bo‘lishni talab qilgan.
Qabilalar o‘rtasidagi janglar, keyinchalik harabiy yurishlar hamda bosqinchilarga qarshi janglar erkaklarni har tamonlama jismonan baquvvat, mard, pahlavon bo‘lishini talab etardi. Bunda mard jangchilarni tarbiyalash va tayyorlashda milliy yakka kurash usullari qo‘l kela boshladi. Ajdodlarimiz tarixida eng avvalo shakllangan jismoniy mashq turlari kurash usullari hisoblanadi.
Xitoy tarixchilarini shu davrlarga xos ma’lumotlarida Parkana davlatida chavandozlik taraqqiy etgan bo‘lib “samoviy duldullar” deb nomlangan chopqir otlar etishtirilgan. SHu davrlarda milliy kurash usullarining Farg‘onacha va Buxorocha kurash turlari shakllangan. Xalqimizning qadimdan har bir bayramlari, an’analari, urf-odatlari, musobaqalar, bellashuvlar va o‘yinlar bilan o‘tkazilgan. Masalan qadimgi Toxarlar udumi bo‘yicha kuyov kelin tanlashda kurash tushib raqib yigitlarni mag‘lub etishi kerak bo‘lgan. So‘ngra kelin bilan chavandozlik va merganlik bo‘yicha kuch sinashgan.
Tarixiy yodgorliklarda topilgan mozor qoldiqlarida askarlar qabrlariga qo‘yilgan haykalchalarda qurollangan jangchi aks etirilgan. Jangchilar qurol yarog‘lari, xo‘jalik buyumlari bilan birga dafn etilgan. Xanjarlar shu davrga xos bo‘lgan uchi qayrilgan, yoysimon shaklda bo‘lgan. Kamon o‘qlari chirib ketgan bo‘lsada uchlari temirdan yasalganligi uchun saqlanib qolgan. Temirdan ishlangan chopqilar, bolta, pichoqlar ham saqlanib qolgan. SHuningdek nayzalarning uchliklari, gurzilarga qatirilgan sanchiqilar ham saqlangan. YOdgorliklar shundan dalolat beradiki qadimgi sak va massaget qabilalarining asosiy qurollari maxsus rang bilan bo‘yalgan kamon bo‘lib, ular yuz metr masofadagi nishonni bexato urganlar. Jangchilar maxsus jang kiyimlari, dubulg‘a va sovut kiyganlar. Ular qalqon va engil boltalar bilan qurollanganlar. Bolta bilan jang qilish va uni bexato uloqtirishga mohir bo‘lganlar.
O‘rta Osiyo davlatlarining ijtimoiy iqtisodiy hayoti va taraqqiyoti ko‘plab xorijiy mamlakatlarni qiziqtirgan hamda ularning ta’sirida bo‘lgan. Mahalliy xalq va elatlar tarixini o‘rganish, ularning urf-odatlari, bayramlari, an’analari ma’naviy va madaniy yodgorliklari, halq turmush tarzi, qabilalar o‘rtasidagi munosabatlar, urug‘chilik aloqalari, davlatning ichki va tashqi siyosatlari, hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik, savdo aloqalar, er osti boyliklari, tabiiy boyliklar, xayvonot va o‘simliklar dunyosi, xalqning jangovorligi, ularning qurol yarog‘ turlari va jang usullari haqida ma’lumotlar yig‘ish va o‘rganish maqsadida xorijiy sayohatchilar va olimlar bu mamlakatlarga kela boshlaganlar.

Yüklə 21,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin