1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   206
M.A.

10.4. Narx strategiyalari 
Taktik – operativ vositalarni qo‘llashni muvofiqlashtirish va uning bozorda harakatlanishini iloji 
boricha oshirish uchun korxonaning strategik maqsadlariga amal qilish kerak. Shuning uchun narx 
siyosati strategik asosga ehtiyoj sezadi. 
Narx belgilashda turli strategiyalardan foydalanish mumkin: 
1.
Xarajatlarga asoslangan strategiya. Bunda tovar narxini belgilash uchun ishlab chiqarish 
xarajatlari, muomala sarflari va qo‘shimcha xarajatlarga mo‘ljallangan foyda qo‘shiladi. 
2.
Talabga asoslangan strategiya. Bunda iste’molchilar xohish va istaklari tahlil qilinib, unga 
mos narx belgilanadi. 
3.
Raqobatga asoslangan strategiya. Bunda raqibning tovaridan o‘z tovarining afzallik 
tomonlari, servis va raqobat muhiti e’tiborga olinib, tovarga yuqori yoki past narx belgilash 
mumkin. 
Narx belgilash strategiyasini ishlab chiqishning besh bosqichi mavjud: 

narx belgilash maqsadlarini shakllantirish; 

narx belgilashning umumiy siyosati; 

narx belgilash strategiyasining o‘zi; 

narx belgilash strategiyasini amalga oshirish; - narxlarni moslashtirish. 


Shunday qilib, narx siyosatini kiritish, narx belgilash strategiyasini ishlab chiqish va ularni amalda 
qo‘llash uchun bozordagi vaziyatni yaxshi o‘rganish, mas’ul shaxslarning saviyasi va oldindan ko‘ra 
bilish qobiliyati muhim rol o‘ynaydi. 
Korxonada, har bir aniq holatlarda eng yaxshi tarzda ishlab chiqarish va bozor sharoitlarining o‘ziga 
xosligiga mos keluvchi va shu tufayli narxga oid siyosatning yuqori samaradorligini ta’minlovchi 
“Narx” konsepsiyasini ishlab chiqish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan savdo imkoniyatlari 
mavjud bo‘ladi. 
Strategiyalar prinsipial va uzoq muddatli xarakterga ega. Shuning uchun narx strategiyalari, uning 
vositasida narx aksiyalari uzoq muddatli narxga doir muvaffaqiyatga yo‘nalishi mumkin bo‘lgan 
“Maqsad” narxga oid strategik konsepsiyaga ega. Strategik qiymatlar quyidagilarga ega: narxga oid 
axloq (narx axloqi), (ya’ni halol narxga oid muomala prinsipi), narxni hal qilishning vaqtinchalik 
gorizontlari (qisqa yoki uzoq muddatli narxga oid maqsadlar ustuvorligi), turli xil manfaat – 
qiziqishlarni e’tiborga olish (masalan, sotib oluvchilar (xaridorlar) yoki aksionerlar qiziqishlari 
(manfaatlari) ustuvorligi. Buning ustiga narx qo‘yish qarorlaridagi katta noaniqliklar riskka chidash 
ahamiyatiga ega. Masalan, raqobatchilar bilan narx urushi o‘tkaza borib, korxonaning o‘sishiga 
erishish mumkinligini prinsipial jihatdan aniqlash kerak. 
Narxga oid strategiyalarni loyihalash uchun oqilona dastlabki punkt — strategik uchburchak: 
korxonalar – xaridorlar – raqobatchilar hisoblanadi. Korxonalar bu uchburchakda xaridorlar va 
raqobatchilar bilan mustahkam aloqada bo‘ladilar, binobarin, bu aloqa mahsulot qiymati va 
so‘raladigan narx bilan bog‘liq bo‘ladi. Iste’molchilar foydasi – bir tomondan, o‘zida takliflar 
natijaviyligi orasidagi farqni, boshqa tomondan, to‘lanadigan narx farqini aks ettiradigan miqdordir. 
“Iste’molchilar foydasi” konsepsiyasida gap “narx-sifat” nisbatiga teng bo‘lmagan “narx-
natijaviylik” nisbati haqida ketmoqda. Taklifning natijaviyligi birinchi navbatda, mahsulot va 
assortiment (tur)lar natijaviyligi bilan belgilanadi. Narx natijaviyligi narxning tiniqligi ochiq-
ravshanligi, narx xavfsizligi, narxning qadr-qiymati, shuningdek, narx hissiyotlari, masalan, narxdan 
faxrlanish, narx nufuzi, narx qo‘zg‘atuvchanligining yo‘qligi kabilar bilan belgilanadi. Ular noyob 
narx takliflarini ishlab chiqish uchun foydalanilishi mumkin. Ular ko‘pincha ma’lum servis ishlari 
bilan bog‘liq, masalan, narxga oid yaxshi maslahat, narxning aniq, tushunarli markirovkasi 
(ifodalanishi), qulay ta’mirlashga xizmat ko‘rsatish. 
“Iste’molchilar foydasi”ning tanlangan konsepsiyasida muvaffaqiyat uchun hal qiluvchi 
iste’molchilarga korxona tomonidan bu foyda haqida axborot berilganligidir. Konsepsiyaning 
keyingi muvaffaqiyatlari belgisi uning korxonaning ma’lum salohiyatini ko‘zda tutuvchi 
originalligidir. “Iste’molchilar foydasi” konsepsiyasi qanchalik innovatsion va takrorlanmas bo‘lsa, 
u e’tiborni shunchalik ko‘p jalb qiladi va pozitiv imijga erishish shunchalik oson bo‘ladi. 
Iste’molchilar foydasi konsepsiyasi hamma iste’molchilik istaklarini bir vaqtda hisobga 
ololmaganligi bois u ko‘pchilik hollarda xaridorlarni segmentlashni qamrab oladi (narxga oid 
segmentlash). 
Raqobatchilar bilan raqobat agar “narx-natijaviylik” foydasi raqobatchilar ega bo‘lmagan va 
korxonani noyob narxga oid taklif bilan ta’minlaydigan strategik muvaffaqiyatli potensialda 
to‘xtagan bo‘lsa, uzoq vaqt chidashi mumkin. Bunga masalan, qulay narx imiji yoki yuqori narxga 
oid ishonch kiradi. Bunday foyda “Narx-natijaviylik”ni narxga nisbatan qanchalik tajovuzkor yoki 
osoyishta bo‘lishiga qarab korxona ham narxlarga nisbatan o‘zini shunday tutadi. Bularning 
hammasi “Raqobat” strategiyasida umumlashadi. Bu konsepsiya raqobatchilarga nisbatan o‘ziga xos 


narxga oid pozitsiyalanishni, ularning narx o‘zgarishiga reaksiyasini (narx bo‘yicha yetakchilik), 
narxga oid raqobatchilikda strategik hujum va himoyani tasvirlaydi. 
Narxga oid strategiyalar yaxlit konsepsiyalar hisoblanadi, shuning uchun optimal “Mix”ga qanday 
qaralsa, hamma ehtimoliy vositalarning (“Narx” konsepsiyasi) sinergetik o‘zaro aloqalariga ham 
shunday e’tibor qaratilmog‘i zarur. “Narx” strategik konsepsiyasining strukturasi taktikoperativ 
aksiyalar va ularning “Iste’molchilar foydasi”, “Raqobat” narxga oid strategik konsepsiyani, 
shuningdek, strategik maqsadlar tizimini o‘zida aks ettiradi. Buning oqibatida nafaqat iqtisodiy 
samaralar va ta’sif kuchayadi, shuningdek, raqobatda mahsulot (korxona)ni namoyish qilish ham 
yaxshilanadi. 
Bayon qilingan narx strategiyalarida gap hamisha strategik jihatlarga ega bo‘luvchi taktik-operativ 
aksiyalarning prinsipial yo‘nalishlari haqida ketmoqda. Masalan, narxni belgilashda taklif 
qilinayotgan mahsulotni “narx-natijaviylik” raqobat maydonida prinsipial namoyish qilish, narxlarni 
differensiyalashda esa – narx defferensiatsiyasining kengligi va chuqurligi, narxlar o‘zgarganda – 
o‘zgarish variantlari (uzoq muddatli past narx yoki narx aksiyasi), narx liniyalari siyosatida – 
narxning mavjud va potensial unumdorlik (mahsulot) dasturi haqidagi masalalar hal qilinmog‘i 
lozim. Qarorlarning hammasi strategik xarakterga ega. 
Narx strategiyalari – bu korxona tomonidan narx belgilashga nisbatan qo‘yilgan maqsadga erishish 
uchun takliflar chizig‘i. 
Narx strategiyalari bu turli xil, ko‘plab ehtimoliy bozor va ishlab chiqarish vaziyatlarida ishlayotgan 
korxonalar tovar va uning narxi yordamida erishmoqchi bo‘lgan maqsadlar bilan izohlanadi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin