1. Manzu: Inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlari



Yüklə 149,43 Kb.
səhifə7/20
tarix16.12.2023
ölçüsü149,43 Kb.
#182781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20
Tezis konsitutsiya word hammasi

Asosiy qism:

  1. Inson fuqarolarning shaxsiy hamda siyosiy huquqlarini mustahkamlash masalalari Konstitutsiyaning qaysi moddalarida berilgan ..

24-modda.
Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97 — 1031-moddalari.
25-modda.Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 18, 242—248 va 558-moddalari.
26-modda.Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 23-moddasi.
Hech kim qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksining 17-moddasi, 601-moddasining uchinchi qismi.Hech kimda uning roziligisiz tibbiy yoki ilmiy tajribalar o‘tkazilishi mumkin emas.
27-modda.Har kim o‘z sha’ni va obro‘siga qilingan tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish va turar joyi daxlsizligi huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat protsessual kodeksining 17-moddasi, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 100-moddasi.
Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o‘tkazishi yoki uni ko‘zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so‘zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 16, 17, 20 va 21-boblari.

Yüklə 149,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin