ikkilamchi o‘quvchilar bo‘lsa, auditoriya adadni ko‘paytiradi); samarali auditoriya (reklama
tashuvchilar bilan aloqada bo‘luvchi va potensial xaridorlar tasniflariga ega bo‘lgan va reklama
tashuvchi bilan aloqada bo‘ladigan odamlar soni) va haqiqiy auditoriyadan (haqiqatan ham
reklamali e’lonlarni ko‘rgan potensial xaridorlar soni) foydalaniladi.
Bozorga yangi tovar chiqarishda reklama beruvchida reklamalarni uzluksiz, konsentratsiyalanuvchi,
davriy va uzilib qoladigan variantlardan birini tanlash muammosi paydo bo‘ladi. Uzluksizlikka
qandaydir vaqt davomida reklama murojaatini bir tekis joylashtira olish bilan erishiladi. Qoidaga
ko‘ra reklama beruvchilar tez-tez sotib olinadigan tovarlar bilan bozorni kengaytirish kerak
bo‘lganda va xaridorlarning aniq belgilangan toifasini jalb etish uchun uzluksiz reklamadan
foydalanadilar. Konsentratsiya hamma reklama budjetidan cheklangan davr mobaynida
foydalanishni ko‘zda tutadi. Bunday tartib realizatsiya muddati bitta mavsum yoki qandaydir sana
(odatda, bayramlar) bilan cheklangan tovarlar reklamasi uchun maqbul. Davriy reklama e’lonlarini
mavsumiy uzilish bo‘ladigan ayrim davr davomida joylashtirishni bildiradi, mavsum yangilangach,
reklama ham yangilanadi. Bunday sxemadan cheklangan reklama budjetida, xaridning kamdan kam
siklida, mavsumiy tovarlarni reklama qilishda foydalaniladi. Uzilib turuvchi reklama – bu
muomalaga past va yuqori faollikda, navbat bilan chiqadigan tovarlarni reklama qilish.
Reklama budjetini ishlab chiqish – reklama kompaniyasining maqsadlarini, korxonaning moliyaviy
imkoniyatlari, raqobatchilarning reklama xarajatlari, tarmoqdagi umumiy xarajatlar va hokazolarni
hisobga olishga asoslangan turli xil yondashuvlarni qo‘llash bilan amalga oshirilishi mumkin. Biroq
har qanday usul axborotga, ya’ni mahsulot (uning xususiyatlari va potensial mijozlarning
ehtiyojlariga mos kelishi), bozor va uning segmentlari, iste’molchilar ehtiyojlarini qondirishning
turli usullari va imkoniyatlari bilan bog‘liq holda uning xatti-harakatlari, bozorda talabning
o‘zgarish tendensiyalari haqidagi axborotlarga asoslanadi. Reklama budjetini ishlab chiqishning
ko‘pgina usullaridan eng yaxshi qo‘llaniladiganlari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
qoldiq budjet usuli, sotilishlar summasidan foizlarda hisob-kitob qilish usuli, raqobatli paritet usuli,
maqsad va vaziflar asosida hisob-kitob qilish usuli va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: