a) bug`latish uchun olingan eritmaning og`irligini
b) eritmada bo`lgan quruq tuzning og`irligini
v) eritmada bo`lgan suvning og`irligini
g) belgilangan temperaturada kaliy nitratning 100 g suvdagi va 100 g eritmadagi eruvchanligini aniqlang.
2-tajriba. 10 ml konsentrlangan H2SO4 ni 100 ml suvda eritib, areometr yordamida zichligini va foiz konsentrasiyasini aniqlang va 0,1m, 0,1n , 100 ml eritma tayyorlash uchun tayyorlangan eritmadan necha ml olishni hisoblab chiqing.
3-tajriba. 0,5 l distillangan suv olib,unga konsentrlangan H2SO4 dan 10 ml tomchilatib qo`shib, aralashtiring. Hosil bo`lgan eritmani areometr yordamida zichligini va shu zichlik asosida foiz konsentrasiyasini, normalligini va molyarligini hisoblab chiqing.
4- tajriba. 1 litr suvda 20 gK2Cr2O7 tuzini eriting. Areometr yordamida eritmaning zichligini aniqlab, jadvaldan foiz konsentrasiyasini topib shu eritmaning molyarligini va normalligini hisoblang.
5- tajriba. 0,5 l suvda 10 g NaOH ni asta-sekin shisha tayoqcha yordamida eriting. Areometr yordamida hosil bo`lgan eritmaning zichligini, uning asosida shu eritmaning foiz konsentrasiyasini, normalligini va molyarligini hisoblab toping.
Dostları ilə paylaş: |