1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   206
M.A.

4-masala 
Turistik firmaning marketing muhiti mikro va makro muhitlarni o‘z ichiga oladi. Mikro muhitga 
firmaning faoliyatiga bevosita ta’sir etuvchi omillar kiradi. Masalan, turistik firmaning 
mikromuhitiga firmaning o‘zi, uning ta’minotchilari, raqobatchilari, iste’molchilari, oradagi 
vositachilari hamda keng jamoatchilik fikri kiradi. Sizningcha, bu omillardan qaysi biri eng muhim, 
deb sanaladi? Bu omillardan birortasini boshqalaridan ustun qo‘yish to‘g‘rimi? 
5-masala 
Toshkentdagi ayrim yuqori darajada xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxonalarda sotiladigan ba’zi bir 
tovarlarning narxlari biroz qimmat. Masalan, plastmassa idishdagi 1,5 litr hajmdagi mineral suvning 
narxi 3000 so‘m atrofida belgilangan. Xuddi shu suvni mehmonxona tashqarisida 1200-1300 
so‘mga sotib olish mumkin bo‘lgan taqdirda narxlarning bunchalik yuqori belgilanishiga nimalar 
sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin? 
6-masala 
«Xushtaom» nomli umumiy ovqatlanish firmasi oshxona jihozlari, asboblari sotib olish maqsadida 
«Maishiy mollar» firmasi bilan shartnoma tuzdi. Shartnomaga ko‘ra xaridor 100 % to‘lovni amalga 
oshirgandan so‘ng sotuvchi korxona asboblar va jihozlarni yetkazib berishi lozim. Xaridor 50 % 
to‘lovni amalga oshira olmasligini ma’lum qildi.Vaziyatni hal qiling. Tomonlar huquqlarini asoslab 
bering. 
7-masala 


Ekspert jurnalining 2000 yil 

12 sonida shved mebeli chiqaradigan IKEA firmasining Rossiyadagi 
do‘kon – ombori haqida ma’lumotlar nashr qilingan. 
Firmaning kapitali - 2899 rubl. 
Tungi lampa - 129 rubl. 
Vino uchun bokallar – 146 rubl. 
Ushbu firma Rossiyadagi 3 – 4 tadan iborat bo‘lgan oilalarni o‘zining xaridorlari deb, hisoblaydi. 
Ularning 1 oylik daromadi 200$ – 400$ gacha va kvartiralarning umumiy maydoni 52 kv.m. Yarim 
asrlik kompaniyaning asosiy shiori-“ommaviylik”, “oddiylik”, “arzonlik”. Butun dunyo bo‘yicha 
158 ta kompaniyalarining do‘konida yuqoridagi talablar bir necha oddiy uslublar bilan faoliyat 
yuritadi. Firma tomonidan atigi 10 % assortimentdagi mebel ishlab chiqiladi. Qolgan qismi mol 
yetkazib beruvchi yoki ta’minotchilardan sotib olinadi. Shu bilan birga ular bilan dizayn ishlab 
chiqiladi va mahsulotning tannarxini pasaytirish uslublari izlanadi. Narxlarni tushirish va sifatni 
ko‘tarish maqsadida IKEA kompaniyasi eshik ishlab chiqaruvchilarga stolning ustki qismlari 
(“Stoleshnitsa”) ni, stolning oyog‘ini va karkasini supermarketlar uchun metalldan aravachalarni 
ishlab chiqaruvchi fabrikaga buyurtma beradi. Firma mebelni ajratilgan turda kam joyni egallashi 
evaziga tashish uchun ham iqtisod qilib past narxlarni ushlab turadi. Eng asosiy yangilik mebelni 
xaridor do‘kondan o‘zi olib ketadi va mustaqil turda yig‘adi. Bunda mebelni yig‘ish, chakana sotish 
va yetkazib berishdagi iqtisod, ya’ni tejamlilik yaqqol ko‘rinadi. Barcha do‘konlar shahardan 
tashqarida joylashganligi evaziga yerlarni egallab turish uchun narxlar to‘lovi juda past. IKEA 
kompaniyasi Rossiya ishlab chiqaruvchilarini ham jalb qiladi. Shu sababli mahalliy ishlab chiqarish 
mahsulotlarining bir qismi ham past narxlarni ushlab turishda yordam beradi. Shunday qilib IKEA 
do‘konidagi o‘rtacha xarid 40$ ni tashkil etib, analitik tahlilchilar fikriga ko‘ra Rossiyadagi mebel 
biznesini to‘liq o‘zgarishiga va’da beradi. Quyidagi savollarga javob berib, vaziyatni tahlil qiling. 
Rossiya IKEA maqsadli bozoriga xarakteristika bering (tavsif). 
IKEAni narx strategiyasi va narx siyosatining maqsadini aniqlang. 
IKEA firmasining mahsulotiga past narxlarga nima evaziga erishiladi. 
IKEA mahsulotlarining sifati haqida nima deyish mumkin? 
Ushbu mahsulotni maqsadli bozoriga e’tiborni jalb qilishda narx qanday rol o‘ynaydi? 
“Xarid qil va sot” savdo majmuasi “BOBO” mahsuloti narxini 45 rubldan 42 rublgacha tushirdi. 
Shuning evaziga sotuv hajmi 64200 dan 66100 donaga ortdi. Talabning elastikligini aniqlang. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin