1 laboratoriya ishi avtomatiк rostlash sistemalarida ishlatiladi
Elektromagnit relening ishlashi. Relening chulg’amidan tok о’tgach, u yerda magnit oqimi paydo bо’ladi va u
о’z navbatida yakorni о’zakka tortuvchi EMКni yuzaga keltiradi. EMКning
miqdori prujinaning еlastiklik kuchi miqdoridan ortgach yakor о’zakka qarab
tortiladi va kontaktlar ulanadi. Rele chulg’amidagi tokning uzilishi tufayli yakor va
kontaktlar prujinaning qarshilik kuchi natijasida avvalgi holatiga qaytadi.
Relelar ishlashini xarakterlovchi parametrlardan quyidagilarni kо’rsatish
mumkin:
1. Ishlab ketish parametri - relening ishga tushishiga yetarli bо’lgan kirish
signalining minimal qiymati. Bu parametr relening sezgirligini belgilab beradi.
2. Uzilish parametri - rele kontaktlari qо’yib yuborilishi-uzilishi yuz beradigan
kirish signalining maksimal qiymati.
3. Qaytish koeffitsienti - uzilish va ishlab ketish parametrlari nisbatiga teng:
К
qayt
= X
uz
/X
i.k.
< 1
Elektr relelarda ko’rsatkich doimo 0 dan kichik - 0,4 dan (elektromagnit) 0,99
gacha(elektron relelarda) bo’ladi.
4. Ishchi parametri - releni qizib ketmay, normal holatda ishlab turishini
taminlaydigan kirish kattaligining qiymati.
5. Ishlab ketish (uzilish) paytida zaxira (zapas) koеffitsienti - ishchi
parametrining ishlab ketish(uzilish) parametriga nisbati:
К
z.i.k.
= X
ishchi
/ X
i.k.
< 1
6. Ishlab ketish vaqti i.k. - relega kirish signali berilganidan to boshqaruv
zanjirida chiqish signalining paydo bо’lishigacha ketgan vaqt. Ishlab ketish
vaqtiga qarab relelar inersiyasiz (t
i.k.
< 0,001s), tez ishlab ketuvchi (t
i.k.
< 0,05s),
normal ishlab ketuvchi (t
i.k.
= 0,05,...025s), sekin ishlab ketuvchi (t
i.k.
= 0,25,...1,0s),
vaqt relelariga (t
i.k.
> 1) bо’linadi.
7. Uzilish vaqti - qabul qiluvchi еlementning signalni qabul qilib olishdan to
rele kontaktlarining uzilishigacha bо’lgan vaqt.
8. Xizmat muddati - relening mumkin bо’lgan ulanishlar soni.
Rele kontaktlari tok kuchining, kuchlanishning, quvvatning mumkin bо’lgan
chegaraviy miqdori bilan va mumkin bо’lgan ulanishlar soni bilan tavsiflanadi.
a)
b)
1.1-rasm. Elektromagnit relelarning sxemalari:
a) tortiluvchi yakorli elektromagnit rele; b)buriluvchi yakorli elektromagnit rele
Chiqish kattaligining kirish kattaligiga bog’liqligi relening statik