2. Milliy istiqlol mafkurasi, ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazini tashkil topishi va uning faoliyati. 1991-yil oxiriga kelib, Ittifoq tarqalib ketganligi, respublika-mizning mustaqil suveren davlat maqomiga ega bo'lganligi tufay-li jamiyatda yuz bergan demokratik jarayonlarga va hurfikrlilikka intilish xalqning milliy ongi muttasil oshib borishiga zamin yarat-di. Shu bilan birga mavjud hodisalarga yangicha tafakkur bilan qa-rashni taqozo qildi. Jumladan, butunlay yangi tarixiy sharoitlarda butunlay yangicha qarashlarni, munosabatlarni qaror toptirish zarur edi. Chunki O'zbekiston, o'z kelajagini «yangilangan» federatsiya tarkibida emas, balki mustaqil milliy davlatchilik qaror topganda-gina o'zining to'la siyosiy suvereniteti ya iqtisodiy mustaqilligiga erishgandagina belgilashi mumkinligini ancha oldin tushungan va bu borada o'zining qat'iy qaroriga kelgan edi. Binobarin, xalqni yangi yo'ldan boshlab borish, uning qarashlari va orzu-maqsadlarini bir yo'nalishga burib, kuchlarni uyg'unlashtirish uchun yagona g'oyaviy qurol zarur edi. O'zbekiston boshqa ittifoqdosh respublikalar ichida birinchilardan bo'lib o'zini mustaqil respublika deb e'lon qilgan edi. Bu, albatta, O'zbekiston uchun buyuk tarixiy voqea, milliy mafkura shakllanishida yangi davrning boshlanishi edi. Bu hoi tabiiy ravish-da kishilarning siyosiy ongi oshishiga olib keldi. Odamlar jamiyatda yuz berayotgan o'zgarishlar shiddati oldida birmuncha gangib qo-lishdi. Turli safsatalar, xatti-harakatlar, «g'oyaviy» kurashlar, «xona-ki» va ajnabiy siyosatdonlar ko'payib ketdi. Bir maromdagi turmush va bir qolipdagi fikrlash tarzi buzilib, sarosimalik, to'qnashuvlar va parokandalik kayfiyatlari kuchaya bordi. Ana shunday paytda umumxalq va umumdavlat manfaatiga mos keladigan eng maqbul yo'lni tanlash, buning uchun esa mafkuraviy yakkahokimlikka bar-ham bergan holda aholining barcha tabaqalari qatlamlarini, talab-ehtiyojlarini ma'naviy-ruhiy chanqoqligini qondira oladigan yetuk va barkamol g'oyani yaratish zarur edi.
Masalaning yana boshqa bir tomoni ham bor edi. Bu bevosita uzoq yillar mobaynida hukmron bo'lgan g'oya va aqidalardan xalos bo'lish, uning bir yoqlama, havoyi, balandparvoz da'vatlaridan voz kechish kabi og'ir, vaqt talab etadigan jarayon bilan bog'liq. Endi tafakkur tarzi va qarashlarni tubdan o'zgartirish uchun eng avva-lo o'sha davrning bosh mafkurachisi-sobiq kommunistiq partiya g'oyalaridan voz kechish, qolaversa, butunlay yangi, zamon talablari va ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan mafkurani ishga solish lozim edi. Ana shu xulosalardan kelib chi-qib, I.Karimov 1991-yil 14-sentabrda shunday fikrni bayon qildi: «Biz madaniy inqilobning g'alabasi haqida gapirmoqdamiz. Madaniyat va san'at esa hozir og'ir tanglikka duchor bo'lgan. Bu mafkuraviy zulmning oqibatidir. Partiya shu yillar mobaynida «sotsializmning asoslarini bunyod etish, «keng ko'lamda kommunizm», «rivojlangan sotsializm» qurish bilan mashg'ul bo'lib ketaverdi. Har xil «izm»lar, orzu-havaslar, maqsadlar haqida gapirar ekanmiz, nihoyat shuni uqib olishimiz kerakki, bu yorug' dunyoda insonning hayotidan ko'ra qadrli boshqa hech narsa yo'q. Uning ahvoli yomon edi, hozir ham o'zgargan emas». Prezident o'z fikrini davom ettirib «Kommunistiq partiya bosib o'tgan yo'lni tahlil etish va unga baho berishdan maqsadimiz shuki, har bir kishi endi nihoyat ko'zni katta ochib, turmush-ga razm solsin. Mafkuraviy aqidalardan voz kechsin, haqiqatga ro'yirost qarasin», degan edi.
Shu bois respublikada mafkuraviy aqidalarga va bir qolipdagi safsatabozlikka bo'ysunadigan, inson, xalq, jamiyat manfaatlariga putur yetkazayotgan siyosiy, mafkuraviy va davlat tuzilmalaridan dadil voz kechila boshlandi. Ijtimoiy adolatni, xavfsizlik, ijtimoiy muhofazani, millati, dini va e'tiqodidan qat'i nazar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishni ta'minlashga kafolat berish talabi muhim ahamiyat kasb eta bosh-ladi. Demokratiyaning asosiy xususiyatiga-adolat va qonunning ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan choralar ko'rildi. Mamlakat va xalq manfaatlari yo'lida birlashish, kuchlarni uyg'unlashtirish, barcha imkoniyatlardan ehtiroslarga berilmay aql-idrok bilan foydala-nish yo'li tutildi.
Shunday bo'lsa-da joylarda 1991-yil 31-avgustda qo'lga kiri-tilgan tarixiy voqea-O'zbekiston mustaqilligining ahamiyati va mohiyatini mafkuraviy vositalar orqali xalq ongiga yetkazishda, ularni istiqlolni mustahkamlash uchun fidoyilik bilan mehnat qilish-ga safarbar qilishda sustkashlik hollari ko'rina boshladi. Ana shunday sharoitda O'zbekiston mustaqilligining tashabbuskori va tash-kilotchisi Birinchi Prezident I.Karimov birinchilardan bo'lib jamiyatda ma'naviy poklanishni amalga oshirish, eski aqidalardan xoli bo'lish zarurligini, keyinchalik esa milliy istiqlol mafkurasini yaratish lo-zimligini payqadi va kunning dolzarb vazifasi qilib qo'ydi. Ochig'ini aytish kerak, mazkur muhim masalani to Prezidentning o'zi dolzarb vazifa qilib ko'tarmaguncha hech kim bu haqda jiddiy qayg'urmadi. Bu o'rinda 1992-yil 2-iyulda bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashihing O'ninchi sessiyasi hujjatlarini alohida ta'kidlash lo-zim. Unda Prezident respublika hukumati o'tkazayotgan ichki va tashqi siyosatning asosiy yo'nalishlari, O'zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol haqida axborot berdi. Ma'ruzada Prezident bozor munosabatlariga o'tishda muqarrar tarzda hisobga olinadigan ijtimo-iy ong, ijtimoiy ruhiyat masalasiga katta e'tibor berdi. Jumladan, u O'zbekiston Respublikasi o'z taraqqiyotining yangi davriga kirgani-ga, kishilarda shubhasiz yangi tafakkur va dunyoqarashni shakllanti-rishni talab qila boshlaganiga e'tiborni qaratdi. O'z fikrini rivojlanti-rib, Prezident avvalgi yakkahukmron mafkura mulkka munosabatda egasizlik tushunchalarini kishilar ongiga singdirib kelganini, u tad-birkorlikka yo'l ochmasligini ta'kidladi.
Haqiqatan ham sho'rolar davri mafkurasi kishilar ongiga ijtimoiy tenglik, boshqacha qilib aytganda, boqimandalik tushunchasi-ni, ya'ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan mafkurani singdirib kelgan edi. Bunday yondashish kishilarda tashabbusni bo'g'ib qo'yardi. Chunki kishi o'zining sa-marali mehnatidan manfaatdor bo'lmasa unda halol mehnatga in-tilish, ish natijasi uchun mas'uliyatni oshirish tuyg'usi yo'qoladi. Shuning uchun ham Oliy Kengash X sessiyasida chinakam mustaqil O'zbekiston davlatini barpo qilish yo'lida barchaning birlashishiga erishish kunning dolzarb vazifasi qilib qo'yildi. Bunday vazifani esa barcha uchun muqaddas hisoblangan milliy istiqlol mafkurasi, mustaqillikni mustahkamlashga qaratilgan g'oyalar orqali uddalash mumkin edi. «Bugungi kunda xalqni yakdil qiladigan ishlar va g'oyalar oz emas. Ularning ichida eng ulug'i, eng olijanobi-O'zbekiston Respublikasining mustaqilligini ta'minlash. Ana shu maqsad, ana shu g'oya atrofida birlashsak, aslo xor bo'lmaymiz, aziz vatandoshlar!»,-deb murojaat qilgan edi I.Karimov sessiya qatnashchilariga.
Bu borada 1992-yil 1-sentabr arafasida O'zbekiston Prezidenti I.Karimovning «O`zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li» deb atalgan kitobining nashrdan chiqishi katta voqea bo'ldi. U mam-lakat ma'naviy va siyosiy hayotida muhim qo'llanma sifatida kutib olindi. To'g'ri, shu vaqtga qadar O'zbekistonda mustaqillik haqida, u yoki bu tarzda gaplar bo'lgan. Biroq, mustaqillikni qo'lga kiri-tish uning nazariy, iqtisodiy va ma'naviy jihatlari, istiqlolni mus-tahkamlash yo'llari bu darajada atrorlicha talqin qilinmagan edi. Ayniqsa, O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng ham kimdir his-hayajon bilan, ba'zilar og'ir-vazminlik bilan istiqlol haqida fikr yuritdi. Lekin, uning kelajagi, istiqlolni yanada mustahkamlash haqida biron bir ilmiy-tahliliy asar yoki maqola yuzaga kelmadi. Ana shu nuqtayi nazardan LA. Karimovning bu asari respublikada yara-tilajak istiqlol mafkurasi uchun nazariy asos, ma'naviy hayot uchun yo'l-yo'riq bo'ldi. Asarning «Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirish-ning ma'naviy-axloqiy negizlari» deb atalgan bobida O'zbekistonni yanada rivojlantirishning o'z yo'li to'rtta negizga asoslanishi, ya'ni:
vatanparvarlik-istiqlol mafkurasi uchun asos bo'luvchi qoidalar sifatida ko'rsatilib berilgani fikrimizning tasdig'idir.
Birinchi Prezident I.Karimov bu tamoyillarni ishlab chiqishda xalq dun-yoqarashi, yashash tarzi, jamiyatda bo'layotgan voqea-hodisalarga munosabati, qolaversa uning ma'naviy-ruhiy omillariga asoslan-gan. Chunki, Sharqda azaldan ma'naviyatga tayanib yashash, komil-likka intilish, har tomonlama barkamollik oliy qadriyat darajasiga ko'tarilgan. Odamlarning millati, irqi, ijtimoiy kelib chiqishi va di-niy e'tiqodidan qat'i nazar, yagona o'lchov-insonni insonligi uchun ulug'lash, inson degan muqaddas nomga munosib bo'lish bosh me-zon qilib olingan.
Oradan ma'lum muddat o'tgandan so'ng, 1992-yili dastlabki taj-ribalarni umumlashtirib Birinchi Prezident I.Karimov o'zining ikkinchi kito-bini «O`zbekiston-kelajagi buyuk davlat» nomli asarini yaratdiki, kitobda keyingi yillarga xos bo'lgan ba'zi bir xususiyatlar, qadri-yatlar haqida fikr yuritiladi. Jumladan, xalq ongida keskin o'zgarish yuz bergani, istiqlol tufayli ona-zaminga, Vatanga mehr-muhabbatli munosabat shakllana boshlanganligi qoniqish bilan qayd qilinadi. «O`zbekiston mustaqillik sari yo'l olar ekan, dastlabki kunlardanoq o'tmish madaniyati va qadriyatlarini tiklash, nohaq jabrlangan in-sonlarning nomlarini yuzaga chiqarish, milliy ongni o'stilish kabi vazifalarni o'z oldimizga oliy maqsad qilib qo'ydik»,-deyiladi ush-bu kitobda.
Darhaqiqat, mafkurasizlik-e'tiqodsizlikka olib keladi. E'tiqod-sizlik esa har kimning o'zicha yashashiga, ko'ngil tusaganicha kun ko'rishiga, xayoliga kelgan ish bilan shug'ullanishiga olib keladi. Bu yakka-yakka shaxslarning xatti-harakatidan butun jamiyat ma'naviy-ruhiy qiyofasining qay tarzda shakllanishiga sabab bo'ladi.
Mafkurasizlik oxir-oqibatda odamlar ongida manqurtlik, qalbi-da, fe'l-atvorida andishasizlik va nihoyat o'zligini anglamaslik nuq-sonlarini chuqurlashtiradi. Jamiyatda esa parokandalikni, beqarorlik-ni keltirib chiqaradi. Shunday qilib odamlar hayotida fayz-u tarovat qolmaydi.
Umumiy g'oya atrofida birlashish, umummanfaat yo'lida bir-lashib kurashish maqsadlar yaxlitligini, intilishlar uyg'unligini ko'rsatadi. Bu o'zbek xalqi uchun azaliy fazilat, an'anaga aylangan muqaddas odat.
Mustaqillikning dastlabki yillarida vujudga kelgan iqtisodiy, si-yosiy va ijtimoiy qiyinchiliklar bir muddat odamlar ruhiyatiga salbiy ta'sir qildi. Ularni sarosimaga solib qo'ydi. Natijada vaziyat ancha-muncha chigallashib, fuqarolar turmushiga salbiy ta'sir ko'rsatdi.
Endi ana shunday o'pirilish va bo'hronlardan chiqib olish muam-niosi hukumat oldida ko'ndalang bo'lib qoldi. Vaziyatning naqadar og'irligi va murakkabligini o'z vaqtida anglagan mamlakat rahbari 1993-yilning 23-aprelida bir guruh adiblar bilan uchrashdi. Oradan ko'p o'tmay u 1993-yil 6-mayda mamlakat Oliy Kengashining XII sessiyasida mafkurasiz, aniq yo'nalishga ega bo'lgan g'oyalarsiz taraqqiyot bo'lmasligini, oldimizda turgan eng muhim masalalardan biri milliy istiqlol mafkurasini yaratish ekanligini ko'rsatib berdi.
O'zbekiston Konstitutsiyasining bir yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilish (1993-yil 7-dekabr) davlat mustaqilligi va inson haq-huquqlarining kafolatini yana bir bor ko'rsatish bilan birga uni ma'naviy jihatdan mustahkamlashning asosini belgilab berdi. Unda mamlakat Prezidenti I.Karimov katta nutq so'zlab, milliy mafkurani milliy ehtiyoj darajasiga ko'tardi. Barchaning diqqat-e'tiborini ana shu muhim masalaning hal etilishiga qaratdi va «Mafkura\iy masa-lani hal etmasdan, uni amalda tatbiq etmasdan turib, Konstitut-siya belgilab bergan maqsadlarga erishish, u oldimizga qo'ygan talablarga javob berish mushkul bo'ladi.
Yangi mafkuraning asl mazmuni-yangicha, erkin fikrlay-digan, mutelik va jur'atsizlik tuyg'usidan mutlaqo xoli, mustaqil insonni tarbiyalashdir». Milliy mafkurani ongimizga singdiruv-chi amaliy dasturni yo'lga qo'ymoq kegak»,-degan fikrni ilgari surdi. Prezidentning bu ko'rsatmasi asosida O'zbekiston Fanlar Aka-demiyasi ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'limi o'z qarashlarini ishlab chiqdi va uni «O`zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnalida e'lon qildi.