1. Lichinka xordalilar kenja tipining umumiy tavsifi. Assidiyalar sinfining tashqi va ichki tuzilishi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə2/5
tarix03.06.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#124152
1   2   3   4   5
ASSIDIYALAR SINFI.....

Nerv sistemasi. Voyaga yetgan assidiyaning markaziy nerv sistemasi og`iz sifoni bilan kloaka sifoni o`rtasida joylashgan kichikroq nerv tugunchasidan iborat. Bu tugunchaning ichki bo`shlig`i, ya'ni nevrotseli bo`lmaydi va yaxlit nerv massasidan iborat. Voyaga yetgan assidiyada sezuv organlar yo`q.

Nerv sistemasi. Voyaga yetgan assidiyaning markaziy nerv sistemasi og`iz sifoni bilan kloaka sifoni o`rtasida joylashgan kichikroq nerv tugunchasidan iborat. Bu tugunchaning ichki bo`shlig`i, ya'ni nevrotseli bo`lmaydi va yaxlit nerv massasidan iborat. Voyaga yetgan assidiyada sezuv organlar yo`q.

Qon aylanish sistemasi. Qobiqlilarning qon aylanish sistemasi tutash emas. Yuragi oshqozon oldiga o`rnashgan. U muskulli xaltachadan iborat. Yurakning qarama-qarshi tomonlaridan ikkita qon tomiri chiqadi. Bulardan oldingisi jabra qon tomiri deb ataladi va stigmalarga mayda-mayda shoxchalar beradi. Keyingisi ichak qon tomiri deb ataladi va ichki organlarga boradi. Assidiya yuragining o`ziga xos xususiyati shundaki, u qonni dam u tomonga, dam bu tomonga qarab haydaydi. Shunday qilib, assidiyaning har qaysi qon tomiri dam arteriya vazifasini, dam vena vazifasini bajaradi.


Hazm qilish va nafas olish organlari. Oģiz sifonining teshigi oģizga ochiladi. Oģizni bir necha qamraģichlar òrab turadi. Oģiz serbar xaltasimon halqumga ochiladi. Halqumning devorida bir qancha mayda-mayda jabra teshiklari - stigmalar joylashadi. Stigmalar tòģridan-tòģri tashqariga ochilmasdan, atrial (jabra oldi) bòshliqqa ochiladi. Halqumning pastki tomonidan kalta qizilòngach boshlanib, u kengaygan oshqozonga òtadi. Oshqozondan keyin ichak boshlanadi va ichak anal teshigi orqali atrial bòshliqqa ochiladi. Bu, o`z navbatida, kloaka sifoniga ochiladi. Halqumning ichki tomonida, uning orqa tomoni bòylab tarnov (ariqcha) bor, bu tarnovning ikki cheti yuqoriga kòtarilgan bòlib, ichi tebranuvchi kiprikchalar bilan qoplangan. Shu tarnov endostil deb ataladi. Endostil oģiz teshigiga yetmasdan turib, halqum yon egatchasiga hamda halqumning yelka tomonidan òtuvchi yelka plastinkalariga bòlinadi. Endostilga chòkkan oziq luqmalari endostilning kiprikli hujayralari yordamida yuqoriga, halqum yon egatchasiga haydaladi. U yerdan yelka plastinkasi orqali qizilòngachga ochiladi. Halqum nafas olish organi ham bòlib xizmat qiladi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin