1. Markaziy nerv faoliyatini kuchaytiradigan moddalar



Yüklə 11,13 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü11,13 Kb.
#185009
Markaziy nerv sistemasini qo\'zğatish 4


Mavzu: Markaziy Nerv Sistemasi faoliaytini qo'zg'atuvchi moddalar farmokologiyasi
1.Markaziy nerv faoliyatini kuchaytiradigan moddalar (stimulyatorlar).
2.Ta’sirining xillari: stimulovchi, tiklovchi, antidepressant, analeptik.
3.Dorilarning dozasiga va markaziy nerv tizimining holatiga
qarab ta’sir fazalari
Reja:
MNSni qo‘zg‘atuvchi moddalar qisqacha tavsifi
Bu guruxga ximiyaviy tuzilish, olinish farmakalogik ta’siri va ishlatilishi
jixatidan xar xil dori preparatlari kiradi. SHu bilan bir katorda ushbu preparatlarni xammasi uchun xos bulgan umumiy bir farmakologik xususicht bor ular markaziy asab tizimining xar xil markazlariga ta’sir etish xossasiga ega. Bunday ta’sir markaziy asab tizimini faoliyatini ragbatlarnitiradi, kuzgatadi, susaygan markazlarni aktivlashtiradi, stimullashtiradi va fuknsiyani tiklaydi. Bundan tashkari bu stemelatorlar markaziy asab
tizimi faoliyatini tez tiklash kolilyatiga xam ega. Xatto xayoti sunib borayotgan organizmni kayta tiklaydi. Shuning uchun bu dorilarni analiptiklar deb ataladi.
Lekin bu moddalar fakat kichik va urta dozalarda asab tizimini faoliyatini kuzgatadi. Katta dozalarda esa teskari ta’sir etadi, ya’ni susaytiradi tormozlaydi.Farmakalogiyada ushbu dorilar kuydagi guruxlari qo‘llaniladi.
1.Antidepressantlar
2.Kofein guruxi.
3.Kamfora
4.Korazol va kordiamin guruxi
5.Strixnin guruxi
6.Nafas markazi stimulyatorlari
7.Xar xil stimulyatorlar.
Ta’siriga karab bu dorilar uziga xos ajralib turadi. Masalan kofein nisbatan boshmiya po‘stlog‘i markazlarini kamfora guruxi va korozol uzunchoq miya markazlarini, strixnin guruxi esa orqa miya markazlarini u yoki bu darajada aktivlashtiradi. Markaziy asab tizimini stimullab organizmda moddalar almashinuvini kuchaytiradi, qon aylanishini nafas va Yurak ishini yaxshilaydi, siydik ajratish va organizmda zararli moddalarni chiqarish funksiyasini kuchaytiradi. SHuning uchun veterinariya amaliyotida davolovchi va profilaktik vosita sifatida patogenitik va etiotrop ta’sir sifatida keng qo‘llaniladi.Bu dorilarni farmakologiyasini veterinariyada o‘rganishda rus olimlari katta hissa qo‘shganlar: Zakusov, Anichkov, Raevskiy, Vershinen, Evdakimov va boshqalar.Antidepressantlar.Antidepressantlar deb, tushkunlik holatini susaytiradigan va oldini oladigan dori moddalarga aytiladi. Lotincha anti-qarshi, depressus-tushkunlik, qayg‘u.Hayvonlarda depressiya holati ularni harakatini susayishi, ishtahani yo‘qligi, o‘sishi va mahsuldorligini pasayishi, himoya reaksiyasini susayishi, yangi ozuqa tipi va saqlash sharoitiga tez
o‘rganmaslik, oshqozon-ichak tizimi funksiyasini buzilishi bilan
ifodalanadi.Ta’siri. Organizmda noradrenalin, dofamin, sirotonin kabi neyromediatorlar ta’sirini kuchaytirib, MNS dagi mediatsiya protsessini yaxshilaydi va qo‘zg‘atuvchi ta’sir qiladi. CHorvachilikda antidepressantlar hayvonlarni yangi yashash sharoitiga adaptatsiya qilishda, yangi ozuqa tipiga o‘tkazishda, hayvonlarga qaraydigan yangi xizmatchilarni almashtirishda qo‘llaniladi.Asab tizimiga ta’siri bo‘yicha 2 guruhga bo‘linadi.
1.Monoaminoksidaza fermenti aktivligini susaytiradigan- nialamid, transamin.
2. Monoaminlar ta’sirini oshiradigan moddalar: imizin, iprazid, amitriptimin.
Asosan hayvon ozuqalariga qo‘shib beriladi.
Kofein guruxi
1.Kofein –Coffeinum. Alkoloid, choy daraxti bargida va kofe daraxti mevasida 2-3% saqlaydi, yana sintetik yo‘l bilan olinadi. 1819 yili Runge tamonidan kashf qilingan.Ta’siri. Kofein murakkab ta’sir mexanizmga ega, uni ta’sir doirasi keng, ko‘p organ va tizimlarga xilma-xil ta’sir ko‘rsatadi.
spazmi bushashadi. SHuning uchun oshqozon va ichak kasalliklari foydasi katta. 5. Siydik ajralishini kuchaytiradi. Buyrak qon tomirlari kengayishi xisobiga birlamchi siydik filtratsiyasi kuchayadi,organizmdan xloridlar, azotli maxsulotlar va zaharli moddalar ajralishi tezlashadi. M: alkogolni chiqishini.6. Kofein organizmni immun aktivligini oshiradi.Qo‘llanishi: davolovchi va profilaktik vosita sifatida bosh miya po‘stlog‘i va
tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarni stimullashda; Yurak faoliyatini yaxshilashda; isitmalarda, charchoqda umumiy holatni tiklash uchun; organizm rezistentligi susayishi va nerv tizimi ish faoliyatini susayishi bilan kechadigan barcha yuqumli va yuqumsiz kasalliklarda yakka yoki boshqa dorilar bilan; miya ,Yurak, buyrak tomirlari spazmida tomirlarni kengaytirishda; narkotik va boshqa zaharlar bilan zaharlanishda Yurak, buyrak shishlarida siydik haydovchi sifatida, ichak spazmlarida, tug‘ruqdan keyingi falajlarda.
Doza teri ostiga qoramol, ot -2,0-5,0 , chuchqa, quy- 0,5-2,0 , it-0,1-0,3
Asosiy adabiyotlar:
1. Соколов В.Д. “Фармакология” Санкт-Петербург 2010 г.
2. Azizova S.S. «Farmakologiya» darslik. Toshkent 2000 y,
Qo‘shimcha adabiyotlar
1. Farmonov N.O, Salimov Yu.. “Farmakologiya fanidan amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlari uchun uslubiy qo‘llanma” Samarqand 2007 y.
2. Klyuyev M.A. va boshqalar. «Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar»
Toshkent, 1995 y.
3.Maxkamov S.N. va boshqalar. «Tayyor dorilar texnologiyasi» Toshkent 1996 y.
4. Машковский М.Д. «Лекарственние средства», 1998 г
5. “Zooveterinariya” jurnali, Toshkent
Foydalanilgan adabiyotlar
Kamfora guruxi.Kamfora ham kamfora daraxtidan va sintetik olinadi. Achchiq taamli va o‘ziga xos xidli, spirtda va moyda eriydi.Ta’siri. 1. Mahalliy ta’siri . teriga va shilliq pardalarga surtilganda ularni qitiqlaydi, giperimiya chaqiradi, terida sovuqlik seziladi, moddalar almashinuvi tezlatib,
yallig‘lanish mahsulotlarini surilishini kuchaytiradi va yallig‘lanishga qarshi va
antimikrob ta’sir etadi.2.Teri orqali yuborilganda tez so‘rilib, reflektor ravishda markaziy asab tizimini qo‘zg‘atadi, ayniqsa uzunchoq miyadagi markazlarni.
Jumladan, nafas olish kuchayadi, o‘pkada gaz almashinuvi yaxshilanadi, Yurak va qon tomir faoliyati yaxshilanadi, qon bosimi ko‘tariladi, Yurak, miya, buyrak qon tomirlari kengayadi. Isitmalarda periferik tomirlarni kengaytirib antiseptik ta’siri tufayli haroratni tushiradi shamollaganda.
Qo‘llash. Umumiy qo‘zg‘atuvchi vosita sifatida nafas olish susayganda, qon
aylanishi buzilishlarida, uzoq davomli intoksikatsiya va infeksiyalar tufayli umumiy kuchsizlanishda, qon bosimi kuchli pasayganda va Yurak faoliyati susayishlarida, isitmalarda, maz shaklida shikastlanishlarda, muskullar, bo‘g‘im va elin yallig‘lanishlarida .
Hayvonlarga suyishdan oldin qo‘llash taqiqlanadi, hidi go‘shtda saqlanadi.
YOsh hayvonlarga qo‘llash tavsiya etilmaydi, sezuvchanlik yuqori. 20% kamfora –teri ostiga qoramol, ot-20,0-40,0, quy-3,0-4,0, chuchqa4,0-6,0, it-1,0-2,0.
Korazol va kordiamin
1.Korazol –oq poroshok, suvda spirtda yaxshi eriydi, “B”-ro‘yxatda 10% eritma, tabletka xolda ishlab chiqariladi.Ta’siri. U mahalliy ta’siri yo‘q organizmda tez buziladi 3-4 soat ta’sir kursatadi. Kichik dozalarda markaziy asab tizimi, xususan uzunchoq miyani qo‘zg‘atadi. Natijada nafas tezlashadi, qon bosimi kutariladi (pasaygan bo‘lsa) yurak ishi yaxshilanadi, ko‘ndalang targ‘il muskullar tonusi oshadi. Katta dozalarda markaziy asab tizimi juda kuchli qo‘zg‘atadi, qaltirash kuzatiladi.Qo‘llash. Kasalliklar natijasida yurak-qon tizimi susayishlari. Yurak o‘tkir etishmovchiligida, shok va qon bosimi pasayganda, narkotik va uyqu chaqiruvchi dori bilan zaharlanishda.Hayvonlar og‘iz orqali, teri ostiga va venaga yuboriladi.Doza.teri ostiga otlarga 0,3-2,0, qoramol 0,2-1,5, chuchqa 0,005-0,03, it 0,05-0,1.
2.Kordiamin-rangsiz suyuqlik. O‘ziga xos hidli 25% li eritma.
Ta’siri. Korazol kabi lekin kuchsiz.
Qo‘llash. O‘tkir va surunkali qon aylanishi buzilishlari Yurak o‘tkir
etishmovchiligida, narkotik va uyqu chaqiruvchi dorilar bilan zaharlanganda, ichak intoksikatsiyalarida.
Doza: teri ostiga, ot, qoramol 10-20 ml, chuchqa, quy 2-4 ml, it 0,5-1,5.
Strixnin guruxi Alkoloid, Afrika va Janubiy Amerikada o‘sadigan kuchala daraxtidan olinadi. “A”ro‘yxatda oq kristall poroshok, achchiq taamli, suvda qiyin eriydi.
Ta’siri. Kichik dozalarda kuchli samarali stimulyator, markaziy asab tizimini
qo‘zg‘atadi ayniqsa orqa miya markazlarini. sezgi organlari (eshitish, ko‘rish, xid bilish) faoliyatini kuchaytiradi, Yurak, qon-tomir ishini yaxshilaydi, modda almashinuvini tezlashtiradi, qon bosimi ko‘tariladi, skelet muskullari tonusini oshiradi, ovqat hazm qilish organlari ishini yaxshilaydi, modda almashinuvini tezlashtiradi, siydik ajralishini kuchaytiradi.
Katta dozalar kuchli zahar hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
Asosiy adabiyotlar:
1. Salimov Yu. “Veterinariya farmakologiyasi”. O‘quv qo‘llanma. Noshir nashriyoti.
Toshkent. 2019 yil.
2. Salimov Yu., Xoliqov A.A., Farmonov N.O., “Veterinariya farmakologiyasi”
fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun o‘quv qo‘llanma. PapirusSamarqand nashriyoti. Samarqand 2021 yil
Qoʻshimcha adabiyotlar
1. Машковский М.Д. Лекарственние средства. Справочник. Колос. Москва.
1998 год.
2. Соколов В.Д. “Фармакология”. Учебник. Агропомиздат. Москва.. 2010 год.
Yüklə 11,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin