1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi Sharq tarixi manbashunosligi


Xamurappi boshchiligida Bobil podsholigining yuksalishi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə8/80
tarix21.03.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#88977
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
1-kurs talabalari uchun Xiva – 2022 yil 1-mavzu. Kirish. Qadimgi

Xamurappi boshchiligida Bobil podsholigining yuksalishi. Qadimgi Mesopotamiyada amoriylar o‘troqlashib bo‘lgach, Shumerning ichki nizolarida faollik bilan qatnashadilar. Bularning orasida Bobil shahar-davlatini alohida ta’kidlab o‘tish muhim ahamiyat kasb etadi. Ko‘hna Bobil shahar-davlatining yuksalishi podsho Xammurapi (mil. avv. 1792-1750-yy) davriga to‘g‘ri keladi. U Bobil shahrini mudofaa devori bilan o‘ragan arameylar podshosi Sumu-abumning chevarasi bo‘lgan. Bobil podsholigi shimoldan Shamshi-Adad I (Ossuriya podshosi), janubda Rimsin (Larsa podshosi) davlatlari bilan chegaradosh edi. Podsho Xammurapi aqlli davlat arbobi, diplomat va mohir sarkarda bo'lgan. Xammurapi har qanday diplomatik kelishuvlami Bobil manfaatlari bilan mos ravishda o‘zgartirib borgan. Hukmronligining beshinchi yili (mil. avv. 1787- yilda) Isin shahrini zabt etib, u yerdan Larsa garnizonini haydab yuboradi. So‘ngra Dajla daryosidan kechib o‘tib, elamliklarga qarashli Malgium shahrini ham bosib oladi. Hukmronligining to‘qqizinchi yili Ossuriya podshosi Shamshi-Adad I bilan shartnoma imzolaydi.
O‘z navbatida Xammurapi, Larsa podshosi Rimsin bilan to‘qnashuvga hali tayyor emasligini yaxshi tushungan. Larsa podshosi Rimsin Markaziy Mesopotamiyada Bobilning kuchayotganidan xavfsirab, Elam podshosi Malgiumaga elchilar yuborgan. Xammurapi esa bu payt Mari shahri bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib oladi. Unga xavfli raqib bo‘lgan Elamni 10 yillik urushdan so‘ng, Mari podshosi Zimrilim qo‘shinlari bilan birlashib, mil. avv. 1764-49 yilda ularni ham yengadi. Xammurapi, mil. avv. 1759-yiIda Mari shahrini ham bosib oladi. Ko‘p o‘tmay olti oylik qamaldan so‘ng Larsa egallanadi. Xammurapi, Larsa podshosi Rimsin vafotidan so‘ng “amoriylar otasi” unvonini meros qilib oladi.
Endi Shamshi-Adad I vafotidan keyin zaiflashib qolgan Ossuriya davlati qolgan edi. Tez orada uning yirik shaharlari Ashshur va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladilar. Natijada butun Mesopotamiya Bobil davlati boshchiligida birlashtiriladi. Xammurapining uzoq hukmronligi davrida Bobil butun Mesopotamiyani birlashtirgan kuchli davlatning poytaxti, yirik siyosiy-iqtisodiy va madaniy markazga aylangan edi.
Xammurapining o‘g‘li Samsuilin (mil. avv. 1749-1712-yy) davrida Bobil podsholigida qarama-qarshiliklar kuchayib, xalqning ahvoli og‘irlashib boradi. Mil. avv. 1742-yilga kelib, Mesopotamiyaga shimoliy-sharqdan kassitlar etnonimidagi hind-yevropa qabilalari (akkadcha Kassu, zamonaviy fanda kassitlami kaspe-kaspiy deb atagan) Gandash nomli yo‘lboshchilari bilan bostirib kiradilar. Shu bilan birga elamliklar janubda Shumer shaharlariga hujum qiladilar. Gandash, Samsuilin bilan urush olib boradi va Mesopotamiyada kassitlar sulolasiga asos soladi. Undan so‘ng mil. avv. 1726-yilda hokimiyatga Gandashning o‘g‘li Agum I keladi. Agum I ni aynan Bobilni boshqarganligi masalasi munozarali hisoblanadi. Ammo kassitlar Mesopotamiya yerlarini tez orada o‘zlariga butunlay bo‘ysundirganlar. Kassitlar davrida Bobilning siyosiy qudrati kuchsizlanadi. Buning ustiga mil. avv. 1595-yilda xettlar podshosi Mursiliy I, Bobilga bostirib kirib, 1-Bobil sulolasining oxirgi vakili Samsu-ditanani taxtdan ag‘darib, shahami talon-taroj qiladi.
Elam davlati bir necha urushlardan so‘ng, mil. avv. 1150-yillar atrofida Bobilda kassitlar sulolasi hukmronligini tugatdi. Lekin bir oz vaqt o‘tib, Ninurta-nadin-shumining o‘g‘li Navuxodonosor I (mil. avv. 1124-1104-yy) II-Issin sulolasi davrida Ossuriya bilan urush olib boradi. Ammo ossur podshosi Ashshur-resh-ishi I uni mag‘lub etadi.
Navuxodonosor I Elamliklarni Bobildan haydab yuborishga erishadi, so‘ngra Elamga shunday zarba berildiki, u haqida uch asr yozma manbalarda ma’lumotlar deyarli keltirilmaydi. Keyinchalik Janubiy Mesopotamiyaning shaharlari oralig‘ida joylashgan oromiy tilida so‘zlashuvchi semitlardan bo‘lgan xaldey qabilalari kuchayadilar. Ular haqidagi dastlabki m a’lumotlar mil. avv. 878-yilda Ossuriva podshosi Ashshurnazirpal II annallarida tilga olinnadi. Xaldeylar yarim ko‘chmanchi chorvadorlik, ziroatkorlik va baliqchilik bilan shug‘ullanganlar. Mil. avv. IX asrda xaldey qabilalari Bobilning janubiy qismini bosib oldilar va Bobilning yuksak madaniyatini o‘zlashtiradilar. Mahalliy ilohlardan eng mashhuri Mardukka sajda qiladilar. Xaldey aristokratiyasi bobilliklar urf-odatlariga asosan hayot kechira boshlaydi.
Mil. avv. 851-yilda Ossuriya podshosi Salmanasar III, xaldeylar Itubilini o‘lpon to‘lashga majbur qiladi. Xaldey knyazlari Bit-Dakuri, Bit-Amukani va Bit-Yakinlar ossurlar hukmronligini tan oldilar. Ammo Bobil ma’lum bir suverenitetni saqlab qolgan edi.
Ossuriya Bobilni mil. avv. 729-yilda bosib olishga muvaffaq bo'ladi. Mil. avv. 689-yilda (ayrim manbalarda mil. avv. 681-yil) Ossuriya podshosi Sinaxxerib, elamliklarga tayangan isyonkor Bobilni butunlay vayron qilib, so‘ngra suvga bostiradi.
Mil. avv. 627-yilda Ossuriya podshosi Ashshurbanapal vafotidan so'ng Mesopotamiyada kuchlar muvozanati o'zgaradi. Mil. avv. 627-yil xaldeylar lashkarboshisi Nabopalasar isyon ko‘tarib, Urukni egallaydi va Nippurni qamal qiladi. Ammo ossurlarning qarshi hujumidan so‘ng chekinadi. Mil. avv. 626-yilga kelib podsho unvoniga sazovor bo‘ladi. Mil. avv. 614-yil Ossuriyaning qadimiy shahri Ashshurni midiyaliklar vayron qiladilar. Nabopalasar, Midiya podshosi Kiaksar bilan ittifoq tuzadi va Ossuriliklarga qarshi uzoq urush olib boradi.
Mil. avv. 612-yili midiyaliklar bilan ittifoqda Nineviya shahrini egallaydilar. Shahar suvga bostirilib butunlay vayron qilinadi, aholisi qisman qirib tashlanib, qolganlari qulga aylantiriladi. Mil. avv. 611-yilda Nabopalasar armiyasi ossurlarning tayanch qal’alaridan biri Xarran yerlarida harbiy harakatlarni boshlaydi. Mil. avv. 610-yil ossurlar va ularning ittifoqchilari bo‘lgan Misrliklar Xarranni tashlab qochadilar. Natijada Bobil va Midiya qo‘shinlari yana bir g‘alabaga erishadi. Mil. avv. 605-yili ossurlar Misr fir’avni Nexo II bilan ittifoqda Karkemish shahri yonidagi jangda bobilliklardan ycngiladilar. Shu tariqa Ossuriya davlati tarix sahnasidan o‘chib keladi. Nabopalasardan so‘ng taxtga uning o‘g ‘li Navuxudonosor II (mil. avv. 605-562-yy) chiqadi. U misrliklarni Yaqin Sharqdan siqib chiqaradi, hatto mil. avv. 601-yilda Misr chegaralariga chiqishga ham muvaffaq bo‘lgan. Ammo misrliklar o‘z vatanlarini mudofaa qila oldilar. Mil. avv. 597-yili Navuxudonosor II Yahudiyani bosib olib, ulaming podshosi Ioakimni qatl ettiradi. Mil. avv. 591-yildan boshlab misrliklar bilan Yaqin Sharq masalasida qarama-qarshilik bolanadi. Misr fir’avni Psammetix II yaxudiylarni Bobilga qarshi isyon ko‘tarishga undaydi. Mil. avv. 586-yilda Quddus (Ierusalim) bobilliklar tomonidan vayron qilinadi.
Navuxudonosor II davrida Yangi Bobil podsholigining gullab-yashnaydi. Qadimgi Bobil shahrining aholisi 200 mingga yaqinlashadi. Ulug'vor ibodatxonalar va saroylar bunyod etiladi. Mesopotamiyada irrigatsiya tizimi qayta tiklanadi. Bobil shahri yirik savdo-sotiq markazlaridan biriga aylanadi. Mil. avv. 562-yilda podsho Navuxodonosor II vafotidan keyin, Bobil zodagonlar va kohinlarning obro‘yi oshib, mamlakatda ichki nizolar boshlanadi. Zodagonlar podsholar tayinlanishida muhim rol o‘ynay boshlaydi. Oqibatda Bobil davlatida siyosiy barqarorlikka putur etadi. Mil. avv. 556-yilda kelib chiqishi xaldey bo‘lmagan yirik zodagon Nabu-balatsu-ikbining o‘g‘li Nabonid Bobil taxtni egallaydi. U Yangi Bobil podsholigining so‘ngi hukmdori bo‘ldi. Mil. avv. 539- yil oktabr oyida forslar podshosi Kir II tomonidan bosib olinadi va mustaqilligini yo‘qotib, Ahamoniylar davlati tarkibiga kiritiladi. Mil. avv. 331-yilgacha Aleksandr Makedonskiy davlatiga, so‘ngra Salavkiylar davlati tarkibiga kiradi.
Qadimgi Mesopotamiya madaniyati. Qadimgi Mesopotamiya madaniyatining dastlabki asoslari mil. avv. IV ming yillikda paydo bo‘lgan. Bunda o‘troq ziroatkor shumerlaming o‘rni kattadir. Aynan ular ushbu hudud madaniyatini bizga yetib kelishi uchun imkon bergan mixxat yozuvining asoslarini yaratganlar.
Yuqorida ta’kidlangan arxaik yozuv asoslari taxminan mil. avv. IV ming yilliklarda janubiy Mesopotamiyada yuzaga kelgan bo‘lib, uning dastlabki asosiy vazifasi aholi orasida mulkiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lgan. Ilk shumerda yaratilgan yozuv piktografik shaklda ekanligi bilan kishilarni e’tiborini tortadi. Mixxatga aylanish jarayoni evolyutsion tarzda amalga oshganligi tarixdan ma’lum. Asrlar davomida sayqallashib, keyinchalik mil. avv. III ming yillikda siyosiy, yuridik va xo‘jalik ishlarini olib borishda keng foydalaniladigan bo'ldi.
Akkad tili, mixxat yozuvi yordamida diplomatiya tiliga aylana boshladi. Keyinchalik butun Old Osiyo xalqlari ushbu yozuvni o‘zlashtirib oldilar. Yozuvni bitish uchun loy taxtachadan foydalandilar. Mixxat yozuvida 600 ga yaqin belgilar ishlatilganligini arxeologik ma’lumotlar tasdiqlaydi. Bunday loy taxtachali hujjatlar ko‘p hollarda unchalik katta bo‘lmagani bizga ma’lum. Keyinchalik mixxatni kichraytirilgan tarzda zich holda(ko‘proq so‘zlar sig'ishi uchun) loy taxtatachalarga yozishgan. Ba’zi muhim hujjatlar metall (mis va kumush) taxtachalarga bitilgan. Ayrim hollarda toshga mixxat yozuvini yozish ham ko‘p kuzatilgan. Ayniqsa qora bazalt toshga bitilgan mashhur Bobil podshosi Xamurappi qonunlari yuqoridagi fikrimizga dalil bo‘la oladi.
Bunday yozuvni o'rganish qiyin bo‘lganligi tufayli mixxatni o’qish uchun maxsus ta’lim dargohlari, qadimgi Shumerda paydo bo‘la boshladi. O‘qishga o‘rgatish asosan kohinlar tomonidan amalga oshirilgani uchun dastlabki xattotlar maktablari ibodatxonalar oldida tashkil qilingan edi. Qadimgi Shumerda maktablar “taxtachalar xonadoni” (yoki “edubba”) shaklida tilga olingan. Manbalarda ta’kidlanishicha bunday maktablarda o‘g‘il bolalar o‘qitilgan va davlat xizmatiga tayyorlangan. Maktablar o‘quvchilar ota-onalari hisobidan ta’minlangan. Savdo-sotiq va hunarmandchilik munosabatlarining o‘sishi va davlat xizmati uchun kadrlar aynan mana shu o‘quv maskanlarida tayorlangan. Bu yerda o‘qishdan tashqari hisob-kitob, adabiyot, grammatika, falakiyot ilmi o‘qitilgan. Bundan tashqari ilm yo'lini tanlaganlarga tibbiyot, huquq va boshqa sohalardan dars berilgan. Qadimgi Mesopotamiyada “buyuk to‘fon” haqida afsonalar bizgacha yetib kelgan. Ayniqsa “Gilgamesh haqidagi afsona” qadimgi Mesopotamiya adabiyotining yorqin na’munasi hisoblanadi. Dostonni ilk she’riy namunalari mil. avv. III ming yillikning birinchi yarmida yaratilgani hozirda olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Bizgacha yetib kelgan doston mil. avv. XVIII-XVII asrlarda akkad tilida mixxatda yozilgan. Ushbu epos bir yarim ming yil davomida sayqallanib kelinganligi bilan kishilami e’tiborini tortadi.
So‘ngra ossuriyaliklar asta sekin yozuv uchun teri va papirusni ishlata boshlaganlar. Mil. avv. VII asrdan boshlab oromiy tili diplomatiyada ishlatilishi mixxat yozuvining inqirozini keldrib chiqardi. Oromiy harfli bo‘lib, o‘qish uchun qulay edi. Uni o‘qish uchun kohin bo‘lish kerak emasdi.
Qadimgi Mesopotamiya aholisining hayotida diniy e’tiqod asosiy o'ringa ega edi. Qadimgi Shumer shahar-davlatining o‘z xudo homiysi bor edi. Ammo barcha uchun umumiy ilohlar ham mavjud bo‘lgan. Bularga osmon, suv xudosi Ea, ilohi Anu, zamin ilohi Enlil kabilar kirgan. Bundan tashqari qadimgi Bobilda (Babel “Ilohlar darvozasi”) quyosh ilohi Shamash, oy ilohi Sin, Yupiter sayorasi ilohi Marduk, Venera sayorasi ilohasi Balit, urush va o‘lim ilohasi Ishtarga ham ibodat qilganlar. Shu bilan birga turli xil ezgulik jinlari va devlarga sig'inishgan. Davlat ichki va tashqi siyosati din yordamida qonuniylashtirilib tartibga solingan. Qadimgi Mesopotamiyada yashagan falakiyotchilar quyosh va oy tutilishini oldindan hisob-kitob yordamida bilganlar, kometa va meteorlarning harakatlarini kuzatishgan. O‘z kalendarlariga ham ega edilar unga ko‘ra har bir oy 29 yoki 30 kunga bo‘linib, 1 yil 12 oy, ya’ni 354 kundan iborat bo‘lgan.
Arxitekturaning rivojlanishida qadimgi Mesopotamiya shaharlar hukmdorlari, quruvchi usta va hunarmadlarining o‘rni katta hisoblanadi. Qadimgi Ur shahrida podsho Shulgi bunyod ettirgan zikkurat yuqoridagi fikrimizga dalil bo‘la oladi. Mashhur qadimgi Bobildagi Ishtar darvozasi chiroyli va go‘zal qilib bezatilganligi so‘zimizga dalil bo'la oladi. Bobil arxitekturasi Yangi podsholik davrida o‘z yuksalishining yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Shu bilan birga malika Semiramida osma bog‘lari ham Bobilda qurilgan edi. Olimlaming fikricha osma bog‘lar suv ko‘tarish chig‘iri va qullar mehnati bilan doimiy sug‘orilib borilgan.



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin