1-laboratoriya ishi Uchma-uch, Nuqtali, Chokli kontakt payvandlashni ishlashini o’rganish Ishdan maqsad



Yüklə 148,74 Kb.
səhifə2/3
tarix20.11.2023
ölçüsü148,74 Kb.
#164581
1   2   3
1-laboratoriya mashg\'uloti (2soat)

Kontakt qarshiligini hisoblash. Ikkita bir xil materialni kontakt payvandlashda umumiy R qarshiligi 5 ta qarshiliklar yig’indisidir. Bular: ikkita, taxminan o’zaro teng, elektrod bilan material orasidagi Riz qarshilik va ikkita material Rg qarshiligi hamda bitta kontakt R qarshiligilar yig’indisidan tashkil topadi:
. (1.1)
Material qarshiligi tokning o’tuvchi o’rtacha chizig’ining uzunligi, tok o`tkazish hududining S ko`ndalang kesimning maydoni berilgan (T2-T1) harorati oralig’idagi material solishtirma qarshiligi bilan aniqlanadi:
, (1.2)
bunda k koeffitsiyenti elektr tokining ko`ndalang kesim bo’ylab o’zgarishini hisobga oladi va hamma vaqt birdan kichikdir, ya'ni k<1.
Elektr tokining nuqtali kontakt payvandlash jarayonidagi payvandlanuvchi materiallarda oqish yo`llari 1.b-rasmda va uchma-uch payvandlashda 1.v-rasmda keltirilgan.
Kontakt Rk qarshiligi materialning qizish harorati va Re ezish bosimi bog’liq. Material qizigan sari tok o’tish maydoni ortib, tokning o’tishi tekislanib boradi va kontakt Rk qarshiligi kamayadi. 600 0С da uglerodli po`latdan va 350 0С alyuminli qotishmadan yasalgan detallar uchun kontakt Rk qarshiligi juda kichik o’lchamli holga keladi. Jumladan, qalinligi 2 mm tasmasimon materiallarni nuqtali kontakt payvandlashda bosim kuchi F=100 N; 2000 N va 6000 N bo`lganda kontakt Rk qarshiligi =600; 100 va 15 mkOm ga teng bo’lib, quyidagicha hisoblanadi:
, (1.3)
Bunda: F–bosim kuchi F=10 N bo`lgandagi kontakt Rk qarshiligi, 0,1 Om. Tozalangan kam uglerodli po`lat uchun Rk=0,005 Om va 0,75 bo`lsa, alyuminiy uchun Rk0,001 Om va 0,75 0,85 ga teng.
Payvandlash hududida Q issiqlikni ajralab chiqish miqdori R umumiy qarshilikga va I elektr tokining kvadratiga hamda o`tish t vaqtiga bog’liqdir. Mikrokontaktlarning soni, o`lchami va yo’qolish vaqti qisuvchi kuchga bog’liq bo`lib, agar bu kuch me'yoridan ortiq bo’lsa, Rk kamayib ketib, oraliqdagi harorat erish haroratiga yeta olmasligi ham mumkin.
Kontakt payvandlash qurilmasi qurilma asosini payvand transformatori (yuqorida VIII bob, 8.1. V qism, 17 bet) tashkil topgan bo`lib, transformatorning magnit o`zagiga 1 o`ramli birlamchi, 2 o`ramli ikkilamchi chulg’am joylashgan (2.a-rasm).
1 Transformatordan olingan ikkilamchi I tok 2 egiluvchan va 3, 4 egilmas tok o’tkazgichlari orqali tayoqcha shaklidagi 5, 6 elektrodlarga yetkazib beriladi. 5, 6 elektrodlar orasiga bir juft payvandlanuvchi 7, 8 materialning bo`lagi bosimi bilan qisib qo`yiladi. Tok kuchining kerakli miqdori ko’p o’rinli 9 ulagich yordamida ta'minlanadi. 1 transformator elektr tarmog’iga magnit 10 ulagich (puskatel) orqali ulanadi.



2-rasm
Pavandlanuvchi materiallar 7, 8 dan tok o’tish muddati t vaqt relesi 11 orqali tartibga solinadi. Kontakt payvandlash uchun kichkina kuchlanish U 0,5 - 36 V va katta tok I100300000 A dan foydalaniladi. Elektr ta'minoti tarmog’idagi kuchlanish 220380 V, quvvati 65 kVA yoki undan ortiq va kam olinadi. Ikkilamchi chulg’am I2 tokini kattalashtirish uchun ko’pincha birlamchi g’altaklar ketma-ket ulanib, ikkilamchi g’altak parallel ulanadi (2.b,v-rasm).

Yüklə 148,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin