6.2-rasm. Aktiv qarshilik, induktiv g’altak va sig’im ketma-ket ulangan rezonansgacha bo’lgan virtual elektr zanjirning modeli
Elektr zanjirida induktiv g‘altak yoki sig‘im qiymatini o‘zgartirib kuchlanishlar rezonansini hosil qilish
6.1-rasmdagi virtual elektr sxemada induktiv g’altak yoki sig’im qiymatini o’zgartirib, UL=UC shartda kuchlanishlar rezonansini (6.3- rasm) hosil qiladi.
Ulash (1 raqami) tugmasini bosib, virtual sxemani (6.4-rasm) ishga tushiradi va o’lchov asboblari ko’rsatgan tok, kuchlanishlar, quvvat va quvvat koeffitsiyenti qiymatlarini 6.1-jadvaldagi
«O’lchashlar» qatoriga yozadi. So’ngra «Hisoblashlar» qatorini to’ldiradi.
Tajribada olingan qiymatlar asosida tok va kuchlanishlar vektor diagrammasini quradi.
Rezonansda tok va kuchlanishlarning tebranma harakat ossillogrammalarini kuzatadi.