Pochta orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri marketing (“direkt-meyl”) – pochta jo‘natmalarini (xatlar,
reklamalar, namunalar va b.) potensial mijozlarga tarqatish yo‘li bilan amalga oshiriladigan
marketing. Tarqatiladiganlar ro‘yxati ma’lum guruhdagi tovarlarning eng ishonchli xaridorlari
ro‘yxati asosida shakllantiriladi.
Kataloglar bo‘yicha marketing – kataloglar vositasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri marketing, mijozlar yoki
ularning vakillari tomonidan do‘konlardan tanlangan tovarlar jo‘natiladi.
Shaxsiy muloqot strategiyasini ishlab chiqish eng avval firmaning marketing strategiyasini amalga
oshirishda savdo xodimi o‘ynaydigan rolni belgilab olishni talab qiladi. Buning uchun firma har bir
tovar bozorida o‘z mijozlari bilan o‘rnatmoqchi bo‘lgan aloqa xarakterini aniqlab olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: