1. marketing va uni rivojlanishining asosiy bosqichlari ulgurji savdo



Yüklə 4,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/206
tarix14.12.2023
ölçüsü4,8 Kb.
#177407
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   206
M.A.

Boshqariladigan narxlar
bu – darajasi boshqaruvning mos keluvchi organlari tomonidan nazorat 
qilinadigan narxlar. Ularning orasidan eng oxirgi (yakuniy) narxni ajratish mumkin (korxona o‘z 
mahsuloti yoki xizmatiga undan yuqori baho belgilash huquqiga ega bo‘lmagan narxlar), jalb etilgan 
narxlar (ma’lum darajadagi narxlar). Ba’zis baho - tovar navi (sorti) va sifatini aniqlashda 
qo‘llaniladi. 
Xarid qilish - sotish bahosi
– shartnomaga asoslangan yetkazib berish shartlari bilan belgilanuvchi 
narx, bu narx fakturaviy narx ham deyiladi va uni “sif”, “for”, “franko” kabi ko‘rsatkichlar bilan 
ifodalanadi. 
Jahon bahosi
- tovar turiga bog‘liq ravishda aniqlanadi. 
Monopol baho
- monopoliyalar tomonidan belgilanadigan baho. 
Transfert bahosi 
- bu firmaning ishlab chiqarish bo‘limidan boshqa bo‘limlariga 
o‘tkazilayotgandagi tovar bahosi, masalan, tashqi savdo xizmatiga yoki chet el savdo filialiga. 
Harakatlanuvchi narx
- shartnoma tuzilayotgan paytda unda qayd etilgan va ma’lum sharoitda 
o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx (shartnoma kelishuviga ko‘ra). 
Sirpanuvchi narx
- bu qoidaga ko‘ra uzoq muddatda tayyorlanadigan mahsulotga belgilangan narx 
(masalan, kema). Shartnoma tuzilayotganda unda qayd etilgan narx ikkala tomonning kelishuviga 
ko‘ra o‘zgarishi mumkin. 
Vaqt omilini hisobga olgan holda doimiy va vaqtinchalik (mavsumiy) narxlar farqlanadi. 
Doimiy narx
- bu amal qilish muddati kelishilmagan narx. 


Vaqtinchalik (mavsumiy

narx
- bu vaqtning ma’lum davrida (mavsumda) amal qiluvchi narx. 
Mahsulotlarni yetkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra netto narx, brutto narxlar farqlanadi. Netto 
narx- bu tovarning “sof” narxi. Brutto narx (yalpi narx)- bu oldi-sotdi shartlarini hisobga olib, 
belgilangan narx (tovarlar bo‘yicha soliqlar, chegirmalar, “franko” turi, sug‘urta). 
Narxning yana bir necha turlari mavjud bo‘lib, narxlar mahsulot ishlab chiqarilgan rayondan 
iste’mol rayoniga tashish bilan bog‘liq transport xarajatlari kimning zimmasida bo‘lishiga qarab 
narxlar (Franko, FOB, FOS va hokazolar), mahsulot yetkazib beruvchi bilan iste’molchi o‘rtasida 
qanday taqsim bo‘lishiga qarab bir-biridan farq qiladi. 
1.
Franko-mahsulot yetkazib beruvchining ombor narxlarida mahsulotni yetkazib beruvchi 
omboridan to iste’molchi omboriga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha transport va yuk 
tashish-tushirish xarajatlarini iste’molchi (yukni qabul qilib oluvchi) ko‘taradi. Mahsulot 
yetkazib beruvchi esa bu xarajatlardan ozod bo‘ladi. Franko-mahsulot yetkazib beruvchi 
omborining ulgurji narxlari keng qo‘llaniladi. Mahalliy sanoat mahsulotlari, shuningdek, 
ba’zi qurilish materiallari va boshqalar ham ana shunday narxlarda sotiladi. Iste’molchi 
materiallarni o‘z transport vositalari bilan yetkazib beruvchining omboridan tashib olganida 
ham o‘sha franko narxlar qo‘llaniladi. 
2.
Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya (pristan) narxlari mahsulot yetkazib beruvchining 
materialni jo‘natish stansiyasigacha (pristangacha) tashib olib borish bilan bog‘liq 
qo‘shimcha xarajatlarini ham o‘z ichiga oladi. Ammo vagonlarga, kema, barjalarga ortish 
xarajatlari bundan mustasno. Mahsulotni ortish, mahsulot yetib borgan joyda uni tushirish, 
iste’molchining omborigacha tashib borish xarajatlari bu xil franko narxiga kirmaydi. Bu 
narxlar amalda mol yetkazib beruvchini materialning to‘liq va sifati buzilmagan holda tashib 
olib borilish javobgarligidan ozod etadi. 
3.
Franko-mahsulot jo‘natiladigan stansiya-vagon narxlari mahsulotni o‘z omboridan jo‘natish 
stansiyasiga (pristanga, portga) tashib borish bilan bog‘liq xarajatlarni, vagonlarni shaxobcha 
yo‘llarga chiqarish, teplovozlar manevri uchun to‘lovlar, mahsulotni vagonlarga (kemalarga) 
ortish xarajatlari, mahsulotni jo‘natayotganda bo‘ladigan transport tashkilotlari tomonidan 
joriy qilingan (masalan, mahsulotni taroziga solish) to‘lovlar mahsulot yetkazib beruvchi 
zimmasiga yuklanadi. Mazkur xarajatlardan tashqari mahsulot jo‘natish stansiyasidan 
iste’molchi omboriga tushguncha o‘rtada bo‘ladigan barcha tashish, ortish-tushirish 
xarajatlarini (franko-jo‘natish sanksiyasi baholarida) iste’molchi ko‘taradi. 
Bozorning turiga bog‘liq holda auksionlar, birja kotirovkalari narxi farqlanadi. 

Yüklə 4,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin