1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga axloqiy tarbiya berish mazmuni



Yüklə 59,38 Kb.
səhifə2/6
tarix15.04.2023
ölçüsü59,38 Kb.
#98583
1   2   3   4   5   6
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga axloqiy tarbiya berish mazmuni

2. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatda tarbiyalash vazifasi va amalga oshirish vositalari
Shaxsning muhim ma’naviy sifatlari bo’lgan axloqiy ong, hissiyot va xulqni shakllantirish, vatanparvarlik, vatanga muhabbat, O’zbekiston gerbi, bayrog’i, madhiyasiga hurmat, insonparvarlik, mehnatga munosabat, jamoa bilan birgalikda qilinadigan izlanishlarga munosabat, ongli intizom va boshqa tuyg’ularni kamol toptirish axloqiy tarbiyaning asosi hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ahloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi.

Axloqiy bilim berish bir qancha tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, inson hayoti va madaniyatining axloqiy qadriyatlari to’g’risida keng tasavvur tushunchalar beradi.
Axloqiy tasavvurlar, qarash, mulohaza, baho berish kabi tushunchalarni shakllantirishga va shu asosda axloqiy e’tiqodni yuksaltirishga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni:
Bolalarni o’zlarining axloqiy tajribalarini mushohda qilishlari va boyitishlariga yordam beradi;
Shaxsni o’zini axloqiy tarbiyalashga zamin yaratadi.
Axloqiy bilim, asosan axloqiy suhbatlar, ma’ruzalar, kechalar, turli kasb egalari bilan uchrashuvlar va boshqa vositalar bilan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ahloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg’ulotlarda va mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda, ta’lim berish orqali amalga oshiriladi.
Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot vokealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o’yin materiallari, ommaviy axborot vositalari – oynai jahon, radio va boshqalar bolalarning ahloqiy tarbyasiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavvur va bilimlarni faqat uyin mashg’ulotlarida yaxshi o’zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o’zlashtirib olingan ahloqiy tasavvurlarni ular ongli ravishda tushunib etishlari dastlab mashg’ulotlarda, keyinchalik o’yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, musatqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.


Yüklə 59,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin