1-kursga qabul qilingan talabalarni universitetdagi mavjud shart-sharoitlarga moslashtirish jarayonini tashkil etish bo‘yicha reja:
04.09.2023 yilda amalga oshiriladi:
— “Birinchi kurs maktabi” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish (darsdan tashqari vaqtlarda) va bunda quyi kurs talabalarining faol ishtirokini taʼminlash;
- talabalarga ustoz-murabbiy (tyutor)larni biriktirish, murabbiylarni uslubiy materiallar bilan ta’minlash.
- har bir ta’lim yo’nalishi bo‘yicha kafedralar bilan tanishtirish
05.09.2023 yilda amalga oshiriladi:
- Talabalikka qabul qilinganlarning ijtimoiy-psixologik portretini shakllantirish;
— talabalarga ijtimoiy-maʼnaviy va psixologik yordam koʻrsatgan holda oʻzini yanada yaxshiroq anglash, oʻqish va hayotda toʻgʻri qaror qabul qilish, tanlagan kasbiga muhabbatni oshirish;
Universitet Qatag’on qurbonlari muzeyiga sayohat
06.09.2023 yilda amalga oshiriladi:
- Talabalarga universitet Ustavi, Ichki tartib qoidalari, “Odob-ahloq qoidalari” mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
— “Odob axloq qoidalari” ning mazmun mohiyati bilan barcha kurs talabalarini tanishtirish va OTMning taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi qonun -qoidalariga rioya qilish boʻyicha tushuntirish ishlarini olib borish;
Universitet sport majmuasi bilan tanishtirish
07.09.2023 yilda amalga oshiriladi:
- Talabalarning “Odob-axloq qoidalari”ga rioya qilish bo‘yicha monitoring ishlarini amalga oshirish, uning natijalarini kafedrada, fakultetda muntazam muhokama etib borish choralarini ko‘rish.
— talabaning axloqiy, maʼnaviy-maʼrifiy xususiyatlarini va u haqidagi shaxsiy maʼlumotlarni yorituvchi yigʻma jild hamda “Axborot va murabbiylik soati” darsi va ish rejasidagi turli xil tadbirlarni qayd qilish jurnalini elektron tutish va yuritib borish.
Universitet ARM bilan tanishtirish va talabalarni obuna qildirish
08.09.2023 yilda amalga oshiriladi:
- Universitet bosh binosi, rahbariyati bilan tanishtirish,
- Termiz shahrining diqqatga sazovor joylariga ekskursiya tashkil etish
Dostları ilə paylaş: |