beriladigan katta medal, ikkinchi darajali medal – yuqori sifatli mahsulot uchun ko‘rgazmaga tashrif
buyurganlar va komissiya a’zolari e’tibor qaratgan eksponat Faxriy yorliq bilan taqdirlangan edi.
Mukofotlar jami 5081 ta bo‘lgan, inglizlarga 4038 tasi topshirilgan bo‘lsa, ajnabiylarga1145 tasi
nasib etgan.
1855 – yilda Parijda ikkinchi, 1862 – yilda Londonda uchinchi butun dunyo ko‘rgazmasi o‘tkazildi.
Jahon savdosida mahsulot sotish bozori uchun kurash keskinlashib ketishi XX asr boshlarida
ko‘rgazmayarmarka faoliyatining tamomila yangi turi – namunalar jahon ko‘rgazmasi paydo
bo‘lishiga olib keldi. 1900-yili Italiyaning Turinda avtomobillar tarmoq yarmarkasi tashkil etildi.
Fransiyada 1904-yili Parij shahrida yarmarkasi ishlay boshladi. Namunalar xalqaro yarmarkasi
Birinchi jahon urushi davrida va urushdan keyingi yillarda ayniqsa, keng tarqaldi. Xalqaro aloqalar
izdan chiqishi, tashqi savdo va valuta cheklovlari joriy etilishi, to‘lov balanslari buzilishi sharoitida
aynan xalqaro yarmarkalar jahon savdosini qayta tiklashga ko‘mak berishning eng qulay shakli
bo‘lib xizmat qildi. 1915-yilda Londonda namunalar xalqaro yarmarkasi ochildi, 1916-yilda Lionda
tashkil etildi (u hozirgi vaqtda ham eng yirik hisoblanadi), 1918-yilda Bryusselda, 1920-yili
Milanda, 1926-yili Salonikida, 1927-yilda esa Izmirda ochildi.
Ikkinchi jahon urushi aksariyat xalqaro yarmarkalar ishini to‘xtatib qo‘ydi. Savdo aloqalari izdan
chiqdi, yarmarka inshootlari vayronaga aylandi. Urushdan keyin esa, aziyat chekkan Yevropa
davlatlari iqtisodiyoti tiklanib borgani sayin xalqaro yarmarkalar faoliyati qayta tiklandi.
Dostları ilə paylaş: