Math
panelida
9ta
tugma joylashtirilgan. har bir tugma o’z
navbatida
, mahsus vazifaga
biriktirilgan instrumentlar panelini ishga tushiradi. Ular quyidagi tugmalar (ishga tushirilgan
holati quyidagi 2-rasmda ko’rsatilgan).
2-rasm MathCad tizimining ishchi oynasi Math panelidagi ochilgan asboblar paneli.
Calculator.
Bu
panelda
matematik
topshiriqlar
buyruqlari
, hamda ko’pincha
foydalaniladigan funksiyalar joylashtirilgan. Bu tugmani kankulyator sifatida foydalanish
mumkin.
Boolean
– taqqoslash operatorini va mantiqiy ammalarni kiritish .
Evaluation
– o’zgaruvchilar qiymatlarini va funksiyalarini o’zlashtirish
operatori
kirituvchi tugmasi bor.
Graph
– grafika tuzish instrumenti.
Vector
and Matrix
– vektorlar va matrisalar bilan ishluvchi instrumentlar.
Calculus
–
integrallashgan
elementlarning
matematik
ifodalar
ko’rinishini
differensiallashgan usulda ko’rsatadi. Bu paneldagi tugmalar qiymatlar summasi va
ko’paytmalarini hisoblashga ijozat beradi.
Programming
– dastur yozish instrumenti.
Greek Symbol
– grafik alifbo.
Symbol
– Simvolli hisoblashlar uchun.
Matematik ifodalarni qurish va hisoblash
MathCAD ifodasining asosiy matematik elementlariga
berilganlar
toifasi
, operatorlar,
funksiyalar va boshqaruv tuzilmalari kiradi.
Operatorlar –
MathCAD elementlari
, ular yordamida matematik ifodalar yaratish
mumkin. Ularga masalan
arifmetik amallar simvoli, yig’indini
hisoblash belgilari
,
ko’paytmalar, integrallar va boshqalar kiradi.
MathCAD tizimida ishchi hujjatga buyruqlar yozish.
MathCAD tizimida buyruqlarni yozish qog’ozda yozib ishlaganga yaqin, va bu masalani
qoyilishini va yechilishini onsonlashtiradi. Natijada matematik
vazifani yechilishi
progmalashtirishadan algaritmik tuzilishiga o’tadi.
MathCAD hisoblashni insonga ohshab qatiy belgilangan ketma ketlikda amalga oshiradi:
kitobni betlarni o’qib, chapdan o’nga, yuqoridan pastga. Bloklarni bajarish ketma-ketligi
tizimni hujjatni tog’ri ishlashini ko’rsatib beradi.
Malummotlar
turiga sonly konstantalar
, odatiy va tizimli o’zgaruvchilar,
massivlar,(vektorlar va matrisalar) va fayl turdagi malumotlar.
O’zgarmaslarning
foydalanish turlari
Boshlang’ich holatda ekranda kursor krestik ko’rinishda bo’ladi. Ifodani kiritishda u
kiritilayotgan ifodani egallab olgan ko’k burchakli holatga o’tadi.
Mathcadning har qanday
operatorini kiritishni uchta usulda bajarish mumkin:
• menyu buyrug’idan foydalanib;
• klaviatura tugmalaridan foydalanib;
• matematik paneldan foydalanib.
O’zgauvchilarga qiymat berish uchun yuborish operatori “:=” ishlatiladi. Hisoblashlarni
amalga oshirish uchun oldin formuladagi o’zgaruvchi qiymatlari kiritiladi,
keyin matematik
ifoda yozilib tenglik “=” belgisi kiritiladi, natijada ifoda qiymati hosil bo’ladi.
Oddiy va matematik ifodalarni tahrirlashda menyu standart buyruqlaridan foydalaniladi.
Tahrirlashda klaviaturadan ham foydalanish mumkin, masalan
• kesib olish – Ctrl+x;
• nusхa olish – Ctrl+c;
• qo’yish – Ctrl+v;
• bajarishni bekor qilish – Ctrl+z.
3-rasm. Oddiy matematik ifodalarni hisoblash.
Mathcad 200 dan ortiq o’zida qurilgan funksiyalariga ega bo’lib, ularni matematik
ifodalarda ishlatish uchun standart panel vositasidagi Insert Function (Funksiyani qo’yish)
tugmasiga bog’langan muloqot oynasidan foydalaniladi.
Mathcad hujjatiga matn kiritish uchun bosh menyudan Insert→Text
Region
(Qo’yish→Matn maydoni) buyrug’ini berish yoki yaхshisi klaviaturadan ikkitali kavichka (“)
belgisini kiritish kerak. Bunda matn ma’lumotini kiritish uchun ekranda matn kiritish maydoni
paydo bo’ladi. Matn kiritish maydoniga matematik ifodani yozish uchun matematik maydonni
ham qo’yish mumkin. Buning uchun shu matn maydonida turib Insert→Math Region
(Qo’yish→Matematik maydoni) buyrug’ini berish kifoya. Bu maydondagi kiritilgan matematik
ifodalar ham oddiy kiritilgan matematik maydon kabi hisoblashni bajaradi.
Mathcadda foydalanuvchi funksiyasini tuzish hisoblashlarda qulaylikni va uning
effektivligini oshiradi. Funksiya chap tomonda ko’rsatilib, undan keyin yuborish operatori (:=)
va hisoblanadigan ifoda yoziladi. Ifodada ishlatiladigan o’zgaruvchi
kattaliklari funksiya
parametric qilib funksiya nomidan keyin qavs ichida yoziladi (4.3-rasm).
Dostları ilə paylaş: